76-rasm. Bug„doy nematodasi (Anguina tritici): I-urg„ochisi; II-bug„doy nematodasi bilan
zararlangan yosh bug„doy o„simligi; III-bug„doy boshog„idagi don o„rniga jigarrang tugunakning hosil
bo„lishi; IV-sog„lom bug„doy boshog„i; V-bug„doy nematodasi bilan zararlangan boshoq.
Bitta urg„ochi nematoda otalangandan so„ng 2500 tagacha tuxum qo„yadi.
Tuxumdan birinchi yoshdagi lichinka chiqadi. U tullab ikkinchi yoshdagi lichinkaga
aylanadi. Har bir donda 6-8 ta urg„ochi nematodalarning nasli rivojlanadi.
Bu nematodalarning zarari bilan ayrim respublikalarda har gektar yerdan 8-11s.
g„alla kam olinadi. Oldini olish choralaridan biri g„allani tugunaklardan tozalashdan
iborat.
Lavlagi nematodasi (Heterodera schachtii) lavlagi ildizida parazitlik qilib,
o„simlikni o„sishdan qoldiradi va so„ldiradi. Urg„ochisi 1 mm bo„lib, u 600 tagacha
tuxum qo„yadi. Tuxum tuproqda bir necha yilgacha saqlanishi mumkin. Tuxumdan
chiqqan lichinkalar tuproq ichida ancha vaqtgacha yotishi mumkin, so„ngra ular lavlagi
ildiziga kiradi. O„sishi 4-5 hafta davom etadi. U Ukraina sharoitida 5-6 marta nasl
beradi. Bu nematoda kartoshka va poliz ekinlariga ham zarar yetkazadi (77-rasm).
Kartoshka nematodasi (Ditilenchus destructor) urg„ochisining uzunligi 1,4
mm, erkaginiki 1,3 mm atrofida bo„ladi. Ular kartoshka hosil berganiga qadar tuproqdan
kartoshka poyasiga o„tadi. Ichida nematodasi bo„lgan kartoshkaning poyasi sog„lariga
nisbatan yo„g„on, barglari kichkina va och rangli bo„ladi. Sog„ kartoshkaga qaraganda
kasallanganning tuplari 1,5-2 marta kichik bo„ladi. Nematoda kartoshka hosil bo„la
boshlashi oldidan poyadan kartoshka ichiga o„tadi. Poya va kartoshka ichida parazit
juda tez ko„payadi va bir necha marta nasl beradi. So„ngra kartoshka quriganga qadar
tuproqqa chiqib ketadi. Bu nematoda bilan 40-60 % ga qadar kartoshka zararlanadi.
Bir yilda 1-2 marta nasl beradi. Har bir naslning rivojlanish davri 50 kun atrofida
bo„ladi. Nematoda mingdan ortiq tuxum qo„yadi. Zararlangan o„simlik o„sishdan qoladi
va nobud bo„ladi. Kartoshka nematoda bilan zararlanmasligi uchun faqat sog„lom
kartoshka ekish, yuqori darajada agrotexnika chora-tadbirlarini ko„rish hamda ekishni
to„g„ri yo„lga qo„yish kerak.
I
II
III
IV
V
Hozirgi vaqtda nematodalar sinfiga 18-20 mingga yaqin tur kirishligi aniqlangan.
Shulardan 5000 dan ortiq turlari odam va hayvonlarda, 2000 turi esa o„simliklarda
parazitlik qiladi. Ammo, bir qator mutaxassis olimlarning fikricha sayoramizda
nematodalar sinfining 100 mingdan 1 mln. tagacha turi bo„lishi mumkin.
77-rasm. Lavlagi nematodasi: I-urg„o-chisi, Il-lavlagi ildizidagi
urg„ochi nematodalar.
Nematodalar sinfi 2 ta kenja sinfga bo„linadi. 1. Adenoforalar (Adenophorea)
kenja sinfi. 2. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi.
Adenoforalar kenja sinfi vakillari, asosan dengiz, chuchuk suv, ba`zan tuproqda
erkin hayot kechiradi. Ko`pchilik turlari faqat kislorod yetarli bo`lgan sharoitda
yashaydi. Kutikulasi o`tkazuvchan bo`lganidan nematodani zararli moddalar tasiridan
to`liq himoya qilaolmaydi.
Adenoforalar kenja sinfiga kiruvchi Trixosefalidalar (Trichocefalida) va
Dioktofimidalar (Dioctophymida) turkumlari vakillari turli umurtqali hayvonlarda:
baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda parazitlik
qiladi. Masalan: Gigant svaynik (Dioctophyme renale) itlar va boshqa yirtqich
hayvonlar, ba`zan odam buyragida parazitlik qiladi, uzunligi 1 m gacha boradi. Qilbosh
chuvalchanglar va trixinellalar sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Setsernentlar
(Secernentea) kenja sinfi vakillari asosan, o`simliklarda, hayvonlarda va odamlarda
parazitlik qiladigan turlarni o`z ichiga oladi. Tuyg`u organlari papillalardan iborat
bo`lib, faqat bosh qismida joylashgan. Amfidlari mayda, ko`pincha lablarida
joylashgan. Bo`yin bezi shoxlangan, ikki yoki bir nayli. Dumining ikki yonida
fazmidlari bo`ladi. Kutikulasining chala o`tkazuvchanlik va himoya xususiyatlari yaxshi
rivojlangan.
Setsernentlar kenja sinfiga tilenxidalar (Tylenchida), strongilidalar (Strongylida),
oksiuridalar (Oxyurida), askarididalar (Ascaridida), spiruridalar (Spirurida) va boshqa
turkumlar kiradi. Ularning ko„pchiligi mahsuldor hayvonlar va odamlarda parazitlik
qilib, og„ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Madaniy o„simliklarga esa ayniqsa, bo`rtma
nematodlari, bug`doy nematodasi, kartoshka poya nematodasi, sholi nematodasi, lavlagi
nematodasi va boshqa vakillari katta zarar yetkazadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Nematodalar sinfiga qancha tur kiradi va ular kimlarda parazitlik qiladi?
2. Odam askaridasining tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi, qo„zg„atadigan kasalligi
va unga qarshi kurash choralarini izohlab bering?
3. Bolalar gijjasi, rishta, qilbosh, va qiyshiqbosh nematodalarning o„ziga xos
tuzilishi va ko„payishi hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni tushuntiring.
4. Trixinella, bankroft ipchasi va onxoserkalarning o„ziga xos tuzilishi hamda
biologik xususiyatlari.
5. Qaysi nematodalar o„simliklarda parazitlik qiladi?
6. Nematodalar sinfi sistematikasi to„g„risida ma‟lumot bering.
3-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga hayvonlarda parazitlik qiluvchi
tikanboshlilar
tipi
vakillarining
tuzilishi,
tarqalishi,
biologik
xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi tikanboshlilar tipi vakillarining tuzilishi,
tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari haqidagi ma‟lumotlarni tushuntira oladi.
Uchinchi sаvоlning bаyоni:
Tikanboshlilar (Acanthocephala) tipi vakillari ancha ixtisoslashgan chuval-
changlar bo„lib, hozirgi vaqtda 500 dan ortiq tur fanga ma‟lum. Ular baliqlar, suvda
hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda
parazitlik qiladi. Akantotsefalalar haqidagi dastlabki ma‟lumot Redi tomonidan 1684-
yilda e‟lon qilingan. Rudolf XIX asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o„rganib,
ularni bitta turkumga kiritadi. Leykart bu guruh parazitlarning biologiyasini o„rganib,
ular oraliq xo„jayinlar orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958-yillarda prof. V.I.
Petrochenko akantotsefalalarning MDH da uchraydigan turlari, ularning tarqalishi,
rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o„rganib, «Uy va yovvoyi hayvonlar
akantotsefalalari» nomli ikki jildlik monografiyasini yaratdi.
Bu tipga faqat bitta sinf, ya‟ni Tikanboshlilar (Acanthocephala) sinfi kiradi.
Akantotsefalalarning gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon
ko„rinishda bo„lib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus
hirudinaceus) boradi.
Gavdasi xartum va haqiqiy tanaga bo„linadi. Tanasining oldingi qismida xitinli
ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va bo„yindan iborat, haqiqiy tana
bo„limida esa hamma qolgan ichki organlari joylashgan, Skrebniylarda ovqat hazm
qilish organlari reduksiyalangan, shunga ko„ra ular ovqatni butun tana yuzasi orqali
diffuziya holda qabul qiladi. Ularning xartumi xo„jayini ichagi devoriga yopishish
uchun xizmat qiladi. Xartumdagi xitinli ilmoqlarning shakli, katta-kichikligi, soni va
joylashish tartibi har xil turlarida turlicha bo„lib, skrebniylarning sistematikasini hal
qilishda muhim ro„l o„ynaydi. Xartumi juda harakatchan bo„lib, tez-tez qiniga kirib-
chiqib turadi.
Akantotsefalalar ayrim jinsli, odatda urg„ochilari yirik, xartumlari yaxshi
rivojlangan. Akantotsefalalar biogelmintlar bo„lib, bunda umurtqali hayvonlar asosiy
xo„jayin, umurtqasiz hayvonlar (mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) esa
oraliq xo„jayinlar hisoblanadi. Ular nihoyatda serpusht bo„lib, bitta urg„ochi parazit bir
sutkada 580 mingtagacha tuxum qo„yishi mumkin.
Rivojlanishi metamorfozli. Asosiy xo„jayindan tashqi muhitga chiqqan
tuxumlarda lichinkalar to„liq shakllangan bo„ladi. Oraliq xo„jayinlari shunday
tuxumlarni yutib yuborganda, tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka akantor deyiladi.
Akantorlar ichak devori orqali tana bo„shlig„iga o„tib, rivojlanishni davom ettiradi va
navbatdagl lichinkalik davriga, ya‟ni preakantellaga aylanadi. U ham rivojlanib, keyingi
yuqumli (invazion) lichinkalik davri, ya‟ni akantellani hosil qiladi. Ana shunday
zararlangan oraliq xo„jayinlarni har xil umurtqali hayvonlar suv va oziq bilan yeb
yuborsa, akantotsefalalarni o„zlariga yuqtiradi. Asosiy xo„jayinlarda akantotsefalalar bir
yildan ortiqroq yashaydi.
Bu sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho„chqada parazitlik qiladigan
gigant tikanbosh makrakantorinx (Macracanthorhynchus hirudinaceus) bo„lib, u uy va
yovvoyi cho„chqa, burunduq, olmaxon va krotlar ingichka ichaklarida parazitlik qiladi
(78-rasm).
78-rasm. Cho„chqa makrakantorinxi (Macracanthorhynchus hirudinaccus) ning rivojlanish sikli
sxemasi: A-asosiy xo„jayin-cho„chqa, B-oraliq xo„jayinlari har xil qo„ng„iziar, D-qo„ng„izlarning
lichinkalari: 1-jinsiy voyaga yetgan parazit; 2-tuxumlari; 3-tuxumlarning dalalarga tarqalishi; 4-
parazitning lichinkalari.
Makrakantorinxus asosan, G„arb mamlakatlarida, MDH ning Yevropa qismida va
Uzoq Sharqda tarqalgan. Ayrim xo„jaliklarda makrakantorinxoz qo„zg„atuvchisi bilan
cho„chqalar 100 % gacha kasallanishi mumkin. Kasallangan cho„chqalarning taxminan
uchdan bir qismi halok bo„ladi. Macracanthorhynchus hirudinaceus ba‟zan it va
odamlarda ham parazitlik qilish aniqlangan.
Makrakantorinxusning tanasi uzunchoq, dumi birmuncha ingichka, bosh tomoni
esa yo„g„onlashgan bo„ladi. Urg„ochilarining uzunligi 68 sm gacha boradi. Bosh
tomonida xartumi bo„lib, 5 qator orqaga qayrilgan 36 ta ilmoqlari bor. Ilmoqlarining
uzunligi 0,16 mm ga yetadi. Uzunligi 7-15 sm bo„lgan erkak makrakantorinxuslarning
tanasi vergul shaklida.
Urg„ochilarining jinsiy apparatlari birmuncha murakkab tuzilgan. Faqatgina yosh
makrakantorinxuslarning tuxumlari bor. Urg„ochi makrakantorinxuslar cho„chqaning
ingichka ichagida akantorasi bor tuxumlarini qo„yadi. Yetilgan tuxumlar asta-sekin juda
murakkab tuzilgan urug„don yo„llari orqali cho„chqaning ichagiga va tezagi bilan tashqi
muhitga chiqariladi. Yetilgan tuxumlari oval shaklida uzunligi 0,08-0,101 mm atrofida
bo„ladi. Tuxumning tashqi yupqa pardasi rangsiz, ikkinchi qavati qalin, to„q qo„ng„ir
tusda, notekis chuqurchalari bo„lib, bodom danagining po„stini eslatadi.
Makrakantorinxning
oraliq xo„jayinlari may qo„ng„izlaridan-Melolontha
hippocastani turi, tilla qo„ng„izlardan Ustonia anrota va Ziocola orvitarsis turlari
hamda shoxli qo„ng„iz va go„ng qo„ng„izlarining lichinkalari, g„umbaklari va voyaga
yetganlari hisoblanadi.
Tezak bilan tashqi muhitga tushgan tuxumni may qo„ng„izlari va tilla
qo„ng„izlarning lichinkalari yutib yuboradi. Ushbu oraliq xo„jayinlar ichagiga tushgan
akantora tuxumi po„stini yorib, ichak devorini teshib qo„ng„iz lichinkasining tanasiga
o„tadi, bu yerda rivojlanib akantora preakantellaga va u o„z navbatida yuqumli
(invazion) holatdagi akantellaga aylanadi. Makrakantorinxlarning oraliq xo„jayinlari
tanasida rivojlanish muddati yil fasliga bog„liq. Agarda qo„ng„iz lichinkalari iyul yoki
undan keyingi oyda zararlansa akantella 12–13 oydan keyin rivojlanadi.
Akantella tanasi yassi va zich bo„lib, cho„ziq va oq rangdadir. Uzunligi (ichiga
tortilgan xartumi bilan) 3,6–4,5 mm dan (cho„zilgan xartumi bilan) 4,4–5,6 mm gacha
bo„lib ko„zga yaxshi ko„rinadi.
Qo„ng„iz lichinkalarining rivojlanish davrida akantella o„lmaydi. Shuning uchun
cho„chqalar may oyida tilla qo„ng„izlar lichinkalarini emas, balki ularni g„umbaklik va
imago davridagilarini ham yeb makrakantorinxus bilan zararlanadi. Akantella
qo„ng„izlar tanasida 2-3 yil, ya‟ni oraliq xo„jayinning butun umri mobaynida yashaydi.
Cho„chqalar bu qo„ng„izlarni hamma rivojlanish davrida ishtaha bilan yeydi.
Cho„chqalar zararlangan qo„ng„izlarning lichinkalarini, g„umbak va imago
davrlaridagilarini yeb, parazitni o„zlariga yuqtiradi. Cho„chqa oshqozonida qo„ng„izlar
hazm bo„lib, ichagidagi makrakantorinxus lichinkalari-akantellalar ingichka ichakda
xartumini qinidan chiqarib 36 ta ilmog„i bilan ichak shilliq pardasiga yopishib oladi va
yopishgan joyida rivojlanib jinsiy voyaga yetadi.
Invazion lichinkalarining asosiy xo„jayni tanasiga tushib, jinsiy voyaga yetgan
makrakantorinxusning rivojlanish muddati 70–110 kun bo„lib, hayvon organizmida 10
oydan 23 oygacha yashaydi. So„ngra tabiiy holda o„ladi.
Bu parazit bilan ba‟zan odamlar, maymunlar, qoramollar va itlar ham
zararlanishi aniqlangan. Tikanboshli chuvalchanglardan ayrim turlari, masalan,
Pomphorhynchus laevis chuchuk suv baliqlari, shu jumladan, mo„ylovdor baliqlar
ichagida parazitlik qilib, ichak devorini yaralaydi, bunda ko„plab baliqlar qirilib
ketadi. Ayrim hollarda mo„ylovdor baliqlar ichagida parazitlar miqdori 300 tagacha
yetishi mumkin.
Baliqlarda parazitlik qiluvchi tikanhoshiilarning oraliq xo„jayinlari, asosan mayda
qisqichbaqasimoniardan-Gammarus pulex hisoblanadi.
Tikanboshli chuvalchanglardan Polymorphus va Filicollis urug„larining vakil-lari
o„rdak, g„oz va boshqa suv qushlarming ichagida parazitlik qilib, ularga katta ziyon
yetkazadi (79-rasm).
O„rdaklarda polimorfuslardan-Polymorphus magnus va Polymorphus minutus
turlari parazitlik qiladi. Birinchi turi, asosan, o„rdaklarning ingichka ichagida, ikkinchi
turi esa yo„g„on ichagida parazitlik qiladi. Ularning tanasi urchuqsimon, uzunligi 9,2–
14,7 mm atrofida. Oraliq xo„jayinlari yonlab suzar qisqichbaqasimonlardan-Gammarus
lacustris va Gammarus pulex hisoblanadi. O„rdak polimorfoziga qarshi bitionol, filiksan
va uglerod tetraxlorid ishlatiladi.
79-rasm. O„rdak polimorfi (Polymorphus magnus) ning rivojlanish sikli sxemasi: A-asosiy
xo„jayini-o„rdaklar, B-oraliq xo„jayini yonsuzarlar: 1-o„rdak ichidagi jinsiy yetilgan parazit; 2-
tashqi muhitga chiqqan parazit tuxumi; 3-yonsuzarlardagi parazit lichinkasi-akantella.
Filikollis urug„idan Filicollis anatus o„rdak, g„oz va boshqa suv hamda
botqoqliklarda yashovchi qushlarning ingichka ichagida parazdtlik qiladi. Parazitning
uzunligi 6-25 mm atrofida bo„ladi. Oraliq xo„jayini qisqichbaqasimonlardan – suv
xo„tigi (Asellus aquaticus) hisoblanadi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Tikanboshlilar ustida qaysi olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan?
2. Tikanboshlilar tipi vakillari boshqa parazit chuvalchanglardan qaysi belgilariga
qarab farq qiladi?
3. Baliqlarda, parrandalarda va cho„chqalarda parazitlik qiladigan tikanboshli
chuvalchanglar hamda ular qo„zg„atadigan kasalliklar haqida fikringizni bayon
qiling.
1
2
3
4. Tikanboshli chuvalchanglarning oraliq xo„jayinlari to„g„risida ma‟lumot
bering.
11-mavzu: Hayvonlarni parazitologik tekshirish, parazitlarni yig„ish va
aniqlash usullari.
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Hayvonlarni parazitologik tekshirish, parazitlarni yig„ish va aniqlash
usullari” mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1.
Dars
maqsadi:
Talabalarga
hayvonlarni
parazitologik tekshirish, parazitlarni yig„ish va aniqlash
usullari haqida ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. Odam va hayvonlarni tirik davrida parazitologik
tekshirish usullarini biladi.
1.2.2. O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini
tekshirish usullarini tushuntira oladi.
1.2.3. Gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini tekshirish
usullarini bayon qiladi.
1.2.4. Gelmintlarni yig„ish, konservalash va etiketka yozish
to„g„risida ma‟lumot bera oladi.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
O„qituvchi
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Hayvonlarni tirik davrida parazitologik tekshirish
usullarini izohlang.
O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini
O„qituvchi,
15 daqiqat
tekshirish usullari to„g„risida ma‟lumot bering.
Gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini tekshirish usullarini
bayon qiling.
Gelmintlarni yig„ish, konservalash va etiketka yozish
bo„yicha ma‟lumot bering.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1. Hayvonlarni tirik davrida parazitologik tekshirish usullari.
2. O`lgan hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanishini tekshirish usullari.
3. Gelmintlarning oraliq xo„jayinlarini tekshirish.
4. Gelmintlarni yig„ish, konservalash va etiketka yozish.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Klinik belgilarni kuzatish,
laboratoriya diagnostikasi, gelmintokoprologik tekshirish, makrogelmintoskopiya usuli,
gelmintoovoskopiya, perional qirish usuli, gelmintolarvoskopiya.
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga hayvonlarni tirik davrida
parazitologik tekshirish usullari haqida ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Hayvonlarni tirik davrida parazitologik tekshirish usullari haqida ma‟lumot
bera oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Odam, qishloq xo`jalik hamda mo`ynali hayvonlarni parazitozlardan davolash
yoki ularning oldini olish uchun avvalo, kasallikka o`z vaqtida aniq tashxis qo`yish
lozim.
Protozoy kasalliklari qo„zg„atuvchilarini yig„ish va ularni aniqlash.
Odamlarni ichburug„ аmyobаsi bilаn kasallanganligini o„rganish uchun ichburug„
аmyobаsi bilаn оg„rigаn оdаmning qоnli shilliq najasidаn оlingаn prеpаrаtni tеmir
gеmоtоksilindа Gаydеngаyn usulidа bo„yab, mikrоskоpdа qаrаladi. Prеpаrаtni
tеkshirgаnda eritrоsitlаr qоrа rаnggа bo„yalgаn bo„lаdi. Eritrоsitlаr оrаsidа ichburug„
аmyobаlаri ham ko„rinаdi.
Ichburug„ аmyobаsi bilаn оg„riyotgаn оdаmning kаsаli yеngillаshgаndа uning
najasidаn prеpаrаt tаyyorlаb, ichburug„ аmyobаsining sistаlаrini toppish mumkin. Ulаr
yumаlоq shаkldа bo„lаdi va prеpаrаtdа bir, ikki hamda to„rt yadrоli sistаlаr ko„rinаdi.
Ichаk аmyobаsining prеpаrаtini mikrоskоp tаgidа qаrаganda, kаttаligi jihаtidаn
ichburug„ аmyobаsigа tеng kеlаdi. Prоtоplаzmаsidа vаkuоllаri ko„p bo„lаdi. Uning
ichidа pufаksimоn kаttа yadrоsi ko„rinаdi. Diqqаt qilib tеkshirgаndа vаkuоllаridа
bаktеriyalаr vа krахmаl dоnаlаrini ko„rish mumkin. Ichаk аmyobаsining sistаlаri
yumаlоq shаkldа bo„lаdi. Ichаk аmyobаsidа sistаsi sаkkiz yadrоli bo„lishi bilаn
хаrаktеrlаnаdi, lеkin shu bilаn birgа kаm vа ko„p yadrоli sistаlаr hаm uchrаydi.
|