O„zbekistonda parazitologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi. O„rta
Osiyoda, shu jumladan, O„zbekistonda parazit organizmlar to„g„risidagi dastlabki
ma‟lumotlar 980–1037-yillarda yashab ijod etgan vatando-shimiz buyuk tabib va
mutafakkir Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi.
Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali 980-yil avgust oyida
Buxoroning Afshona qishlog„ida tug„ilgan.
Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida taniladi. Abu
Ali ibn Sino o„sha zamonlardagi taxt uchun kurashlar, davlatlar o„rtasidagi urush va
mojarolar orqasidan shaharma-shahar, davlatma-davlat darbadarlikda, sarsonu-
sargardonlikda yurib, juda ko„p azobu-uqubatlarni boshidan kechiradi.
Ibn Sino 1012–1014-yillarda Jurjonda yashab «Tib qonunlari» ning dastlabki
qismlarini shu yerda yaratadi. Jurjondagi notinchliklar tufayli Ibn Sino Rayga keladi va u
yerdan Hamadonga o„tadi. Hamadonda «Tib qonunulari» ning birinchi kitobini tugatib,
o„zining mashhur falsafiy qomusi «Kitob ash-shifo» ni ham shu yerda yozishga kirishadi.
«Tib qonunlari» ning qolgan qismlarini ham Hamadonda yozib bitiradi.
Abu Ali ibn Sino o„zining «Kitob ash-shifo» asarida odamlarning ichagida
parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar (sestodalar), askarida, ostritsa, rishta
to„g„risida yozib, ularni tuzilishi, ko„payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari, diyetasi,
davosi, oldini olish chora-tadbirlari to„g„risida ko„plab ma‟lumotlar keltirgan. Alloma
parazitlarga qarshi qo„llaniladigan dori-darmonlar haqida ham yozib qoldirgan.
Ko„p asrlar davomida olimlar faqat ko„zga ko„rinadigan parazit chuvalchanglar
va tashqi parazitlarni ta‟riflash bilan chegaralanib kelganlar. Ko„zga ko„rinmas
parazitlar to„g„risidagi ilk ma‟lumotlar bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida
uchraydi. Abu Ali ibn Sino o„zining «Kitob ash-shifo» asarida odamlarning ichagida va
jigarida parazitlik qiladigan chuvalchanglar (parazitlarni) ni yirik va uzun, yumaloq,
yassi, mayda guruhlarga bo„lib, ular xom go„sht, sut, baliq go„shti, yaxshi yuvilmagan
sabzavot va ho„l mevalar, iflos va qaynatilmagan suvlarni iste‟mol qilganda,
shuningdek, ariq va hovuzlarda cho„milganda suv og„iz orqali oshqozon-ichakka ketib
qolganda yuqishi mumkinligini ko„rsatib o„tgan.
Ibn Sino odamlarda parazitlik qiladigan har bir gijja turiga alohida tavsif bergan.
Misol uchun odam ichagida parazitlik qiladigan qoramol va cho„chqa tasmasimon
chuvalchanglari hamda serbar tasmasimon chuvalchanglarga «katta va uzun qurt», jigar
va o„t yo„llarida parazitlik qiladigan jigar qurtiga «qovoq urug„iga o„xshash qurt»
odamning, xususan yosh bolalarning ichagida parazitlik qiladigan pakana gijja yoki
kichik zanjirsimon gijjaga «mitti qurt» va boshqa gijjalar to„g„risida ham tavsiflar
berib, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida ham ko„plab ma‟lumotlar
qoldirgan. Uning ushbu asari XV asrda 16 marta, XVI asrda 20 marta qayta nashr
qilingan, o„sha davrda bibliya bilan raqobat qila olgan yagona asar hisoblangan.
Ibn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga
ko„ra 1023-yilda Hamadondan Isfaxonga jo„nab ketadi va umrining qolgan 14 yilini
Isfaxonda o„tkazadi. Buyuk qomusiy olim ibn Sino 1037-yil 18 iyunda 57 yoshida vafot
etadi va Hamadonda dafn etiladi.
Turli manbalarda ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi, lekin bizgacha 241 tasi
yetib kelganligi ta‟kidlanadi.
Keyinchalik O„rta Osiyoda, shu jumladan, O„zbekistonda parazitologiya faniga
oid ma‟lumotlar XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o„lkasi bo„ylab sayohat qilgan
mashhur rus tabiatshunos olimi A.P. Fedchenko asarlarida ham uchraydi.
Aleksey Pavlovich Fedchenko (1844–1873) rus tabiatshunosi, O„rta Osiyoni
tadqiq qilgan olim. Moskva universitetini tugatgan. U zoologiyaga oid to„plamlar va
o„simliklardan gerbariylar to„plagan. Antropologiya va etnografiya bilan shug„ullangan.
A.P. Fedchenko 1868–1871-yillarda Oloy vodiysiga sayohat qilgan va Oloy orti
tizmasini o„rgangan. Hisor-Oloy tog„ sistemasining 1-orografik sxemasini tuzgan.
U Alp tog„laridagi Monblan cho„qqisiga chiqishda halok bo„lgan. A.P.
Fedchenkoning to„plagan materiallari geograf olimlar tomonidan qayta ishlanib, «A.P.
Fedchenkoning Turkistonga sayohati» nomli rus tilidagi kitobi nashr qilingan. Pomir
tog„idagi muzlik Fedchenko nomi bilan atalgan. A.P. Fedchenko Oloy va Zarafshon
vodiysiga uyushtirilgan ekspeditsiya davrida 4 mingga yaqin hayvon turlari (asosan
hasharotlar) ni o„z ichiga olgan 20 mingga yaqin kolleksiyalar to„plagan.
U
Buxoro,
Samarqand,
Toshkentda
har
xil
hayvonlarning
parazit
chuvalchanglarini yig„adi. Yig„ilgan materiallarni daniyalik olim Krabb va nemis olimi
Linstov yordamida aniqlaydi. Shuning bilan bir qatorda, A.P. Fedchenko O„zbekistonda
birinchi marta Buxoro va Samarqandda odamlar terisi ostida parazitlik qiladigan
nematoda-rishtaning biologiyasini o„rganadi.
Turkiston aholisni ipakchilik bilan shug„ullanishi olimni e‟tiborini tortadi.
Moskvaga olib keltirgan ipak qurti tuxumlaridan pebrina kasalligini qo„zg„atuvchisi
nozema bombikus aniqlanadi. Toshkentda, Samarqandda ipak qurti boquvchilari bilan
kengashib, kasallikni tugatish to„g„risida takliflar kiritadi.
XX asrning boshlarida O„zbekistonda parazitologiya sohasida ilmiy tekshirish
ishlari Skryabin, Pavlovskiy, Dogel, Yershov, Badanin, Isayev va boshqa olimlarning
nomlari bilan bog„lq. Bu olimlar O„rta Osiyoda, Qozog„istonda va shu jumladan,
O„zbekistonda odam va hayvonlarda uchrovchi parazitlarning tur tarkibi, tuzilishi,
sistematikasi, bioekologik xususiyatlari borasida ko„plab tadqiqot ishlarini olib bo-
rishgan. Ular Respublikamizning turli mintaqalarida uchraydigan para-zitlarni o„rganish
bilan bir qatorda, mahalliy kadrlar tayyorlash ishlariga ham katta e‟tibor qaratishgan.
Hozirgi vaqtda O„zbekistonda ham parazitologiya fanining quyidagi 4 ta
yo„nalishi bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda hamda nazariy va amaliy
muammolar hal etib kelinmoqda:
1. Umumiy parazitologiya. 2. Tibbiyot parazitologiyasi. 3. Veterinariya
parazitologiyasi. 4. Agronomiya parazitologiyasi.
O„zbekistonda umumiy parazitologiya yo„nalishida tadqiqot ishlarini olib borgan
va hozirgi kunda ham fidokorona ijod qilayotgan yirik parazitolog olimlar qatoriga:
akademik J.A. Azimov; O„zbekiston FA muxbir a‟zosi M.A. Sultonov; professorlar S.O.
Osmanov, V.M. Sodiqov, O„.Ya. Uzoqov, S.D. Dadayev, B.A. Allamuratov, S.A.
Muhammadiyev, M.O„. O„ralov; fan doktorlari E.I. Gan, T.Q. Qobilov, M.Q. Qodirova,
B.G. Gariyev, O.D. Davronov, N.X. Enileyeva, A.E. Kuchboyev, E.B. Shakarboyev,
F.D. Akramova; uzoq yillar ishlagan va katta tajriba-ga ega bo„lgan fan nomzodlari
A.A. Abidjanov, V.I. Gextin, V.P. Sherbak, Z.P. Sherban, A.N. Urazbayev, D.U.
Ermatova, A.Q. Qulmamatov, E.N. Qulmamatov, P.A. Mo„minov, A.G. Gadoyev, N.D.
Davlatov, E. Ikramov, T.V. Kataytseva, M.F. Nazrullayeva, N.I. Lebedeva, Q.A.
Saparov va ularning ko„plab shogirdlari tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarining
natijalari asosida O„zbekistonning turli mintaqalarida, turli fasllarda umurtqasiz va
umurtqali hayvonlarda uchrovchi parazitlarning tur tarkibi, sistematik holati, tarqalishi,
keng tarqalgan parazitar kasalliklar qo„zg„atuvchilarining bio-ekologik xususiyatlari
hamda shakllanish qonuniyatlarini, mahsuldor hayvonlarga ziyon keltiruvchi va
kasalliklar qo„zg„atuvchi vakillarining oldini olish choralari to„g„risida keng qamrovli
ma‟lumotlar to„plangan va chop etilgan.
O„zbekistonda umumiy parazitologiya yo„nalishi bo„yicha o„zlarining maktabiga
ega bo„lgan yirik olimlar qatoriga akademik J.A. Azimov va O„zbekiston FA muxbir
a‟zosi M.A. Sultonov kiradi.
J.A. Azimov 1938-yilning 10-martida Andijon shahrida tug„ilgan. U 1959-yili
Samarqanddagi O„zbekiston qishloq xo„jalik institutining veterinariya fakultetini
muvaffaqiyatli bitirib, O„zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat
ko„rsata boshladi. 1961-yilda Moskvadagi akademik K.I. Skryabin nomidagi
Butunittifoq gelmintologiya instituti kunduzgi aspiranturasiga o„qishga kirib, 1963-
yilda «Гельминты овец юга Узбекистана и динамика главнейших гельминтозов»
mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
J.A. Azimov 1986-yilda esa Moskvadagi akademik K.I. Skryabin nomidagi
Butunittifoq gelmintologiya instituti ilmiy kengashida «Schistosomatida (Skrjabin et
Schulz, 1937) (Azimov, 1970) turkumiga mansub trematodalarning ekologo-
taksonomik tavsifi va qishloq xo„jalik hayvonlari orientobilgarsiozining oldini olishning
biologik asoslari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilgan.
1987-yilda professorlik ilmiy unvoniga sazovor bo„ldi. J.A. Azimov 1989–1991-yillarda
O„zbekiston Milliy universiteti professori, 1991–2009-yillarda O„zR FA Zoologiya
instituti direktori lavozimlarida ishladi.
J.A. Azimov 1994-yilda O„zR FA muxbir a‟zosi, 2000-yilda esa O„zRFA
akademigi etib saylangan.
J.A. Azimov dunyo olimlari tomonidan tan olingan yetakchi zoolog, gelmintolog
olim. U inson va hayvonlar organizmida yashovchi parazit organizmlarning
morfologiyasi,
biologiyasi
va
ekologiyasini
tadqiq
etish
asosida,
mazkur
organizmlarning evolyutsiyasi, filogeniyasi va sistematikasi bo„yicha dunyo ilm-fanida
katta qiziqishga sabab bo„lgan o„ziga xos nazariy konsepsiyalarni ishlab chiqib,
o„zining maktabini yaratdi.
Akademik J.A. Azimovning serqirra ilmiy faoliyati 600 dan ortiq ilmiy
maqolalarida o„z aksini topgan. 35 dan ziyod monografiya va o„quv qo„llanmalar
muallifi, jumladan, «O„zbekistonning sutemizuvchi uy hayvonlari gelmintlari» (1975),
«Odam va hayvonlar shistosomatidlari» (1975), «Trematodalar odam va hayvonlarning
parazitlari» (1986), «O„zbekistonning tog„ ekosistemalarida umurtqali hayvonlarning
gelmintlari» (1994), «O„zbekiston va unga chegaradosh hududlarning quruqlik
mollyuskalari» (2003); «Qiziqarli biologiya» (2004); «Parazitologiya terminlarining
izohli lug„ati» (2007) va boshqalar mamla-katimiz zoolog va parazitologlari tomonidan
alohida qadrlanadi.
J.A. Azimovning xalq xo„jaligi rivojiga qo„shgan ulkan hissasi inobatga olinib,
«Mehnat faxriysi» medali bilan mukofotlangan, Zoologiya fanining nazariy va amaliy
sohalarini rivojlanitirishda olib borgan tadqiqotlari uchun akademik K.I. Skryabin
medali (Rossiya), Ben Gurion universiteti medali (Isroil), Butunjahon tabiatni muhofaza
qilish xalqaro fondining sertifikati (Pokiston), «O„zR FA 50 yilligi» medali bilan
taqdirlangan. Biologik xavfsizlikni ta‟minlashdagi xizmatlari uchun 2005-yilda AQSh
(USA, CTR) sertifikati bilan taqdirlangan. Umum insoniy qadriyatlar rivojiga qo„shgan
ulkan hissasi uchun «Metsenato„ stoletiya» Xalqaro jamoatchilik fondining laureati va
«Во имя жизни на земле » medali bilan (Rossiya, 2007) mukofatlangan.
Sultonov Muhammad Alievich (1915–1980) gelmintolog olim, O„zbekiston
Fanlar Akademiyasining muxbir a‟zosi, biologiya fanlari doktori.
U 1915-yilda Toshkent shahrida tug„ilgan. 1937-yili O„rta Osiyo universitetining
biologiya fakultetini tugatgan. M.A. Sultonov 1941-yilda «Toshkent viloyatida yirtqich
qushlarda uchrovchi parazit nematodalar» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini
himoya qilgan va unga biologiya fanlari nonzodi ilmiy darajasi berilgan. 1961-yilda esa
«O„zbekistonda uy va ov-xo„jalik qushlari gelmintlari» mavzusida doktorlik
dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Unga 1968-yilda O„zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a‟zosi ilmiy unvoni berilgan.
M.A. Sultonov ilmiy faoliyatining boshlanishidan umrining oxirigacha
O„zbekiston Fanlar Akademiyasining zoologiya va parazitologiya institutida kichik
ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, shu institutning ilmiy ishlar bo„yicha direktor
o„rinbosari, direktori va gelmintologiya laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
M.A. Sultonovning ilmiy ishlari O„zbekistonning uy va ov-xo„jalik ahamiyatiga
ega bo„lgan parrandalar gelmintlari, ot oshqozon bo„kasi hamda boshqa yovvoyi
hayvonlar parazitfaunasini o„rganishga hamda ularga qarshi kurash choralarini ishlab
chiqishga bag„ishlangan.
M.A. Sultonov tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Asosiy ishlariga:
Гельминты домашних и охотниче-промисловых птиц Узбекистана (T.: «FAN»,
1963, монография), Гельминты животных Каракалпакской Республики (T.:
«FAN», 1969, монография), Паразитические черви животных Ферганской долины
(T.: «FAN», монография), Гельминты домашних мелкопитающих Узбекистана (T.:
«FAN», 1975, монография) va boshqalar kiradi.
Respublikamizda veterinariya parazitologiyasi yo„nalishida tadqiqot ishlarini olib
borgan va hozirgi kunda ham faol tadqiqot ishlarini olib borayotgan yirik olimlar
qatoriga akademik: E.H. Ergashev; professorlar: N.V. Badanin, R.H. Haitov, Sh.A.
Azimov, N.X. Shevchenko, N.M. Matchonov, T.X. Rahimov, B.S. Salimov, A.O.
Oripov, A.R. Ro„zimurodov, M.A. Aminjonov; fan doktorlari: A.G„. G„ofurov, I.H.
Rasulov, G.S. Po„latov, R.B. Davlatov va ularning ko„plab shogirdlarini ta‟kidlab o„tish
joiz.
Yuqorida keltirilgan olimlar uzoq yillar davomida tadqiqot ishlari natijalari
bo„yicha xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi hayvonlarda uchraydigan parazitlar, ular
qo„zg„atadigan kasalliklar va bu kasalliklarga qarshi kurash choralari to„g„risida
tadqiqot ishlari natijalarini qator tavsiyalar, ilmiy maqolalar, monografiyalar, darsliklar,
o„quv va metodik qo„llanmalar sifatida chop ettirishgan va amaliyotga tadbiq qilishgan.
Veterinariya parazitologiyasi yo„nalishi bo„yicha O„zbekistonda o„z maktabiga
ega bo„lgan yirik olimlar qatoriga akademik E.H. Ergashev va professor N.V.
Badaninlar kiradi.
N.V. Badanin (1895–1965) O„zbekistonda gelmintologiya maktabining asoschisi,
O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi (1956), Respublikada xizmat ko„rsatgan
veterinariya vrachi hisoblanadi.
N.V. Badanin Leningrad veterinariya institutida student bo„lib yurgan
vaqtlaridayoq gelmintologiya faniga qiziqadi. U 1926-yili Solvichevodsk shahrida
ishlab chiqarish amaliyotini o„tab turib, prof. K.I. Skryabin rahbarlik qilgan Butunittifoq
gelmintologik ekspeditsiyasida ham ishtirok etadi. N.V. Badanin institutni tugatishi
bilan (1928) prof. K.I. Skryabin taklifiga muvofiq Qozog„istondagi veterinariya-
bakteriologiya ilmiy tekshirish institutining gelmintologiya bo„limiga rahbarlik
lavozimiga tayinlanadi va bu vazifada 5 yil ishladi.
N.V. Badanin O„rta Osiyoga 1928-yilda kelgan va butun umrini shu o„lkaning
qishloq xo„jaligi va yovvoyi hayvonlari gelmintlarini o„rganishga hamda ularga qarshi
kurash chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag„ishlagan. U har xil turdagi hayvonlarning
parazitar kasalliklarini o„rganish maqsadida tashkil etilgan 12 ta ekspeditsiyada ishtirok
etdi va 6 tasiga o„zi rahbarlik qildi.
N.V. Badanin 1932-yildan 1939-yilgacha Ashxaboddagi qishloq xo„jalik
institutida va 1939–1960-yillarda Samarqand qishloq xo„jalik institutida parazitologiya
kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. U 1940-yili Qozog„iston, Qirg„iziston,
Turkmaniston hamda O„zbekiston Respublikalarida tuyalarda tarqalgan gelmintoz
kasalliklarni, gelmintlar qo„zg„atadigan gelmintoz kasalliklarning epizootologiyasi,
diagnostikasi va davolash uchun o„tkazilgan tajribalari natijasini umumlashtirib
monografiya yozdi. Uning bu ishi veterinariya fanlari doktori degan ilmiy darajaga
sazovor bo„ldi.
N.V. Badanin 70 dan ortiq ilmiy asarlar yozdi, ulardan 3 tasi monografiya
hisoblanadi. Prof. N.V. Badanin oliy o„quv yurtlarida 32 yil ishlab, bir necha yuzlab
yuqori malakali mutaxassis parazitolog kadrlar tayyorladi. Hozirgi vaqtda
respublikamizning deyarli barcha tuman va viloyat chorvachilik xo„jaliklarida N.V.
Badaninning shogirdlari xizmat qilmoqda.
N.V. Badanin yosh olimlarni tayyorlashga ham katta ahamiyat bergan. U 20 dan
ortiq yosh mutaxassis kadrlarni tarbiyalab etishtirdi. Akademik E.X. Ergashev;
professorlar N.M. Matchonov, R.X. Hayitov, T.X. Xoshimov, V.M. Sodiqov, B.S.
Salimov va boshqa yirik gelmintolog olimlar prof. N.V. Badaninning shogirdlari
hisoblanadi.
Akad. Erkin Hamidovich Ergashev (1933–2004) 1933-yil 1-noyabrda Samarqand
shahrida tavallud topgan. U 1953-yilda O„zbekiston qishloq xo„jalik instituti (hozirgi
Samarqand qishloq xo„jalik instituti)ning veterinariya fakultetini imtiyozli diplom bilan
tamomlagan.
E.H. Ergashevning ilm-fanga moyilligi inobatga olinib, mazkur yilda
«Gelmintologiya» ixtisosligi bo„yicha aspiranturaga o„qishga qabul qilingan va 1956-
yilda «Go„shtxo„r hayvonlarning gelmintlari va gelmintozlari» mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasini muddatidan oldin himoya qilgan va veterinariya fanlari nomzodi ilmiy
darajasini olgan.
E.H. Ergashev 1964-yilning yanvarida (30 yoshida) akademik K.I. Skryabin
rahbarligida «O„zbekiston sharoitida mayda shoxli mollarning gelmintoz kasalliklari»
mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va birinchi bo„lib
o„zbek veterinariya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
1964-yilda yosh fan doktori E.H. Ergashev O„zbekiston veterinariya ilmiy
tadqiqot instituti (O„zVITI) direktori lavozimiga tayinlangan. U 1965-yilda «Professor»
ilmiy unvoniga sazovor bo„lgan va «Parazitologiya» kafedrasiga mudir etib saylangan
(har ikkala joyda ishlagan).
E.H. Ergashev 1968-yilda jahon parazitologiya fani sohasidagi ulkan hissasi
uchun O„zR FA ning muxbir a‟zoligiga saylangan. 1969-yilda esa biologiya sohasidagi
xalqaro mukofot K.I. Skryabin nomidagi «oltin medal» bilan taqdirlangan. Shuningdek,
mazkur yilda unga «Xalqaro ixtirochi» unvoni berilgan.
1983-yilda biologiya va qishloq xo„jaligiga qo„shgan ulkan hissasi uchun unga
«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan fan arbobi» unvoni berilgan.
Akademik Ergashev Erkin Hamidovich tomonidan jahondagi salohiyatli
parazitologiya maktablaridan biri o„zbek parazitologlar maktabi yaratilgan. Tolmas va
iqtidorli ijodkor E.H. Ergashev o„z hayoti davomida barakali ijod qilib, 750 dan ortiq
ilmiy ishlar, darslik va o„quv qo„llanmalarni chop ettirgan.
E.H. Ergashevning asosiy ilmiy yo„nalishlari tabiatdagi organizmlarning o„zaro
munosabatlarini o„rganishga bag„ishlangan bo„lib, gelmintlar faunasi, epizootologiyasi,
biologiyasi, patogenezi, immuniteti, parazitotsenoz, zooantroponozlar, chorva mollari
va parrandalarning invazion kasalliklarini oldini olish, davolash va qarshi kurashishning
samarali usullarini ishlab chiqish kabilar uning tarkibiy qismi hisoblanadi.
E.H. Ergashev tomonidan 1996-yilda «Biologiya va tibbiyot muammolari»
xalqaro jurnali ta‟sis etilib, unga umrining oxirigacha bosh muharrirlik qilgan.
Akademik Ergashev Erkin Hamidovich ilmiy-pedagogik va amaliyotdagi
tashkilotchilik faoliyati hukumatimiz tomonidan munosib e‟tirof etilib, qator orden,
medal, unvon va yorliqlar bilan mukofotlangan. Xususan, E.H. Ergashev o„zining 70
yillik yubileyi arafasida (2003-yilda) davlatimizning «Do„stlik» ordeniga sazovor
bo„lgan.
Akademik E.H. Ergashev umrining oxirigacha Samarqand qishloq xo„jalik
instituti «Parazitologiya» kafedrasida mudirlik qildi.
O„zbekistonda tibbiyot parazitologiyasi yo„nalishida ijod qilgan va hozirgi kunda
ham tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar qatoriga professorlardan L.I. Isayev, P.F.
Borovskiy, E.I. Martsinovskiy, N.I. Xodukin, N.A. Mirzoyan, R.R. Magdiev, A.N.
Burdastov, N.A. Dehqonxo„jaeva, S.N. Bobojonov, B.R. Rustamov; katta ilmiy
xodimlardan L.N. Krasnonos, P.M. Lerner, V.R. Lemelev, Sh.M. Jaxongirov, M.S.
Mo„minov, Sh.A. Razzoqov va boshqalarni ko„rsatib o„tish lozim.
O„zbekistonda tibbiyot parazitologiyasi yo„nalishi bo„yicha o„z maktabiga ega
bo„lgan olimlar qatoriga prof. L.M. Isayev kiradi. Isayev Leonid Mixaylovich (1868–
1964) 1868-yil 16-avgustda Peterburg guberniyasida tug„ilgan. U Peterburg harbiy
tibbiyot akademiyasini tugatgan.
O„zbekistonda odamlarda uchraydigan parazitar kasalliklarni o„rganishni boshlab
bergan rus olimlari qatoriga E.I. Martsinovskiy, K.I. Skryabin, E.N. Pavlovskiy, L.M.
Isayev va boshqalar kiradi va bu olimlar Turkiston Respublikasida odamlarda
uchraydigan parazitar kasalliklarni o„rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab
chiqish uchun qator ekspeditsiyalar uyushtirganlar. Jumladan, L.M. Isayev 1922-1923
yillarda Buxoro Xalq Respublikasida parazitar kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida
uyushtirilgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. U 1923 yildan umrining oxirigacha, ya‟ni
40 yildan ortiq vaqt davomida tropik kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti direktori
lavozimini bajargan. Shuningdek, L.M. Isayev bir vaqtning o„zida 1936–1949-yillarda
Samarqand tibbiyot institutida tropik kasalliklar kafedrasi mudiri lavozimida ham
ishlagan.
Tropik kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti 1933-yili Buxorodan Samarqand
shahriga ko„chirilgan (hozirgi vaqtda O„zbekiston tibbiyot parazitologiyasi ilmiy
tadqiqot institut deb nomlanadi). Ushbu institutga va u joylashgan ko„chaga 1968 yildan
boshlab prof. L.M. Isayev nomi berilgan.
Prof. L.M. Isayev O„zbekistonda bezgak, leyshmanioz, rishta, ankilostomoz va
boshqa parazitar kasalliklarni tarqalishini o„rganish hamda ularga qarshi kurash
choralarini ishlab chiqish borasida tadqiqot ishlarini olib borgan va bevosita rahbarlik
qilgan. Aynan, prof. L.M. Isayev tashabbusi bilan O„zbekistonda bezgakka qarshi
kurash olib boradigan stantsiyalar va tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tekshirish instituti
tashkil etilgan.
L.M. Isayev Respublikamizda bezgak chivini, boshqa tur chivinlar va kanalarni
hamda kemiruvchilarni biologiyasi va ekologiyasini o„rganish bo„yicha uzoq yillar
davomida tadqiqot ishlarini olib borgan. U ayniqsa, bezgak kasalligini yo„qotish uchun
bezgak chivinlarini har tomonlama chuqur o„rganib, ularga qarshi kurash choralarini
ishlab chiqish borasida katta tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Bezgak kasaliga qarshi
qo„llagan tavsiyalari uchun u Davlat mukofotiga sazovor bo„lgan.
L.M. Isayevga 1944-yili O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi unvoni
berilgan.
Agronomiya (fitogelmintologiya) parazitologiyasi yo„nalishi bo„yicha tadqiqot
ishlarini olib borgan va hozirgi kunda ham ijod qilayotgan olimlar qatoriga O„zbekiston
Respublikasi FA muxbir a‟zosi A.T. To„laganov; professorlar E.S. Kiryanova, Z.N.
Norboyev, O.M. Mavlonov, Sh.X. Xurramov; fan nomzodlari, dotsentlar O.Z. Usmanova,
E.P. Azizova, A.I. Zemlyanskaya, X.S. Eshova, G.A. Abdurahmanova, J.T. Sidiqov va
ularning qator shogirdlarini sanab o„tish kerak.
O„zbekistonda agronomiya parazitologiyasi yo„nalishidagi tadqiqot ishlarini
asosan, XX asrning 30-yillarida prof. E.S. Kiryanova boshlab bergan. Keyinchalik
fitogelmintologiya deb atala boshlangan bu fanning rivojlanishida A.T. To„laganov va
uning shogirdlarining xizmatlari katta bo„ldi.
Fitogelmintlar o„simliklarning yer usti va yer osti qismidagi turli organlarida
parazitlik qilib, zararlangan o„simliklar o„sishdan qoladi, so„liydi, zararlangan
o„rganlarida har xil bo„rtmalar (shishlar) hosil bo„ladi, to„qimalari yemirilib, nekrozga
uchraydi.
O„zbekistonda fitogelmintolog olimlar olib borgan tadqiqot ishlari natijalari
bo„yicha Respublikamizdagi eng muhim qishloq xo„jaligi ekinlari (g„o„za, kanop,
sabzavot-poliz va mevali bog„ ekinlari, kartoshka poya nematodasi, subtropik
o„simliklari) va mahsuldor hayvonlarning to„yimli oziqasi bo„lmish yem-xashak ekinlari
nematodalarining tur tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi, zarari o„rganildi va
ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilgan va etilmoqda.
O„zbekistonda fitogelmintologiya maktabiga asos solgan olimlar qatoriga
O„zbekiston Respublikasi FA muxbir a‟zosi A.T. To„laganov va professor E.S.
Kiryanovalar kiradi.
To„laganov Ahror To„laganovich (1908–1990) 1908-yil 23-sentyabrda Toshkent
shahrida tug„ilgan. U 1927-yilda Samarqand shahridagi O„zbek pedagogika
instituti(hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o„qishga kirib, uni 1931-yilda tugatadi
va mazkur institutda umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasida assistent bo„lib ishlay
boshlaydi.
A.T. To„laganov 1931–1935-yillarda O„zbekiston davlat universiteti va
Leningraddagi Zoologiya institutida aspiranturada o„qidi. U yirik fitogelmntolog olima
E.S. Kiryanova rahbarligida endi rivojlanib kelayotgan fitogelmintologiya fanining
sirlarini o„rgana boshladi.
O„zbekistonda fitogelmintologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari 30-yillarda
boshlangan bo„lib, O„zbekistonda fitogelmintologiya fani va ilmiy maktabi prof. A.T.
To„laganov nomi bilan bevosita bog„liq. A.T. To„laganov fitonematodalarning turli-
tumanligi, biologik xususyatlari, ekologik guruhlari, tarqalishi, ularning tuproqda va
o„simliklarda biotsenotik kompleksining shakillanish qonunyatlari hamda parazit
nematodalarga qarshi kurash usullariga doir ilmiy tadqiqotlar bilan shug„ullangan.
1936-yilda A.T. To„laganov o„zbek olimlari orasida birinchilardan bo„lib,
biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun «Pomidor o„simligi va uning
tuprog„i nematodalari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning
pomidor o„simligi va tuprog„i nematodalarini o„rganishga bag„ishlangan ilmiy ishi
o„sha davrda ko„pchilikka noma‟lum bo„lgan o„simlik gelmintlari bo„yicha olib
borilgan tadqiqotlardan biri edi.
A.T. To„laganovning ilm-fan tashkilotchisi sifatidagi qobiliyati, ayniqsa, u O„rta
Osiyo davlat universitetida ishlay boshlaganidan so„ng yorqin namoyon bo„la boshladi.
Ulug„ vatan urushi davom etayotgan og„ir 1944-yilda uning tashabbusi bilan O„zR FA
Zoologiya va parazitologiya instituti qoshida fitogelmintologiya ilmiy laboratoriyasi
tashkil etiladi va bu laboratoriyaga u 1958-yilgacha rahbarlik qiladi.
A.T. To„laganov hayotning har qanday og„ir sharoitlariga qaramasdan o„zining
fitogelmintologiya sohasidagi tadqiqotlarini bir daqiqa bo„lsa ham to„xtatmadi. Uning
«O„zbekistonning o„simlikxo„r va tuproq nematodalari» mavzusida 1947-yilda
biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun himoya qilgan dissertatsiyasi Ulug„ Vatan
urushining mashaqqatli yillarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning natijasi bo„ldi.
1948-yilda unga professorlik unvoni berildi.
Uning rahbarligida qariyib 50 yil davomida Respublikamizning deyarli barcha
hududlariga 40 dan ortiq ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan. Mazkur ekspeditsiyalarda
yig„ilgan materallar asosida professor A.T. To„laganov va uning shogirdlari tomonidan
bir qancha yirik asarlar yaratilgan. «Amudaryo quyi oqimi chap qirg„og„i o„simliklari
nematodalari» (1954), «O„zbekiston qishloq xo„jaligi ekinlari nematodalari» (1958),
«O„zbekiston o„simliklari nematodalari» (1972) asarlari shular jumlasidandir.
1966-yilda professor A.T. To„laganov O„zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi muxbir a‟zoligiga saylangan.
A.T. To„laganov yozgan «O„zbekiston o„simliklari va tuproqlari nematodalari»
monografiyasi 1974-yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo„lgan.
Professor A.T. To„laganov ilmiy tadqiqotlar bilan bir qatorda jamoat ishlarida
ham faol ishtirok etgan. Uning tashkilotchilik qobiliyati 1957–1962-yillarda Samarqand
davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan yillar ayniqsa, yorqin namoyon bo„lgan,
uning tashabbusi bilan Sobiq ittifoqda birinchi bo„lib fitogelmintologiya muammolarini
o„rganuvchi laboratoriya tashkil etilgan.
Ahror To„laganovich To„laganovning biologiya fani va oliy ta‟limning
rivojlantirish sohasidagi xizmatlari Davlatimiz tomonidan yuksak mukofotlar bilan
taqdirlangan. O„zR FA muxbir a‟zosi, O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan va texnika
arbobi, O„zbekiston halq maorifi va ilm fani tashkilotchisi, atoqli fitogelmintolog olim,
Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati Ahror To„laganovich To„laganovning 100
dan ortiq ilmiy asarlari va 6 ta yirik monografiyalari fitogelmintologiya sohasida
shug„ullanib kelayotgan yosh mutaxassislar uchun qimmatli meros va assosiy qo„llanma
bo„lib xizmat qilmoqda.
O„zbekistonda parazitologiyaning turli yonalishlari bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlari
hozirgi vaqtda ham O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Zoologiya
ilmiy tekshirish institutida, O„zR FA Qoraqalpog„iston bo„limi bioekologiya institutida,
O„zbekiston veterinariya ilmiy tekshirish institutida, O„zbekiston tibbiyot
parazitologiyasi hamda O„rta Osiyo fitopatologiya institutlarida, Samarqand qishloq
xo„jalik institutida, O„zbekiston Milliy universitetida, Samar-qand, Termiz, Qoraqalpoq
va Guliston davlat universitetlarida, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Nukus
davlat pedagogika institutida hamda Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlarida olib
borilmoqda.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida biologiyaning barcha sohalarida, shu
jumladan, parazitologiya sohasida ham asosiy e‟tibor parazitlarning bioekologik
xususiyatlarini va biokimyosini chuqur o„rganishga hamda boshqa eksperimental
tadqiqot ishlarini olib borishga qaratilgan. Parazitologiya tadqiqotlarida molekulyar
biologiya, fiziologiya, immunologiya, sitologiya va boshqa fanlar bilan bog„liq bo„lgan
izlanishlarga hamda parazitlarga qarshi kurashda ekologik jihatdan zararsiz vositalarni
ishlab chiqishga alohida e‟tibor berilmoqda. Shuningdek, parazitlar bilan ular
xo„jayinlari o„rtasidagi parazit-xo„jayin va filogenetik munosabatlar tadqiq qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |