63-rasm. Odamlarning limfa yo„llarida parazitlik qiluvchi nematoda
(Wuchereria bancrofti) qo„zg„atadigan fil kasalligi.
Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri 3-18 oy davom etishi mumkin.
Kasallikning belgilari: avvalo, allergik holatlar yuzaga keladi, keyin tana harorati
ko„tariladi, to„qimalarda shishlar paydo bo„ladi.
64-rasm. Bankroft ipchasi (Wuchereria bancrofti) ning rivojlanish sikli: 1,2-jinsiy yetuk erkak va
urg„ochi parazit; 3-asosiy xo„jayini-odam; 4-6-bemor organizmida mikrofilyariylarning rivojlanish
davrlari; 7-periferik qon tomirlaridagi mikrofilyariy; 8-parazitning oraliq xo„jayinlari-Culex va Aedes
avlodiga mansub chivinlar; 9-chivinlar xartumidagi invazion(yuqumli) lichinka.
Voyaga yetgan parazitlar limfa tomirlarida tiqilib qolishi natijasida limfa yo„li
berkilib, limfa suyuqligi to„xtab qoladi, bunda zararlangan joylar, ya‟ni tana qismlari,
shu jumladan, qo„l va oyoqlar juda yo„g„onlashib ketadi. Bu kasallik fil oyog„i deb
ataladi. MDH da bu kasallik deyarli uchramaydi. Vuxererioz bilan kasallangan odamlar
dietilkarbamazin, ditrazin kabi dorilar bilan davolanadi. Profilaktik chora-tadbirlar-
odamlarni vuxererioz tashuvchisi bo„lmish qon so„ruvchi chivinlar chaqishidan himoya
qilishdir.
Diktiokaulyuslar (Dictyocaulus) qo„y, echki, qoramol, tuya va yovvoyi kavsh
qaytaruvchi hayvonlarning o„pkasi, bronxlari va traxeyasida parazitlik qiladi. Har bir
hayvonning o„ziga muvofiqlashgan diktiokaulyus turi bor. Masalan, qo„y va echkilarda-
Dictyocaulus filaria, qoramollarda-Dictyocaulus viviparus, ot va eshaklarda-
Dictyocaulus arnfieldi, bug„ularda-Dictyocaulus eckerti, tuyalarda-Dictyocaulus cameli
kabi turlari parazitlik qiladi.
Shularning orasida O„zbekistonda qo„y va echkilarda parazitlik qiladigan
Dictyocaulus filaria turi chorvachilikka katta zarar yetkazadi. Bu parazit ipsimon
ko„rinishdagi ingichka nematodadir. Urg„ochisining uzunligi 5–15 sm, erkaginiki esa 3–
8 sm keladi. Erkagining dum qismida qovurg„ali bursasi va sarg„ish rangli ikkita
spikulasi bor. Urg„ochisining vulva teshigi gavdasining o„rtasida yoki boshiga yaqin
qismida joylashgan bo„lib, tashqariga ochiladi.
Diktiokaulyus geogelmint. Bu parazit bilan ko„proq qo„y va echkilar zararlanadi.
Parazit qo„y va echkilaming bronxlarida yashab, urg„ochilari erkaklari bilan juftlashib,
traxeya va bronxlar bo„shlig„iga tuxum qo„yadi (65-rasm).
65-rаsm. Diktiоkаulаlar (Dictyocaulus filaria) ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi:
1 - erkаgining dum qismi; 2 – I bоsqich lichinkаsi; 3 – II bоsqich lichinkаsi;
4 - yuqumli holаtdаgi III-bоsqich lichinkаsi.
Tuxumlar ichida lichinkalar bo„ladi. Hayvon yo„talgan vaqtida parazit tuxumlari
bronxial shilliq bilan og„iz bo„shlig„iga keladi va hayvon bu tuxumlarni qaytadan yutib
yuboradi. Ovqat hazm qilish organlaridan o„ta turib, ichak bo„shlig„ida parazit
tuxumlaridan lichinkalar chiqadi va hayvon tezagi bilan tashqariga yerga tushadi.
Tashqi muhitda qulay sharoitda lichinkalar ikki marta po„st tashlab, 6–7 kun ichida
yuqumli holatga aylanadi.
Agar tashqi muhitda harorat past bo„lsa, lichinkalarning rivojlanish muddati
uzayadi. Invazion lichinkalar tashqi muhit sharoitlariga ancha chidamli, ular
qurg„oqchilikda 30 kungacha, muzlatilganda esa 15 kun davomida tiriklik qobiliyatini
saqlab qoladi.
Namlikda lichinkalarning faolligi yanada ortadi. Yomg„irdan keyin lichinkalar
o„tlar bo„ylab tik harakat qiladi, natijada mollarning diktiokaulyuslar bilan zararlanishi
ortadi. Qo„y va echkilar parazitning invazion lichinkalarini o„zlariga ko„katlar, yem-
xashaklar va suv orqali yuqtiradi.
4
1
3
2
3
4
1
Hayvon organizmiga tushgan lichinkalar ingichka ichak shilliq qavati devorini
teshib, limfa tugunlariga o„tib rivojlanadi va oxirgi marta po„st tashlab, limfa tomirlari
orqali qon tomirlariga va qon oqimi bilan o„pkaga keladi. Lichinkalar o„pka qon
tomirlari va parenximasini teshib bronxlarga o„tadi, bu yerda rivojlanishni davom
ettirib, 1-2 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. Qo„y va echkilar organizmda 5-6 oydan
1,5-2 yilgacha parazitlik qiladi.
Diktiokaulyuslar keltirib chiqaradigan kasallik diktiokaulyoz deyiladi. Bu
kasallikning tarqalishiga yil fasllari, hayvonlarning yoshi, tabiiy iqlim sharoit muhim
ro„l o„ynaydi.
O„zbekistonda qo„y va echkilar diktiokaulyus lichinkalari bilan sug„oriladigan
hududlarda asosan, kuz va bahor oylarida, dasht va yaylovlarda kuz oylarida, tog„ va
tog„oldi hududlarida esa, bahor va kuz oylarida hamda qish oylarining boshlarida
zararlanadi. Kasallangan qo„y va echkilarda kasallik yuqqandan 15–20 kundan keyin
yo„tal paydo bo„ladi.
Keyinchalik ular o„sishdan orqada qoladi, oriqlab ketadi, junlari siyraklashadi.
Burun teshigidan suyuqlik oqadi. Darmonsizlanib joyidan tura olmaydigan bo„lib
qoladi. Agar davolanmasa, kasallangan hayvonlarning 10-70 % nobud bo„ladi.
Kasallangan mollarni davolash uchun ularni muntazam ravishda degelmintizatsiya qilib
turish lozim.
Qo„y va echkilar diktiokauloziga qarshi panakur, nilverm, rintal, ditrazin,
loksuran va boshqa preparatlar ishlatiladi. Kasallikni yuqtirmaslik uchun esa mol
boqiladigan yaylovlarni tez-tez almashtirib turish, qo„ton va molxonalami sanitariya-
gigiyena tomonidan toza tutish lozim.
Telyaziyalar sutemizuvchilar va qushlar ko„zida parazitlik qiladi. Ular ayniqsa,
qoramollar orasida keng tarqalgan bo„lib, telyazioz kasalligini keltirib chiqaradi.
Telyazioz qo„zg„atuvchilari asosan, Thelazia rhodesi, Th. gulosa va Th. skrjabini turlari
hisoblanadi.
Telyazioz O„zbekiston sharoitida yoz va kuz oylarida uchrab, chorvachilik
xo„jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu kasallik bilan kasallangan qoramollar
ko„r bo„lib qolishi ham mumkin. Suti va vazni kamayadi.
Respublikamizning turli mintaqalarida qoramollarning telyazioz bilan umumiy
zararlanishi 5,8 % dan 31 % gacha boradi. Qoramollarning telyazioz bilan zararlanishi
yil fasllariga va Respublikamiz landshaftlariga qarab o„zgarib turadi. Telyaziylar
orasida-Thelezia rhodesi turi eng ko„p tarqalgan bo„lib, xavfli turlardan biri hisoblanadi.
Erkaklarining uzunligi 5-16 mm, spikulalarining kichikligi hamda kutikulasining arra
tishchali shaklida ko„ndalang chizilmaganligi bilan boshqa ikki turdagi telyaziylardan
farq qiladi. Urg„ochilarining uzunligi 11–19 mm. Og„iz kapsulasi orqa tomoniga
nisbatan bir muncha kengaygan. Yuqoridagi uch tur telyaziylar faqat qoramollarda
parazitlik qiladi. Thelezia rhodesi kon‟yuтktiv xaltachasiga va uchinchi qovoq ostida
joylashadi. Qolgan ikki tur telyaziyalar esa ko„z yoshi bezlarining yo„lida va uchinchi
qovoq ostida parazitlik qiladi. Telyaziylar oraliq xo„jayinlar-pashshalar ishtirokida
rivojlanadigan biogelmintlar hisoblanadi (66-rasm).
O„zbekistonning turli mintaqalarida qoramollarda uchrovchi telyaziyalarning
oraliq xo„jayinlari sifatida pashshalardan-Musca larvipara va M. domestica turlari
ishtirok etishi aniqlangan. Respublikamizning ayrim hududlarida pashshalar telyaziylar
8
9
8
5
6
7
lichinkalari bilan 0,2 % dan 1,6 % gacha zararlangan. Telyaziylar kasallikka moyil
hayvonlar organizmiga kuchli patogen ta‟sir ko„rsatib har xil mikroblarni ko„zga tushib
rivojlanishiga sabab bo„ladi. Chunki qoramolning kon‟yuktiv shilliq pardasi telyaziylar
tomonidan qitiqlanib jarohatlanishi mikroblarning rivojlanishi uchun qulay sharoit
yaratadi.
66-rasm. Qoramollar ko„zida parazitlik qiluvchi Thelazia rhodesi nematoda
turining rivojlanish sikli sxemasi.
Telyaziylar kon‟yuktivda harakat qilib, tishchalar kabi ko„ndalang chizilgan
kutikulasi bilan ko„zning shox va shilliq pardalarini jarohatlaydi. Buning natijasida 2–3
kun davomida mol ko„zidan yosh oqib turadi. Ko„zning muguz qatlami sekin-asta
g„uborlanadi. Yallig„langan konyuktivi shishib, ko„z qovoqlari ko„zni bekitib qo„yishi
mumkin. Ko„z qovoqlarining tagidan yiringli suyuqlik oqib kipriklarga yopishgan holda
quriydi.
Thelazia rhodesi
qo„zg„atadigan telyazioz hayvon kon‟yuтktivasining alternativ
yallig„lanib epiteliy va uning atrofidagi to„qimalarida quruq nekroz rivojlanishi bilan
xarakterlidir. Ko„zning muguz pardasida degenerativ jarayonlar rivojlanib eroziylar,
yarachalar paydo bo„ladi. Muguz qatlami teshilib ko„z gavhari ham zararlanishi
mumkin. Kelgusida ko„zning kuchli xiralashgan muguz pardasi bir oz qizarib, ko„z
olmasi bo„rtadi, qon tomirlari gipermiyalashadi. Ko„z muguz qatlami to„qimalari
parchalanib oval yoki dumaloq shaklda tekis qirrali yara hosil qiladi. Telyazioz bilan
xastalangan qoramol bezovtalanadi, yorug„likka qaray olmaydi. Kon‟yuktivi
yallig„lanadi, ko„zidan yosh oqadi, hatto qovoqlar yopishib qoladi, ayrim hayvonlarning
ko„z muguz pardasi yallig„lanib yarachalar ko„payadi, hayvon ko„r bo„lib qoladi.
Kasallik odatda 4–8 hafta davom etadi. Telyazioz ayniqsa buzoqlarda og„ir kechadi.
Qoramollar orasida ko„z kon‟yuktivi va muguz pardalarning surunkali
yallig„langanligi sezilsa bunday mollar telyazioz deb gumon qilinadi. So„ngra
qo„zg„atuvchilari topilib tasdiqlanadi. Bu maqsadda barmoq bilan ko„zning ichi eziladi,
pintset yoki qovoq ushlagich bilan uchinchi qovoq ko„tariladi, nam paxta tampon bilan
ko„zning ichki burchagidan shilliq olinadi yoki ignasiz shpris bilan ko„zga bor
kislotasining 2–3 % li eritmasi purkalib yuvindi to„planadi. Ko„zdan olingan yuvindi va
shilliq qora rangli kyuvetaga solinib yaxshilab ko„zdan kechiriladi. Bunda oq rangli
parazit nematodalar ko„zga tashlanadi.
Xo„jalikni telyaziozdan sog„lomlashtirish uchun hamma kasal va sog„lom
qoramollarni davolash taklif etiladi. Buning uchun 2–3 % li bor kislotasi yoki yodning
suvdagi (1:2000) eritmalari bilan molning ikkala ko„zi yuviladi, 0,5 % li lizol eritmasi
bilan yuvish ham yaxshi natija beradi. Ko„zni ichi rezinkali sprinsovka yordamida
yuvish qulay. Birinchi marta yuvishdayoq telyaziyning ko„pchiligi yuvilib chiqadi,
ammo ko„z yosh kanalchasida 2 % ga yaqin telyaziylar qolishi mumkin. Ko„zda
telyaziy qolmasligi uchun 5-6 kun o„tkazib yana ikki marta yuviladi, bir hayvon ko„zini
bir marta yuvish uchun o„rtacha 50-75 ml eritma tayyorlanadi. Kasal hayvonlar maxsus
ajratilgan joyda davolanadi. Davolash ishlari tugagach o„sha joyga so„ndirilmagan ohak
sepiladi. Kasallik birmuncha rivojlanganda dezinfektsiya qiladigan nordon dorilardan
tayyorlangan malhamlar ishlatiladi. Bu maqsadda pinitsillin, sulfamid preparatlaridan
foydalaniladi.
Telyaziylarni tarqatuvchi oraliq xo„jayinlari-pashshalarga qarshi kurashish lozim.
Buning uchun hayvonning ko„z atrofiga degat yoki kreolindan tayyorlangan malham
surtiladi, boshiga esa geksaxlorandan tayyorlangan 0,5 % li kraxmal suspenziyasi
sepiladi.
Urg„ochi telyaziylar tirik lichinka tug„adi. Bu lichinkalarni oraliq xo„jayini
pashshalar qoramolning ko„z yoshi bilan yutib zararlanadi. Lichinkalar pashshaning
ichida yashab bir oy davomida tullaydi, so„ngra rivojlanib yuqumli, ya‟ni invazion
davriga o„tadi. Invazion lichinkalar pashshaning oshqozoniga tushib, keyin uning
xartumiga qarab harakat qiladi. Bunday pashshalar yana qaytib qoramolning ko„zi
atrofiga qo„nganda xartumidan invazion lichinkalar chiqib qoramolning ko„ziga kiradi
va telyazioz bilan zararlaydi. Hayvon ko„ziga tushgan lichinkaning uzunligi 6 mm
bo„lib, 15–20 kunda voyaga yetgan erkak va urg„ochi telyaziylarga aylanadi.
Telyaziylar qoramollar ko„zida bir necha oy yashaydi. Ayrim nusxalari hatto bir
yildan ko„proq parazitlik qiladi. Qoramollar asosan yozda yaylovda suv manbalarida
oraliq xo„jayin pashsha orqali telyazioz bilan zararlanadi. Telyaziylardan eng ko„p
tarqalgani Thelazia rhodesi, ammo Sibir va Uzoq Sharqda uchta turning hammasi keng
tarqalgan. Telyazioz mavsumiy kasallik bo„lib, yoz oylarida va qishda uchraydi.
Qoramol ko„zidan va burnidan yil davomida telyaziy topilib turadi. Ammo yozda iyul,
sentyabr oylarida ko„proq bo„ladi. MDHda telyaziy shimoliy mintaqalardan tashqari
hamma joyda tarqalgan, ammo Ukraina va MDHning Janubiy hududlarida ko„proq
uchraydi. Teyaziylar oraliq xo„jayini –- pashshalar yaylovdagi qoramol tezagiga tuxum
qo„yganda rivojlanadi. Iyun oyidan to sentyabr oyigacha qanotli pashshalarga aylanadi.
Onxoserkalar (Onchocerca) dan-Onchocerca volvulus va Onchocerca
coecutiens odamlarda, Onchocerca lienalis va Onchocerca gutturoza qoramollarda,
Onchocerca cervicalis esa otlarda parazitlik qiladi. Onxoserkalar oqish rangli
nematodalar bo„lib, tanasi ipsimon, ikki tomonga ingichkalashib ketgan. Uzunligi 2 sm
dan 11 sm gacha boradi. Ularning rivojlanishi ikkita xo„jayinda ketadi. Asosiy
xo„jayinlari odam, qoramol, ot va eshaklar hisoblansa, oraliq xo„jayinlari qon so„ruvchi
chivinlardir.
Onxoserkalar asosiy xo„jayinlari organizmida teri ostida, paylar, taloq pardasi
ostida va boshqa organlarda parazitlik qiladi. Parazitlar atrofida biriktiruvchi to„qimali
yo„llar hosil bo„ladi. Odamlarda bu yo„llar tanasining turli qismlarida, ko„pincha
bo„g„imlar, qo„1-oyoq va boshida to„planadi. Lichinkalar mikrofilyariyalar teri
qatlamida yashab, terining ichida yara hosil qiladi va pigment ajralishini buzadi. Ba‟zan
parazit lichinkalari ko„zni ojizlantirib, hatto ko„r bo„lishiga olib keladi.
Odam va hayvonlarda uchrovchi onxoserkoz kasalligini yuqtiruvchilar mayda
chivinlar bo„lib, parazit lichinkalarini qon so„rganda kasallangan hayvonlardan sog„lom
mollarga yuqtiradi. Odamlarga ham xuddi shu tarzda yuqtiradi.
Odamlarda onxoserkoz kasalligi, asosan, Afrika mamlakatlarida va Amerikada
tarqalgan. Odamlarda uchrovchi onxoserkalarning oraliq xo„jayinlari Simulium urug„iga
kiruvchi chivinlar hisoblanadi. Hayvonlarda onxoserkozlar yer yuzida, jumladan,
O„zbekistonda ham keng tarqalgan. Ulardan, ayniqsa, otlar va qoramollar ko„p
zararlanadi. Onxoserkalar xalq xo„jaligiga juda katta zarar keltiradi. Onxoserkalar
O„zbekistonda qoramol terisini zararlashi tufayli teri sifatini pasaytirib yuboradi va
natijada teri zavodlari har yili bir necha millionlab so„mdan mahrum bo„ladi. Bundan
tashqari, kasallangan hayvonlarning boshqa mahsuldorligi ham keskin kamayib ketadi.
Qoramol
onxoserkalari.
Yuqorida
ta‟kidlanganidek,
qoramollarda
onxoserkalarning ikkita turi: Onchocerca gutturosa va Onchocerca lienalis parazitlik
qiladi. Birinchi tur parazit bo„yin payida, ikkinchisi esa gastrolienal bog„lag„ichda
parazitlik qiladi.
Onxoserkalarning ingichka ipsimon, tanasaning uzunligi erkaklarida 28,3–33,8
mm va urg„ochilarida 100 mm dan ortiq bo„ladi. Urg„ochilarining kutikulalari yo„g„on
halqalar bilan qoplangan. Erkaklarida esa ingichka chiziq ko„rinishida. Erkaklarida
ikkita ko„payishga yordam beradigan spikulasi bor. Urg„ochisining vulvasi tanasining
oldingi qismiga ochiladi. Lichinkalarining uzunligi 0,17-0,249 mm va eni 0,029–0,0043
mm keladi.
Onxoserkalarning oraliq xo„jayinlari, Simulida oilasiga kiruvchi mayda chivin-
Simulium arnotum orqali rivojlanadi. Onxoserkalarning urg„ochilari tirik lichinka
tug„adi. Ular keyinchalik terida harakatlanadi. Mayda chivinlar qon bilan oziqlanayotib
parazit lichinkalarini ham yutib yuboradi. Mayda chivinlar qoramollarga hujum qilib
onxoserka lichinkalarini ham yutib yuboradi. Mayda chivinlar qoramollarga hujum qilib
onxotserka lichinkalarini yuqtiradi, qoramol organizmida lichinkalar voyaga yetadi.
Onxoserka lichinkalarining rivojlanish muddati tashqi muhit haroratiga bog„liq bo„lib,
19-35 kunga to„g„ri keladi. Qoramol ko„pincha yozda simulidlar uchish davrida
zararlanadi. Teridagi onxoserka lichinkalarini topib kasallik aniqlanadi. Buning uchun
qoramol qorin terisi kesib olinib, fiziologik eritma tomdirilgan buyum oynasi ustiga
qo„yiladi va yaxshilab parchalanadi. 10-15 minut o„tgach teri tolalari olib tashlanadi,
so„ngra fiziologik eritma mikroskopda tekshiriladi.
Onxoserkoz bilan asosan, ikki yoshdan katta bo„lgan qoramollar kasallanadi.
Onxoserkoz bilan kasallagan qoramollarni ditrazinning suvdagi eritmasi (1; 1,5) teri
ostida 1 kg tirik vazniga 0,1 mg dan yuboriladi. Bir sutkada to„rtta in‟ektsiya
o„tkaziladi. Onxoserkozga qarshi kurashish va oldini olish uchun birinchi navbatda
qoramol qornining pastki devori son va boldirning ichki yuzasi yon tomirlari, ko„krak
va qorin insektitsidlar bilan changlantiriladi. Mayda chivinlar uchadigan paytda
hayvonlarga har uch kunda, uchish o„rtalarida esa har 10 kunda bir marta dori sepiladi.
Qoramol yaylovda boqilganda soyabonli bostirmalar quriladi. Simulidlarning hujum
qiladigan paytida mollarni molxonalarda boqish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, onxoserkozning qo„zg„atuvchilari uzun ingichka
nematodalardir. Jinsiy yetilganlari hayvonning chandir va paylariga, lichinkalari esa teri
orasiga kirib oladi. Onxoserkozga chalingan qoramollarda yaqqol ko„zga tashlanadigan
kasallik alomatlari sezilmaydi va harom o„lish hollari ro„y bermaydi, lekin kasallik
iqtisodiy jihatdan katta zarar yetkazadi. Teri zavodlarida, onxoser-kozdan zararlangan
mol terilaridan past sifatli mahsulot olinadi. Qoramollarda onxoserkozdan zararlanish
respublika bo„yicha 13,5 % dan 26,8 % gacha, ot va eshaklarda esa 68,8–70 % gacha
boradi. Kasallikning yuqishi ko„pincha Toshkent, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo
viloyatlari xo„jaliklarida, shuningdek, Qoraqalpog„iston Respublikasida uchraydi. Eng
ko„p zararlanish yoz oylarida kuzatiladi.
Ot onxoseralari. Ot va eshaklarda asosan, Onchocerca cervicalis turi parazitlik
qiladi. Bu turdan tashqari otlarda Onchocerca reticulata turi ham uchraydi. Onxoserkoz
otlarda keng tarqalgan bo„lib oyoq, bo„yin, ensa yag„rinining pay va bo„g„inlari ko„proq
shikastlanadi. Kasallangan otlarning yag„rini, bo„yni, ensasi va boshqa organlari
yiringlaydi.
Onchocerca cervicalis ingichka oq rangdagi nematoda bo„lib, urg„ochilarining
uzunligi 1 m, erkaklariniki 25–30 sm ga yetadi. Bu nematoda ko„rinishidan ingichka oq
ipni eslatadi. Kutikulasi qalinlashgan va kichkina taroqcha ko„rinishida. Urg„ochilari
tirik tug„adi, lichinkalarining uzunligi 0,22–0,25 mm, eni esa 0,004–0,005 mm,
bigizsimon shaklda. Lichinkalarining bosh tomoni yumaloq bo„lish bilan xarakterlanadi.
Parazitlar ko„pincha trapetsiyasimon muskulning pay bog„ichlarida, kurak usti
bog„lamida, ensa bog„lagichining kapyushonsimon kengaygan yerida joylashadi, ba‟zan
muskul to„qimalarida, tog„aylarda va charvi asosida, shuningdek, ko„krak
umurtqalarning o„simtalarida va kurak suyagining tog„ay qismida joylashadi.
Onchocerca reticulata oldingi aytilgan turdan erkaklarining dum tuzilishi bilan
farqlanadi. Bu nematodalar tushov bo„g„imida, bukuvchi paylarda, oyoqlarning pay
sohasidagi teri osti to„qimalarida joylashadi (67-rasm).
Onxoserkalar hamma filyariylar kabi oraliq xo„jayinlar-qon so„ruvchi chivinlar
ishtirokida rivojlanadi. Onchocerca cervicalis ning oraliq xo„jayini Culicoides zaxkash
chivinlar avlodi hisoblanadi. Onxoserkalar bilan zararlangan otlardan parazit
lichinkalari tashqi muhitga chiqa olmaydi. Parazit lichinkalari terining chuqur
qatlamidagi hujayra o„rtasida, shuningdek, bo„g„inlarning sinovial suyuqliklarida va pay
qillarida uzoq muddat saqlanadi.
67-rasm. Otlar terisida parazitlik qiluvchi Onchocerca reticulata nematodasi: 1-erkak
nematodaning bosh tomoni; 2-erkak nematodaning dum tomoni; 3-nematoda tanasining bir qismi; 4-
otning onxotserkoz bilan zararlangan payi; 5-teri onxotserkozi bilan zararlangan otning bo„yni.
Zaxkash chivinlar qon so„rish uchun otlarga hujum qiladi, natijada terida
joylashgan onxotserka lichinkalarini yutib zararlanadi. Bu lichinkalar chivin tanasida
rivojlanib 24 kundan so„ng invazion bosqichga aylanadi. Chivinlar sog„lom otlarni
chaqqanda zararlaydi. Bu faqat yoz faslida, ya‟ni chivinlarning uchish davrida ro„y
beradi. Otlar asosan yaylovda zararlanadi. Chivinlarning uzunligi 3 mm keladi. Ular
hamma joyda tarqalgan va otlarga erta tongda, iliq tinch kechalari, yomg„ir yog„ish
oldidan yopishib bo„yni, yag„rin orqasi yoli orasiga joylashib oladi. Shunisi qiziqki, qon
va limfani faqat urg„ochi chivinlar so„radi. Onxotserka bilan ko„pincha 8–10 yoshdagi
otlar zararlanadi. Parazitning patogenli ta‟siri invaziyalanishi darajasi organizmning
umumiy holatiga bog„liq.
Qator tumanlarda onxotserkalar otlarning deyarli hammasida uchraydi, biroq
onxotserkozning aniq klinik belgilari kuzatilmaydi. Ba‟zi bir otlarda onxotserkoz
yuqumli nekroz bilan og„ir kasallanadi.
Parazitlar ensa, bo„yin bilan kurakni biriktiruvchi to„qimalariga joylashib, u yerni
jarohatlaydi va yallig„laydi, ya‟ni bu joylarda ko„pincha yelka qismining ikkinchi va
uchinchi ko„krak umurtqalarning qiltiqli o„simtalarigacha, mayda va qattiq shishlar
2
3
4
1
5
paydo bo„ladi. Bu shishlar sekin-asta kattalashadi. Bu hodisa 1-2 oy davom etib
sog„ayshi yoki onxotserkozning patogenli ta‟sirada yiring hosil qiluvchi infektsiya bilan
og„irlashishi mumkin. Natijada yiringli nekrotik manbalar paydo bo„ladi.
Onxotserkozlar teri usti va teri osti to„qimalariga joylashib, diametri 2 sm dan 9 sm
gacha qattiqlashgan joylar (100 gacha) kuzatiladi. Bu joyning juni to„kilib sezgirligi
pasayadi. Onchocarca reticulata ta‟sirida paylar yallig„lanadi va ot oqsoqlay boshlaydi.
Kasallik surunkali shaklda kechadi. Kasallikning boshlanishida yag„rin, bo„yin va
orqa, ba‟zan kurak va tananing yon tomonlarida hajmi tovuq tuxumidek, deyarli
og„riqsiz shishlar paydo bo„ladi. Oqma yaralardan parazit qismlari bilan aralashgan
shilliqlarning suyuqligi oqadi. Oqma teshigining atrofi odatda qadoqlashadi. Tirik ot
onxoserkozining yashirin formasini kichik teri bo„lakchalarini dermolyarvoskopiya
usulida tekshirish natijasiga qarab aniqlash mumkin. O„lgan otlarni yorib qaraganda
ayniqsa, yag„rin, bo„yin, ensaning bog„lagich qismlaridan, payli to„qimalari va
oyoqlarning bukuvchi paylaridan parazitlar va ularning lichinkalari topilishi kuzatiladi.
Onxoserkozdan odam va hayvonlar kasallanishining oldini olish choralaridan eng
asosiysi parazit tashuvchilarini yo„qotishdir. Buning uchun esa chivinlar ko„payadigan
joylarga insektitsidlardan foydalanish kerak. Kasallangan odamlarni dietilkarbamazin,
ditrazin, suramin kabi dorilar bilan davolashadi. Qoramol onxoserkoziga qarshi esa
faskoverm va ivomek preparatlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |