Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1.
Parazitologiya faniga hissa qo„shgan chet ellik olimlar haqida ma‟lumot bering.
2.
O„zbekiston olimlari va ularning parazitologiya faniga qo„shgan hissalarini
bayon qiling.
2-mavzu: Parazitizm va parazitlar to„g„risida tushunchalar. Parazitizmni
turli xil ko„rinishlari
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Parazitizm va parazitlar to„g„risida tushunchalar. Parazitizmni turli xil
ko„rinishlari” mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
Amalga
ish mazmuni
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Talabalarga parazitizm va parazitlar
to„g„risida tushunchalar hamda parazitizmni turli xil
ko„rinishlari haqida ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalarni
izohlay oladi.
1.2.2. Parazitizmni turli xil ko„rinishlari haqida ma‟lumot
bera oladi.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
O„qituvchi
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,15
daqiqa
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalar.
Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalarni
izohlab bering.
Parazitizmni turli xil ko„rinishlari haqida ma‟lumot
bering.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O„qituvchi,
15 daqiqat
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1. Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalar.
2. Parazitizmni turli xil ko„rinishlari.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Parazitizm, a vtotrof organizmlar,
geterotrof organizmlar, indifferent munosabat, antogonistik munosabat, kommensalizm,
mutualizm, simbioz, epioykiya, entoykiya.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazitizm va parazitlar
to„g„risidagi tushunchalar haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalar haqida ma‟lumot bera oladi.
Birinchi sаvоl bаyоni:
Parazitizm (yunoncha parasites–tekinxo„r, hamtovoq) har xil turga mansub
organizmlar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarning bir ko„rinishidir. Bunda
organizmlardan biri (parazit) ikkinchisi (xo„jayin) dan yashash muhiti va ozuqa manbai
sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi.
Parazitlik bilan hayot kechirish parazit turning o„ziga xos filogenetik belgisi
bo„lib, shu turga kiruvchi barcha individlar uchun xosdir. Parazitlar biologiyasi,
ekologiyasi, tarqalishi, kelib chiqishi, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash
choralarini o„rganadigan fan – Parazitologiyadir.
Fan rivojlanishiga qarab XVII asrdangina parazitlarni erkin yashaydigan
organizmlar bilan umumiy o„rganila boshlangan. Ungacha parazitlarga alohida guruh
sifatida qaralib, ba‟zida ularning kelib chiqishi ham sirli bo„lib, tirik organizmlarda o„z-
o„zidan paydo bo„ladi degan fikr ilgari surilgan. Parazitlar hayvonot olami sistemasiga
kiritilgandan keyingina parazitizm tushunchasini qayta ko„rib chiqish, yanayam aniqroq
tushuncha berish kerakligi talab qilindi.
Shunday harakatlardan dastlabkisi R. Leykartga (Leuckart,1879) tegishli. Uni
fikricha, parazitlar keng va haqiqiy ma‟noda shunday organizmlarki, ularga boshqa bir
organizmdan o„ziga oziqa va yashash makoni topgan barcha mavjudotlarni kiritish
mumkin. Parazitlarga ichki gijjalar, ularga o„xshash fo„rmalar, boshqa erkin
yashaydiganlarga o„xshash turlar ham kiradi deydi. Shunga ko„ra parazitni asosiy
belgisi uni oziqlanish turida, barcha boshqa tirik organizmlar hisobiga yashovchi
mavjudotlarni parazit organizmlar deb tushunadi.
Minchin (1912) har qanday organizm boshqa bir organizmning tana bo„shlig„i va
tana yuzasida yashashi bilan parazit bo„lib qolavermaydi, parazit xo„jayin bilan
yashashi, uni hisobiga oziqlanishi bilan birga unga zarar keltiradi deydi.
N.A. Xolodkovskiy (1914) parazitizmda bir organizm (parazit) ikkinchi bir
organizm (xo„jayin) tanasidan oziqa manbai, yashash uchun makon sifatida foydalanib
qolmasdan, xo„yin tanasi, yoki tana shirasi hisobiga oziqlanishi bilan birga, unga
bevosita zarar keltiradi deydi. Ta‟rif bir tomonlama, tibbiy, veterinar xarakterga ega.
Parazitizmga yirik parazitolog olimlar qanday ta‟rif berishgan ekan: аkademik
Ye.N. Pavlovskiyning (1935) fikricha, parazitizm davrida parazit o„z xo„jayinini
to„qimalari, tana shirasi yoki uning hazm bo„layotgan oziqasi hisobiga oziqlanib,
ulardan vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun makon sifatida ham foydalanadilar.
Lekin bu ta‟rifga ko„ra ham ba‟zi bir qon so„ruvchi ikki qanotlilar parazit bo„lmay
qoladi. Chunki ular xo„jayinlaridan yashash uchun makon sifatida foydalanmaydilar.
K.I. Skryabin ta‟rificha, parazitizm bu organizmlar orasidagi shunday biologik
o„zaro munosabatki, ulardan biri – parazit vaqtinchalik yoki doimiy, ikkinchisini tana
ustida yoki to„qimalari orasida yashab, uni hisobiga oziqlanadi, lekin o„z navbatida
unga hech qanday xizmat qilmaydi. Bunda faqat oziqlanish va xo„jayindan faqat bir
tomonlama foydalanish ko„zda tutiladi.
V.A. Dogel fikriga ko„ra, hamma yuqorida qayd qilingan parazitolog olimlarning
fikrlarini umumlashtirib, parazitizm to„g„risida shunday fikr bildiradi. Parazitlar
shunday organizmlarki, qaysiki ular boshqa tirik organizmlardan oziqa manbai, yashash
muhiti sifatida foydalanib qolmasdan, balki ularga qisman yoki to„liq o„zini tashqi
muhit bilan bo„ladigan o„zaro munosabatlarini boshqarish vazifasini ham o„z
xo„jayinlariga yuklab qo„yadilar. Bundan parazitni yashash muhitini ikki taraflama
xo„jayin organizmi parazit uchun birlamchi, atrof-muhit ikkilamchi muhit bo„lib
hisoblanadi. Shunday qilib, xo„jayin organizmi parazit va atrof-muhit o„rtasida vositachi
bo„lib xizmat qiladi.
Parazitizm birga yashashning shunday shakliki, bunday birga yashashdan bir
tomon, parazit manfaatdor, xo„jayin esa zarar ko„radi. Bu ta‟rif parazitizmga juda keng
ekologik ma‟no beradi. Bunda asosan parazitizmgina emas balki u bilan bog„liq bo„lgan
boshqa masalalar ham qamrab olinadi. Parazitizm bu ekologik masala bo„lib,
parazitologiyani o„rganishda faqat parazit bilan xo„jayin o„rtasidagi munosabatlar emas
balki parazitik hayot kechirish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar ham o„rganiladi.
Parazitizm aslida parazit bo„lib yashagan organizmni birinchidan, o„zini himoya
qilishi va boshqa organizm hisobiga oziqlanish uchun doimo intilishi natijasida yuzaga
kelgan (Chendler,1956).
Ayrim ma‟lumotlarga ko„ra, tabiatda erkin hayot kechiradigan organizmlar soniga
nisbatan parazitlar ko„proqdir. Ko„pchilik organizmlar o„ziga xos parazitlardan tashqari
boshqa hayvonlardan yuqtirib olgan parazitlar uchun ham xo„jayin bo„lib qoladilar.
Shuning uchun ham parazitologiyani o„rganish organizmlar orasidagi munosabatlarni
o„rganish va ularni evolyutsiani asosiy masalalarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Parazitologiya va u bilan bog„liq bo„lgan turli xil hodisalarni o„rganish tibbiyot,
veterinariya, ekologiya sohalarini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Parazitizm tushunchasiga izoh bering?
2. Xo„jayin-parazit munosabatlarining qanday shakllari bor?
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazitizmni turli xil ko„rinishlari
haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Parazitizmni turli xil ko„rinishlari haqida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Parazitizmni turli xil ko„rinishlari. Parazitizm hayvonat olamida uchraydigan
ba‟zi bir holatlardan butunlay ajralib qolgan mustaqil bir holat emas. U bir necha
ko„rinishda uchraydi. Parazitizm bilan bog„liq bo„lgan asosiy masalalar simbioz va
sinoykiyadir. Bu hodisalar jarayonida biz ikkita har xil turga mansub bo„lgan
hayvonlarning o„zaro munosabatlarini ko„rib chiqamiz. Yer yuzidagi barcha tirik
organizmlar oziqlanishiga ko„ra ikkita guruhga bo„lib o„rganiladi: 1. Avtotrof
organizmlar. 2. Geterotrof organizmlar.
Avtotrof organizmlar – anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qiladi.
Bularga yashil o„simliklar kiradi.
Geterotrof organizmlar esa, tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanuvchilardir.
O„z navbatida bularni o„simlikxo„r, hamaxo„r va hokazolarga bo„lish mumkin.
Hamaxo„rlar o„z navbatida parazit, yirtqich va saprofitlarga bo„linadi. Parazitlarni esa
odam, hayvon va o„simlik parazitlariga bo„lib o„rganiladi. Barcha tirik organizmlar bir-
biri bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo„ladi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida
organizmlarning bunday bog„lanishi u yoki bu darajada murakkablashib borib, biologik
jihatdan turli kategoriyalarga bo„linadi, ya‟ni hayvonlar har xil guruhlarni tashkil etib,
birgalikda hayot kechirish jarayonida betaraf (indifferent), do„stlik va antogonistik
munosabatlarda yashaydi.
I. Indefferent – betaraf munosabatlar. Ular bir xil sharoitda, bitta muhitda
(hududda) yashaydi, bir-biriga zarar ham foyda ham keltirmaydi. Bularga korall
poliplar, ignaterililardan–dengiz yulduzlari va dengiz nilufarlari misol bo„ladi.
II. Antogonistik – qarama-qarshi munosabatlar. Bunday munosabatda birga
yashovchilarni bittasi ikkinchisiga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda parazitlik
misol bo„ladi.
Parazitlar parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. Yirtqich bilan
parazit bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o„z o„ljalaridan kuchli bo„lib,
ularni o„ldirib to„liq yoki qisman iste‟mol qiladi (masalan, bo„ri bilan qo„y). Parazit esa
o„z xo„jayiniga nisbatan kuchsiz, shuning uchun uni o„ldirishga kuchi yetmaydi,
faqatgina kasallantiradi. U o„z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha yashab, uning
hisobiga hayot kechiradi.
III. Simbios – o„zaro foydali munosabatlar. Simbiozning ma‟nosi «sim»–birga,
«bios»–hayot (tirik), birgalikda yashovchilarni ikkalasi ham bir-biridan ma‟lum
darajada foydalanadi. Simbios juda murakkab bo„lib, bir nechta ko„rinishi mavjud.
Hatto biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Boshida bunday birga yashash faqat birga
yashovchilarning bittasi uchungina zarur bo„lib qoladi, chunki uni o„zi mustaqil
ravishda tashqi muhit bilan aloqa bog„lay olmaydi.
Simbioz ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlar o„rtasidagi juda
murakkab bog„lanishlarni ifodalaydi. Masalan, termitlarning ichagida xivchinlilardan –
gipermastiginalar
yashaydi.
Termitlar
laboratoriya
sharoitida
xivchinlilardan
tozalanganda parazitlar darhol o„lgan. Parazitlari bor termitlar va parazitlardan
tozalangan termitlar bir xil sharoitda kuzatilganda, oziqa yetarli, sharoit qulay bo„lganda
parazitlari bor termitlar 1,5 yilgacha yashagan, parazitlardan tozalangan termitlar esa
atigi 10–14 kungina yashab, keyin ular o„la boshlagan. Tirik qolganlarini olib, suniy
parazitlar bilan zararlantirilganda ular yashab ketgan. Shu yo„l bilan termitlarni,
xivchinlilar bilan tabiiy sharoitda simbioz holda yashashi isbotlangan, ya‟ni termitlar
yog„och mahsulotlari bilan oziqlanadi, xivchinlilar esa klechatkani parchalaydi.
Simbiozning yana bir ko„rinishi sinoykiya (sin–birga, oikos–uy-joy). Bu shunday
birga yashashki, ikkala birga yashovchi hayvonlar bir-biriga nisbatan betaraf bo„lishi
mumkin, yoki ulardan biri ikkinchisidan foydalanadi, lekin unga hech qanday zarar
keltirmaydi. Shunday qilib birga yashovchilardan biri ikkinchisiga sust ravishda xizmat
qilib, o„zi uchun bunday birga yashashdan hech qanday manfaat ko„rmaydi.
Ba‟zan birga yashovchilarni biri o„zini tanasini kichikligi tufayli yoki juda sust
harakatchanligi tufayli ikkinchi birga yashovchining tanasi ustiga chiqib olib, uni
yo„ldoshi sifatida yashaydi. Bunday munosabat ko„rinishlarini umumiy termin bilan
«ijara (kvartirant)» deb ifodalash mumkin. Ijara yashashni bir nechta ko„rinishlari
mavjud.
1. Oddiy ijara – xo„jayin tanasida yoki uning ta‟sir doirasida yashaydi. Ijarada
birga yashaganda bir organizm ikkinchisidan uy sifatida foydalanadi. Masalan, gorchak
balig„i o„z ikralarini ikki pallali mollyuskalardan-tishsizlarning mantiyasi ichiga qo„yib,
dushmanlaridan himoya qiladi yoki juda kichik Fiyerasfer baliqlari, biron bir xavf
tug„ilganda meduzalarning soyabonlari ostiga yashirinadi.
2. Epioykiya – ijaraga yashovchi xo„jayin tanasi ustiga o„tirib olib, undan
transport vositasi sifatida foydalanadi. Masalan, Sirripeda avlodiga mansub
qisqichbaqasimonlar kit va akulalarning tanasi ustiga yopishib olib ulardan transport
sifatida foydalanadi, o„zlari esa planktonlar bilan oziqlanadi yoki yopishqoq baliq orqa
suzgichi bilan akulaga yopishib passiv harakat qiladi va akulalardan qolgan oziqlar
hisobiga yashaydi. Bunda yopishqoq baliq akulalar hisobiga boshqa joylarga tarqaladi,
bunga epioykiya deb ataladi.
3. Entoykiya – xo„jayinga o„tirib olish bilan birga, uni hisobiga oziqlanishga
o„tadi. Masalan, Ammotidae oilasiga mansub baliqlar goloturiyalarning suvli
o„pkalarida yashaydilar, lekin ular ba‟zida suvga chiqib mayda qisqichbaqasimonlar
bilan ham oziqlanishi mumkin.
Sinoykiyaning asosiy ko„rinishlaridan yana biri bu kommensalizmdir.
Kommensalizm ko„rinishdagi munosabatda bir organizm ikkinchi organizmdan qolgan
keraksiz oziq hisobiga yashab unga zarar qilmaydi. Bunga sinoykiya deyiladi, ya‟ni
synoikia yunoncha yashash joyi demakdir. Masalan, kichkina halqali chuvalchang zohid
qisqichbaqa joylashib olgan mollyuska chig„anoqlarida yashab, qisqichbaqadan qolgan
ozuqa hisobiga oziqlanadi. Sutemizuvchilar ichagida yashovchi bir hujayralilar
(kipriklilar), ichakdagi bakteriyalar, zamburug„larni yeb hayot kechiradi.
Mutualistik munosabatlarda ikki xil turga mansub bo„lgan birga yashovchilar,
ikkalasi ham bir-biridan foyda ko„rib yashaydi. Masalan, krablar qisqichli oyoqlariga
aktiniyalarni yopishtirib oladi. Aktiniyalarning otiluvchi hujayralaridan himoya sifatida
foydalanadi. Aktiniyalar esa o„troq hayot kechiradi va krab yordamida bir joydan
ikkinchi joyga ko„chib o„tadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalarni izohlang.
2. Parazitizmni turli xil ko„rinishlari haqida ma‟lumot bering.
3. Kommensalizm, mutualizm va simbioz tushunchalariga izoh bering.
3-mavzu: Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari. Infektsion,
invazion va tabiiy o„choqli kasalliklar. Ye.N. Pavlovskiy ta‟limoti.
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari. Infektsion, invazion va
tabiiy o„choqli kasalliklar. Ye.N. Pavlovskiy ta‟limoti” mavzusidagi ma‟ruza
mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1.
Dars
maqsadi:
Talabalarga
parazitlarni
xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari. Infektsion, invazion
va tabiiy o„choqli kasalliklar hamda Ye.N. Pavlovskiy
ta‟limoti haqida ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari
haqida gapira oladi.
1.2.2. Infektsion, invazion va tabiiy o„choqli kasalliklar
hamda E.N. Pavlovskiy ta‟limoti to„g„risida tushunchaga
ega.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
O„qituvchi
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1 Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari.
Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllarini gapirib
bering.
Infektsion, invazion va tabiiy o„choqli kasalliklar hamda
E.N. Pavlovskiy ta‟limoti to„g„risida tushuncha bering.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O„qituvchi,
15 daqiqat
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1. Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari.
2. Infektsion, invazion va tabiiy o„choqli kasalliklar hamda Ye.N. Pavlovskiy
ta‟limoti to„g„risida tushunchalar.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. fakultativ parazitizm, soxta
parazitizm, vaqtinchalik parazitlar, stattsionar (doimiy) parazitlar, obligat va fakultativ
xo‘jayinlar, giperparazitizm, oraliq xo‘jayinlar, qo‘shimcha xo‘jayinlar, rezervuar
xo‘jayinlar, asosiy xo‘jayinlar, zoonozlar, antropozoonozlar, antroponozlar, abortiv,
transmissiv, kontakt, aerogenli, alimentar, perkutan, inokulyatib usul, kontaminativ usul.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazitlarni xo„jayinlari bilan
bog„lanish shakllari to„g„risida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.
Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllarini izohlay oladi.
Birinchi sаvоl bаyоni:
Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari. Ba‟zi erkin yashovchi
organizmlar turli tasodiflarga ko„ra boshqa organizmlarga tushib qolib, yashab ketish
hodisasiga fakultativ parazitizm deyiladi. Fakultativ parazitizm parazitlarni kelib
chiqishini o„rganishda muhimdir.
Erkin yashovchi organizmlar parazitlikka o„tishida ularning tuzilishi va
fiziologiyasida o„ziga xos xususiyatlar hamda ma‟lum sharoitlar mavjud bo„lishi shart.
Masalan, xo„jayinlarni hazm shirasi ta‟sir qilmaydigan mustahkam teri qoplamiga ega
bo„lishi, anaerob sharoitda yashay olishi kerak.
K.I. Skryabin tajribalarida shaxtyorlarni kaproanaliz qilish natijasida ulardan
erkin yashovchi nematodalar (Rhabditis) ni topgan. Nematodalarning rhabditis avlodida
ana shu xususiyatlar mavjud. Natijada, shu xususiyati ularni erkin formalarini
(Rhabditis) odam parazitiga aylanish imkonini beradi. Demak, parazitlar fakultativ yo„l
bilan ham paydo bo„ladi.
Kamdan-kam hollarda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrim
organizmlar evolyutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga
tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida yashayolmaydi (masalan, yomg„ir
chuvalchangi umurtqali hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin), turli pashsha,
chivinlarning lichinka yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib qolsa, turli
kasallik belgilarini keltirib chiqaradi (ich ketishi, ko„ngil aynishi, qayt qilish va hokazo).
Chuchuk suvda yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich, lekin
sutemizuvchilar uchun parazit hisoblanadi.
Parazitlar xo„jayin organizmida yashash muddatlariga qarab vaqtinchalik va
statsionar (doimiy) parazitlarga bo„linadi. Vaqtinchalik parazitizmda parazit xo„jayin
organizmida vaqtinchalik yashaydi, normal oziqlanadi, lekin rivojlanib ko„paymaydi.
Bunda parazit va xo„jayin o„rtasida garmonik bog„lanishlar bo„lmaydi. Parazit faqat
oziqlanish vaqtida xo„jayinga tashlanadi. Bularga ko„pgina qon so„ruvchi
ektoparazitlarni misol qilib ko„rsatish mumkin(chivinlar, pashshalar, kanalar,
qandalalar, zuluklar va boshqalar). Statsionar parazitizm ikkiga bo„lib o„rganiladi.
Davriy va doimiy. Davriy parazitizmda-organizmlarning rivojlanish sikllarida
parazitizm gallanadi. Ayrim organizmlar lichinkalik davrida parazit (larval parazitizm,
masalan: mermitidalar). Ayrimlari esa voyaga yetgan davrida(imaginal) parazitlik qiladi
(masalan: nematodalardan-Strongilidalar).
Doimiy parazitizmda parazit tashqi muhitga chiqmaydi. Rivojlanishning hamma
bosqichlarini xo„jayin tanasida o„tkazadi (bitlar, junxo„rlar, parxo„rlar, qichima kanalari
va boshqalar).
Shuningdek, obligat hamda fakultativ xo„jayinlar ham uchraydi. Rivojlanishi
uchun qulay sharoit bo„lgan organizm parazitning obligat yoki haqiqiy xo„jayini
hisoblanadi. Jigar qurtining haqiqiy xo„jayini qo„y), aksincha parazitning rivojlanishi
uchun qulay sharoit yetarli bo„lmagan organizm fakultativ xo„jayin deyiladi
(o„rdaklarda drepanidoteniylar).
Ayrim hollarda giperparazitizm (o„ta parazitlik) uchraydi. Bunda bir parazit
ikkinchi parazitning tanasida yashaydi. Masalan, ayrim bir hujayrali hayvonlar
apikomplekslar(sporalilar)dan nozemalar toksakara degan nematodaning jinsiy
organlarida yoki nematodalardan bunostomalar tasmasimon chuvalchanglardan-
moniyeziylarning tanasida parazitlik qiladi.
Transovarial
parazitizm-(kasallik
qo„zg„atuvchilari
bilan
avlodlarini
zararlantirish) kasallik qo„zg„atuvchilarini yuqtirib olgan ektoparazitlar: kanalar,
qandalalar, o„zlarining avlodlarini ham shu kasallik qo„zg„atuvchilari bilan zararlaydi.
Tuxumdan chiqqan kana va qandalalar sog„lom odam va hayvonlarni chaqsa kasallik
qo„zg„atuvchilarini yuqtiradi.
Dostları ilə paylaş: |