28-rasm. Mushuk ikki so„rg„ichlisi (Opisthorchis felineus)ning tashqi ko„rinishi va rivojlianish
sikli: 1-voyaga yetgani(marita), 2-asosiy xo„jayinlari, 3-tuxumi, 4-oraliq xo„jayini (Bithyni avlodiga
mansub mollyuska), 5-miratsidiy, 6-sporotsista, 7-rediy, 8-serkariy, 8
a
-mollyuskadan suvga chiqqan
serkariy, 9-qo„shimcha xo„jayini-karplar oilasiga kiruvchi baliqlar, 10-metaserkariy.
Parazitning tuxumlari asosiy xo„jayini o„t suyuqligi orqali ichakka va undan
axlati bilan tashqi muhitga chiqadi. Mollyuska parazit tuxumlarini yutib yuboradi va
uning organizmida tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporotsistaga
aylanadi va mollyuska jigariga o„rnashib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediylar hosil
bo„ladi. Rediylar o„sishi bilan partenogenetik usulda ko„payib, serkariylarga aylanadi.
Serkariylar harakatchan bo„lib, mollyuska tanasidan suvga chiqadi va keyingi
rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, ya‟ni qo„shimcha xo„jayini – baliqlar terisi hamda
jabralariga yopishib oladi. Baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi to„qimalari
orasida pardaga o„ralib, taxminan 6 haftadan keyin metatserkariyga aylanadi.
Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo„jayinlar parazitni o„zlariga yuqtiradi.
Odam ham yaxshi dudlanmagan yoki yaxshi qovurilmagan kasal baliqlarni yesa,
parazitni o„ziga yuqtiradi.
Asosiy xo„jayini oshqozonida va ingichka ichagida metaserkariyning po„sti
yemirilib, parazit o„t yo„li orqali jigarga o„tadi. Bu yerda 3–4 haftadan keyin jinsiy
voyaga yetib, yana tuxum qo„ya boshlaydi. Umuman, opistorxisning tuxumdan tortib, to
jinsiy voyaga yetishigacha 4–4,5 oy vaqt kerak bo„ladi.
Opistorxis keltirib chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi. Opistorxozni
kasallik sifatida birinchi marta 1891 yilda Tomsk shahrida shifokor K.N. Vinogradov
10
8a
7
8
6
5
4
9
3
2
1
aniqlagan. Bu kasallik Ukrainada, Rossiyada Perm va Kaliningrad viloyatlarida, Don,
Volga daryolarining ba‟zi havzalarida borligi aniqlangan. Opistorxoz, ayniqsa, Ob va
Irtish daryolarining havzalarida keng tarqalgan.
Asosiy xo„jayini organizmida opistorxis 25 yil yashaganligi fanga ma‟lum. Bu
kasallikdan o„lgan bir kishining jigarida 25320 dona parazit borligi aniqlangan.
Opistorxoz bilan kasallangan odamlarda bosh aylanishi, bosh og„rig„i, asabiylashish va
ko„ngil aynish kabi holatlar kuzatiladi. Jigar va oshqozon osti bezining ishi buziladi,
ba‟zi hollarda bu kasallik jigar va oshqozon osti bezlarida rakning paydo bo„lishiga
sababchi bo„ladi.
Bu kasallikka qarshi kurashish uchun avvalo, opistorxoz bilan kasallangan odam
va hayvonlarga xloroksil, geksaxlorparaksilol, geksaxloretan va boshqa dorilar berib
davolash kerak. Metatserkariy bilan kasallangan baliqlarni yaxshilab pishirish yoki
muzlatish yo„li bilan yuqumsizlantirish, zararlangan xom baliqlarni asosiy xo„jiyinlariga
bermaslik, suv havzalariga opistorxisning tarqalishiga yo„l qo„ymaslik hamda aholi
o„rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishni targ„ibot qilish kerak.
O„pka so„rg„ichlisi (Paragonimus westermani). Bu parazit ham odam, it,
mushuk, cho„chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilarning o„pkasida, ba‟zan esa jigar,
miya, oshqozon osti bezida parazitlik qiladi.
O„pka so„rg„ichlisi, asosan, Xitoy, Koreya, Filippin, Tailand, Nepal, Hindiston va
G„arbiy Afrikada krab va qisqichbaqalarni yeb hayot kechiradigan odam va yirtqich
hayvonlarning o„pkasida parazitlik qilib, paragonimoz kasalligini tarqatadi. MDH da
Uzoq Sharqda kamdan-kam odamlar bu kasallikka chalinib turadi.
O„pka so„rg„ichlisining tanasi oval, tuxumsimon shaklda, rangi qizg„ish-jigarrang
bo„lib, uzunligi 10–16 mm keladi. Butun tanasi sirtqi tomondan tikanaklar bilan
qoplangan bo„ladi. O„pka so„rg„ichlisining o„ziga xos belgilaridan biri tanasining
o„rtasida qorin so„rg„ichi, uning atrofida esa bachadon bilan tuxumdonlar joylashgan.
Ulardan pastroqda ikkita bo„lakchali urug„donlar yotadi. Tanasining oldingi qismida
og„iz so„rg„ichi bilan o„ralgan og„zi joylashgan. Og„zidan halqum, so„ng qisqa
qizilo„ngach davom etadi. Ichaklari ikki shoxli bo„lib, tanasining orqa qismigacha
boradi va berk holda tugaydi.
O„pka so„rg„ichlisining rivojlanishi oraliq va qo„shimcha xo„jayinlar orqali
boradi. Asosiy xo„jayinlari odam, it, mushuk, yo„lbars, cho„chqa va boshqa yirtqich
hayvonlar hisoblanadi.
Parazit tuxumlari asosiy xo„jayinining balg„ami (o„pkada parazitlik qilganda)
yoki axlati (ichak paragonimozi) bilan tashqariga chiqadi va bu tuxumlarning
rivojlanishi suvda kechadi.
O„pka so„rg„ichlisining oraliq xo„jayini ikkita: birinchisi Semisulcospira, Melania
urug„lariga kiradigan mollyuskalar, ikkinchisi Potamon, Eriocheir avlodlariga kiradigan
chuchuk suv krablari va Cambaroides urug„iga kiruvchi qisqichbaqalar hisoblanadi.
Parazit tuxumlari suvga tushgach, bir necha kundan keyin tuxumdan lichinka –
miratsidiy chiqadi.
Miratsidiylar suvda faol suzib yurib, o„zining birinchi oraliq xo„jayini – suv
shilliqqurtini topib, uning tanasiga kiradi va keyingi lichinkalik davri – sporotsistaga
aylanadi.
Keyinchalik sporotsistalardan rediylar rivojlanadi, rediylardan esa serkariylar
taraqqiy etadi.
Serkariylarda rudiment holdagi dumi va tesha oladigan kutikulyar stileti bo„ladi.
Mollyuskalardan suvga chiqqan serkariylar suvda suzmasdan, balki suv havzalari tubida
sekin harakatlanadi va faol ravishda ikkinchi oraliq xo„jayinlari bo„lmish chuchuk suv
krablari va qisqichbaqalar organizmiga kiradi. Serkariylar xo„jayinlarining muskullari,
jigari va jabralarida yashab, o„rta hisobda 6 hafta ichida yuqumli holatga ega bo„lgan
lichinkalik bosqichi» metatserkariyga aylanadi. Metatserkariy bosqichida dumi
bo„lmaydi, ancha mustahkam qobiqqa o„ralgan bo„ladi. Asosiy xo„jayinlari, ya‟ni odam,
it, mushuk, cho„chqa, to„ng„iz, yo„lbars, qoplon, yovvoyi mushuk va boshqa yirtqich
sutemizuvchilar metatserkariy bilan zararlangan krablarni va qisqichbaqalarni
xomligicha yeganda parazitlarni o„zlariga yuqtiradi. Asosiy xo„jayini ichiga kirgan
metatserkariylar 12-barmoqli ichak devorini teshib, tana bo„shlig„iga o„tadi, so„ng
diafragma va plevra orqali o„pkaga boradi. Asosiy xo„jayini zararlanishidan to
parazitlarning tuxumi chiqqungacha bo„lgan vaqt 3 oyga to„g„ri keladi.
Vesterman so„rg„ichlisining odam uchun xavfli tomoni – o„pkada ko„plab
tugunlar hosil qiladi, natijada ko„krak og„riydi, nafas siqiladi, yo„tal paydo bo„ladi va
o„pkadan qon keladi. Bunday tugunlar bosh miyada ham hosil bo„lishi mumkin.
Odamlarni davolash uchun turli dorilar ishlab chiqilgan (bitionol), lekin og„ir hollarda
faqat jarrohlik yo„li bilan davolash mumkin. Agar bemorning o„pka va miyasida parazit
tugunlari haddan tashqari ko„payib ketsa, jarrohlik yo„li ham foyda bermaydi.
Paragonimoz kasalligini aniqlash uchun bemorning balg„ami va axlati tekshirilib,
parazit tuxumlari aniqlanadi.
Asosiy profilaktik choralarga yaxshi pishirilmagan krab va qisqichbaqalarni
yemaslik, suv havzalariga hayvonlar axlatining tushishiga yo„l qo„ymaslik hamda aholi
o„rtasida gigiyena qoidalariga rioya qilish to„g„risida targ„ibot ishlarini olib borishdir.
Klonorxislar (Clonorchis). Klonorxislardan - Clonorchis sinensis ning uzunligi
10–20 mm atrofida bo„lib, tanasi yassilashgan, ikkita so„rg„ichi bor. Parazitning
tuzilishi va rivojlanishi opistorxisnikiga o„xshash.
Bu trematodaning ham asosiy xo„jayinlari odam va yirtqich sutemizuvchilar
hisoblanadi. Asosiy xo„jayinlarining jigarida, o„t pufagida va oshqozon osti bezida
parazitlik qiladi.
Parazitning tuxumi sariq-jigarrang bo„lib, suvga tushganidan keyin miratsidiy lichinkasi
chiqadi. Lichinka oraliq xo„jayini-suv shilliqqurtlariga (Bithynia) kirib rivojlanishini davom
ettiradi(29-rasm).
26-rasm. Xitoy ikki so„rg„ichlisi (Clonorchis sinensis) ning tashqi ko„rinishi va rivojlianish sikli:
1-voyaga yetgani(marita); 2-asosiy xo„jayinlari; 3-tuxumi; 4-oraliq xo„jayini(Bithynia avlodiga
mansub mollyuska); 5-miratsidiy; 6-sporotsista; 7-rediy; 8-serkariy; 8
a
-mollyuskadan suvga chiqqan
serkariy; 9-qo„shimcha xo„jayini-baliqlar; 10-metaserkariy.
Mollyuska tanasida miratsidiydan sporotsista, sporotsistadan rediy, rediydan serkariy
kabi lichinkalik bosqichlari 2 oy davomida rivojlanadi. Serkariy mollyuska tanasidan suvga
chiqib, karpsimonlar oilasiga kiruvchi baliqlar va qisqichbaqalar tanasiga o„tib, metatserkariy
bosqichiga aylanadi.
Odamlar va yirtqich sutemizuvchilar klonorxislar metatserkariylari bilan
zararlangan baliqlar va qisqichbaqalarni yeyishi natijasida parazitni o„zlariga yuqtiradi.
Odamlarga metatserkariylar o„tgandan 4 oydan keyin parazit jinsiy voyaga yetib, tuxum
qo„ya boshlaydi. Klonorxis odamlar organizmida 25 yilgacha parazitlik qilib hayot
kechirishi mumkin.
Klonorxislar asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Koreya Xalq
Demokratik Respublikasida keng tarqalgan bo„lib, odamlar o„rtasida klonorxoz
kasalligini keltirib chiqaradi. MDH da klonorxislar Amur daryosining suv havzalari
atrofidagi aholi o„rtasida uchrab turadi. Klonorxislarni aniqlash, davolash va oldini olish
choralari opistorxislarnikiga o„xshash.
Metagonimuslar
(Metagonimus).
Metagonimuslardan
-
Metagonimus
yokogawai ning uzunligi 1–2,5 mm atrofida (30-rasm).
Metagonimus odam, mushuk, it, cho„chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilaming
ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bu parazit bilan kasallangan asosiy xo„jayinlari
axlatlari orqali tashqi muhitga tuxumlarini chiqaradi.
10
1
3
2
6
7
5
4
9
8
30-rasm. Metagonimus (Metagonimus yokogawai)ning tuzilishi: 1-og„iz so„rg„ichi; 2-ichagi;
3-qorin so„rg„ichi; 4- urug„ yo„li; 5-bachadon; 6-urug„ qabul qiluvchi; 7-tuxumdon;
8-sariqdonlari; 9-urug„donlari.
Metagonimusning oraliq xo„jayinlari chuchuk suv shilliqqurtlari va qo„shimcha
xo„jayinlari har xil turga kiruvchi baliqlar (zog„ora baliq, leshch, laqqa baliq, do„ng
peshona, gulmoy baliq va bosh.) hisoblanadi. Metatserkariylar baliqlaming
tangachalarida, suzgich qanotlarida, jabralarida va teri osti yog„ qavati hujayralarida
hamda muskullarida joylashadi.
Odam va yirtqich sutemizuvchilar metatserkariylar bilan zararlangan baliqlarni
iste‟mol qilishi natijasida parazitni o„zlariga yuqtiradi. Metagonimoz qo„zg„atuvchilari
bilan asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
va Filippin orollari atrofidagi aholi ko„proq zararlanadilar. MDH da esa Amur daryosi
suv havzalari atrofidagi odamlarda uchrab turadi. Odamlar asosan xom baliqlarni
yeyishlari oqibatida kasallanadi.
Metagonimoz qo„zg„atuvchisini aniqlash, bu parazit bilan kasallangan odamlarni
davolash va profilaktik chora-tadbirlarni olib borish opistorxoznikiga o„xshash.
Kasallangan odamlar naftamon va kombantirin kabi dorilar bilan davolanadi.
Shistosomalar (Schistosoma) ning tuzilishi va biologik xususiyatlari.
Trematodalar sinfi orasida odam va hayvonlarning xavfli parazitlaridan yana bir guruhi
qon ikki so„rg„ichlilari-shistosomalar (Schistosoma, Orientobilharzia va boshqalar)
hisoblanadi. Shistosomalar qon parazitlari bo„lib, odam va hayvonlarning qorin
bo„shlig„idagi yirik vena qon tomirlarida, shuningdek, buyrak, qovuq venalarida
parazitlik qiladi. Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya‟ni Afrika, Osiyo va Janubiy
Amerikada keng tarqalgan.
Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa trematodalardan farq qiladi. Erkagining tanasi
ancha yo„g„on, 10–15 mm uzunlikda bo„ladi, ularning qorin tomonida maxsus
tarnovsimon chuqurchasi bo„lib, unga uzun (20 mm dan ortiq) va ingichka urg„ochisini
joylashtirib birga yashaydi. Shistosomalarning so„rg„ichlari kuchsiz rivojlangan yoki
butunlay bo„lmaydi.
Shistosomalar, ya‟ni qon ikki so„rg„ichlilari biogelmintlar bo„lib, ularning
rivojlanishida oraliq xo„jayin sifatida planorbis urug„iga mansub suv mollyuskalari
qatnashadi (31-rasm).
31-rasm. Shistosomatoz qo„zg„atuvchilari (Schistosoma sp.)ning rivojlanish sikli:
a-asosiy xo„jayin; la-urg„ochi va erkak parazitlarning kopulyatsiyasi;1b-parazitning tuxumi; 2-
miratsidiy; b-rivojlanish sikli namunasi; 3-Planorbis urug„iga mansub qorinoyoqli mollyuska; 3a-
birinchi yoshdagi sporotsista; 3b-ikkinchi yoshdagi sporotsista; 4-serkariy.
Urg„ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini yemirib, qovuq devorining
biriktiruvchi to„qimasiga tuxum qo„yadi. Buning natijasida qovuq yallig„lanadi va
kasallanadi. Miratsidiy lichinkasi bo„lgan tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini
teshib, uning bo„shlig„iga, undan xo„jayin axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi.
Suvga tushgan tuxumlardan miratsidiy chiqib, oraliq xo„jayini – qorinoyoqli
mollyuskalar tanasiga kirib oladi.
b
3b
3a
2
a
4
1b
1a
Shundan so„ng, mollyuskalar jigarida dastlab ona sporotsistalar, keyin qiz
sporotsistalar, rediylar va oxiri esa dumlari ayrisimon harakatchan serkariylar hosil
bo„ladi. Mollyuska organizmida bitta miratsidiydan 200 mingtagacha serkariylar
yetishadi.
Serkariy asosiy xo„jayinga, ya‟ni odamga cho„milish paytida yoki serkariylar
mavjud bo„lgan botqoqliklarda ishlayotganda (sholipoyada) serkariylar stileti
yordamida xo„jayini terisini teshib qon aylanish sistemasiga o„tadi va butun organizm
bo„ylab migratsiyalanadi. Parazit 43–55 kundan keyin jinsiy voyaga yetib tuxum qo„ya
boshlaydi. Shistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyiladi. Jahon
sog„liqni saqlash tashkilotining ma‟lumotlariga qaraganda yer yuzida 700 mln. dan ortiq
odamlar shistosomoz kasalligidan azob chekadi.
Odamlarda, asosan Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium, Schitosoma
japonicum kabi turlari ko„proq parazitlik qiladi. Braziliyada Schistosoma mansoni turi
bilan 4 mln. dan ortiq kishi, Misr va boshqa arab mamlakatlarida Schistosoma
haematobium turi bilan 16 mln. kishi kasallangan. Braziliyada 50–70 % aholi ichak
shistosomozi bilan kasallangan. Misrda ba‟zi qishloqlarda aholining 60 – 95 % ushbu
kasallik bilan zararlangan. Shistosomalar bemorlar tanasida 5–10 yilgacha parazitlik
qiladi.
Shistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini
jarohatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan organlarning
yallig„lanishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli tuzlarning to„planishi tufayli
qovuqda tosh hosil bo„lishiga olib kelishi mumkin. Bu parazitlar bilan kasallangan
odamlarga ambilgar, antiomalin, miratsil-D, ginanton, metrifonat kabi dorilar
qo„llaniladi. Chorva mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari qon
tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so„rg„ichlilariga-Orientobilgartsiya kiradi.
Bu parazitni birinchi marta 1913-yili akademik K.I. Skryabin topgan. Parazitning
keltirib chiqaradigan kasalligi orientobilgartsioz deyiladi. Bu kasallik asosan Iroq, Eron,
Hindiston, Pokiston, Turkiya va Mo„g„iliston davlatlarida keng tarqalgan. MDHda esa
O„rta Osiyo mamlakatlarida, Ozarbayjon va Uzoq Sharqda uchraydi. O„zbekistonda bu
parazit asosan Xorazm viloyati va Qoraqalpog„iston Respublikasida keng tarqalgan.
Orientobilharzia turkestanica o„ziga xos ayrim jinsli trematoda turi bo„lib,
Schistosomatida turkumiga Schistosomatidae oilasiga mansub.
Erkaklarining uzunligi 6,4–12,9 mm, eni 0,48–0,64 mm. Og„iz so„rg„ichi
yumaloq, 70–80 tagacha bo„lgan urug„donlari cho„zinchoq-oval shaklga ega.
Urug„donlari ichak naylari orasida ikki qator bo„lib joylashadi. Urg„ochilarining
uzunligi 4,8–6,8 mm, eni 0,08–0,14 mm. So„rg„ichlari rudimentar. Bachadonda bitta
tuxum uzunchoq-oval shaklda bo„lib, har bir qutbida bittadan ilmoqchalari mavjud.
Boshqa qon ikki so„rg„ichlilariga o„xshab uning ham rivojlanishi ikkita
xo„jayinda ketadi (32-rasm). Uning oraliq xo„jayini chuchuk suv shilliqqurtlari
(Lymnaea auricularia, Lymnaea pereger) va asosiy xo„jayinlari chorva mollari
hisoblanadi.
Urg„ochi trematodalar bevosita ichak devoriga yaqin joylardagi mayda qon
tomirlariga o„tadi va shu joylarga hali to„liq yetilmagan tuxum ajratadi. Tuxumning
keyingi rivojlanishi va tuxum ichida miratsidiy shakllanishi xo„jayin to„qimasida
amalga oshadi.
32-rasm. Oriyentobilgarsiya (Orienthobilharzia turkestanica)-ning rivojlanish sikli: A-parazitning
asosiy xo„jayinlari; B-parazitning oraliq xo„jayini–mollyuska; 1-jinsiy voyaga yetgan parazit; 2-
tuxum; 3-miratsidiy; 4-serkariy.
Orientobilgartsiyalar yopiq tizimda parazitlik qilib, qon tomirlarini tuxumlari va
modda almashinuvining so„nggi mahsulotlari bilan to„ldiradi. Serkariylar organizmga
kirishi va migratsiya qilishi, tuxumlarning to„qimalardan o„tish davrida organizmga
mexanik ta‟sir ko„rsatadi. Parazitlarning modda almashish mahsulotlari esa toksik ta‟sir
etadi.
Qo„ylarni tajriba sharoitida orientobilgartsiya bilan zararlab ko„rish orqali,
kasallik bir necha bosqichda kechishi aniqlangan.
Kasallikning birinchi bosqichida dermatit, tana haroratining ko„tarilishi, puls va
nafas olishi tezlashuvi kuzatilib, orientobilgartsioz serkariozi bilan xarakterlanadi.
Ushbu o„zgarishlar hayvonlar zararlangandan keyin 10–12 kun ichida kuzatiladi.
Ikkinchi
bosqich-organizmda
sezilarli
fiziologik
funksiyalar
buzilishi
kuzatilmaydi. Bu davr orientobilgartsiyalarning qon tomirlarda o„sish va rivojlanish
vaqtiga to„g„ri keladi
Kasallikning uchinchi (o„tkir) bosqichi hayvonlar zararlangandan 5–6 hafta
o„tgach paydo bo„lib, kuchli ich ketishi kuzatiladi, tezakda qon va fibrin pardalari paydo
bo„ladi. Barcha klinik belgilar yaqqol namoyon bo„ladi: tana harorati 41,6°C ga
ko„tariladi, puls minutiga 180 tagacha yetadi, aritmiya, tez-tez nafas oladi. Kuchli
zararlangan hayvonlar nobud bo„ladi.
Qoramollar orientobilgartsiozida asosan ingichka ichak jarohatlanadi. Ichak
ichidagi massa suyuq qon va fibrin parda aralash bo„ladi. Ichak shilliq pardalariga qon
quyilishlari kuzatiladi. Ichak tutqichlari qon tomirlari qaralganda, ularda trematodalarni
ko„rish mumkin. Jigar hajmi kattalashadi.
Bu kasallikka qarshi ambilgar, miratsil-D, dronsit kabi dorilar qo„llaniladi.
Kasallikning oldini olish uchun esa parazitning oraliq va asosiy xo„jayinlari orasidagi
biologik zanjirni uzish kerak. Buning uchun esa mollarni ko„proq og„ilxonalarda boqish
zarur, buzoqlarni alohida saqlash, xo„jaliklarda mollarni sug„orishni to„g„ri yo„lga
qo„yish, botqoqliklarni quritish kabi ishlarni amalga oshirish lozim.
So„rg„ichlilar sinfi o„z navbatida digenetik so„rg„ichlilar va aspidogasterlar kenja
sinflariga bo„linadi.
Digenetik so„rg„ichlilar (Digenea) kenja sinfi vakillarining barchasida 2 ta
so„rg„ichi bo„ladi. Rivojlanishi juda murakkab bo„lib, nasl gallanishi orqali boradi.
So„rg„ichlilar sinfining ko„pchilik turlari digenetik so„rg„ichliliar kenja sinfiga kiradi.
Aspidogasterlar (Aspidogastera) kenja sinfining 40 ga yaqin turi bor. Ularning
yopishuv organlari juda keng yopishuv diskidan iborat. Disk bir necha qator so„rg„ich
chuqurchalariga bo„lingan. Aspidogasterlar metamorfoz orqali rivojlanadi, lekin
rivojlanish siklida nasl gallanishi bo„lmaydi. Tipik vakili Aspidogaster conchicola - ikki
pallali mollyuskalardan baqachanoqning yurak oldi xaltasida parazitlik qiladi. Boshqa
vakillari, asosan, mollyuskalar, baliqlar va toshbaqalarda parazitlik qiladi.
O„zbekiston sharoitida yuqorida ko„rsatilgan trematodalarning tarqalishi, barcha
biologik xususiyatlari O„zbekiston FA akademigi J.A. Azimov, professorlar Sh.A.
Azimov., B.S. Salimov va ularning shogirdlari tomonidan chuqur o„rganilgan va ularga
qarshi kurashda ilmiy jihatdan asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Gelmintologiya fani qanday hayvonlarni o„rganadi?
2. Geogelmintlar bilan biogelmintlarga ta‟rif bering va misollar keltiring.
3. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi so„rg„ichlilar sinfi vakillarining
tuzilishi va ko„payishidagi o„ziga xos xususiyatlarni bayon eting.
4. Odam va mahsuldor hayvonlarda so„rg„ichlilar sinfining qaysi turlari parazitlik
qiladi va qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Dostları ilə paylaş: |