Chorva mollar gongilonemasi (Gongylonema pulchrum) ko„pchilik uy va
yovvoyi sutemizuvchilarda, jumladan, qo„y, echki, qoramol, tuya, ot, quyon, cho„chqa
va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Gongilonema ba‟zan odamlarda ham parazitlik
qilishi kuzatilgan.
Gongilonema ingichka uzun nematoda bo„lib, tanasining uzunligi erkaklarida 30–
62 mm, urg„onchilarida esa 14,5-44 mm gacha boradi. Tanasining bosh qismida
dumaloq yoki ovalsimon shaklida do„mboqchalari bo„lib, ular tanasining uzunasiga
qarab 4 ta qatorga joylashgan. Uncha katta bo„lmagan og„iz teshigi qorin va yelka
tomoniga biroz cho„zilgan bo„lib, ikki tomonida «labsimon» o„simtasi bo„ladi. Og„iz
atrofida hammasi bo„lib 6 ta so„rg„ichi joylashgan bo„ladi.
Gongilonema biogelmint. Uning oraliq xo„jayini hasharotlardan, asosan
qo„ng„izlar turkumining plastinka mo„ylovlilar oilasi vakillari hisoblanadi. Bu
gelmintning urg„ochisi tuxum qo„yadi (71-rasm).
71-rasm. Chorva mollarining qizilo„ngachida parazitlik qiluvchi
Gongylonema pulchrum nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.
Tuxumni oraliq xo„jayinlari (plastinka mo„ylovli qo„ng„izlar vakillari) yutib
yuborgach, yutilgan tuxum ichidan lichinka chiqadi va qo„ng„izning tana bo„shlig„ida
rivojlanadi. O„rta hisobda 1 oydan keyin gongilonema lichinkasi rivojlanishining III
bosqichiga o„tib, yuqumli holatga keladi va maxsus biriktiruvchi to„qimadon tashkil
topgan kapsulaga (qobiqqa) o„raladi. Asosiy xo„jayinlari–sigir, qo„y, echki, tuya va
boshqa sutemizuvchilar gelmint lichinkasi bilan zararlangan oraliq xo„jayinlarni
(qo„ng„izlarni) ovqat bilan birga yutib yuboradi va asosiy xo„jayilari organizmiga
tushgan gelmint lichinkalari 56-60 kunda jinsiy voyaga yetadi. Demak, gongilonema
lichinkalari bilan zararlangan go„ngxo„r qo„ng„izlarni ovqat yoki suv bilan yutib
yuborish natijasida chorva mollari bu parazitlarni lichinkalarini o„zlariga yuqtiradi.
Chorva molllari asosan yaylovda o„tlash jarayonida bu gelmintni o„zlariga yuqtiradi.
Tadqiqotlardan ma‟lum bo„lishicha, Respublikamizda go„ngxo„r qo„ng„izlar-dan
Aphodius, Geotrupes, Gmnopleurus, Chironitis, Scarabeus va boshqa avlodlarga
mansub bo„lgan 35 ga yaqin tur qo„ng„izlar gongilonema lichinkalari bilan zararlanishi
mumkin. Olib borilgan tadqiqot ishlarning natijasiga ko„ra, yuqorida ko„rsatib o„tilgan
qo„ng„izlarning gongilonema lichinkalari bilan zararlanishi respublikamizning turli
TASHQI
MUHIT
mintaqalarida 2,1 % dan 61 % gacha boradi. Gongilonema qishloq xo„jalik
hayvonlarida parazitlik qilib, ularga gongilonemoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Gongilonemalar qizilo„ngach va tomoqning shilliq qavati epiteliysida ariqchalar
hosil qiladi. Hayvon kuchsizroq zararlangan bo„lsa, qizilo„ngachning shilliq qavatida
joylashib olgan va ilon iziga o„xshash yo„llar hosil qilgan parazitni ko„rish mumkin.
Hayvon kuchli zararlanganda shilliq qavat qalinlashadi va dag„allashib ko„p shilliq bilan
qoplangan bo„ladi.
Bunday o„zgarishlar qo„y qizilo„ngachida qoramolnikiga nisbatan kuchliroq
bo„ladi va ayrim hollarda epiteliy qatlami butunlay ishdan chiqadi. Ba‟zi hayvonlarda
juda ko„p nuqtasimon yoki dog„ga o„xshash qon quyilishi hollari uchraydi.
Tirik hayvonlarda gongilonemoz kasalligini aniqlashning aniq metodikasi hali
ishlab chiqilgan emas. O„lgan yoki so„yilgan hayvonlarda gelmintologik tekshiruv
natijasida bu gelmintlar aniqlanadi.
Gongilonemoz
kasalligiga
qarshi
kurash
choralari
hozirgacha
yaxshi
o„rganilmagan. Bu kasallikdan hayvonlarni saqlash uchun profilaktik choralarini amalga
oshirish lozim. Jumladan, yaylovga chiqarilmay bir yerda boqiladigan hayvonlarni
(sigir, qo„y, echki va h.k.) bu kasallikdan saqlash lozim. Buning uchun ferma hududini
go„ngdan tozalab turish kerak. Go„nglarni maxsus ajratilgan yerlarga yig„ib, darhol
biotermik usulda zararsizlantirish lozim. Bundan tashqari, ferma hududida tungi
chiroqlarga maxsus «tutgich» lar o„rnatib yig„ilgan qo„ng„izlarni qirib tashlash kerak.
Ferma hududidagi keraksiz buyumlarni chiqarib tashlash va molxona hududida
qo„ng„izlar va boshqa hasharotlarni mutlaqo bo„lmasligini ta‟minlash maqsadga
muvofiqdir.
Trixostrongilidlar (Trichostrongylidae) oilasi vakillari mayda qilsimon
nematodalar bo„lib, og„iz kapsulasi yaxshi rivojlanmagan. Ular amfibiyalar, reptiliyalar,
qushlar va sutemizuvchilarning oshqozonida hamda ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Mahsuldor hayvonlardan - kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilarning shirdonida va
ingichka ichagida trixostrongilidlar oilasidan asosan, Trichostrongylus, Cooperia,
Ostertagia, Haemonchus, Marshallagia, Nematodirus va boshqa avlod turlari keng
tarqalgan bo„lib, chorvachilik xo„jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Trixostrongilidlarning hozirgi kunda 400 dan ortiq turi uchraydi, shu jumladan,
O„zbekistonda kavsh qaytaruvch hayvonlarda bu oilaning 54 ta turi parazitlik qilishi
aniqlangan.
Trixostrongilidlar oilasi turlarinig uzunligi turli avlodlarida har xil bo„ladi. Bu
oila ichida eng mayda turlari asosan, trixostrongillar avlo-diga kiradi. Ularning uzunligi
erkaklarida 3,5-4,5 mm va urg„ochilarida 4,6-7,0 mm atrofida bo„ladi. Kooperiyalar
avlodi turlarida erkalarining uzunligi 5-9 mm, urg„ochilariniki 5,7-11 mm;
Ostertagiyalarda erkak-larining uzunligi 6,5-7,5 mm, urg„ochilariniki 8,3-9,2 mm;
Gemonxlarda erkaklarining uzunligi 18-22 mm, urg„ochilariniki-25-34 mm;
Marshallagiyalarda erkaklarining uzunligi 10-13 mm, urg„ochlariniki-12-20 mm va
Nematodirlarda erkaklarining uzunligi 11-17 mm va urg„ochilariniki esa 18-25 mm
atrofida bo„ladi.
Trixostrongilidlar oilasi vakillarining rivojlanish sikli asosan bir xil tipda, ya‟ni
rivojlanishi oraliq xo„jayinlarsiz o„tadi (geogelmint). Trixostrongilidlar bilan
zararlangan kavsh qaytaruvchi hayvonlar tezagi orqali parazit tuxumlari tashqi muhitga
chiqadi. Tashqi muhitda 20-25
0
C iliq haroratda 12-17 soatda tuxum ichida lichinka
rivojlanadi. Lichinkalarning tuxum po„stini yorib tashqariga chiqishi trixostrongi-lidlar
oilasi avlodlarida bir-biridan farq qiladi. Masalan: trixostrongillar, kooperiyalar,
gemonxlar
va
ostertagiyalarda
lichnkalar
tuxumlardan
birinchi
bosqichda;
marshallagiyalarda ikkinchi bosqichda va nematodirlar hamda nematodirellalarda
uchinchi bosqichda chiqadi (72-rasm).
Tashqi muhitda haroratning ko„tarilishi yoki pasayishi trichostrongilidlar
lichinkalarining rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Nam joylarda lichinkalarning
faolligi ortadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar tashqi muhitdan trixostrngilidlarning yuqumli
(invasion) holatdagi lichinkalarini o„t bilan birga yeyishi yoki parazit lichinkalari bilan
zararlangan ko„lmak va tashlandiq suvlarni ichishi natijasida o„zlariga yuqtiradilar.
Hayvonlar shirdonida va ingichka ichagida parazit lichinkalari avlodlariga qarab yana
ikki marta tullaydi va 20–30 kunda jinsiy voyaga yetadi.
O„zbekiston sharoitida chorva mollari trixostrohgilidlar bilan asosan bahor va kuz
fasllarida zararlanadi. Yana shuni alohida ta‟kidlash lozim-ki, trixostrongilidlar oilasiga
kiruvchi gemonxlar avlodi turlari gematofaglar hisoblanadi, ya‟ni ular og„iz kapsulasida
joylashgan tishlari bilan shirdon va ingichka ichak devorining shilliq pardasini
jarohatlab, qon bilan oziqlanadi.
72-rasm. Trixostrongilidlarning rivojlanish sikli sxemasi: GT-gemonxlarning tuxumi, MT-
marshallagiyalarning tuxumi, NT-nematodirlarning tuxumi.
Umuman olganda, trixostrongilidlar bilan zararlangan hayvonlarning shirdonida
va ingichka ichaklarida anatomo-morfologik o„zgarishlar kuzatiladi, ovqatning hazm
bo„lish jarayoni buzilishi natijasida zararlangan hayvonlarning ishtahasi yo„qoladi, ich
ketishi natijasida ular ozib ketadi, o„sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Kuchli
zararlangan kasal hayvonlar esa nobud bo„lishi mumkin.
L-3
L-2
L-1
L-4
Yetilgan
Oxirgi yillarda trixostrnongilidoz qo„zg„atuvchilariga qarshi alben, albazen,
albendazol, levamizol, baymek, ivermek va ivermektin kabi preparatlar qo„lanilib
samarali natijalarga erishilmoqda. Ushbu preparatlarni qo„llashda yo„riqnomada
ko„rsatilgan dozalarga va qo„llash qoidalariga albatta, qat‟iy rioya qilish lozim.
Hayvonlarni trixostrongilidlar bilan zararlanishini oldini olish uchun yaylovlarda ularni
zich holda saqlamaslik va bunday yaylovlarda hayvonlarni 5-6 kundan ortiq boqmaslik
lozim. Shuningdek, botqoq va zaxkash yaylovlardan foydalanmaslik hamda chorva
mollarni kichik oqmas ko„lmak suvlardan, botqoqlikdagi suvlardan sug„ormaslik lozim.
Protostrongilidlar (Protostrongylidae) oilasiga kiruvchi Protostrongylus,
Spiculocaulus, Muellerius, Cystocaulus, Neostrongylus va Varestrongylus urug„lari-
ning vakillari asosan qo„y va echkilarda hamda ularning yovvoyi turlarining yirik va
mayda bronxlarida, alveolalarida parazitlik qiladigan nematodalardir.
Protostrongilidlar ingichka va uzun jigar rangli nematodalar bo„lib, erkagining
uzunligi 10,3-30,0 mm, urg„ochilariniki esa 28-60 mm atrofida bo„ladi. O„zbekistonda
qo„y, echki, arxar, muflon va yovvoyi tog„ echkilarida 15 turga kiruvchi
protostrongilidlar parazitlik qiladi. Protostrongilidlarning hamma qo„zg„atuvchilari
oraliq xo„jayinlar orqali rivojlanadi. Ularning oraliq xo„jayinlari quruqlikda yashovchi
qorinoyoqli mollyuskalar vakillari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 28 turga kiruvchi
quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar protostron-gilidlarning oraliq
xo„jayinlari sifatida aniqlangan.
O„zbekistonda protostrongilidlarning oraliq xo„jayinlari sifatida quruqlikda
yashaydigan mollyuskalardan Xeropicta candaharica, Subzebrinus albiplicatus, Su.
sogdianus va boshqa turlari aniqlangan. Protostrongilidlarning urg„ochisi asosiy
xo„jayini bronxlariga tuxum qo„yadi (73-rasm).
Bu yerda tuxumlardan ko„p o„tmay lichinkalar chiqadi, bu lichinkalar hayvon
yo„talganida og„iz bo„shlig„iga keladi. Bunday lichinkalarni hayvon takroran yutib
yuboradi. Oshqozonga tushgan lichinkalar axlat orqali tashqariga chiqadi va ular oraliq
xo„jayinlari quruqlikda yashovchi mollyuskalarning oyoqlariga kirib olib rivojlanishini
davom ettiradi.
Mollyuskalar oyog„ida lichinkalar o„sadi va ikki marta tullab 4-5 haftadan keyin
invazion, ya‟ni yuqumli holatga aylanadi. Asosiy xo„jayinlari, ya‟ni qo„y va echkilar
yuqumli holdagi lichinkalarni yem-xashak bilan yoki tanasida protostrongilidlarning
yuqumli holdagi lichinkalari bo„lgan mollyuskalarni o„t bilan birga yutib yuborganda
protostrongilidlar bilan zararlanadi. U yoki bu yo„l bilan asosiy xo„jayini oshqozoniga
tushgan lichinkalar ichak devorlariga o„tib, qon orqali o„pkaga boradi va 32-47 kundan
keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo„ya boshlaydi.
O„zbekistonda qo„y va echkilar protostrongilidlar bilan asosan tog„ va tog„oldi
mintaqalarda ko„proq zararlanadi. Ko„proq katta yoshdagi qo„y va echkilar kasallanadi.
Shuningdek, protostrongilidoz bilan mayda shoxli mollar, asosan bahor oylarida
kasllanadi, yozda kasallanish foizi pasayadi, kuzga borib yana kasllanish foizi ortadi.
Albatta, kasallikning ko„payishi yoki kamayishi kasallik qo„zg„atuvchilarining turiga
ham bog„liq bo„ladi.
73-rasm. Protostrongilidlarning rivojlanish sikli sxemasi: A-parazitning asosiy xo„jayini; B-
parazitning oraliq xo„jayini – mollyuska; L-l-4-parazitning lichinkalik davrlari; 5-jinsiy voyaga yetgan
protostrongilid; 6-tuxum.
Protostrongilidlar o„pkada parazitlik qilib, bronxit va o„pka shamollashi
kasalliklarini keltirib chiqaradi. O„pkada parazitlar ko„payib ketsa, ba‟zan kasallangan
qo„y va echkilar o„ladi.
Protostrongilidoz bilan kasallangan qo„y va echkilar ditrazin, nilverm, rental,
emetin va boshqa preparatlar bilan davolanadi. Hayvonlarning protostrongilidlar
lichinkalari bilan zararlanmasliklari uchun yaylovlarni har 25 kunda almashtirib turish
ham ijobiy natija beradi.
Metastrongilidlar
(Metastrongylidae)
oilasiga
kiruvchi
Metastrongylus
urug„ining vakillari, asosan cho„chqalarning o„pkasida parazitlik qiladi. Cho„chqa va
to„ng„izlarda metastrongilus avlodining Metastrongylus elongatus, M. pudendotectus va
M. salmi kabi turlari parazitlik qiladi.
Metastrongiluslar cho„chqa va to„ng„izlarning bronxlarida, ko„proq o„pkaning
orqa va yuqori qismida uchraydi. O„zbekiston sharoitida metastrongiluslar bilan asosan
yovvoyi cho„chqalar, ya‟ni to„ng„izlar kasallanadi. Metastrongiluslar ingichka ipsimon
shakldagi nematodalar bo„lib, erkaklarining uzunligi 14–16 mm, urg„ochilariniki esa
20–58 mm atrofida bo„ladi.
Metastrongiluslar biogelmintlar bo„lib, ularning oraliq xo„jayinlari yomg„ir
chuvalchanglari hisoblanadi (74-rasm).
Urg„ochi metastrongiluslar cho„chqa bronxlariga tuxum qo„yadi. Bu tuxumlar
hayvon nafas yo„li orqali ular yo„talganda og„iz bo„shlig„iga tushadi. Cho„chqalar bu
tuxumlarni qayta yutib yuboradi va tuxumlar ularning oshqozoniga tushib, tezagi bilan
tashqi muhitga chiqadi.
74-rasm. Cho„chqa metastrongilidi (Metastrongylus elongatus)ning rivojlanish sikli sxemasi: A-
asosiy xo„jayini cho„chqa; B-oraliq xo„jayini yomg„ir chuvalchangi; 1-parazitning tuxumlari; 2-
lichinkaning xo„jayini organizmidagi migratsiyasi.
Tashqi muhitda metastrongiluslar tuxumlaridan qulay sharoitda 2 kundan keyin
lichinkalar chiqadi. Bunday lichinkalar oziq-ovqat orqali yomg„ir chuvalchangining
organizmiga o„tadi. Natijada lichinkalar yomg„ir chuvalchangi qizilo„ngachi devoriga
yoki uning qon tomirlariga kirib oladi. Bu yerda ikki marta tullab, 10–20 kundan keyin
invazion, ya‟ni yuqumli holatga keladi. Cho„chqalar parazit lichinkalari yuqqan yomg„ir
chuvalchanglarini yeganda metastrongilyoz qo„zg„atuvchilari bilan zararlanadi.
Cho„chqa oshqozoniga tushgan yomg„ir chuvalchanglari hazm bo„lib, ajralib chiqqan
metastrongilus lichinkalari ichakda yana bir marta tullab, uchinchi lichinkalik davriga
o„tadi, so„ngra ichak devorini teshib, limfa yo„llariga o„tadi va bu yerda to„rtinchi marta
tullaydi.
Shundan so„ng, bu lichinkalar limfa yo„llari va qon tomirlari orqali o„pkaga
keladi, o„pkadan esa bronxlarga o„tib, jinsiy voyaga yetgan metastrongiluslarga
aylanadi. Tanasida yuqumli lichinkalari bo„lgan yomg„ir chuvalchangini cho„chqalar
yegan vaqtdan boshlab, to o„pkada jinsiy voyaga yetgan metastrongilusga aylanguncha
25–35 kun kerak bo„ladi, to„liq tuxumdan tuxumgacha rivojlanish davri esa 30–55
kunga to„g„ri keladi. Metastrongilyoz bilan ko„proq cho„chqa bolalari kasallanadi.
Kasallangan hayvon yo„talib, nafas olishi qiyinlashadi, yaxshi o„smaydi, oriqlab ketadi,
ba‟zan o„ladi.
Metastrongilyoz bilan kasallangan hayvonlar terisi ostiga ditrazin fosfat eritmasi,
traxeyasiga esa kaliy yodit eritmasi yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun esa
cho„chqalar gelmintsizlantiriladi, yomg„ir chuvalchanglarini yeyishga yo„l qo„yilmaydi.
Singamidlar (Syngamidae) oilasidan Syngamus trachea nematoda turi tovuq,
kurka, g„oz va yovvoyi parrandalarning nafas yo„llarida, ya‟ni traxeyasida parazitlik
qiladi va singamoz kasalligini keltirib chiqaradi. Singamoz bilan asosan jo„jalar
kasallanadi.
Jinsiy voyaga yetgan erkak va urg„ochi singamuslar hamma vaqt bir-biriga
birikkan holda yashaydi. Erkaklari urg„ochilaridan birmuncha kichik, og„iz kapsulasi
yarim sharsimon xitinlashgan bo„lib, juda yaxshi rivojlangan. Erkaklarining uzunligi 2–
6 mm, urg„ochilariniki esa 5–20 mm bo„lib, jinsiy teshigi tanasining oldingi qismida
joylashgan (75-rasm).
Urg„ochi singamuslar parrandalarning kekirdagiga tuxum qo„yadi, so„ngra bu
tuxumlar og„iz bo„shlig„i orqali oshqozonga tushadi. Parazit tuxumlari oshqozonda hech
qanday o„zgarmay tashqi muhitga chiqadi.
Tashqi muhitda 8–9 kun ichida tuxumdagi lichinka ikki marta tullab, o„zining
invazion, ya‟ni yuqumli davriga o„tadi. Parrandalar ichida yuqumli lichinkasi bo„lgan
bunday tuxumlarni yutib yuborsa, ularning oshqozonida tuxumlardan lichinkalar
chiqadi va ichakdan qon tomirlariga o„tib, qon orqali o„pkaga boradi.
75-rasm. Singamus (Syngamus trachea)ning rivojlanish sikli sxemasi: 1-asosiy xo„jayin o„rdak; 2-
tashqi muhitga chiqqan tuxum; 3-tuxum va unda rivojlanayotgan lichinka; 4-rezervuar xo„jayini
yomg„ir chuvalchangi va 5-unda rivojlanayotgan lichinka; 6-jinsiy voyaga yetgan singamus.
O„pka alveolalarida lichinkalar yana 2 marta tullab, so„ngra bronxlarga o„tadi. Bir
qancha vaqtdan keyin erkak singamuslar urg„ochilarini jinsiy organlari to„liq
rivojlanmagan holda urug„lantiradi. Parazitlik qilishning 7-kunida singamuslar
parandaning kekirdagiga o„tadi va u yerda juda tez o„sib rivojlanadi hamda 3–7 kun
davomida jinsiy voyaga yetadi.
Parranda zararlanganidan 17–20 kun o„tgach, singamus tuxumlari axlat bilan
tashqariga chiqa boshlaydi va bu jarayon 27–35 kun davom etadi. Singamuslar tuxum
qo„yib bo„lgandan keyin yana 5–7 kun yashaydi va asosiy xo„jayini tanasida ularning
yashash muddati 2 oy atroflda bo„ladi.
Singamuslarning rivojlanishi to„g„ridan-to„g„ri yoki rezervuar xo„jayinlar orqali
ham borishi mumkin. Singamuslarning invazion tuxumlarini tashqi muhitda ayrim
umurtqasiz hayvonlar (yomg„ir chuvalchanglari, suv va quruqlikda yashovchi
mollyuskalar, ko„poyoqlar, uy pashshalari) yutib, ular organizmida lichinkalar paydo
bo„ladi va uzoq vaqtgacha hech qanday o„zgarishsiz yashaydi. Yuqorida keltirilgan
umurtqasiz hayvonlar, ayniqsa, yomg„ir chuvalchanglari singamuslar uchun rezervuar
xo„jayin vazifasini bajaradi.
Demak, parrandalar singamuslar bilan invazion tuxumlarini yutish va rezervuar
xo„jayinlarini yeyish orqali parazitni o„zlariga yuqtiradi.
Singamuslarning rezervuar xo„jayinlari sifatida yomg„ir chuvalchanglaridan-
Lumbricus, Allolobophora, Eisenia urug„lari vakillari, quruqlikda yashovchi mollyus-
kalardan-Agriolimax, Helix, Helicella urug„lari vakillari va pashsha lichinkalari
aniqlangan.
Singamuslar parrandalarning kekirdagida parazitlik qilib, ko„payib ketganda
nafas olish yo„llarini berkitib, o„pkaga havo o„tishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, keng
va kuchli kapsulasi yordamida kekirdak devorlariga yopishib, uni og„ir shikastlaydi.
Jo„jalar kuchli zararlanganda bo„ynini cho„zadi, og„zini katta ochib, esnashga o„xshab
harakat qiladi. Kasallangan jo„jalar ozib ketadi va ba‟zan halok bo„ladi.
Singamoz bilan kasallangan parrandalarni davolash uchun yodning suvdagi
eritmasini o„tmas uzun ignali shpris yordamida ularning og„iz va hiqildoqlari orqali
kekirdagiga yuboriladi. Kasallangan jo„jalarni tetramizol, tiabendozol, yodofen va
mebenvet kabi preparatlar bilan ham davolashadi. Xonaki parrandalar boqiladigan
joylarga yovvoyi parrandalar kelmasiigi kerak.
Nematodalar sinfining vakillari faqat odam va hayvonlarda parazitlik qilmasdan,
balki bir qancha turlari o„simliklarda ham parazitlik qiladi. Hozirgi vaqtda ayniqsa, ildiz
bo„rtma nematodalari o„simliklarga katta zarar yetkazadi. Ular bug„doy, lavlagi,
kartoshka, piyoz, bodring, pomidor, sabzi, qovun, tarvuz, g„o„za, kungaboqar, loviya,
mosh, tut, tok va boshqa 200 dan ortiq sabzavot, poliz, texnika o„simliklari va
daraxtlarga zarar yetkazadi.
Sitrus nematodasi sitrus o„simliklari (limon, apelsin va bosh.) ildizlarida
parazitlik qiladi.
Bug„doy nematodasi (Anguina tritici) o„simlik nematodalari ichida eng yirigi
hisoblanadi (76-rasm).
Erkagining uzunligi 2,5 mm, urg„ochisiniki esa 5 mm atrofida bo„ladi. Bu
nematoda bug„doy va boshqa boshoqli ekinlarga zarar yetkazadi. Zararlangan
bug„doyning boshog„ida don o„rnida qora yoki jigarrang bo„rtma (tugunak) hosil
bo„ladi. Tugunak ichida 15-17 mingtagacha nematoda lichinkalari bo„lib, ular quruq
holda oziqlanmay 20-28 yilgacha yashashi mumkin. Urug„lik bug„doylarga aralashgan
tugunaklar ichida yotgan lichinkalari bilan birga yerga tushadi. Namlikda lichinkalar
tugunakdan chiqib, yangi unayotgan bug„doy maysasining ildiziga kirib, tanasidan
yuqoriga ko„tariladi va barg qo„ltig„iga keladi. Bug„doy gullay boshlaganda lichinkalar
gul g„unchalari ichiga kiradi va gulning kurtagi (murtagi) bilan oziqlanib, tugunak hosil
qiladi. Tugunak ichida lichinkalar jinsiy voyaga yetadi. Bitta tugunakda 40-50 tagacha
nematoda bo„ladi.
|