2.10 Yakuniy nazorat savollari
1.Parazit xivchinlilar: tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati.
2. Bitlar: parazit hayot kechirishga moslanish xususiyatlari, ko„payishi, rivojlanishi va
epidemiologik ahamiyati.
3. Kanalar: tuzilishi va ularning parazit hayot kechirishga moslanishi.
4. Tasmasimon chuvalchanglar: tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati.
5. Tikanbosh chuvalchanglar: tuzilishi, rivojlanishi va patogenen ahamiyati.
6. Qoramol bo„kasining tuzilishi va biologiyasi.
7. Lambliya va trixomonadalar tuzilishi va patogen ahamiyati.
8. Koksidiyalarning rivojlanishi va patogen ahamiyati.
9. Foydali hasharotlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar: tuzilishi, ko„payishi va
epizootologik ahamiyati.
10. Leyshmaniya va tripanosomalar tuzilishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati.
11. Parazitologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi.
12. Parazit hayvonlarni parazitlik qiladigan joyi va parazitlik muddatiga binoan klassifikatsiya
qilish.
13. Geogelmintlar va biogelmintlar, ularning hayot sikli.
14. Ichburug„ amyobasining sistematik o„rni, rivojlanishi va zarari.
15. Odam va hayvonlar qonida parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlar, ularning patogen
ahamiyati.
16. Lambliya va trixomonadalar: tuzilishi, rivojlanish sikllari va qo„zg„atadigan kasalliklari.
17. Trixinellaning tuzilishi, rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan kasalligi.
18.To„shak qandalasining sistematik o„rni, tuzilishi, tarqalishi va zarari.
19. Bo„kalarning sistematik o„rni, tuzilishi, biologiyasi, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularning
oldini olish choralari.
20. Mushuk ikki so„rg„ichlisining tuzilishi, ko„payishi, qo„zg„atadigan kasalligi.
21. Qilbosh va qiyshiqbosh nematodalarining rivojlanish sikli va ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
22. Pakana gijjaning rivojlanish sikli va odamlarda qo„zg„atadigan kasalligi.
23. Parazitologiya fanining bo„limlari. O„zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanishiga
hissa qo„shgan olimlar.
24. Jigar qurtining rivojlanishi va zarari.
25. Qoramol tasmasimonining tuzilishi, rivojlanishi, qo„zg„atadigan kasalliklari.
26.Odamlarda parazitlik qiluvchi nematodalar va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
27. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi sporalilar va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
28. Odam askaridasining sistematik o„rni. Odam askaridasining tuzilishi, biologiyasi, zarari.
29. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi burgalar, ular orqali tarqaladigan kasalliklar.
30. Foydali hasharotlarda parazitlik qiluvchi mikrosporidiyalar va ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
31. Parazitologiya fanining maqsadi va rivojlanish tarixi.
32. So„rg„ichlilar sinfining asosiy vakillari va ular qo„zg„atadigan kasalliklari.
33. Tasmasimon chuvalchanglar sinfining asosiy vakillari va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
34. Rishtaning rivojlanishi va qo„zg„atadigan kasalligi.
35. Exinokokkning rivojlanishi va qo„zg„atadigan kasalligi.
36. Ikki va uch xo„jayinli so„rg„ichlilar vakillari, ularning rivojlanishi va zarari.
37. Tasmasimon chuvalchanglar sinfida ikki va uchta xo„jayin orqali rivojlanadigan
vakillari va ular qo„zg„atadigan kasalliklar.
38. Monogenetik so„rg„ichlilar sinfi vakillarining tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi va zarari.
39. Qoramol tasmasimonining rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan kasalliklari.
40. So„rg„ichlilar sinfining umumiy tavsifi, odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi asosiy
turlari.
41. Odamlarda parazitlik qiluvchi yassi chuvalchanglar va ularning sistematik o„rni .
42. Qon so„ruvchi ikki qanotlilar, ularning tarqalishi va zarari.
43. Odam va hayvonlarga kanalar orqali yuqadigan kasalliklar.
44. Odam ichagida parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglarning biologiyasi va
qo„zg„atadigan kasalliklar .
45. Qon ikki so„rg„ichlilarning tuzilishi, biologiyasi va qo„zg„atadigan kasalligi.
46. Bolalar gijjasining biologiyasi va zarari .
47. Infeksion va invazion kasalliklar (ta‟rifi, misollar keltiring).
48.Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi tripanosomalarning rivojlanish sikli va zarari.
49. Baliqlarda parazitlik qiladigan monogeniyalarning tuzilishi, rivojlanishi va qo„zg„atadigan
kasalliklari.
50. Serbar tasmasimon chuvlchangning tuzilishi, biologiyasi va qo„zg„atadigan kasalligi.
51. Odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan infuzoriyalarning biologiyasi va zarari.
52. O„simliklarda parazitlik qiladigan nematodalarning tuzilishi va zarari.
53. O„zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanish tarixi.
54. Leyshmaniyaning tuzilishi, rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan kasalligi.
55. Xo„jayin- parazit munosabatlarining shakllari. Misollar keltiring.
56. Odamlarda uchrovchi ektoparazitlar va ular tarqatadigan kasalliklar.
57. Odam va hayvonlarda uchrovchi so„rg„ichlilar sinfi vakillari va ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
58. Exinokokkning sistematik o„rni . Exinokokkning tuzilishi va biologiyasi.
59. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi ikki qanotlilar va ular tarqatadigan kasalliklar.
60. Filoyoq kasalligini qo„zg„atadigan Bankroft ipchasining tuzilishi, biologiyasi, tarqalish va
zarari.
61. Bezgak plazmodiyasining rivojlanishi, qo„zg„atadigan kasalligi.
62. Parazitlarning oraliq, qo„shimcha, rezervuar va asosiy xo„jayinlari. Misollar asosida
tushuntiring.
63. Kanalar turkumining asosiy oilalari va ularning zarari.
64. Bir, ikki va uchta xo„jayinda parazitlik qilib rivojlanadigan kanalar va ular orqali
yuqadigan kasalliklar.
65. Lichinkalik davrida parazitlik qiladigan hasharotlar va ular qo„zg„atadigan
kasalliklar.
66. 3uluklar sinfi vakillarining zarari.
67. Bitlar turkumi, asosiy turlari va ularning zarari.
68. Trixinella va bankroft ipchasi nematodalarining rivojlanishi va zarari.
69. Kanalar turkumi vakillarining tuzilishi, ko„payishi va zarari.
70. Qo„tir kanasining sistematik o„rni, rivojlanish sikli va zarari.
71. Kipriklilar tipiga kiruvchi parazitlar va ularning zarari.
72. Tabiiy manbali transmissiv kasalliklar. Misollar asosida tushuntiring.
73. Odamlar terisida parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlarning tuzilishi, biologiyasi
va zarari.
Reyting jadvali
Maksimal ball – 100 ball Saralash ball – 55 ball
JN maks. ball – 40 Saralash ball –22 86-100 ball –5 baho
ON maks. ball – 30 Saralash ball –17 71-85 ball - 4 baho
Yan maks. ball – 30 Saralash ball –17 56-70 ball - 3 baho
Nazorat turi
Nazorat
shakllari
Har bir nazorat
uchun
belgilangan
maksimal ball
Nazoratlar
soni
Nazorat
shakllari
boyicha
belgilangan
maksimal ball
Joriy
nazorat (JB)
1.Og‟zaki
20
1
20
2 .Og‟zaki
20
1
20
Jami:
40
2
40
Oraliq nazorat
(OB)
1. Yozma
30
1
30
Jami:
1
30
Yakuniy
nazorat (Yan)
1.Og‟zaki
(Yakuniy nazorat
shakli fakultet
kengashi
muhokamasi asosida
rektor buyrug‟i bilan
belgilanadi)
30
1
30
Jami:
100
4
100
III. O`quv uslubiy adabiyotlar va elektron ta`lim resurslari ro`yxati
Asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar
№
Muallif
Adabiyot nomi
Nashr
yili
Adabiyotning
ARM dagi
shifri
Adabiyotning
ARM dagi
Adabiy
ot turi
ARM
xodimi
imzosi
inventar
raqami
soni
1
Dadaev S. D.
Parazitologiya
T. 2006
y.
ИНВ-
28.6ya73 Д15
У-7186
85
O‟quv
qo‟llan
ma
Qo`shimcha adabiyotlar
1.
Mavlonov. O., Xurramov. Sh. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o`quv yurtlari
talabalari uchun o`quv qo`llanma. T, "Mehnat", 1998.
2.
Mavlonov O., Xurramov Sh., Norboev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy
o‟quv yurtlari talabalari uchun darslik. T. "O`zbekiston", 2002.
3.
Mavlonov. O., Xurramov. Sh., Eshova X. Umurtqasizlar zoologiyasi. T.,
«O`zbekiston milliy entsiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti: T., 2006. 1-464.
Elektron ta`lim resurslari
1.
www.tdpu.uz
- o`qit. Sayt.
2.
www.pedagog.uz
- ped VUZ
3. Umurtqalilar zoologiyasi ma`ruzalar matnining elektron varianti.
1-mavzu: Kirish. Parazitologiya fanining maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Parazitologiya fanining maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi” mavzusidagi
ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Talabalarga parazitologiya fanining maqsadi
va
vazifalari,
fanning
rivojlanishiga
hissa
qo„shgan
O„zbekistonlik hamda chet ellik olimlar haqida ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. Parazitologiya fаnining mazmunini so„zlab beradi.
1.2.2. Parazitologiya fаnining rivojlanishiga hissa qo„shgan chet
el olimlarini biladi.
1.2.3. Parazitologiya fаnining rivojlanishiga hissa qo„shgan
O„zbekistonlik olimlarni sanab beradi.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
O„qituvchi
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi.
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari.
Parazitologiya fаnining rivоjlаnish tаriхi.
Parazitologiya faniga hissa qo„shgan chet el olimlari haqida
ma‟lumot bering.
O„zbekiston olimlari va ularning parazitologiya faniga
qo„shgan hissalari.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O„qituvchi,
15 daqiqat
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1.
Parazitologiya fаnining prеdmеti, maqsadi va vazifalari.
2.
Parazitologiya fаnining rivоjlаnish tаriхi.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Parazitizm, parasitariya,
epizootologiya, epidemiologiya.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazitologiya fanining maqsadi va
vazifalari haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Parazitologiya fаnining maqsadi va vazifalarini so„zlab beradi.
Birinchi sаvоl bаyоni:
Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bioekologik hodisa bo„lib, hayvon
yoki o„simliklarning turli vakillari orasidagi o„zaro munosabatning o„ziga xos
ko„rinishidir. Parazitizmda bir organizm (parazit) ning boshqa bir organizm (xo„jayin)
dan o„ziga yashash uchun makon, oziqa topishi tushuniladi. Xo„jayin organizmi parazit
uchun tashqi muhit (endoparazitlar uchun xo„jayin organizmi birlamchi, tashqi muhit
ikkilamchi hisoblanadi, xo„jainlar parazit va tashqi muhit o„rtasida vositachi bo„lib
xizmat qiladi) vazifasini bajaradi va shuning uchun parazitning hayoti uzoq evolutsion
taraqqiyot davomida shakllangan bo„lib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik,
biokimyoviy, ekologik, genetik munosabatlar va o„zgarishlarni o„z ichiga oladi.
Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo„jaligining turli tarmoqlari,
shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolarning tarkibiy
qismiga aylanib bormoqda. Uning, ayniqsa, tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya
parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi sohalari jadal rivojlanib bormoqda.
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan, asosan sarkomastigoforalar,
apikomplekslar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida
hamda ko„p hujayrali hayvonlardan yassi chuvalchanglar, to„garak chuvalchanglar,
tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar va bo„g„imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi.
Ular qishloq xo„jaligiga, birinchi navbatda, madaniy o„simliklar va chorvachilikka katta
zarar keltiradi. Parazitlar ta‟sirida o„simliklar hosildorligi va chorva mollarining
mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto ularni nobud ham qiladi. Bir qator parazitlar inson
salomatligiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatib, og„ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Parazitar kasalliklar bo„yicha epidemiologik va epizootologik vaziyatlar
dunyoning ayrim mamlakatlarida murakkab bo„lib turibdi.
Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti ma‟lumotlariga ko„ra yer yuzida har yili
askaridoz bilan 1 mlrd., ankilostomidoz bilan 900 mln., trixosefalyoz bilan 700 mln. ga
yaqin odam kasallanadi. Dunyoning 74 mamlakati uchun shistosomoz endemik
hisoblanadi, bu mamlakatlar aholisining 200 mln. dan ko„prog„i ushbu gelmintoz bilan
kasallangan va yana 500-600 mln. ga yaqin odamlarning shistosomoz bilan kasallanish
xavfi bor.
Yuqorida keltirilgan ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, parazitar kasalliklar
sog„liqni saqlash tizimi va xalq xo„jaligiga qanchalik iqtisodiy zarar yetkazishligiga
yaqqol misoldir. Bu esa o„z navbatida mutaxassislarning parazitologiya fanidan chuqur
bilimga ega bo„lishni taqazo qiladi.
Parazit organizmlar to„g„risida oliy o„quv yurtlarining biologiya ixtisosligi
bakalavriat bosqichi talabalariga umurtqasizlar zoologiyasidan dars o„tilganda qisqacha
ma‟lumotlar beriladi. Lekin bu berilgan ma‟lumotlar talabalarga keng qamrovli
biologiya yo„nalishi mutaxassisi bo„lib yetishishi uchun yetarli emas.
Parazitologiya fanining o„qitilishi talabalarning zoologiyadan olgan bilimlarini
yanada mustahkamlashga va biologiya yo„nalishi bo„yicha yetuk mutaxassis bo„lib
yetishishlariga yordam beradi.
Parazitizm organik olam vakillari (o„simliklar, hayvonlar) orasida uchraydigan
o„zaro munosabatlarning bir ko„rinishi. Parazit so„zi yunoncha bo„lib, aniq ma‟nosi para
– yonida, sites – oziqa, to„g„ridan-to„g„ri tekinxo„r, bitta hayvon boshqa bir hayvon
hisobiga yashashi tushiniladi. Qadimgi Rimga bu so„z Gretsiyadan o„tgan. Parazit
terminining kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida, ya‟ni miloddan avvalgi V asrda
mavjud bo„lgan qonunga asosan, ko„zga ko„ringan davlat arboblari keksalik yoshida
davlat qaramog„iga o„tishgan. Ular uchun qurilgan maxsus pansionatlar parasitariya, u
yerda yashovchilar esa parasitlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit so„zi
o„zgalar hisobiga yashovchi ma‟nosini anglatib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shu
xususiyatdan kelib chiqib, parazit qadimiy tibbiyotda, har qanday boshqa organizm
hisobiga yashab, oziqlanuvchi organizmlar tushunilgan. Parazitlarni parazitologiya fani
o„rganadi.
Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari odamlarda, hayvonlarda hamda
o„simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradigan hayvonlarni tuzilishi, rivojlanishi,
tarqalishi, o„ziga xos biologik va ekologik xysusiyatlarini, parazitlar keltirib
chiqaradigan kasalliklarni o„rganish hamda ularga qarshi kurash choralarini to„g„ri
tashkil qilishdan iboratdir.
Tirik organizmni o„ziga xos xususiyati, bu uni tashqi muhit bilan bog„liqligidir.
Tirik organizmlar o„rtasida biotik bog„lanishlar murakkab va xilma-xilligi bilan
xarakterlanadi va uni asosida oziqa va makon bog„lanishlari yotadi. Shu
bog„lanishlardan biri parazitizm ko„rinishida namoyon bo„ladi. Demak, organik
olamdagi ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlarni bir-biri bilan bo„lgan
munosabatlarini bir ko„rinisi bu parazitizm hodisasi hisoblanadi.
Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo„lib, uni yuzaga chiqish shakllari
xilma-xildir. Barcha mikroorganizmlar (virus, bakteriya, zamburug„) parazitlik qilib
hayot kechirishga o„tgan.
Yuksak o„simliklar orasida ham parazit formalarni kuzatish mumkin (zarpechak,
pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi.
Umuman, parazitlarni o„rganish ob‟yektlariga ko„ra tibbiyot parazitologiyasi
veterinariya parazitologiyasi, agronomiya parazitologiyasi va umumiy parazitologiyaga
bo„linadi.
Parazitologiya ko„pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasidagi maxsus
fanlar bilan chambarchas bog„langan. Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologik va
ekologik xususiyatlarini hamda rivojlanish sikllarini o„rganish bilan zoologiya fani
shug„ullansa, ular qo„zg„atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va
davolashini o„rganish bilan patologik anatomiya, patologik fiziologiya, immunologiya,
virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya,
biokimyo, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiyena va boshqa fanlar
shug„ullanadi hamda ulardagi tadqiqot usullariga tayanadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1.
Parazitologiya fani nimani o„rganadi?
2.
Parazitologiya fanining maqsad va vazifalarini so„zlab bering.
3.
Parazitologiya faninig qanday sohalari mavjud?
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Parazitologiya fanining rivojlanishiga hissa
qo„shgan chet ellik va O„zbekistonlik olimlar haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Parazitologiya fаnining rivojlanishiga hissa qo„shgan chet el olimlarini biladi.
2.
Parazitologiya fаnining rivojlanishiga hissa qo„shgan O„zbekistonlik olimlari
to„g„risida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Parazitlar haqidagi ma‟lumotlar eramizdan ancha avval paydo bo„lgan. Ebersning
mashhur Papirusida odamlarda parazitlik qiladigan gelmintlar, jumladan, askarida,
teniyalar haqida ma‟lumotlar bor.
Eramizgacha yashab o„tgan yunon vrachi, tibbiyot ilmining asoschilaridan biri
Gippokrat (460–375-y.y.) odamlarda askarida, ostritsa, exinokokk uchrashi haqida
ma‟lumotlar qoldirgan. Olim fanga birinchi bo„lib «askaridoz», «helmins» atamalarini
kiritgan. Lekin u parazit chuvalchanglarni va boshqa chuvalchanglarni, hatto
bo„g„imoyoqlilar lichincalari va ilonlarni hammasini ham bir deb tushungan. U
odamlarda uchraydigan askarida, bolalar gijjasi, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari
bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlarni
invazion kasalliklarning qo„zg„atuvchisi emas, balki o„z-o„zidan vujudga keladigan
biror kasallikning oqibati, deb noto„g„ri tushuncha bergan.
Eramizdan avvalgi 384–322-yillarda yashagan yunon faylasufi Arestotel
qoramollardagi exinokokkoz, cho„chqalardagi sistiserkoz, odam askaridasi va ostritsa
to„g„risida ma‟lumotlar yozib qoldirgan.
Eramizdan avvalgi 116-27-yillarda yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni
botqoqlik, to„qayzorlarda boqqanda og„iz va nafas yo„llari orqali mol organizmiga
ko„zga ko„rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo„zg„atadi deb fikr yuritgan.
Eramizdan avval va eramizning dastlabki yillarida qo„tir kasalligiga qarshi
oltingugurt, gelmintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq piyoz va boshqa surgi dorilari
ishlatilgan. Parazitlar to„g„risidagi ayrim ma‟lumotlar bir qancha olimlarning
qo„lyozmalaridan ham topilgan, ammo ular parazitlarni xudo yuborgan ofat deb, bu
kasalliklarni «davolash» uchun xudoga sig„inish, iltijo qilish kerakligini aytishgan.
Gabustius (1549) gelmintologiya sohasida birinchi qo„llanmaning muallifi
hisoblanadi. Olim qo„llanmada o„z davrida ma‟lum bo„lgan gelmintlarga tavsif bergan
va davo xillariga to„xtalib o„tgan, jigar qurtiga to„liq tavsif beradi.
Shvetsariyalik vrach K. Gesner (1516–1565) «Hayvonlar tarixi» asarida sodda
organizmlar, ildizoyoqlilar haqida dastlabki ma‟lumotlar keltiradi. Sodda organizmlarni
tuzilishi to„g„risida tasavvurga ega bo„lmay turib, o„zi topgan ildizoyoqlini, juda kichik
mollyuska deydi.
Sodda hayvonlarni o„rganilishda keksa tabiatshunos, gollandiyalik mikroskop
ustasi Anton van Levengukning (Anton van Leeuwenhoek, 1632–1723) xizmatlari
kattadir. Levenguk sistematik ilmiy tayyorgarlikka ega bo„lmasada, buyuk aql, zakovat
sohibi bo„lgan va tabiiy fanlarni sevgan.
Levenguk o„zini ishdan bo„sh vaqtlarini kattalashtirib ko„rsatuvchi ko„zgularni
shlifovkasiga bag„ishlaydi. Natijada, oddiy ko„z bilan ko„rib bo„lmaydigan mayda
jonivorlarni topadi va bu mayda jonivorlarni «animalkula» deb ataydi. Olim jahonda
birinchi bo„lib oddiy ko„z bilan ko„rib bo„lmaydigan sodda organizmlarni ko„radi.
O„zini ixtirosi to„g„risida, o„sha paytda London qirollik jamiyatiga qarashli ilmiy bi-
limlar markazida xat shaklida e‟lon qilib boradi. So„nggi xati 1723-yilda bosib
chiqarilgan, shunda olim 91 yoshda edi. 1720-yilda bosib chiqarilgan xatida olim,
yoshim sakson sakkiz yarimga kirdi, umrimning kuziga o„tdim deb yozgan. Olim o„z
ixtirosi bilan butun biologiya sohasida yangi davrni boshlab berdi.
XVII–XVIII asrlarda asosan, parazitlarning morfologik tuzilishi o„rganilgan.
XVII asrning o„rtalariga kelib, Italiya tabiatshunosi F. Redi (1626–1698) tadqiqotlar
orqali, go„sht qurtlari o„z-o„zidan paydo bo„lmasligini, ular pashshalarni tuxumi
ekanligi va bu bilan organizmlar Arastu davridan mavjud bo„lgan o„z-o„zidan yaralish
qonunini noto„g„ri ekanligini, ya‟ni yo„qdan bor bo„lmasligini ilmiy tomondan isbotlab
berdi.
P. Pallas (1771–1811) mashhur biolog, sayohatchi olim bo„lib, o„z zamonasini
olimlari, olimni tadqiqot uslublarini aniqligini ko„zda tutib, zamonasidan avvalroq
tug„ilib qolgan deb ta‟riflashgan. Olim akantosefallar, sestodalar va nematodalarning
rivojlanish sikllarini o„rganib, ular o„ziga o„xshash avlodlardan paydo bo„lishini ilmiy
asoslab bergan.
K.A. Rudolfi (1771–1832) butun hayotini parazit chuvalchanglarni o„rganishga
bag„ishladi. U birinchi marta o„ziga ma‟lum bo„lgan 981 tur parazit chuvalchanglarni
to„rtta sinfga: Trematoda, Cestoda, Nematoda, Akantosephala va 30 ta avlodga bo„ldi.
Nemis olimi G.F.Kyuxenmeyster sestodalarni rivojlanish siklini o„rganib,
cho„chqa tasmasimon chuvalchangi odam va cho„chqa paraziti ekanligini aniqladi.
Protozoa termini birinchi bo„lib fanga 1820-yilda Goldfus tomonidan kiritilgan.
K. Zibold va Kyollekerlar (1845) tomonidan sodda hayvonlar olamini shu termin
bilan atash taklif qilindi. Sodda hayvonlar XIX asrdan to„liq o„rganila boshlandi. Bu
vaqtga kelib, erkin yashaydigan sodda hayvonlar bilan bir qatorda, odam va
hayvonlarda parazitlik qiladigan sodda hayvonlar to„g„risida ham ma‟lumotlar
to„plandi.
Parazitologiya fanining taraqqiyotiga mikroskop va mikroskopik tadqiqotlarning
takomillashuvi yordam berdi, shu tufayli XIX asrda parazitologiya fan sifatida
shakllandi. Mana shu vaqtdan boshlab parazitlarning biologiyasi o„rganila boshlandi va
eksperimental parazitologiyaga asos solindi.
1818-yilda L.Ya. Boyanus mollyuskalar tanasidagi serkariylarni trematodalarni
lichinkalari bo„lsa kerak deb faraz qiladi.
1827-yilda akademik K.M. Ber tomonidan bu farazning to„g„riligi eksperimentlar
asosida isbotlandi va kelgusida ma‟lum turdagi trematodalarning rivojlanish siklini
o„rganishga imkon berdi.
N.A. Xolodkovskiy odam va hayvonlarda uchraydigan gelmintlarning
anatomiyasini, biologik rivojlanish bosqichlarini va sistematikasini o„rganib, rus tilida
gelmintlar to„g„risida birinchi atlas yozdi.
XIX asrning ikkinchi yarmidayoq turli kasalliklarni qo„zg„atuvchi bir hujayrali
hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi. Sodda hayvonlarni zamonaviy klassifikatsiyasi R.
Leykart (1879) nomi bilan bog„liq. U Sporalilar guruhiga gregarina, koksidiyalarni
qo„shib o„rganishni taklif qildi.
Keyinroq esa hasharotlar va kanalar ba‟zi kasalliklarning qo„zg„atuvchilarini
tarqatishdagi ro„li, shuningdek, faqat odamlarga xos bo„lgan parazitar kasalliklar ham
aniqlandi. Bu davrda parazitologiyaning rivojlanishiga rus olimlaridan E.A. Ostrovskiy,
A.P. Fedchenko, E.K. Brandt, N.M. Melnikov, I.I. Mechnikov, F.A. Lesh; nemis
olimlaridan F. Kyuxenmeyster, K. Foxt, R. Leykart; ingliz olimlaridan R. Ross, P.
Menson, J. Datton, J. Todd; Italiya olimi B. Grassi; fransuz olimi Sh. Nikol va
boshqalar katta hissa qo„shdilar.
E.A. Ostrovskiy XIX asrning 50-yillarida exinokokkoz va senuroz kasalliklari
qo„zg„atuvchilarining rivojlanish sikllarini o„rganib, gelmintlarni o„z-o„zidan rivojlanish
qonunini tanqid qiladi.
E.K. Brand XIX asrning 70–80-yillarida odam va hayvonlar parazitlari to„g„risida
kitob yozadi.
N.M. Melnikov it va uy hayvonlarini burgasi hamda junxo„rlari tasmasimon
chuvalchanglar sinfiga kiruvchi Dipyllidium caninum turining oraliq xo„jayini
ekanligini aniqladi.
I.I. Mechnikov nematodalarning xo„jayin almashinuvini aniqlab, parazitar
kasalliklarda
allergiya
xususiyati
borligini
eslatadi
va
bezgak
kasalining
qo„zg„atuvchisini haqli ravishda infektsion emas balki invazion kaslliklarga kiradi deb
ko„rsatadi.
Sobiq ittifoqda, shu jumladan, O„zbekistonda XX asrning boshlarida
parazitologoyani o„rganish jadal sur‟atlar bilan bordi. Ko„plab ilmiy tekshirish
institutlarida, tajriba stantsiyalarida, oliy o„quv yurtlarining laboratoriyalari va yo„nalish
kafedralarida mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e‟tibor berildi. Bu davrga kelib
sobiq ittifoqda parazitologiya sohasida bir qator ilmiy maktablar vujudga keldi.
Akademik K.I. Skryabin (1878–1972) gelmintologiya maktabini asoschisi
hisoblanadi. K.I. Skryabin 1878-yil 7-dekabrda Sankt-Peterburgda tug„ilgan. U 1905-
yili Yurev (hozirgi Estoniya Respublikasining Tartu shahridagi) veterinariya institutini
tugatgan.
K.I. Skryabin 1905–1911-yillarda Turkiston o„lkasida veterinariya vrachi bo„lib
o„z ish faoliyatini boshlagan. 1917-yilda Novocherkaskda veterinariya instituti (hozirgi
Don qishloq xo„jalik instituti) qoshida Rossiyada birinchi marta parazitologiya kafedrasi
tashkil etilgan bo„lib, unga 1917-yil 2-maydan K.I. Skryabin professor etib saylangan.
U 1917-1920-yillarda Novocherkask shahridagi veterinariya institutining parazitologiya
kafedrasida (Don veterinariya institutida) professor lavozimida ishlagan.
K.I. Skryabin 1920-yilda Moskvaga ko„chib kelib, Moskvadagi zooveterinariya
institutida (hozirgi K.I. Skryabin nomidagi veterinariya akademiyasida) parazitologiya
va hayvonlarning invazion kasalliklari kafedrasini tashkil qiladi. Shuningdek, akademik
K.I. Skryabin tomonidan Moskvada Butunittifoq gelmintologiya instituti (hozirgi kunda
bu institut K.I. Skryabin nomidagi Rossiya gelmintologiya instituti deb nomlanadi)
hamda Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshida gelmintologiya laboratoriyasi (hozirda
Rossiya parazitologiya instituti deb nomlanadi) tashkil etilgan. U 1920-1972-yillarda
Moskva veterinariya institutida professor lavozimda ishlagan. 1920-1956-yillarda
Moskva davlat eksperimental veterinariya institutida, 1921-1949-yillarda E.I.
Martsinovskiy nomidagi Tibbiyot parazitologiyasi va tropik tibbiyot institutida
gelmintologiya bo„limlari mudiri, 1942-1972-yillarda Butunittifoq qishloq xo„jalik
Fanlari Akademiyasi gelmintologiya laboratoriyasi mudiri, 1943–1952-yillarda sobiq
ittifoq FA Qirg„iziston filiali prezidiumi raisi, 1956–1961-yillarda esa Butunittifoq
qishloq xo„jalik FA vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.
K.I. Skryabin veterinariya, tibbiyot hamda biologiya yo„nalishidagi gelmintolog
mutaxassislarni birlashtirib, gelmintologiya maktabini yaratgan va bu maktabning
asoschisi hisoblanadi.
K.I. Skryabin ma‟lumoti bo„yicha vetvrach, gelmintolog olim. Uning rahbarligida
gelmintlar morfologiyasi, biologiyasi, filogeniyasi, sistematikasi, ekologiyasi,
epizootologiyasi va epidemiologiyasiga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
K.I. Skryabin gelmintlarning 200 dan ortiq yangi turlarini aniqlagan va 120 ta
avlodini tavsiflab bergan, 200 dan ortiq tur gelmintlar uning nomi bilan ataladi. U ishlab
chiqqan degelmintizatsiya va devastatsiya ta‟limotlari odam va mahsuldor hayvonlar
gelmintozlariga qarshi kurashda asos bo„lib xizmat qilmoqda.
K.I. Skryabin O„rta Osiyoda, shu jumladan, O„zbekistonda gelmintologiya
fanining rivojlanishiga katta hissa qo„shgan. U O„zbekistonning turli mintaqalariga bir
necha marta gelmintologik ekspeditsiyalar uyushtirgan. O„zbekiston FA zoologiya
instituti qoshida gelmintologiya laboratoriyasini tashkil etgan.
K.I. Skryabin Sobiq ittifoq Fanlar Akademiyasining haqiqiy akademigi (1935-
yil), Butunittifoq qishloq xo„jalik Fanlar Akademiyasining haqiqiy akademigi (1935-yil)
va tibbiyot Fanlar Akademiyasining haqiqiy akademigi (1944-yil) hisoblanadi.
Shuningdek, u Rossiya (1927-yil), Qirg„iziston (1954-yil) va O„zbekistonda (1962-yil)
xizmat ko„rsatgan fan arbobi hisoblanadi. Sobiq ittifoqda gelminologiya fanini
rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun akademik K.I. Skryabinga 1958-yili «Mehnat
Qahramoni» unvoni berilgan. Shuningdek, u ikki marta Davlat mukofoti laureatiga
sazovor bo„lgan hamda o„ndan ortiq turli xil ordenlar bilan mukofotlangan.
Moskvadagi Rossiya gelmintologiya institutiga, Bishkekdagi Qirg„iziston qishloq
xo„jalik institutiga va Samarqanddagi O„zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutiga
K.I. Skryabin nomi berilgan.
Ko„plab yetuk gelmintolog olimlar: N.P. Zaxarov, I.M. Isaychikov, B.G.
Massino, N.P. Popov, A.M. Petrov, V.P. Baskakov, R.S. Shuls, V.S. Yershov, Ye.Ye.
Shumakovich, V.G. Gagarin, K.M. Rijikov, I.V. Orlov, K.I. Abuladze, Sh.A. Azimov, E.H.
Ergashov, J.A. Azimov, N.M. Matchonov va boshqalar akademik K.I.Skryabinning
shogirdlari hisoblanadi.
K.N. Skryabin odamlarda va hayvonlarda uchraydigan parazit chuvalchanglarni
o„rganshga butun umrini bag„ishlaydi. 700 dan ortiq ilmiy asarlar chop ettirgan,
shulardan ko„plari monografiyalar, gelmintologiya va parazitologiya fanlari bo„yicha
darsliklar hamda o„quv qo„llanmalar hisoblanadi, ulardan hozirgi kunda ham
mutaxassislar va talabalar foydalanib kelmoqdalar.
Trematodalar bo„yicha 26 tomlik asar yozib qoldirgan. Gelmintlarni butunlay
yoki qisman (Devastastiya) tugatish ta‟limotini ishlab chiqdi.
Tibbiyot sohasida general leytenant, akademik Ye.N. Pavlovskiy (1884–1965)
umumiy parazitologiya muammolarini o„rganadigan umumiy parazitologoya maktabi
asoschisi hisoblanadi.
Akademik E.N. Pavlovskiy tabiiy manbali transmissiv kasalliklarni o„rganish
yo„nalishidagi o„z maktabini yaratdi, ya‟ni kanalar va hasharotlar orqali tarqaladigan
har xil viruslar, bakteriyalar va bir hujayrali parazitlar qo„zg„atadigan transmissiv
kasalliklarni Sobiq ittifoqning turli mintaqalari bo„yicha tarqalish qonuniyatlarini
o„rgandi. Parazitologiya fanini rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun unga «Mehnat
Qahramoni» unvoni berilgan. U ikki marta Davlat mukofoti laureatiga sazovor bo„lgan
hamda 7 ta orden va ko„plab medallar bilan mukofotlangan.
Yirik olimlar: P.A. Petrisheva, A.S. Monchadskiy, G.S. Pervomayskiy, G.G.
Smirnov, I.G. Galuzo va boshqalar akademik Ye.N. Pavlovskiyning shogirdlari
hisoblanadi. Akad. E.N. Pavlovskiy tomonidan 600 dan ortiq ilmiy asarlar chop etilgan
bo„lib, shulardan bir qanchasi monografiyalar, darsliklar va o„quv qo„llanmalardir. E.N.
Pavlovskiy ma‟lumoti bo„yicha shifokor, ixtisosligi bo„yicha esa parazitolog olim
hisoblanadi.
Professor V.L. Yakimov (1870–1940) eng og„ir kasalliklarni keltirib chiqaradigan
bir hujayrali hayvonlarni o„rganadi.
V.L.
Yakimov
1919-yilda
Leningradda
veterinariya
instituti
qoshida
parazitologiya kafedrasini tashkil qiladi. Protozoologiya yo„nalishida mutaxassis kadrlar
tayyorlashga katta e‟tibor beradi va veterinariya protozoologiyasi maktabiga asos soladi.
V.L. Yakimov chorva mollarida parazitlik qiluvchi bir hujayrali parazitlardan-
gemosporidoz, piroplazmidoz, trixomonoz, leyshmanioz, toksoplazmoz va koksidioz
qo„zg„atuvchilarini o„rganib, ularga qarshi kurash choralari bo„yicha tadqiqot ishlarini
olib borgan. Yirik protoparazitolog olimlar N.A. Kolabskiy, V.F. Gusev, S.N.Nikolskiy,
N.A. Zolotaryev, P.S. Ivanova, Z.P. Korniyenko-Konyevalar V.L. Yakimovning
shogirdlari hisoblanadi. U shogirdlari bilan hamkorlikda 120 dan ortiq tur protozoy
kasalliklari qo„zg„atuvchilarining epizootologiyasi, terapiyasi va profilaktikasini
o„rgangan.
V.L. Yakimov qishloq xo„jalik hayvonlarida parazitlik qiluvchi bir hujayrali
parazitlarning ko„plab yangi turlarini aniqlagan va 500 dan ortiq ilmiy ishlarini chop
ettirgan. Prof. V.L. Yakimov ma‟lumoti bo„yicha vetvrach, ixtisosligi bo„yicha esa
protozoolog olim hisoblanadi.
Prof. V.A. Dogel (1882–1955) ekologik parazitologiya maktabining asoschisi. U
baliqlarni parazitologik yorib ko„rish, parazitlarni yig„ish va aniqlash usullarini ishlab
chiqqan.
V.A. Dogel uzoq yillar davomida odam va hayvonlarni parazitlar bilan
zararlanishida tashqi muhit ta‟sirini organizmlar fiziologik holatiga bog„liqligini
o„rganadi. Yirik olimlardan O.N. Bauyer, M.M. Belopolskaya, A.P. Markevich, Yu.I.
Polyanskiy, I.S. Markov, I.Ye. Bixovskaya-Pavlovskaya, G.K. Ginetsinskaya, M.N.
Dubinina, Ye.M. Xeysin, G.K. Petrushevskiy, S.S. Shulman, S.O. Osmanov va boshqalar
V.A. Dogelning shogirdlari hisoblanadi.
MDH da birinchilardan bo„lib, baliqlarning parazitlarini o„rganishni boshlab
bergan olim V.A. Dogel tomonidan 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, shu
jumladan, bir qator darsliklar va o„quv qo„llanmalar chop etilgan. Shuningdek, fanga
qo„shgan hissasi uchun prof. V.A. Dogel davlat tomonidan bir qator orden, medal va
mukofotlar bilan taqdirlangan. V.A. Dogel ma‟lumoti bo„yicha biolog, ixtisosligi
bo„yicha esa parazitolog olim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |