Qoramol stefanofilyariyalari. Qoramollarda asosan, Stephanofilaria stilesi va S.
assamensis turlari parazitlik qiladi. Ularining uzunligi 3-8 mm va yo„g„onligi 0,100-
0,117 mm keladi. Bu nematodalar qoramollarning qorin terisini, yelinini hamda quloq
supprasi ichki tomonining o„rta qismini zararlaydi. Terining bunday qismlarida kattaligi
7 mm dan 100 mm gacha boradigan sal qizargan yaralar paydo bo„ladi.
Stefanofilariyalar teri orasiga kirib dermotidlar hosil qiladi. Hayvonning kasallangan
joylari qattiq qichiydi va hayvon bezovtalanadi, natijada mahsuldorligi anchagina
pasayadi. O„zbekistonning turli mintaqalarida qoramollarning stefanofilarioz bilan
umumiy zararlanishi 4,65 % dan 78,1 % gacha boradi. Aksari bitta hayvonda
nematodalarning ikki turi ham uchraydi. Stefanofilariyning oraliq xo„jayinini aniqlash
maqsadida Respublikaning har xil mintaqalarida qon so„ruvchi pashshalarning 3 turi
chaqqir sigir pashshasi, kichik sigir pashshasi va kuzgi pashshalar oraliq xo„jayin
sifatida aniqlangan (68-rasm).
Pashshalarning stefanofilariy lichinkalari bilan zararlanishi respublika bo„yicha
0,7 % dan 5 % gacha boradi.
Qon so„ruvchi pashshalar ertalabki va kechki soatlarda juda ko„payib,
aktivlashadi. Issiq paytlarda ular oziqlanish joyini tark etadi va hayvonlarda faqat
yakkam-dukkam uchraydi.
68-rasm. Qoramollarning quloq suprasida parazitlik qiluvchi
Stephanofilaria stilesi nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.
Stefanofilariozning epizootologik zanjirida bog„lovchi zveno–qon so„ruvchi
pashshalar bo„lib, ular parazit lichinkalarini mollarga yuqtirib turadi. Stefanofilariy
lichinkalari bilan zararlangan qon so„ruvchi pashshalar yopirilib qoramollarni zaralaydi.
Stefanofilariyning
rivojlanish
sikli
quyidagicha
boradi.
Jinsiy
yetuk
stefanofilariylarning urg„ochilari qoramol terisi ostida parazitlik qilib, tuxum qo„yadi.
Stefanofilariozli hayvonlarda oziqlanayotgan qon so„ruvchi pashshalar parazitning
tuxumlarini yutib yuboradi.
Pashshalarda parazit tuxumlaridan lichinkalar rivojlanadi, ular hasharotning
xartumchasiga yetib keladi va pashshaning navbatdagi oziqlanishida xartumchadan
asosiy xo„jayini-qoramolning terisiga o„tadi. Muntazam olib borilgan tadqiqotlarning
natijasiga ko„ra, oraliq xo„jayin organizmdagi stefanofilariy lichinkalari 26-30
o
C issiqda
25-27 kunda invazion davrga yetadi.
Stefanofilarioz kuchli darajada va xronik holda ro„y beradi. Kasalning kuchli
formasi bahor oxiri va yozda sodir bo„ladi, buni stefanofilariyning lichinkali xili
deyiladi. Bu holda seroz-gemorragik eksudat ko„plab ajraladi, o„sha joy qattiq qichiydi
va natijada mol bezovtalanadi.
Kasallikning kuchli shakli kuz va qishda xronik holatga o„tadi, bu paytda barcha
stefanofilariylar jinsiy yetuk davrga aylanadi. Bu holatda terining shikastlangan qismlari
och kul rang tusga kirib qoladi. Shu bilan birga mollar ham bezovtalanmaydi, lekin
ularning organizmida parazitlarning mavjud bo„lishi salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Stefanofilyarioz kasalligiga yo„liqqan qoramollarni davolash uchun ko„plab
miqdorda preparatlar sinab ko„rilgan. 40 % li xlorofos malhami eng samarali
hisoblanadi. Uni terining shikastlangan qismlariga surtiladi. Har bosh molga 10 g
preparat sarflanadi.
Yaylov mavsumida mazkur dori ishlatilsa terapevtik samara olishdan tashqari
hayvonlarning qayta zararlanishiga ham barham beriladi, chunki preparatning
insektitsid sifatida ta‟sir qilishi 20-25 kungacha davom etadi. Shu bilan birga necha bor
dorilanishi pashshalarning tabiatda qancha vaqt yashashiga qarab belgilanishi lozim.
Tadqiqotlarning ko„rsatishicha, O„zbekiston sharoitidagi yaylov mavsumida qoramol
terisining zararlangan joylarini 3-4 marta dorilash kifoyadir. Shuningdek, terining
zararlangan joylarini neguvanning 2-3 % li eritmasi bilan dorilash tavsiya etiladi.
Kasallikning oldini olish uchun stefanofilyariyning oraliq va definitiv
xo„jayinlarini bog„laydigan vositalarni yo„qotishga imkon beradigan tadbirlarni amalga
oshirish lozim. Bunda yaylov faslida sigir pashshasi va kuzgi pashshalarga qarshi
kurash ishlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular respublikamiz sharoitida aprelda
ucha boshlab, noyabrda to„xtaydi. Pashshalarni yo„qotish maqsadida mollarga
fenotiazin yediriladi. Qoramol uchun sutkalik dori miqdori tirik vaznining har bir kg
hisobiga 0,02 g ni tashkil qilishi kerak. Bu preparat tuzga yoki yemga aralashtirib
beriladi. Qoramolning tezagi bilan tushgan fenotiazin sigir pashsha va kuzgi
pashshalarning lichinkalariga qarshi ham hisoblanadi.
Chorva mollari parabronemalari. Chorva mollarida parazitlik qiladigan-
Parabronema skrjabini ning uzunligi 3 mm dan 45 mm gacha boradigan tiniq qizil
rangli nematoda. U kavsh qaytaruvchi uy hayvonlari va ayrim tuyoqli yovvoyi
hayvonlarning oshqozonida tekinxo„rlik qiladi. Parabronemalar asosan oshqozonning
pilorik qismida to„planib, shilliq pardaga kiradi, buning oqibatida gastrit kasalligi
rivojlanadi. Qoramollarning parabronemoz bilan zararlanishi respublika bo„yicha 28,2
% ni tashkil etadi. Parabronemalar O„zbekistonda qo„y va tuyalar orasida ham keng
tarqalganligi qayd etilgan. Bunda qo„ylar parabronemoz bilan respublika bo„yicha 10,1
% va tuyalar 21,9 % zararlanganligi qayd etilgan.
O„zbekiston sharoitida parabronemaning oraliq xo„jayinlari bo„lib, kichik sigir
pashshasi, janubiy sigir pashshasi va kuzgi pashsha ishtirok qiladi (69-rasm).
Qon so„ruvchi pashshalarning parabronema lichinkalari bilan umumiy
zararlanishi 0,7 % dan 3,7 % gacha boradi.
O„zbekiston sharoitida oraliq xo„jayinlarda parabronemaning yuqumli lichinkalari
aprel oyining ikkinchi dekadasida aniqlangan, bu esa MDH ning boshqa mintaqalariga
nisbatan 2 oy ertaroq rivojlanadi.
Tadqiqot ishlarning natijasiga ko„ra, pashshalarning kasallikni maksimal darajada
yuqtirishi aprel oyining oxiri va may oyining boshlarida qayd etilgan.
Parabronemaning rivojlanish jarayoni quyidagicha boradi. Urg„ochi parazit
tuxum qo„yadi va bu tuxumlar hayvon tezagi orqali tashqi muhitga chiqadi. Pashshalar
ham tuxumlarini faqat hayvonlar tezagiga qo„yadi.
69-rasm. Chorva mollarining oshqozonida parazitlik qiluvchi
Parabronema skrjabini nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.
Taxminan bir sutkadan keyin pashsha tuxumlaridan lichinkalar chiqadi, ular
hayvonlar tezagini yeb, parazit tuxumlarini ham yutadi. Pashsha lichinkalari ichida
parabronema tuxumlaridan lichinkalar chiqadi, u pashshalar tana bo„shlig„iga oson
o„tadi, so„ngra pashsha lichinkalari pashshaga aylanishi bilan bir vaqtda parabronema
lichinkalari ham rivojlanadi, pashshalar voyaga yetganidagina parabronema lichinkalari
yuqumli holatga aylanadi.
Chorva mollarga parabronema lichinkalari og„iz bo„lig„i orqali yuqadi. Pashshalar
hayvonning ho„l va issiq lablarida o„rmalab, xartumi orqali parabronemaning yuqumli
lichinkalarini chiqaradi. Chorva mollarga parabronema aprelning ikkinchi dekadasidan
oktyabrning oxirigacha yuqadi, bunda kasallikning yuqish intensivligi turlicha bo„ladi.
Hayvonlar gelmintlar bilan eng ko„p zararlanishi may va sentyabr-oktyabrda kuzatiladi,
bu vaqt qon so„ruvchi pashshalarning ko„payishi davriga to„g„ri keladi.
Demak, chorva mollarida parabronemaning keng tarqalganligi ularning cho„l
sharoitiga moslashganligidan dalolat beradi. Chorva mollarni parabronemozdan
davolashda fenotiazin yaxshi samara beradi. Qo„y-echkilarga har 1 kg tirik vazniga 0,1
g, qoramolga 0,2-03 g, tuyalarga 0,5-0,6 g dozada beriladi. Qorako„l qo„ylarida
parabronemozning oldini olish uchun bir qator yangi preparatlar (nilverm, panakur,
ivomek va moranteltartrat) sinab ko„rilgan.
Bu preparat ilova qilingan instruktsiyaga muvofiq qo„llaniladi. Barcha preparatlar
chorva mollarning boshqa oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi ham yaxshi samara
beradi.
Kasallikning oldini olish uchun qon so„ruvchi pashshalar–kasallik yuqtiruvchi
oraliq xo„jayinlarni qirish uchun mart oyi oxiridan oktyabrgacha har kuni tuz yoki
konsentratsiyalangan ozuqa bilan birga albatta, fenotiazin berish tavsiya etiladi. Bunda
hayvonlar go„ngi bilan ajralib chiqadigan fenotiazin qon so„ruvchi pashshalar
lichinkalarining rivojlanishiga to„sqinlik qiladi va bu bilan parabronemoz
qo„zg„atuvchisi tarqalishining oldi olinadi.
Chorva mollari setariyalari. Chorva mollarida asosan, Setaria labiato-
pappilosa, S. equina, S. bernardi kabi turlari parazitlik qiladi. Ular ancha yirik, oq
rangli nematodalar bo„lib, uzunligi 48 mm dan 120 mm gacha boradi. Setariyalar chorva
mollarning qorin bo„shlig„ida, oshqozon osti bezida, qatqorin, qorin yog„i, jigar va
ichaklarida parazitlik qiladi, hamda butun organizmga zaharli ta‟sir ko„rsatadi.
Qoramollarga setarioz yuqish darajasi O„zbekistonning ayrim viloyatlarida 22,3 % dan
75,7 % gacha etadi. Shuningdek, ushbu kasallik qo„y va echkilarni 1,9 % dan 8,5 %
gacha, cho„chqalarni 0,4 % dan 28 % gacha, ot va eshaklarni 50 % gacha zararlashi
qayd etilgan. Mazkur kasallik chorva mollarda eng ko„p Qoraqalpog„iston
Respublikasida hamda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari xo„jaliklarda, shuningdek,
Farg„ona vodiysida qayd etilgan.
O„zbekistonning turli hududlarida setarioz qo„zg„atuvchilarining oraliq xo„jayini
sifatida qon so„ruvchi asl chivinlar avlodidan-Aedes caspius caspius turi ishtirok etishi
aniqlangan. Chivinlar setariya lichinkalari bilan may oyidan oktyabr oyigacha
kasallangan mollarning qonini so„rish orqali zararlanadi. Chorva mollarni setarioz bilan
kasallanishini oldini olish uchun tabiatda yaylovlarda chivinlarga muntazam ravishda
qarshi kurash choralarini olib borish va ularning sonini cheklab turish lozim.
Toq tuyoqlilar darasheyalari va gabronemalari. Toq tuyoqlilarda Drascheia
megastoma, Habronema muscae va H. microstoma kabi nematoda turlari parazitlik
qiladi. Ot va eshaklarning drasheyozi va gabronemozi surinkali gelmintoz kasalliklari
bo„lib, bu nematodalarning vakillari ot va eshaklarning oshqozoni, o„pkasi va terisida
parazitlik qiladi. Parazitlar voyaga yetganda ot va eshaklar oshqozoniga tushadi.
Habronema muscae nematoda turining lichinkalari rivojlanishining uchinchi bosqichida
otlar terisida va o„pkasida gabronemoz kasalligini qo„zg„atadi. Drascheia megastoma
esa yuqorida keltirilgan nematodalardan eng patogeni hisoblanadi. Chunki u ot
oshqozonida parazitlik qilib, o„smalarni hosil qiladi. Parazitning og„zi ikkita lab bilan
o„ralgan. Boshi tanasidan kesikcha bilan ajralgan, tomog„i voronkasimon, qizilo„ngachi
qo„shaloq oldingi bo„limi qisqaroq, keyingi qismi esa ancha uzunroq (bezli bo„limi)
bo„ladi.
Erkaklarining uzunligi 7–10 mm bo„lib, dumi spiral shaklda buralgan va to„mtoq.
Spikulalari ikkita. Urg„ochilarining uzunligi 10-13 mm, dum oxiri salgina egilgan holda
o„tkirlashib tugaydi. Tuximlari yarim silindr shaklida, uning ichida shakllangan
lichinkalari bo„ladi. Habronema muscae boshqa turiga nisbatan kamroq rivojlangan
lablari bilan farqlanadi. Erkaklarining uzunligi 8-14 mm, urg„ochilarining uzunligi esa
13-22 mm. Uchala tur nematodalar qo„zg„atuvchilarining ham oraliq xo„jayinlari uy
pashshasi (Musca domestica) va qon so„ruvchi pashshalar ishtirokida rivojlanadi.
Drasheya megastoma tuxumlari ot oshqozonidan tezak bilan birga tashqariga
chiqadi. Ot tezagiga esa pashshalar tuxum qo„yadi va tez rivojlanib lichinkalar hosil
qiladi. Pashsha lichinkalari tezakdagi drasheya tuxumlarini yutib zararlanadi. Keyingi
kuni pashsha lichinkalarining oshqozonida drasheya tuxumlaridan harakatchan
lichinkalar paydo bo„ladi. Pashsha ichidagi drasheya lichinkalari 11-13 kunda 1,3-2,6
mm ga boradi, 13-15 kunda esa yuqumli holatga, ya‟ni invazion lichinkalarga aylanadi.
Invazion lichinkalar pashsha organizmida turib kutikulyar qobig„ini yirtib chiqadi. U
pashsha xartumiga, so„ngra pastki labining shishgan joyiga o„tadi. Pashshalar otlarning
ho„l, issiq labiga qo„nganda, drasheya lichinkalari pashsha xartumidan tashqariga so„lak
bilan namlangan joyga chiqadi.
Otlar so„lak bilan birgalikda drasheya lichinkalarini yutib yuborishi yoki ichida
drasheya va gabronema lichinkalari bo„lgan pashshalar tushgan oziqlarni yeyishi
natijasida zararlanadi. Ot organizmida drasheya lichinkalari 44–64 kunda voyaga yetgan
parazitga aylanadi. Ular ot oshqozon shilliq osti pardasida va o„smasimon hosilalarida
joylashadi. Voyaga yetgan Habronema muscae ot oshqozonining shilliq pardalariga
yopishib oladi. Undan tashqari parazit lichinkalari ot terisiga va yaralariga tushsa teri
gabronemozi rivojlanishi mumkin. Bu lichinkalar ot burnini shilliq pardasida bo„lsa
o„pkaga qarab harakat qilishi va u yerda gabronemoz tugunini hosil qilishi mumkin. Bu
kasallik qulunlar va katta yoshdagi otlarda hamma joyda, ayniqsa, otxonalarda boqilgan
otlarda uchraydi. Otlar yozda, pashshalar uchish davrida ko„proq zararlanadi. Drasheya
va gabronemalar xo„jayin organizmiga mexanik va zaharli metabolitlar bilan ta‟sir
ko„rsatadi.
Drasheyalar otlarning oshqozoniga tushib, odatda, uning bezli qismida kattaligi
yong„oqdan tovuq tuxumigacha va undan ham kattaroq tugunlarni shakllantiradi.
Tugunlar odatda kataral yallig„langan shilliq parda bilan yopilgan. Ko„pincha bitta ot
oshqozonida o„smalardan 4–5 ta bo„ladi. Ularning ichi kovak bo„lib, undan
drasheyaning oxirgi qismi chiqib turadi. Shishni bosib ko„rganda bu kovakdan parazit
va ularning tuxumlarini saqlaydigan sariq kulrang suyuqlik ajraladi. Gabronema-larning
boshqa turlari shunchaki oshqozon shilliq pardasiga yopishib, uni mexanik qitiqlaydi
hamda oshqozon bezlarini atrofiyalaydi, natijada uning funktsiyasi buziladi. Teri
gabronemozi terida shishlar paydo qiladi va ularning sekin-asta yaralanishi bilan
ifodalanadi. Bunday yozgi yaralarni davolash qiyin. Bu kasallik asosan issiq iqlimli
mamlakatlarda, ya‟ni Hindiston va Braziliyada keng tarqalgan. Gabronema lichinkalari
o„pkaga tushib to„g„nog„ich boshi, ba‟zan yong„oqdek keladigan parazit tugunchalarini
hosil qiladi. Bunday tugunchalarda odatda yiringli suyuqlik va uzunligi 3 mm keladigan
lichinkalar bo„ladi.
Olimlar teri gabronemozi bilan shikastlangan otlarda o„pka gabronemozi paydo
bo„lishi mumkin deb ham taxmin qiladilar.
Drasheya va gabronema tuxumlarini topish uchun otlarning tashqariga chiqargan
yangi tezagi Berman usulida tekshiriladi, undan tashqari zond yordamida olingan
oshqozon shirasini tekshirish bilan ham kasallikni aniqlash mumkin. O„lgan ot yorib
ko„rilganda oshqozondan parazit va shish tugunlari topiladi.
Klinik tekshirish bilan esa terining turli joylarida, ya‟ni tizza va boldir sohasida,
bo„yinning oldingi yuqorigi qismlarida yozgi yaralar aniqlanadi. Yozgi yaralar faqat
yilning issiq paytida paydo bo„ladi.
Kasallangan otlar uglerod sulfid va yodning suvdagi eritmasi bilan davolanadi.
Teri gabronemozi jarrohlikda qo„llaniladigan usullar bilan davolanadi. Gabronema va
drasheya bilan zararlangan otlarni sog„aytirish uchun bir qancha choralar amalga
oshirilishi, shuningdek, qo„zg„atuvchilarning oraliq xo„jayinlari pashshalarni yo„qotish
lozim. Buning uchun otxonalarda to„plangan go„ng maxsus go„ngxonalarga olib ketiladi
va biotermik zararsizlantiriladi. Pashshalar tezakka tuxum qo„ymasligi uchun
go„ngxonalar usti yopib qo„yiladi. Otxonalardagi pashshalarni yo„qotish kerak. Buning
uchun binolar geksaxloran eritmasi bilan muntazam oqlanib turiladi, xlorofos bilan
dezinvaziya qilinadi. Kuz va qishda otlar gelmintsizlantiriladi.
Ot parafilyariyasi toq tuyoqli hayvonlarning surunkali gelmintoz kasalligi
qo„zg„atuvchisi bo„lib, uni Parafilaria multipapillosa nematoda turi qo„zg„atadi.
Kasallikning klinik jihatdan teri kapillyarlaridan qon oqishi bilan xarakterlanib, MDH
ning Janubiy va Janubi-sharqiy mintaqalarida ko„proq uchraydi. Parafilyariylar
otlarning teri ostida parazitlik qiladi. Erkaklarining uzinligi 30 mm, urg„ochilariniki esa
40-70 mm keladi. Tuxum ichida lichinkalari rivojlanadi. Tuxumlarining uzunligi 42-52
mkm, eni esa 17-27 mkm keladi. O„zbekiston sharoitida parafilyariyning oraliq
xo„jayini qon so„ruvchi pashsha-Haemotobia atripalpis ekanligi aniqlangan. Voyaga
yetgan urg„ochi parafilyariylar otlarning teri osti to„qimalarida parazitlik qilib, boshi
bilan terini teshadi va qon tomirlarini jarohatlaydi. Jarohatlangan joyga qon tomchilari
sizib chiqadi va u yerga urg„ochi parafilyariylar tuxum qo„yadi. Tashqi muhit haroratiga
qarab bir necha minutdan yoki bir necha soatdan keyin parafilyariy tuxumlaridan
lichinkalar chiqa boshlaydi. Otlar faqat yozda zararlanishi mumkin. Qon so„ruvchi
gematobiy pashshalari otlarni chaqqan paytda xartumlari orqali parafilyariyning
yuqumli lichinkalarini qonga o„tkazadi. Parafilyariya 9 oydan keyin, ba‟zan esa 2 yildan
keyin jinsiy voyaga yetadi (70-rasm).
70-rasm. Otlarning terisida parazitlik qiluvchi Parafilaria multipapillosa
nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.
Kasallik birinchi marta aprel oyida boshlanib, iyul-avgust oylarida intensiv va
ekstensiv jihatdan rivojlanish davrining eng yuqori darajasiga yetadi. Oktyabrda
rivojlanishi to„xtaydi. Parafilyarioz ko„pincha issiq kunlarda paydo bo„ladi. Hayvon
harorati qancha yuqori bo„lsa, qon oquvchi yaralar shuncha ko„payadi. Parafilyarioz
kasalligi asosan cho„l va o„rmonlarda, dengiz sathidan 1200 m balandlikda uchraydi.
Ot terisiga urg„ochi parafilyariyalar qo„ygan tuxumlari chidamsiz bo„lib, oqayotgan
qonning qurishi bilan halok bo„ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar teri kapillyarlaridagi
qonda 12 soat saqlanadi. Ot terisida voyaga yetgan parafilyariyalar yashagan joylarida
dumboqchalar paydo bo„ladi. Ular bir necha kun ravojlanib loviya kattaligidagi
bo„rtmaga aylanadi. Ular asosan, otlarning yag„rin va kurak orqa va qovurg„a sohasida,
bo„yinda, ba‟zan bel, yelka va sag„risida joylashadi. Bu joylarda havo ochiq kuni,
ayniqsa tush paytida qon oqadi va yaralar asta-sekin ko„paya boradi. Kechqurun va
tunda qon oqish takrorlanadi bu hol vaqti-vaqti bilan uzoq davom etishi mumkin.
Otlarning bo„yni, yelka va ikki yoni paypaslab ko„rilsa, terida qalin shishlar,
tugunchalar borligi ma‟lum bo„ladi va kun isiganda bu tugunchalardan qon oqadi. Qon
oqishi tamom bo„lishi bilan qon iviydi, keyin esa qobiq hosil bo„ladi. Kasallik zararsiz
kechadi. Kasal otlarni janubdan shimolga ko„chirganda parafilyarioz 2–3 yildan keyin
yo„qoladi.
Otlarning parafilyarioz bilan zararlanishi respublikamizning ayrim viloyatlarida
18,1 % dan 80 % gacha yetadi. Bu kasallik Farg„ona vodiysi, Sirdaryo, Toshkent va
Surxondaryo viloyatlari xo„jaliklarida keng tarqalgan.
Parafilyarioz bilan kasallangan ot o„lmaydi. Bu kasallik uch yashar va undan
katta yoshdagi otlarda ko„proq uchraydi. Uning intensivligi teri osti to„qimalarida bir
vaqtda parazitlik qilalayotgan parafilyariyalar soniga bog„liq bo„lib, otlarda 200 tagacha
yetadi. Otlardan oqayotgan qon tomchilarida parafilyariya tuxumlari va lichinkalarining
mavjudligiga qarab kasallik aniqlanadi. Ammo parafilyariya lichinkalari asosiy qon
aylanish sistemasida bo„lmaydi.
Parafilyariya lichinkalari 180–225 mkm uzunlikda bo„lib, cho„zinchoq shaklga
ega. Parafilyariya lichinkalari va tuxumlarini topish uchun otlar terisidagi yangi qon
tomchisi buyum oynachasiga tomiziladi va distirlangan suvda gemolizlanadi.
O„lgan otning har yeridan teri ostidan voyaga yetgan parazitlar topiladi.
Hasharotlar uchadigan vaqtda, otlarga hasharotlar yopishmasligi uchun turli
insektitsidlar takror ravishda sepib turish yo„li bilan ularga qarshi kurash choralari olib
boriladi. Parafiryarioz tarqalgan hududlarda otlarni qon so„ruvchi gemotobiy
pashshalari chaqishining oldini olish uchun ularni yaylovga kechasi haydash kerak.
Tuya dipetalonemasi (Dipetalonema evansi) tuyalarning ko„krak bo„shlig„ida,
yurak, o„pka va qornidagi qon tomirlarida parazitlik qiladi. Bu nematoda MDH ning
ba‟zi Janubiy mamlakatlarida, jumladan, O„rta Osiyo Respublikalarida tarqalgan.
Dipetalonema uzun nematoda bo„lib, urg„ochisining uzunlgi 150–210 mm,
erkaginiki esa 8,5–10,5 mm bo„ladi. Uning tanasi dumaloq silindr shaklida bo„lib, bosh
va dum qismi biroz ingichkalashgan, og„iz atrofi kutikulyar tuzilishga ega.
Dipetalonema biogelmint hisoblanib, oraliq xo„jayin ishtirokida rivojlanadi.
O„zbekiston sharoitida dipetalonemaning oraliq xo„jayini vazifasini qon so„ruvchi asl
chivinlardan-Aedes caspius caspius baja-rishi aniqlangan. Yetilgan urg„ochi parazitlar
qon
tomirlarida
ko„payib,
tirik
lichinkalar
tug„adi.
Bu
lichinkalar
(mikrodipetalonemalar) hayvon qon tomirlari bo„ylab qon oqimi bilan aylanib yuradi.
Yilning sovuq faslida bu lichinkalar o„pka, jigar va yurakning mayda qon kapil-
yarlarida bo„lib, issiq vaqtda, ya‟ni yozda butun tanadagi qon tomirlari bo„ylab aylanib
yuradi, teri qon tomirlarida, ayniqsa, ko„p uchraydi. Shu vaqtda dipetalonema bilan
zararlangan tuya qonidan oraliq xo„jayin – Aedes caspius caspius turiga kiruvchi
chivinlar qon so„rganida, ular bu parazitning lichinkalarini o„zlariga yuqtiradi va chivin
organizmida ma‟lum vaqt ichida lichinkalar rivojlanib yuqumli holatga aylanadi. Ular
sog„lom tuya qonini so„rish vaqtida bu lichinkalarni tuya qoniga o„tkazadi. Ona
tuyalardan qon orqali hali tug„ilmagan qornidagi bolasiga ham dipetalonema o„tishi
mumkin. Shuning uchun ham ba‟zan yangi tug„ilgan bo„taloqlarda ham bu gelmintni
topilish hollari uchrab turadi.
Dipetalonemalar ko„proq tarqalgan mintaqalarda, jumladan, Turkmanistonda olib
borilgan tekshirishlardan ma‟lum bo„lishicha, bu gelmint tuyalar suv havzalariga, daryo
va ko„llarga yaqin yerlarda, ya‟ni oraliq xo„jayini – chivinlar ko„p tarqalgan yerlarda
boqilganda yuqadi. Aksincha, suvsiz cho„l sharoitida boqilgan tuyalar deyarlik bu
gelmint bilan zararlanmaydi.
Dipetalonema tuyalarda dipetalonemoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu
gelmintoz bilan og„rigan tuyalar ozadi va ish qobiliyati pasayadi. Yosh tuyalar
o„sishdan orqada qoladi. Hayvon organizmida ko„p miqdorda parazit to„planganda, tuya
qon tomirlarining to„silib qolishi (tromboz), qon tomiri devorlariga ohak moddasining
to„planishi natijasida, ularning torayishi atriskleroz kabi og„ir oqibatlarga sabab bo„lishi
va natijada hayvonni nobud bo„lishiga olib kelishi mumkin.
Dipetalonemoz bilan kasallangan yoki kasallanmagan tirik hayvonlarni ularning
qonini tekshirib ko„rish va unda gelmint lichinkalarining bor-yo„qligiga qarab
aniqlanadi. O„lgan tuyalarda esa ularni yorib ko„rish bilan, ya‟ni hayvonning jigari,
urug„doni, bachadoni, o„pkasi va boshqa organlarida yetilgan dipetalonemalarni topish
yo„li bilan kasallik aniqlanadi.
Tuyalarni dipetalonemozdan saqlash uchun bu parazitning oraliq xo„jayinlari
chivinlar tarqalgan joylarda, ya‟ni suv havzalari, botqoqliklarga yaqin joylarda
boqmaslik kerak. Bahorda oldini olish maqsadida tuyalarda degelmintizatsiya o„tkazish
lozim. Tuyalar dipetalonemoziga qarshi faudin preparati ko„proq qo„llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |