Paramfistomalarning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Paramphistomata
kenja turkumiga mansub parazitlarning voyaga yetgan vakillari kavsh qaytaruvchi
sutemizuvchilarning oshqozon oldi bo„limlarida (katta qorinda, ba‟zan to„r qorinda),
yosh parazitlar esa shirdon va ingichka ichakning shilliq pardasi ostida parazitlik qiladi.
Uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchilarda 60 turdan ziyod paramfistomatalar parazitlik
qiladi.
O„zbekistonda
qoramol
va
qo„y-echkilarda
Paramfistomatalardan
-
Raramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis avlodlariga mansub bir
necha tur trematodalar parazitlik qiladi.
Paramfistomalarning gavdasi ipsimon yoki silindrsimon shaklda, rangi oq-
qizg„ish, uzunligi 5–20 mm bo„lib, ularda og„iz so„rg„ichi bo„lmaydi. Qorin so„rg„ichi
yaxshi rivojlangan bo„lib, tananing orqa qismiga yaqin joylashadi. Paramfistomatalar
tuxumlari oval shaklda, kulrang, tuxum po„sti sariqliq hujayralari bilan zich to„lmagan,
o„lchami 0,11–0,16 mm. Fastsiola tuxumlaridan rangi va sariqlik hujayralari joylashishi
bilan farq qiladi.
Paramphistomatidae oilasiga kiruvchi barcha turlarning rivojlanish bosqichlari
deyarli bir xil o„tadi. Ular oraliq va asosiy xo„jayinlar ishtirokida rivojlanadi (23-rasm).
Paramfistomalarda og„iz so„rg„ichi bo„lmaydi, terminal joylashgan og„iz
teshigidan rivojlangan farinks va undan keyin ikkiga shoxlangan ichak ketadi. Qorin
so„rg„ichi kuchli rivojlangan bo„lib, gavdasining orqa uchida joylashgan, u yopishib
turish vazifasini bajaradi. Jinsiy voyaga yetganlari asosiy xo„jayinlarining (kavsh
qaytaruvchi juft tuyoqli sutemizuvchilar, asosan, qoramol, qo„y, echki va boshqalar)
katta va to„rqorinlarida parazitlik qiladi Paramfistomalar biogelmintlar hisoblanadi.
Rivojlanishi ikkita xo„jayinda o„tadi. Ularning oraliq xo„jayinlari chuchuk suvlarda
yashovchi mollyuskalar (Planorbis, Galba, Physa urug„larining turlari) hisoblanadi.
Asosiy xo„jayinlari esa kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi asosiy
xo„jayinining tezagi bilan tashqariga (suvga) chiqib, 12–13 kundan keyin undan
miratsidiy lichinkasi chiqadi. Miratsidiy oraliq xo„jayini – chuchuk suvda yashov-chi
mollyuskalarning organizmiga kirib, sporotsistaga, keyin rediyga aylanadi. 1,5–3 oydan
keyin esa serkariylarga aylanib, oraliq xo„jayinlardan tashqariga chiqadi. Ma‟lum
vaqtdan keyin serkariylar dumini yo„qotib, sistaga o„ralib adoleskariylarga aylanadi.
Asosiy xo„jayinlari suv va o„t orqali adoleskariylarni o„zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar
ichak bo„shlig„i orqali katta qoringa va to„rqoringa o„tib jinsiy voyaga yetadi.
Adoleskariydan to jinsiy voyaga yetgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt kerak
bo„ladi.
23-rаsm. Pаrаmfistоmаlar(Paramfistomum sp.)ning rivоjlаnish bosqichlari: А - pаrаzitning аsоsiy
хo„jаyinlаri; B - pаrаzitning оrаliq хo„jаyini – chuchuk suv mоllyuskаlari:
1-jinsiy yetilgаn pаrаzit; 2-tuхum; 3-mirаtsidiy; 4-spоrоsistа; 5-rеdiy;
6-sеrkаriy; 7-аdоlеskаriy.
O„zbekistonda
qoramol
va
qo„y-echkilarda
paramfistomalardan:
Paramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis kabi urug„larining turlari
parazitlik qiladi.
Parazitlarning jinsiy voyaga yetishi turli muddatlarda amalga oshadi: liorxislar
qoramollarda 97–130 kunda, qo„ylarda 26–107 kunda; paramfistomalar qoramollarda
40–100 kunda, qo„ylarda 103–115 kunda. Trematodalarning voyaga yetishi uchun
o„rtacha 3–4 oy talab etiladi. Jinsiy voyaga yetgan parazitlar 4–5 yil yashashligi
to„g„risida ma‟lumotlar bor.
Hayvonlarning zararlanish manbalari bo„lib, botqoqli, namli yaylovlar va
invaziya bo„yicha nosog„lom (zararlangan mollyuskalar mavjud bo„lgan) suv havzalari
hisoblanadi. Invaziyani tarqatish manbalari – kasal hayvonlar va paramfistomatalar
lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalar hisoblanadi. Invaziya manbai bo„lib,
yovvoyi kavsh qaytaruvchilar ham bo„lishligi mumkin. Zararlangan mollyuskalar
qishlab chiqadi va invaziyaning manbai bo„lib qoladi. Adoleskariylar chidamsiz,
biotoplar quriganda tez nobud bo„ladi. Paramfistomatalar keltirib chiqaradigan kasallik
paramfistomatoz deb ataladi.
O„zbekistonning janubiy hududlarida (Surxandaryo viloyati) Calicophoron
avlodiga mansub trematodalar, Shimoli-g„arbiy hududlarida esa paramfistomalarning
qolgan avlod vakillari tarqalgan. So„ngi yillarda Samarqand viloyatining Urgut va
Tayloq tumanlarida kalikoforoz va gastrotilyaksozlarning kuchli o„choqlari paydo
bo„lgan. Ayrim qishloqlarda aholi qoramollarining ular bilan 100% gacha
Definitiv xo„jayin
Oraliq xo„jayin
3-4 oy
1,5-3 oy
1
2
3
7
5
6
4
A
B
zararlanganligi va ayrim hollarda nobud bo„lishi kuzatilgan. Bu kasallik, ayniqsa, yosh
mollarda ko„proq uchraydi.
Paramfistomatoz o„tkir va surunkali shaklda kechadi. O„tkir paramfistomatoz 1,5–
2 yoshli buzoqlarda kuzatiladi. Hayvonlarda ishtaha yo„qoladi, holsizlanadi, uzoq vaqt
yotadi, ich ketish, ich qotishi bilan almashib turadi. Surunkali paramfistomatozni voyaga
yetgan gelmintlar qo„zg„atib, trematodalarning oshqozon oldi bo„limlarida parazitlik
qilishidan kelib chiqadi. Kasallikning bu shaklida hayvonlar keskin ozadi, ko„pincha
yotadi, qoramollarning sut mahsulotlari kamayadi.
Odatda, paramfistomatozning o„tkir shakli buzoqlar yaylovga haydagandan bir
oydan keyin kuzatiladi. Parazitning voyaga yetgan shakllari hayvonlar organizmida bir
necha yil yashab, ularni katta va to„r qorinlarida yilning hamma fasllarida topish
mumkin.
Kasallangan mollarni bitionol va geksaxloretan kabi dorilar bilan davolanadi.
Paramfistomatozning oldini olish uchun chorva mollarni paramfistomatidlar bilan
zararlangan yaylovlarda boqmaslik, dalaga ishlatiladigan go„nglarni qayta ishlash,
oraliq xo„jayinlari uchun qulay bo„lgan ko„lmak va keraksiz suv havzalarini quritish,
yaylovlarni almashtirib turish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish lozim.
Xasstileziya (Hasstilesia ovis) ning tuzilishi va biologik xususiyatlari.
Xasstilezioz qo„zg„atuvchisi - Hasstilesia ovis Brachylaemidae oilasiga kiradi.
Hasstilesia ovis trematoda turining shakli tuxumsimon, qoramtir rangda bo„ladi. Tana
uzunligi 0,79–1,12 mm keladi. Asosan chorva mollarining ingichka ichagida parazitlik
qiladi. Xasstilezia O„zbekistonda tog„ va tog„oldi hududlarida qo„y va echkilarning
ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bu trematodaning oraliq xo„jayinlari–quruqlik
mollyuskalaridan Pupilla muscorum va Vallaomia costata turlari hisoblanadi. Parazit
tuxumining ichida lichinkasi bo„ladi. Mana shunday holatdagi parazitning tuxumlari
kasal hayvon tezagi orqali tashqi muhitga chiqadi. Bunday tuxumlar parazitning oraliq
xo„jayinlari quruqlik mollyuskalari organizmiga tushganda tuxumdan miratsidiy
lichinkasi chiqib mollyuska jigariga o„tadi va keyingi lichinkalik davrlari, ya‟ni
sporotsista va serkariy davrlarigacha rivojlanadi. Serakariy rivojlanishining 24-kunidan
boshlab, oraliq xo„jayinidan tashqi muhitga chiqadi va tashqi muhitda namlik yetarli
bo„lsa 3 kungacha yashay oladi. Keyinchalik serkariylar qo„shimcha xo„jayinlari
bo„lmish har xil turdagi quruqlik mollyuskalari tanasiga kirib, ularning buyraklarida
rivojlanishini davom ettirib keyingi yuqumli holdagi lichinkalik davri-metaserkariyga
aylanadi.
Metaserkariylar bir oy davomida rivojlanadi, keyinchalik metatserkariylar yupqa
pardaga o„ralib, yaylovlarda mollyuskalar tanasida qishlab, 6 oydan ko„proq vaqt
yashashi mumkin. Tanasida parazitning yuqumli holatdagi metatserkariylari bo„lgan
quruqlik mollyuskalari o„t yoki suv orqali qo„y va echkilar organizmiga tushsa,
taxminan 27–30 kundan keyin hayvonlar ichagida parazit jinsiy voyaga yetadi (24-
rasm).
Qulay sharoitda oraliq, qo„shimcha va asosiy xo„jayinlarda parazitning rivojlanish
davri 80–90 kunga to„g„ri keladi. Xasstilezioz bilan kasallangan qo„y va echkilarning
shilliq pardalari oqaradi, hayvon oriqlaydi, ichi ketadi. O„zbekistonda qo„ylar asosan,
xasstilezioz bilan yozda kasallanadi.
Xasstilezioz O„zbekiston sharoitida tog„ va tog„ oldi hududlarida qo„y va echkilar
o„rtasida uchraydi. Invaziya intensivligi keng doirada o„zgarib turadi. Shu yil tug„ilgan
qo„zilar kuchli zararlanib, invaziya intensivligi 120 ming nusxagacha yetishi mumkin.
24- rasm. Hasstilesia ovis trematodasining rivojlanish sikli sxemasii.
Hayvonlarning yoshi kattalashgan sayin invaziya intensivligi pasayib boradi. Ikki
yoshli hayvonlarda invaziya intensivligi 40 mingtagacha, undan katta yoshdagi
hayvonlarda esa 107–2574 tani tashkil etadi.
Xasstileziyalarning oraliq xo„jayinlari – quruqlik mollyuskalari tog„ oldi va tog„li
hududlarda keng tarqalib, 1 m
2
maydonda 80 tagacha nusxani tashkil etadi. Mollyuska
organizmidagi metaserkariylar qishlab chiqadi va hayvonlarning zararlanish manbai
bo„lib xizmat qiladi.
Dastlabki klinik belgilar qo„ylarni nosog„lom yaylovlarga haydagandan 15
kundan keyin qo„zilar o„rtasida paydo bo„la boshlaydi. Ayrim hayvonlarda tez-tez
yotish, qorin devori taranglashuvi, loxaslik paydo bo„ladi. Qo„zilar zararlangandan 30–
35 kundan keyin ich ketishi kuzatiladi, tezak qo„lansa hidga ega, ko„rinadigan shilliq
pardalar oqimtir, oziqlanmaydi. Tana harorati me‟yoriy haroratning yuqori darajasida
bo„ladi (40,2–40,7°C). Katta yoshdagi hayvonlarda yuqoridagi belgilar kuchsiz
namoyon bo„ladi, ammo surunkali kasal hayvonlar o„sish va rivojlanishdan orqada
qoladi.
Kasallikni aniqlash uchun boshqa trematodozlardagi singari uyg„unlashgan
tekshirishlar o„tkaziladi. Asosiy e‟tibor xo„jalikning epizootologik holatiga qaratiladi.
Laboratoriyada tezak namunalari ketma-ket yuvish usuli bilan tekshiriladi.
Gelmintologik yorib ko„rishda ingichka ichak yuqori qismi shillig„ini diqqat bilan
tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Kasallangan hayvonni davolash uchun ivermektinning 1% li eritmasi 0,075–1,125
mlg/kg dozada, bir marotaba, teri ostiga qo„llaniladi. Undan tashqari, panakurning
22,2% li granulasi har bir hayvonga alohida yoki guruh usulida (har bir hayvonga 5 g
dozada) tavsiya etiladi. Ursovermit va atsetvikol preparatlari ham xasstileziozda yaxshi
natija berishligi ma‟lum.
Xo„jaliklardan xasstileziozni to„lig„icha yo„qotish uchun uyg„unlashgan tadbirlar
o„tkaziladi. Bularga qo„y va echkilar organizmidagi voyaga yetgan gelmintlarni, tashqi
muhitda ular tuxumi va oraliq xo„jayinlarini yo„qotish, hamda hayvonlarni to„la
qimmatli oziqalantirish va ularni saqlashning sanitar-gigiyenik holatini yaxshilash
kiradi. Hayvonlar o„rtasida profilaktik maqsadda bir yilda ikki marta gijjasizlantirish
o„tkaziladi. Xasstileziozda yaylovlarni almashtirib turish eng samarali usul hisoblanadi.
Hayvonlarning xasstilezioz bilan zararlanishining oldini olish uchun ularni, Pupilla va
Vallonia avlodlariga mansub mollyuskalari bo„lmagan yaylovlarda boqish zarur.
Euritremalar (Eurytrema sp.) ning tuzilishi va biologik xususiyatlari.
Euritrematoz qo„zg„atuvchilari qo„y, echki, qoramol, tuya, cho„chqa, bug„u hamda bir
qancha yovvoyi kavsh qaytaruvchilarning paraziti hisoblanadi. Ular Dicrocoelidae
oilasiga mansub Eurytrema pancreaticum va E. coelomaticum trematoda turlaridir.
Trematoda oshqozon osti bezida va kamdan-kam hollarda jigarda parazitlik qiladi.
Zararlangan oshqozon osti bezi tashlab yuborilishi tufayli, qimmatli xom ashyo
yo„qotiladi.
Euritremalar uzunligi 5–6 mm dan 13,5–18,5 mm gacha va eni 5,5-8,5 mm
keladi. Yirik, bo„rtib chiqib turgan og„iz va qorin so„rg„ichlariga ega. Og„iz so„rg„ichi
qorin so„rg„ichiga nisbatan yirikroq. Tirik parazitlar qizil rangga ega. Urug„donlari oval
shaklda, qorin so„rg„ichi yonida simmetrik joylashadi. Tuxumdon noto„g„ri shaklda,
ba‟zan parrakka o„xshagan, qorin so„rg„ichining orqa tomonida joylashgan,
urug„donlarga nisbatan biroz kichikroq. Bachadon naysimon shaklda, trematoda
tanasining butun orqa qismini egallaydi. Tuxumi jigarrang, shakllangan miratsidiyga
ega.
Trematodalar oraliq xo„jayinlar – quruqlik mollyuskalari-Bradybaena lantzi,
B. phaeozona, B. plectotropis va qo„shimcha xo„jayinlari- Conocephalus va Platycus
avlodlariga mansub temirchaklar ishtirokida rivojlanadi.
Kasal hayvon tezagi bilan trematoda tuxumi tashqi muhitga tushadi va o„t bilan
birgalikda mollyuskalar tomonidan yutib yuboriladi. Ularning ichagida tuxumdan
miratsidiy lichinkasi chiqadi va jigarga o„tib, sporotsistaga aylanadi. Serkariy 5 oy
(ba‟zi ma‟lumotlarga qaraganda 1 yil) da rivojlanadi. Serkariy saqlovchi yetilgan
sporotsistalar, jigardan mollyuskaning mantiya bo„shlig„iga migratsiya qiladi va tashqi
muhitga chiqib, o„t yoki tuproqqa tushadi. Keyinchalik serkariylarni temirchaklar yutib
yuborib, taxminan 2 oydan keyin metatserkariy bosqichi rivojlanadi. Asosiy xo„jayinlari
o„t bilan birgalikda zararlangan temirchaklarni yutib yuborish orqali kasallikni yuqtiradi
(25- rasm).
Euritremaning to„liq rivojlanishi 18 oydan kam bo„lmaydi. Euritrematoz Farg„ona
vodiysi tabiiy sharoiti uchun xarakterli. Eurytrema pancreaticum Namangan va Andijon
viloyatlari chorvachilik xo„jaliklarida qoramollar o„rtasida qayd etilgan. Oraliq
xo„jayinlarning zararlanishi 2–8%, qo„shimcha xo„jayinlarning zararlanishi 6–47% ni
tashkil etadi. Shuni ta‟kidlab o„tish kerakki, euritrematoz potensial trematodozlar
qatoriga kirib, yetarli tabiiy sharoitlar bo„lganida, Respublikamizning boshqa
hududlarida ham kavsh qaytaruvchi hayvonlar o„rtasida enzootiyaga sabab bo„lishi
mumkin.
25- rasm. Eurytrema pancreaticum trematodasining rivojlanish sikli sxemasi.
Hayvonlar euritrema qo„zg„atuvchisi bilan yilning issiq paytlarida, yaylovlarda
temirchaklar paydo bo„lgandan so„ng zararlana boshlaydi. Euritrema tuxumlari tashqi
muhit sharoitlariga ancha chidamli. Ular noorganik tuzlar to„yingan eritmalarida nobud
bo„lmaydi, 5% dan yuqori bo„lmagan bir qancha organik birikmalar (atseton, glitserin,
fenol), kuchsiz ishqorlar va kislotalar ta‟siriga ham ancha chidamli. Bu holat
invaziyaning tashqi muhitda keng tarqalishiga imkon yaratadi. Shu yil tug„ilgan qo„zilar
o„rtasida invaziyaning yuqori darajasi noyabr oyida kuzatiladi. Yosh chorva mollari va
katta yoshdagi hayvonlar zararlanishi bahor va yoz oylarida o„sib boradi, avgust oyida
maksimum darajaga yetadi.
Kasal hayvonlar tez oriqlaydi, surunkali ich ketishi, bosh, bo„yin va ko„krak
sohasida shishlar paydo bo„lishi kuzatiladi. Ko„rinadigan shillik pardalar oqaradi,
surunkali kasal hayvonlarda junlar xiralashadi, salga sinadigan va osonlik bilan yulib
olinadigan bo„ladi. Ba‟zan ovqat hazm qilish tizimining funktsiyasi buzilib, ich ketishi,
ich qotishi bilan almashinib turadi.
Euritrematozni davolashda prazikvantel 30 mg/kg dozada uch marta oziqa bilan
qo„shib beriladi. Xorijda nitroksinilni teri ostiga yoki muskul orasiga 10 mg/kg dozada,
uch marta 24 soat oraliq muddat bilan qo„llash haqida ma‟lumot mavjud.
Nosog„lom xo„jaliklarda davolash-profilaktik gijjasizlantirish hayvonlar bog„lab
boqishga o„tkazilgandan keyin amalga oshiriladi. Sigirlar va g„unajinlar iyulning
birinchi yarmigacha har xil yaylovlarda boqilib, voyaga yetgan temirchaklar paydo
bo„lishi bilan ochiq o„tloqlarga va sun‟iy yaylovlarga o„tkaziladi.
Trematodalarning oraliq xo„jayinlari – quruklik mollyuskalari Bradybaena lantzi,
B. phaeozona, B. plectotropis va qo„shimcha xo„jayinlari - Conocephalus hamda
Platycus avlodiga mansub temirchaklar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar
tashkil etilishi, hayvonlar saqlanadigan joylarning sanitariya holatini yaxshilanishi,
hayvonlarni to„la qimmatli oziqlantirishga e‟tibor qaratilishi, yaylovlarda gelmintologik
nazorat o„rnatilishi lozim.
So„rg„ichlilar sinfidan - Prostogonimus (Prosthogonimus) urug„ining
vakillari, ayniqsa, Prosthogonimus ovatus va Prosthogonimus cuneatus turlari tovuq,
kurka, o„rdak, g„oz va boshqa yovvoyi parrandalarning fabritsiyev xaltasi va
tuxumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Bu parazitning tanasi noksimon shaklda, dorzoventral tomondan yassilangan.
Uzunligi 3–6 mm, eni esa 1–2 mm keladi. Ichaklari og„iz so„rg„ichi bilan qorin
so„rg„ichi oralig„ida ikkiga shoxlangan. Qorin so„rg„ichi og„iz so„rg„ichiga nisbatan
ancha yirik. Urug„donlari ikkita, ovalsimon ko„rinishda, asosan tanasining orqa yarmida
joylashgan. Tuxumdoni qorin so„rg„ichining yuqorisida, sariqlik bezlari tananing ikki
yon tomonida, bachadoni esa tanasining orqa tomonida joylashgan. Prostogonimning
rivojlanishi uchta xo„jayinda ketadi (27-rasm).
Birinchi oraliq xo„jayini chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus urug„iga
mansub mollyuskalar, ikkinchi oraliq xo„jayinlari, ya‟ni qo„shimcha xo„jayinlari har xil
turga kiruvchi ninachilar (Libellula, Anax, Sympetrum va boshqa urug„lar turlari) va
asosiy xo„jayinlari esa parrandalar hisoblanadi.
Parazitning tuxumlari parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga, suvga
tushgandan 8–14 kundan keyin tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqadi va faol harakat
qilib, birinchi oraliq xo„jayini-mollyuskalarning ichiga kiradi. Mollyuska jigarida
miratsidiy sporotsistaga aylanadi va sporotsista ichida uzun dumli serkariylar yetiladi va
ular mollyuskadan suvga chiqadi. Keyinchalik serkariylar ikkinchi oraliq xo„jayin –
ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi.
Bu yerda serkariy ninachi lichinkasi ichagining devorini teshib, qorin muskuli
oralig„iga kelib joylashadi va to„rtinchi kuni metatserkariyga aylanadi. Metatserkariy
kapsulaga o„ralib, 70 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga aylanadi. Asosiy
xo„jayinlari – parrandalar metatserkariy bilan zararlangan ninachilar va ularning
lichinkalarini yeyishi bilan parazitni o„zlariga yuqtiradi. Parranda ichagidan
metatserkariy kloaka orqali tuxum yo„li va fabritsiyev xaltasiga o„tadi va taxminan ikki
haftadan keyin jinsiy voyaga yetadi.
Parrandalar yoshidan qat‟iy nazar prostogonimoz bilan kasallanadi. Kasallik,
ayniqsa, tuxum qiladigan tovuqlarda juda og„ir kechadi. Kasallik manbai prostogonimoz
bilan kasallangan uy va yovvoyi parrandalar hisoblanadi. Prostogonimoz bilan
kasallangan parrandalarning tuxumdon yo„llari yallig„lanadi, natijada tuxum
po„stlog„ini hosil qiluvchi qismining ish faoliyati buzilib, parranda, shu jumladan, tovuq
po„stloqsiz yoki yupqa po„stloqli yumshoq tuxum qo„yadi.
27-rasm. Prostogonimus (Prosthogonimus ovatus) ning tuzilishi va rivojlanish sikli: A-
Prosthogonimus ovatusning tuzilishi: 1-jinsiy teshiklar; 2-og„iz so„rg„ichi; 3-tomoq; 4-qizilo„ngach;
5-bursa; 6-bachadon; 7-ichak; 8-tuxumdon; 9-qorin so„rg„ichi; 10-sariqlik bezi; 11-urug„donlar; B-
Prosthogonimus ovatusning rivojlanish sikli: I. Asosiy xo„jayin-tovuq; II. Birinchi oraliq xo„jayin -
mollyuskalar; III. Ikkinchi oraliq xo„jayin - ninachi; a-jinsiy voyaga yetgan parazit; b-tuxum; d-
sporotsista; e-serkariy; f-g-metatserkariylar.
Prostogonimozga qarshi kurashish uchun avvalo, kasallangan parrandalarni
geksaxloretan va uglerod (IV) - xlorid preparatlari bilan davolash kerak. Parazitning
tarqalishiga yo„l qo„ymasiik uchun parrandachilik fermasi binolarini suvga yaqin joyga
qurmaslik, parrandalarni botqoq yaylovlar va yomg„ir yog„gandan keyin yayratish
maydonchasiga chiqarmaslik, parrandalarni invaziyaga gumon qilingan suv
havzalaridan sug„ormaslik kerak.
Mushuk ikki so„rg„ichlisi (Opisthorchis felineus). Bu parazit asosan mushuk, it,
tulki, sher, cho„chqa va odamning jigarida, o„t yo„llarida, o„t pufagida hamda oshqozon
osti bezlarida parazitlik qilib yashaydi. U asosan, G„arbiy Sibirda ko„p tarqalgan.
Ko„rinishi nashtarsimon ikki so„rg„ichliga o„xshaydi, lekin tanasi biroz kichik,
ya‟ni 8–13 mm uzunlikda bo„ladi. Bir juft urug„donlari va bir dona tuxumdoni
gavdasining orqa tomonida joylashgan. Bachadoni ko„p shoxlangan bo„lib, tana
bo„shlig„ining oldingi yarmini to„ldirib turadi.
Mushuk ikki so„rg„ichlisining, ya‟ni opistorxisning rivojlianishida uchta xo„jayin
qatnashadi. Yuqorida aytilgan sutemizuvchilar va odam definitiv (asosiy) xo„jayin
bo„lsa, chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqli mollyuska – bitiniya (Bithynia leachi)
birinchi oraliq xo„jayin, zog„ora baliq, karas (tobon baliq), leshch (oqcha), yaz va
boshqa baliqlar ikkinchi oraliq yoki qo„shimcha xo„jayin hisoblanadi (28- rasm).
|