49-rasm. G„oz va o„rdaklar drepanidoteniyasi (Drepanidotaenia lanceolata): 1-asosiy xo„jayin–
kasallangan g„oz; 2-oraliq xo„jayini–siklop parazit tuxumini yutmoqda; 3-g„oz zararlangan siklopni
yutmoqda; 4-yetuk shakldagi parazit.
Sikloplar tanasida invazion sistiserkoid 11–30 sutkada yetiladi. Shuning uchun
g„oz va o„rdaklar hovuzga haydalgandan keyin 12 kun o„tgach jo„jalari kasallana
boshlaydi.
Odatda sikloplar hamma yerda tarqalgan. Ular asosan sekin oqadigan kichik
suvliklarda yoki ko„lmak suvlarda yashaydi. Bu suvlarda faqatgina jo„jalari emas, balki
katta yoshdagi g„oz va o„rdaklar ham kasallanadi.
Drepanidoteniyalar parrandalar ingichka ichaklarining shiliq par-dasiga yopishib,
so„rgich va ilmoqchalari bilan ichakni jarohatlaydi. Parazit juda ham ko„p bo„lsa,
ichakda oziqning so„rilishi sekinlashadi va natijada ichak bo„shlig„i berkilib, ichaklar
buralib yorilib ketishi mumkin.
Kasallangan g„oz va o„rdaklar ozadi, yaxshi o„smaydi, ichi ketadi, ba‟zan nerv
sistemasi buziladi, muvozanatni yuqotadi, tirishadi va oqibatta halok bo„ladi.
Shuningdek,
tasmasimon
chuvalchanglardan-Drepanidotaenia
przewalskii,
Hymenolepis gracilis, Hymenolepis paracompressa turlari g„oz va o„rdaklarda;
Raillietina echinobothrida, Raillietina tetragena, Davainea proglottina, Davainea
meleagrislar esa tovuq va kurkalarda parazitlik qiladi. Parrandalarda parazitlik qiladigan
tasmasimon chuvalchanglarning oraliq xo„jayinlari sifatida mayda qisqichbaqasimonlar,
quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar va hasharotlar aniqlangan.
Tovuq sestodalari. Tovuqlarda 46 turdagi sestodalar parazitlik qiladi, shulardan
MDH da 12 ta turi aniqlangan. Ular tovuqlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Keng tarqalgan va tovuqlarga katta ziyon keltiradigan sestodozlar qo„zgotuvchilariga
asosan Davainea va Railliettina avlodlari turlari kiradi.
Davainea proglottina 2–5 bo„gimli kichik sestoda bo„lib, tanasining uzunligi 0,5–
3,0 mm, eni 0,15–0,18 mm keladi. To„rtburchak shakldagi skoleksining xartumida 60
tadan 95 tagacha mayda ilmoqchalari bo„ladi, 4 ta so„rg„ichi bor. Jinsiy teshigi
bo„gimning oldingi qismida uning o„ng yoki chap tomonida joylashgan.
Erkaklik jinsiy bursasi (xaltasi) juda uzun va bo„ginning uchdan ikki qismigacha
cho„ziladi. Odatda, 12–15 donadan iborat urugdoni bo„gimining orqasida ikki qator
bo„lib joylashgan. Tuxumining diametri 0,35-0,40 mm bo„lib, yetilgan bo„gimda
alohida-alohida joylashadi.
Davainea proglottina va boshqa sestodalar oraliq xo„jayinlar orqali rivojlanadi.
Davainea proglottina sestodasining oraliq xo„jayini sifatida quruqlikda yashaydigan
qorinoyoqli mollyuskalardan-Limax, Arion, Agriolimax kabi shilliqlar va boshqa
mollyuskalar (Zonitoides, Vallonia, Polygyra) aniqlangan. Ularning tanasida invazion
sistiserkoid 20-22 kunda rivojlanib yetishadi va tovuq organizmiga tushgach sistiserkoid
taxminan 12-16 sutkada jinsiy voyaga yetadi (50-rasm).
50-rasm. Davainea proglottinaning rivojlanish sikli sxemasi.
Davainea proglottina har kuni bittadan bo„gim ajratadi. U tezak bilan tashqi
muhitga tushib, o„tlarga yopishgan holda sudralib yuradi. Demak, bir kunda ajratilgan
bo„gimlarning soniga qarab tovuqning ichagida qancha nusxa sestoda borligini aniqlash
mumkin. Tovuqlarning och qolishi sestodalarda bo„gim ajralishini sekinlashtirishi yoki
butunlay to„xtatib qo„yishi mumkin. Sestoda onkosferasi quruqlikka chidamsiz, 0°-li
harorat ham kuchli ta‟sir etadi va tez halok bo„ladi. O„rtacha namlikda onkosfera 5
kungacha yashay oladi, shuning uchun ham zax va soyali joylar tovuqlarga to„gri
kelmaydi. Oraliq xo„jayin–mollyuskalar bir yildan ko„proq yashaydi va ular bilan birga
sistitserkoidlar ham qishlab chiqadi.
Davainea proglottina va boshqa sestodalar, asosan jo„jalarda ko„proq uchraydi,
tovuqlar ham zararlanishi mumkin. Tovuqlar yaxshi boqilmaydigan xo„jaliklarda
sestodozlardan juda ko„p jo„jalar nobud bo„ladi. Aksincha, to„yimli oziqlar bilan
boqiladigan va yaxshi sharoitli tovuqxonalarda asralgan parrandalar sestodozlar bilan
kam kasallanadi.
Ayrim sestodalar parranda ichagining shilliq pardalarini skoleks so„rg„ichlari
bilan qattiq jarohatlaydi. Ular ko„p miqdorda to„planib, ichagining tiqilib qolishiga va
hatto yorilib, peretonit kasalining rivojlanishiga sabab bo„ladi. Sestodalar bilan
zararlangan tovuqlarning oshqozoni buziladi, ozib ketadi, ishtahasi pasayadi, ichi ketadi
yoki qotadi. Parranda iloji boricha sekin harakat qiladi. Patlari hurpayib, qanotlari
shalviraydi. Ayrim vaqtlarda eritrotsit bilan gemoglobin miqdori juda kamayib ketadi.
Baliq
botriotsefalyozi
invazion kasallik bo„lib, uni qo„zg„tuvchisi
Bothriocephalus gowkongensis hisoblanadi.
Botriotsefallar baliqlar va ular chavoqlari (karp, oq amur, oq do„ng peshona)
ichaklarida parazitlik qiladi. Bu kasallik ko„pincha uzoq sharqdagi baliqchilik
xo„jaliklarida uchraydi. MDH ning Yevropa qismidagi hududlarga botriotsefalyoz
Xitoydan kasallangan baliq bilan birga XX asrning 50-yillarida kelib qolgan. Hozirgi
vaqtda karp baliqlarining botriotsefalyozi Ukraina, Moldaviya va boshqa davlatlarda
ko„proq uchrab, baliqchilik xo„jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda.
Botriotsefala strobilasi 5-35 sm bo„lib, ikkita botriyasi bor skoleks, bo„yin va
bo„g„inlardan tashkil topgan. Tuxumi oval shaklda, oq, bir uchida qalpoqchasi bor (51-
rasm).
Botriotsefallar asosiy (baliqlar) va oraliq (sikloplar) xo„jayinlar ishtirokida
rivojlanadi. Ushbu parazitning yetilmagan tuxumlari baliq tezagi bilan suv havzalariga
tushadi. Qulay sharoitda (yilning issiq davrlarida) 3-5 kundan keyin suvga tushgan
tuxumlarida birinchi bosqich lichinka-koratsidiy hosil bo„ladi, u tezda tuxum pardasidan
chiqib, bir oz vaqt suvda suzib yuradi. Sikloplar koratsidiylarni yutganda ichaklarida 5-
7 kundan so„ng invazion lichinka-protserkoidga aylanadi. Yosh baliqlar proserkoid
bilan invaziyalangan sikloplarni suv bilan yutib botriotsefalyozni o„zlariga yuqtiradi.
Baliq ichida sikloplar hazm bo„lishi bilan ulardan lichinkalar ajralib chiqadi va uch
hafta ichida rivojlanib plerotserkoid va so„ngra jinsiy yetuk botriotsefallar paydo
bo„ladi.
Baliqlarning botriotsefalyoz bilan zararlanishi ularning yoshiga, yil fasliga, suv
havzalardagi sikloplarning ko„p-ozligiga va ularning invaziyalangan darajasiga bog„liq.
Karp balig„ining yoshi kattalashib borgan sari uning botriotsefalyoz bilan
invaziyalanishi kamayadi. Masalan, ikki oylik karp balig„i 93–100 % , bir yoshlilari 37
%, ikki yilliklari 12,5 % va uch yilliklari faqatgina 3–8 % zararlanganligi kuzatilgan.
Uch yoshdan katta karp baliqlarida botriotsefallar odatda, uchramaydi.
Parazit eng intensiv darajasida ikki oylik baliqlarni zararlab (700 nusxagacha),
so„ngra asta-sekin kamayib boradi.
Botriotsefallar kasallangan baliq organizmiga mexanik ta‟sir ko„rsatib, ichakning
tiqilib shiliq pardasini yallig„lantirishga, hatto organizmning zaharlanishiga sabab
bo„ladi. Parazitning patogenlik ta‟siridan baliqlarning harakatchanligi, oziqlanishi
susayadi, qorni kattalashib, jabralari oqaradi va oriqdaydi.
51-rasm. Karp balig„i botriotsefalyozi qo„zg„atuvchisi- Bothriocephalus gowkongensis:
A-boshchasi bo„g„inlari bilan, B-yetuk bo„g„inlari.
Kasallangan baliqni yorib ichagidan topilgan ko„zg„atuvchini ko„rib kasallik
aniqlanadi. Ushbu kasallikning oldini olish uchun profilaktik kurashishda
botriotsefalyoz bilan zararlangan baliqlarni xo„jaliq hovuzlariga boshqa xo„jaliklardan
iqlimlashtirmaslik kerak. Shuningdek, tarkibida 1% fenasal bo„lgan siprinotses bilan
davolash uchun uni ozuqa sifatida berish, hamda karp, oq amur, oq do„ngpeshona
baliqlarining kamala, fenotiazin, fenasal bilan degelmintizatsiya qilish adabiyotlarida
yozilgan.
Karp baliqlari ajratilgan havzalarda yosh baliqlarni qishlatish uchun ajratishdan
oldin yoki bahorda o„stirib semirtiruvchi havzaga haydashdan ilgari davolanadi.
Botriotsefalyoz birinchi marta paydo bo„lgan xo„jaliklardagi zararlangan yosh baliqlarni
hammasini tutib, qaynatib so„ng cho„chqa yoki narrandalarga beriladi. Botriotsefalyoz
yuqqan havzalarni quritish, melioratsiya o„tkazish, tagini haydash hamda 1 ga zax yerga
25 s dan ohak sepish tavsiya qilinadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillarining parazitlikka moslashgan
belgilarini aytib bering.
2. Tasmasimon chuvalchanglarning jinsiy sistemasi qanday tuzilgan?
3. Tasmasimon chuvalchanglarning qanday tipdagi lichinkalari bor?
4. Odam va mahsuldor hayvonlarda parazitlik qiladigan tasmasimon
chuvalchanglar va ular qo„zg„atadigan kasalliklarni bayon eting.
5. Odam va mahsuldor hayvonlarga tasmasimon chuvalchanglarni yuqtirmaslik
uchun qanday choralar qo„llash kerak?
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga hayvonlarda parazitlik qiluvchi
sestodasimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi sestodasimonlar sinfi vakillarining tuzilishi,
tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari haqida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Sestodasimonlar (Cestodaria) sinfi vakillarning tuzilishidagi ayrim belgilari
tasmasimon chuvalchanglarga o„xshaydi, ya‟ni ularning ham hazm qilish organlar
sistemasi bo„lmaydi. Lekin farq qiladigan belgilari ham ko„p. Sestodasimonlarning
lichinkasi likofora deyiladi va unda 6 ta emas, balki 10 ta embrional ilmoqlari bo„ladi.
Lichinka serkomerasi ko„pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi.
Sestodasimonlarning tanasi bo„g„imlarga bo„linmagan. Jinsiy apparati ham bitta,
markazlashgan bo„ladi. Ular germafrodit bo„lib, juda ko„p follikulyar urug„donlari va
bitta ikki bo„lakli tuxumdoni bor. Sariqdonlari rivojlangan, bachadoni alohida teshik
bilan tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan.
Sestodasimonlar sinfining turlari unchalik ko„p emas. Ular baliqlar va sudralib
yuruvchilardan-toshbaqalarning tana bo„shlig„ida parazitlik qiladi.
Sestodasimonlaraing tanasi bargsimon yoki kamarga o„xshash, uzunligi 2–5 sm
atrofida bo„ladi. Yopishuvchi o„rganlari bo„lmaydi. Rivojlanishi xo„jayin almashtirish
yo„li bilan boradi.
Oraliq xo„jayinlari qisqichbaqasimonlardan-yonlab suzarlar (Amphipoda) va
ayrioyoqlar (Mysidacea) turkumlari vakillari hisoblanadi. Likofora lichinkasi ushbu
qisqichbaqasimonlar tana bo„shlig„iga kirib, o„zgarishlarga uchraydi va morfologik
jihatdan jinsiy voyaga yetgan shaklga yaqin bo„lgan lichinkalik davriga aylanadi. Oraliq
xo„jayin orqali asosiy xo„jayin oshqozoniga tushgan lichinka xo„jayin tana bo„shlig„iga
o„tadi va o„sib voyaga yetadi.
MDH mamlakatlarida osyotrsimon baliqlarda parazitlik qiladigan sestoda-
simonlarning tipik vakili-amfilina (Amphilina foliacea) keng tarqalgan. Amfilina
foliacealar Amphiilidea turkumiga kiradi (52-rasm).
Amfilinaning tanasi bargsimon, uzunligi 5 sm. Voyaga yetgani ichakda emas,
balki xo„jayinining tana bo„shlig„ida parazitlik qiladi va osyotrsimon baliqlarga katta
zarar yetkazadi.
Shuningdek, ximeralar (akulasimon baliqlar) ichagida sestodasimonlar sinfiga
kiruvchi Girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi vakillari ham parazitlik qiladi.
Girokotilidlar tanasining keyingi qismida yopishuv diski, oldingi qismida esa
kichikroq so„rg„ichi bo„ladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasining keyingi
qismida serkomerasi bo„ladi.
Girokotilidlar monogeneyalar bilan tasmasimon chuvalchanglarning tuzilishi
belgilarini o„zida mujassamlashtirgan oraliq formalar hisoblanadi.
52-rasm. Amfilina (Amphilina foliacea): 1 - bachadon teshigi; 2 - urug„donlar; 3 - bachadon;
4 - sarig„donlar; 5 - tuxumdon; 6 - ootip; 7 - jinsiy qin; 8 - jinsiy qin teshigi;
9 - erkaklik jinsiy teshigi; 10 - urug„ yo„li.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi sestodasimonlar sinfi vakillarining o„ziga xos
tuzilishi va biologik xususiyatlarini bayon qiling.
10-mavzu: To„garak chuvalchanglar(Nemathelminthes) tipi. Nematodalar
(Nematoda) sinfi va tikanboshlilar(Acanthocephala) tipi.
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“To„garak chuvalchanglar tipi. Nematodalar sinfi va tikanboshlilar tipi”
mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Talabalarga odam, hayvon va o„sim-
liklarda parazitlik qiluvchi to„garak chuvalchanglardan
tipidan-parazit
nematodalar
va
tikanboshlilar
tipi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari haqida ma‟lumot berish.
O„qituvchi
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. To„garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va
sistematikasi haqida ma‟lumot bera oladi.
1.2.2. Odam, hayvon va o„simliklarda parazitlik qiluvchi
nematodalar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik
xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini
olish choralari haqida gapira oladi.
1.2.3. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi tikanboshlilar tipi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari haqida tushunchaga ega.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. To„garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va
sistematikasi haqida ma‟lumot bering.
Odam, hayvon va o„simliklarda parazitlik qiluvchi
nematodalar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik
xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini
olish choralari haqidagi ma‟lumotlarni bayon qiling.
Hayvonlarda parazitlik qiluvchi tikanboshlilar tipi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari haqida fikr bildiring.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O„qituvchi,
15 daqiqat
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1. To„garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va sistematikasi.
2. Odam, hayvon va o„simliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar sinfi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari
hamda ularni oldini olish choralari.
3. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi tikanboshlilar tipi vakillarining tuzilishi,
tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Sxizosel, ortogon, gipoderma,
jinsiy dimorfizm, bursa, rulek, spikula, turgor, bulbus, amfidlar, fagotsitar, invazion,
vulva teshigi, akantosefala, akantor, preakantella.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga to„garak chuvalchanglar tipining
umumiy tavsifi va sistematikasi haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. To„garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va sistematikasi haqidagi
ma‟lumotlarni tushuntira oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
To„garak chuvalchanglar boshqachasiga birlamchi tana bo„shliqli chuvalchanglar
ham deb aytiladi. Haqiqatdan ham, tana bo„shlig„i (sxizotsel) bo„lib, unda ichki organlar
joylashgan. Tana bo„shlig„i suyuqlik bilan to„lgan bo„ladi.
To„garak chuvalchanglar, ya‟ni birlamchi tana bo„shliqli chuvalchanglar yassi
chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajali tuzilishga ega. Ularning tanasi
segmentlarga bo„linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o„xshagan, ko„ndalang kesigi
to„garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to„garak chuvalchanglar deb
ataladi. Qon aylanish va nafas olish sistemasi bo„lmaydi. Ayirish sistemasi bo„Imaydi
yoki shaklan о„zgargan teri bezlaridan iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan. Nerv
sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan.
To„garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqi yana shundaki,
ularning ko„pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan, jinsiy dimorfizm
yaxshi ifodalangan. Ularning rivojlanishi bitta, ikkita ba‟zan esa uchta xo„jayinda
boradi.
To„garak chuvalchanglar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo„lib,
ko„pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq biotsenozida
erkin holda hayot kechiradi. Bir qancha turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali
hayvonlar hamda o„simlikiar tanasida parazitlik qiladi.
To„garak chuvalchanglarning 18 mingdan ortiq turi fanga ma‟lum, ulardan 2000
ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi.
To„garak chuvalchanglarning tana uzunligi ham har xil, ya‟ni 1 mm ga
yetmaydigan mayday turlari bilan bir qatorda 2-8 m gacha boradigan turlari ham
mavjud. Masalan, kashalotlarning yo„ldoshida (platsentasida) parazitlik qiladigan-
Placentonema gigantissima turining uzunligi 8,4 m gacha boradi.
To„garak chuvalchanglar tipi o„z navbatida qorinkiprildilar, nematodalar,
kinorinxlar, qil chuvalchanglar, og„izaylangichlilar va priapulidlar sinflariga bo„linadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. To„garak chuvalchanglar tipi vakillarining o„ziga xos tuzilishi xususiyatlarini
tushuntiring?
2. To„garak chuvalchanglar tipi qanday sinflarga bo„linadi?
2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga odam, hayvon va o„simliklarda
parazitlik qiluvchi nematodalar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik
xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari haqida
ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Odam, hayvon va o„simliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar sinfi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari
hamda ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Nematodalar, ya‟ni haqiqiy to„garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi
vakillari turli xil muhitda yashashga moslashgan. Ularni Yer yuzining deyarli barcha
havzalarida va suv tubidagi balchiqlarda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq
biotsenozidagi ko„p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi
har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz o„tmaydi. Nematodalarning bir
qancha turlari odam, hayvon va o„simliklarning turli organlarida parazitlik qiladi.
Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq kutikula ularni har qanday zararli
moddalar ta'siridan himoya qiladi va xilma-xil muhit sharoitlarda yashashga imkon
beradi.
Nematodalar sinfi vakillarining tanasi duksimon, ya'ni oldingi va keyingi uchi
ingichkalashgan, ko„ndalang kesimi to„garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og„iz
teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. Tanasining anal
teshigidan keyingi qismi dumni hosil qiladi. Tananing anal teshigi joylashgan tomoni
qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan
tashqariga ochiladi.
Nematodalarning tanasi sirtdan ko„p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula
nematoda tanasini mexanik ta'sirdan va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan
tashqari kutikula ichki bo„shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch
vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan gipoderma birlamchi lichinka
epiteliysi hujayralarining qo„shilib ketishidan hosil bo„lgan sinsitiydan iborat.
Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo„ylab 4 ta bo„ylama
chiziq o„tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda to„rtta valiklar
(yo„g„onlashuvlar) hamda ular ostida bo„ylama muskullar joylashgan. Gipoderma
valiklari muskul qavatini to„it bo„lakka bo„lib turadi. Orqa va qorin muskullar nematoda
tanasini dorzoventral yo„nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi.
Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasi muskullari uzunligi 0,5 sm) bo ladi.
Kutikula, gipoderma va muskul qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi
(53-rasm).
Xalta birlamchi tana bo„shlig„ini o„rab turadi. Tana bo„shlig„i tayanch vazifasi
bilan birga moddalar aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo„shlig„i orqali
moddalar ichakdan muskullar va boshqa organlarga o„tadi; moddalar almashuvining
oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tana bo„shlig„i
organizmning ichki muhiti vazifasini ham bajaradi. Nematodalarda kiprikli hujayralar
bo„lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |