57-rasm. O„rdaklar porrotsekumi (Porroceacum crassum)ning rivojlanish sikli: 1-yetuk gelmint;
2-yetilmagan va 3-yetilgan tuxumi; 4-lichinkasi; 5- porrotsekum lichinkasi bilan zararlangan yomg„r
chuvalchangi.
Asosiy kurash choralaridan biri–qo„zg„atuvchining rivojlanishidagi «biologik
zanjir»ni uzishdan iborat. Buning uchun jo„jalar alohida, porrotsekumning invazion
elementlari bo„lmagan yaylov va suv havzalarda boriladi. Shuningdek, o„rdak jo„jalarini
tuxumdan chiqqach, uch oygacha suvga tushirmasdan quruqlikda boqish ham maqsadga
muvofiqdir.
Bolaiar gijjasi (Enterobius vermicularis) hamma joyda tarqalgan, juda mayda,
ya‟ni urg„ochisining uzunligi 10–12 mm, erkaginiki esa, 2–5 mm bo„ladi (58-rasm).
O„tkir dumli nematoda deb atalishiga sabab shuki, urg„ochisining tanasi dum
qismiga tomon o„tkirlashgan, ingichkalashgan bo„ladi. Erkagi tanasining keyingi uchi
spiralsimon buralgan. Tanasining bosh tomoni qavarib chiqqan va kengaygan kutikula-
vezikula bilan o„ralgan. Erkagining askaridadan farqi – dum tomonida bitta spikulasi
borligidir (askaridada spikula ikkita bo„ladi). Og„zi uchta lab bilan o„ralgan.
Qizilo„ngachi sharsimon kengaygan bulbus bilan tugaydi. Bulbusda kutikulali chaynash
plastinkalari bor.
Qаtоr hоllаrdа entеrоbiоz qo„zg„аtuvchisining pаrаzitlik qilishi disbаktеriоz
pаydо bo„lishigа, ya‟ni ichаkning nоrmаl mikrоflоrаsi buzilishigа оlib kеlаdi, bu esа o„z
nаvbаtidа, ichаk funksiyasining buzilishi vа ich kеtishining rivоjlаnishi, o„tkir ichаk
infеksiyalаri vа аppеnditsid хаvfini оshirаdi.
5
4
2
3
1
58-rаsm. Bоlаlаr gijjаsi (Enterobius vermicularis): а-urg„оchisi; b-erkаgi; 1-оg„zi;
2-vеzikulа o„simtаsi; 3-qizilo„ngаchi; 4-bulbusi; 5-o„rtа ichаgi; 6-jinsiy tеshigi;
7-9-jinsiy sistеmаsining bir qismi; 10-аnаl tеshigi.
Bolalar gijjasi odamlar, ayniqsa, yosh bolalar ingichka ichagining ikkinchi
yarmida va yo„g„on ichagida parazitlik qiladi. Urug„langan urg„ochi gijjalar tunda anal
teshikdan faol harakatlanib, anus atrofiga chiqadi va bu yerda teri burmalariga 10–20
mingga yaqin tuxum qo„yadi.
Tuxum qo„yishdan oldin gijjalar suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik yordamida
tuxumlar teriga yopishadi. Parazit anal teshigi atrofiga chiqib o„zidan suyuqlik chiqarib,
tuxum qo„yayotganida bu joyni qichitadi. Natijada bola juda bezovtalanadi va beixtiyor
qashinadi. Urg„ochi gijja tuxum qo„yib bo„lganidan keyin burishib o„ladi. Qo„yilgan
tuxum 4–6 soatda yuqumli holatga keladi. Bu parazitning urg„ochisi 25–30 kun
yashaydi. Erkagi urg„ochisini otalantirgach, o„lib ketadi.
Gijja bilan kasallangan bola kam uxlaydi, asabiylashadi, injiq bo„ladi, ishtahasi
yo„qoladi, ko„ngli ayniydi, qorni og„riydi va boshi aylanadi. Bola qashingan paytda gijja
tuxumlari ichki kiyimlarga, barmoqlariga, tirnoqlari orasiga o„rnashib qoladi va qo„lini
yuvmasdan ovqatlansa yoki barmoqlarini og„ziga solsa, parazit tuxumi bolaning ichiga
tushadi. Tuxumdan lichinka chiqib, o„sib rivojlanadi va 2-haftadan keyin voyaga yetadi.
a
b
Shunday holatda ostritsa bolaning ichida bir necha yil davomida saqlanadi. Gijja tuxumi
kiyimda va polda uzoq saqlanishi mumkin. Gijja pashshalar, suvaraklar va boshqa
hasharotlar orqali ham tarqaladi. Bolalar gijjasi bilan kurashish uchun shifokorlar
bemorlarga issiq suv va margansovka eritmasi bilan klizma qilishni buyuradilar, ammo
bu yaxshi natija bermaydi. Gijja bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun vankin,
kombantrin, vermoks, piperazin, medamin, adipinat kabi dorilar qo„llaniladi. Gijja
yuqishi yoki qayta yuqishidan bolani saqlash uchun yoshligidanoq sanitariya-gigiyena
qoidalariga o„rgatish lozim. Bolalarning tirnoqlarini kalta qilib olib, kiyimlarini
dazmollab kiyishga odatlantirish kerak. Bolalar gijjasini tushirish uchun yarim
stakandan kuniga 2 mahal 2–3 hafta davomida qizil sabzining suvini ichish lozim.
Umuman, ostritsalar avlodining 20 ga yaqin turi bor. MDHda odamlarda faqat
bitta turi, ya‟ni bolalar gijjasi parazitlik qiladi. Ostritsaning otlarda Oxyuris equi turi
parazitlik qiladi. Uning tana uzunligi 18 sm gacha boradi va oksiuroz kasalligini keltirib
chiqaradi.
Rishta (Dracuncuius medinensis) yoki drakunkul ipsimon ko„rinishdagi
nematoda bo„lib, O„rta Osiyo respublikalarida rishta (ip) deb ataladi. Mutafakkir olim
Abu Ali ibn Sino rishtani «irkalmedini» deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradigan
kasallikni birinchi marta o„rgangan allomadir.
Rishta ayrim jinsli bo„lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko„rinadi. Urg„ochisining
uzunligi 32 sm dan 150 sm gacha boradi, erkagi esa 12–30 mm atrofida bo„ladi (59-
rasm).
Rishta biogelmint (rivojlanish siklida oraliq xo„jayin ishtirok etadi) bo„lib,
rivojlanish siklida 2 ta xo„jayin qatnashadi. Rishtaning asosiy xo„jayini odam, ayrim
hollarda esa maymun, it, mushuk, tulki, chiyabo„ri, qoplon va boshqa sutemizuvchilar
hisoblanadi. Jinsiy voyaga yetgan parazit asosiy xo„jayinlarining terisi ostidagi
biriktiruvchi to„qimalarida va ko„pincha oyoq terisi ostida parazitlik qilib yashaydi.
Oraliq xo„jayini esa suvda yashovchi qisqichbaqasimonlardan – sikloplardir. Rishtaning
erkagi urg„ochisini otalantirgach, halok bo„ladi. Rishtaning urg„ochisi urug„langandan
so„ng, lichinkalar tug„ish uchun odamning qo„1-oyoqlari terisi ostiga ko„chadi va
ma‟lum vaqtdan keyin terida shishlar (pufakchalar) paydo bo„ladi. Bunday shishlar
suvga tekkanda (qo„1-oyoqlarni yuvganda yoki cho„milganda) yoriladi va ulardan
parazitning lichinkalari suvga tushadi.
Suvda rishta lichinkalarini sikloplar oziq sifatida yutib yuboradi. Siklop tanasida
lichinka rivojlanib, 12–14 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga aylanadi. Odam va
boshqa asosiy xo„jayinlar suv orqali zararlangan sikloplarni yutib yuboradi va rishtani
o„zlariga yuqtiradi. Asosiy xo„jayini ichagida sikloplar hazm sekretlari ta‟sirida hazm
bo„ladi, undan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qon aylanish sistemasiga o„tadi
va organizm bo„ylab migratsiya qiladi. Migratsiya davri tugallangach, rishtaning
lichinkasi bemorning teri osti yog„ qavatiga joylashib oladi va bir yildan keyin jinsiy
voyaga yetadi. Shundan so„ng urg„ochi rishtalar yana teri ostiga ko„chib, yuqorida
bayon etilgan hayot siklini takrorlaydi.
59-rаsm. Rishtа (Dracunculus medinensis) ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi: 1-аsоsiy хo„jаyini-оdаm
terisi ostida parazitlik qilayotgan jinsiy yetuk rishta; 2-odam organizmidan suvga tushayotgan rishta
lichinkalari; 3-rishtа lichinkаsi bilan zаrаrlаngаn siklоp; 4,5- rishtа lichinkаsi bilan zаrаrlаngаn
siklоpni suv bilan yutayotgan odam va it.
Dunyo bo„yicha sikloplarning 15 dan ortiq turlari rishtaning oraliq xo„jayini
hisoblanadi. MDHda esa 5 tur sikloplar rishtaning oraliq xo„jayini ekanligi aniqlangan.
Rishta keltirib chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi.
Agarda rishta kasallangan odam terisi ostida o„lsa, odam organizmiga parazitning
zaharli moddalari s‟o„riladi va natijada odam badanida har xil toshmalar (eshak yemi)
paydo bo„ladi, badan qichishadi, bosh aylanadi, nafas olish qiyinlashadi, organizm
oriqlaydi. Ba‟zan esa bo„g„inlarning yallig„lanishi, ko„ngil aynishi va qusish hollari ham
ro„y beradi.
Umuman, rishtaning atrof-muhitga keng tarqalishida asosiy manba- kasallangan
odam hisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya‟ni Afrika, Lotin
Amerikasi va Janubiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda rishta bilan yer
yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan. MDHda, O„rta Osiyoda, ayniqsa, Buxoroda
1930-yillargacha rishta odamlarda tez-tez uchrab turgan. Birinchi marta rishtani 1872-
yili A.P. Fedchenko topgan bo„lsa, A.M. Isayev esa Buxoroda rishtani rivojlanish siklini
to„liq o„rganib, uni yo„qotish chora-tadbirlarini ishlab chiqqan.
1932-yilda sobiq Ittifoqda rishta odamlarda batamom tugatilgan. Rishta
tugatilishining asosiy sabablari uning manbai bo„lgan hovuzlarni quritish yoki
dezinfeksiyalash, vodoprovodlar qurish, hovuziardan xom suv ichmaslik, oyoq-qo„llarni
suv ichadigan havzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan odamlarni aniqlab,
ularni davolashdan iborat bo„lgan. Hozirgi kunda rishta bilan zararlanish yovvoyi
hayvonlar o„rtasida uchrab turadi.
Avvalgi davrlarda rishtadan qutulishning birdan-bir chorasi nematodani cho„pga
o„rab asta-sekin teri ostidan tortib chiqarib olish bo„lgan. Hozirgi kunda ham bu usul
o„zining qimmatini yo„qotgani yo„q. Bundan tashqari, kasallik kimyoviy dorilar bilan
ham davolanadi. Bunday kimyoviy preparatlar qatoriga ambilgar, tiabendazol,
metronidazol va boshqalar kiradi.
Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurus) ning bosh tomoni uzun qilga
o„xshash ingichka bo„ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo„g„onlashib boradi (60-
rasm).
Qilbоsh nеmаtоdаlаr аsоsаn, оdаmlаrning yo„g„оn ichаgidа pаrаzitlik qilаdi. Ulаr
аyrim jinsli, erkаgining uzunligi 30–40 mm bo„lib, оrqа uchi spirаl kаbi burаlgаn
bo„lаdi. Urg„оchisining uzunligi 30–50 mm kеlаdi. Qilbоsh nеmаtоdаning оldingi
uchidа оg„iz bo„shlig„i vа qizilo„ngаchi jоylаshgаn.
Tаnаsining kеngаygаn оrqа qismidа esа o„rtа vа оrqа ichаklаr, оrqа chiqаruv
tеshigi vа jinsiy оrgаnlаr sistеmаsi jоylаshgаn. Qilbоsh nеmаtоdаlаr bоsh qismini o„z
хo„jаyini ichаk dеvоrigа sаnchgаn hоldа qоn bilаn оziqlаnаdi. Nеmаtоdаlаrning
urug„lаngаn tuхumlаri хo„jаyini ахlаti оrqаli tаshqаrigа chiqаdi.
Tuxum yetarli namlik va harorat bo„lgan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta
urg„ochi qilbosh nematoda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum
qo„yadi. Qulay sharoitda tuxum 20–30 kunda yuqumli holatga keladi.
Odam ko„pincha yuvilmagan sabzavot-mevalarni iste‟mol qilganida qilbosh
nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda
taxminan bir oydan keyin voyaga yetadi. Bu nematodalar odam organizmida 5 yilgacha
yashashi mumkin.
Qilbosh nematodalar trixotsefalyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik yer
sharining harnma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda ko„p uchraydi. Qilbosh
nematoda asosiy xo„jayini hazm organlarini yallig„laydi va bir qator
mikroorganizmlarning tushishiga yo„l ochadi. Nerv sistemasiga ta‟sir qiladi.
Trixotsefalyoz bilan kasallangan odamlar vermoks (mebendazol), difezil, naftamon,
osarsol va timak kabi dorilar bilan davolanadi.
Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik qiladi.
Masalan, cho„chqalarda-cho„chqa qilbosh nematodasi (Trichocephalus suis), qo„y,
echki va qoramollarda-Trichocephalus ovis, Trichocephalus skrjabini kabi turlari
parazitlik qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya qilish, meva
va sabzavotlarni yuvib iste‟mol qilish, axlatlarni dalaga ishlatishdan oldin
zararsizlantirish, hojatxonaga so„ndirilmagan ohak sepish kabi chora-tadbirlarni amaiga
oshirish lozim.
60-rаsm. Оdаm qilbоsh nеmаtоdаsi (Trichocеphalus trichiurus) ning tuzilishi va rivojlanish sikli:
a-urg„оchisi, b-erkаgi: 1-anal teshigi; 2-tuxum yo„li; 3-ichagi; 4-qizilo„ngachi; 5-jinsiy teshigi; 6-qin;
7-bachadon; 8-tuxumdon; 9-urug„ yo„li; 10-urug„don; 11-urug„ xaltasi:
v- odаm qilbоsh nеmаtоdаsining rivojlanish sikli sxemasi: 1-organizmdagi voyaga yetgan parazit;
2-urug„langan tuxumi; 3-yuqumli holatdagi tuxumi(ichida yetilgan lichinkasi bilan);
4-odamga yuqish omillari.
Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda (Ancylostoma duodenale) odamlarning
12-barmoqli ichagida parazitlik qiladi. Parazitning bosh qismi egilgan, qiyshiq bo„lib,
unda rivojlangan og„iz kapsulasi joylashgan (61-rasm).
v)
b)
a)
61-rаsm. Qiyshiqbоsh nеmаtоdа (Ancylostoma duodenale): а-urg„оchisi; b-erkаgi; d- qiyshiqbоsh
nеmаtоdаning og„iz qismi (оg„iz kаpsulаsidа kutikulyar tishchаlаri tаsvirlаngаn):
1-kutikulyar tishlari; 2-og„iz bo„shlig„i; 3-halqum; g- qiyshiqbоsh nеmаtоdаning rivojlanish sikli:
1-odam; qiyshiqbоsh nеmаtоdаsining xo„jayini; 2-tuxumi; 3-tuxumdan rabditsimon lichinkaning
chiqishi; 4-yuqumli lichinka.
Og„iz bo„shlig„ida o„tkir plastinka yoki juda kichik ilmoqchalarga o„xshash
«tish»lari bo„lib, ular yordamida parazit o„z xo„jayini ichagi shilliq pardasiga yopishib
qon so„rib oziqlanadi. Qon so„rgani uchun ham parazitning rangi qizg„ish bo„ladi. Ular
ayrim jinsli, urg„ochisining tana uzunligi 10-18 mm, erkaginiki esa 8-10 mm atrofida
bo„ladi. Erkagining orqa uchida bursa va spikula joylashgan. Qiyshiqbosh nematoda
geogelmint.
Uruglanishi xo„jayini ichagida o„tadi. Urg„ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga
yaqin urug„langan tuxum qo„yadi. Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay haroratda (26–
30°C da) bir-ikki kun ichida lichinka chiqadi. Bir hafta davomida lichinka 2 marta
tullab, yuqumli (invazion) davrga o„tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati
pasayganda, 1 m pastga tushadi. Harorat ko„tarilishi bilan yana tuproq yuzasiga chiqadi
va tuproqda 18 oygacha o„z hayotchanligini saqlab qoladi.
Odamlarning egribosh nematoda bilan zararlanishi asosan teri orqali ro„y beradi.
Bunda odam go„ng va har xil axlatlar tashlangan dalalarda hamda polizlarda
oyoqyalang yurganida parazit lichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Lichinkalar kirgan
joylarda har xil toshmalar hosil bo„lib, terini qichitadi, natijada teri usti qizarib shishadi.
Odam organizmiga kirgan lichinkalar terining mayda qon tomirlari orqali vena qon
a
b
d
2
1
2
3
1
4
3
tomiriga o„tadi va organizm bo„ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar qon bilan oyoqdan
o„pkaga, so„ngra halqumga o„tadi. Bu yerda odam lichinkalarni yutib yuboradi, bunday
lichinkalar 12-barmoqli ichakka borib o„rnashadi va tekinxo„rlik qilib, jinsiy voyaga
yetadi.
Egribosh nematodalar ichak devorida yaralar hosil qiladi va xo„jayini qonini
so„rib oziqlanadi. Bunday odam ozadi, ichakdan qon oqadi, natijada bemor kamqon
bo„lib qoladi. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bilan og„iz orqali (suv va oziq-
ovqat orqali) ham zararlanishi mumkin.
Qiyshiqbosh nematoda xususan janubda, namgarchilik ko„p bo„lgan joylardagi
aholi o„rtasida, ayniqsa, dehqonchilik bilan shug„ullanadigan, shaxtalarda ishlaydigan
odamlar o„rtasida keng tarqalgan.
Umumаn, qiyshiqbоsh nеmаtоdа qo„zg„аtаdigаn kаsаllik ankilostomoz deb atalib,
rasmiy ma‟lumotlarga qaraganda, yer yuzida u bilan 500 mln. ga yaqin odam
kasallangan.
Bu kasallik MDHda Kavkazortida, Qozog„iston va O„rta Osiyo Respublikalarida
yashovchi aholi o„rtasida ham uchraydi. O„zbekistonda Toshkent, Sirdaryo, Andijon,
Farg„ona va Buxoro viloyatlarida uchraydi. Egribosh nematodalar odam ichagida 2
yildan 5–8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun, avvalo,
egribosh nematodalar uchraydigan joylarda oyoqyalang yurmaslik, yer va o„t ustida
yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan suvga va ovqatga tushishiga yo„l
qo„ymaslik, ankilostomoz tarqalgan tumanlarda aholi o„rtasida muntazam ravishda
degelmintizatsiya o„tkazish, odam axlatining tashqi muhitda tarqalishiga yo„l
qo„ymaslik, iste‟mol qiladigan sabzavot va ko„katlarni qaynoq suvda yuvish, hovuz
suvini qaynatib ichish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Ankilostomoz bilan
og„rigan odamlar kombantrin, vermoks, naftamon, tetraxloretilin kabi dorilar bilan
davolanadi.
Trixinella (Trichinella spiralis) juda mayda, ya‟ni urg„ochisining uzunligi 3–4
mm, erkaginiki 1,5–2 mm atrofida bo„lib, asosan kalamush, it, mushuk, bo„rsiq,
cho„chqa va ba‟zan odamlarda parazitlik qiladi (62-rasm).
Trixinella rivojlanishining hamma davrini tashqi muhitga chiqmasdan, o„z
xo„jayinining ichida o„tkazadi. Voyaga yetgan trixinella ingichka ichakda yashaydi.
Urug„langan urg„ochilar ichak devoriga o„tib, 2 oygacha yashaydi va shu yerda 2
mingtagacha tirik lichinkalar tug„adi.
Lichinkalar ko„chib yuruvchanligi bilan diqqatga sazovordir, ya‟ni ular qonga
o„tadi va qondan ko„ndalang-targ„il muskul tolalarining orasiga kirib o„rnashib oladi.
O„rnashib olgan lichinkalar spiral shaklida buraladi va ularning atrofida shakli limonga
o„xshash kapsula hosil bo„ladi. Taxminan 5–6 oydan keyin kapsula ohaklanib qoladi,
ya‟ni kapsula devoriga ohak moddalari to„planadi. Har bir kapsulada 1 ta, 2 ta yoki 3 ta
lichinka bo„lishi mumkin.
Umuman, 1 kg trixinella bilan kasallangan cho„chqa go„shtida 10–12
mingtagacha lichinka bo„lishi mumkin. Kapsulaga o„ralgan trixinella lichinkasi to
xo„jayini o„lguniga qadar tirik holda saqlanadi, lekin rivojlanmaydi. Odam trixinella
lichinkasi bo„lgan cho„chqa go„shtini yaxshi qovurmasdan, yaxshi pishirmasdan
iste‟mol qilganda parazitni o„ziga yuqtiradi. Odamning ichagida hazm shiralari ta‟sirida
kapsula erib ketadi va trixinella lichinkasi ichak bo„shlig„iga chiqadi. Bu lichinkalar 2
kundan keyin voyaga yetadi va to„rtinchi kuni ichakning hujayralari orasida urchib,
muskullarga o„tadigan lichinkalar tug„adi. Erkaklari urg„ochilarini urug„lantirgach
o„ladi.
62-rаsm. Triхinеllа (Trichinella spiralis): А-urg„оchisi, B-erkаgi, V-muskul tоlаlаri ichidа kаpsulаgа
o„rаlgаn triхinеllа lichinkаsi, G-tаbiаtdа triхinеllаning аsоsiy tаrqаlish yo„llаri: 1-nеrv hаlqаsi; 2-
qizilo„ngаch hujаyrаlаri; 3-urg„оchisining jinsiy tеshigi;4-bаchаdоni; 5-tuхumdоni;
6-o„rtа ichаgi; 7-urug„dоni.
Trixinella tufayli vujudga keladigan kasallik trixinellyoz deyiladi. Minglarcha
trixinella lichinkalari odam ichak devorini teshib o„tganda, og„ir kasallikka va hatto,
o„limga ham olib kelishi mumkin. Bu lichinkalar ichakdan qonga o„tganda, qon orqali
muskullar orasiga borib joylashganda va kapsulaga o„ralganda ham bemorga qattiq azob
beradi. Umuman, trixinella bilan kasallangan odamlarning harorati ko„tariladi, ovqat
hazm qilish sistemasining ishi buziladi va muskullari og„riydi, ko„ngli ayniydi, yuzi va
qovoqlari shishadi. Trixinellyozning yashirin davri 10–25 kun davom etadi.
Trixinella odamlarga asosan cho„chqa go„shti orqali yuqadi. Cho„chqalarga esa
trixinella lichinkasi sichqon va kalamushlarning o„ligini yeyishlari orqali yuqadi.
Sichqon va kalamushlarga esa trixinella lichinkasi bir-birlarini yeyishlari yoki kasal
bo„lib o„lgan cho„chqa go„shtini yeyishlari natijasida o„tadi. Odamga trixinella
lichinkasi yovvoyi to„ng„iz, bo„rsiq va ayiq go„shtini yaxshi pishirmasdan yeyishi orqali
ham yuqishi mumkin.
Trixinella bilan kasallanmaslik uchun, avvalo, go„sht kombinat-larida va
bozorlarda veterinariya nazoratidan o„tmagan cho„chqa go„shtini sotmaslik va ovqatga
ishlatmaslik kerak. Iste‟mol qilinadigan cho„chqa go„shtini yaxshilab qovurish va
pishirish kerak. Trixinelladan saqlanish uchun cho„chqa og„ilxonalari va atrofini
sementlash, cho„chqachilik xo„jaliklari atrofida uchraydigan kalamush, sichqonlarga
3
2
1
4
5
6
7
2
qarshi kurash choralarini olib borish va trixinelladan o„lgan hayvonlarni albatta
kuydirish kerak. Trixinellyoz bilan kasallangan odamlarni esa vermoks, mintezol,
tiabendazol, benzimidazol kabi dorilar bilan davolash tavsiya etiladi.
Vuxereriya yoki Bankroft ipchasi (Wuchereria bancrofti) asosan tropik va
subtropik
iqlimli
mamlakatlarda
keng
tarqalgan.
Odamlarda
vuxererioz
(elifantiazis), ya‟ni fil kasalligini paydo qiladi.
Bu ipsimon nematoda urg„ochisining uzunligi 10 sm, erkaginiki esa 4 sm keladi.
Voyaga yetgan chuvalchanglar limfa bezlarida, ichki a‟zolarning qon tomirlarida
parazitlik qiladi. Limfa yo„li berkilib qolishi tufayli limfa suyuqligi to„xtab qoladi,
zararlangan joy esa juda yo„g„onlashib ketadi.
Bu nematodaning rivojlanishi ikkita xo„jayinda boradi. Asosiy xo„jayini odam,
oraliq xo„jayinlari esa Anopheles, Culex va Aedes urug„lariga kiradigan chivinlar
hisoblanadi. Urg„ochi vuxereriyalar limfa tomirlarida juda ko„p tirik lichinkalar tug„adi.
Bu lichinkalar (mikrofilyariyalar) qon tomirlari tizimida aylanib yuradi. Kunduzi (odam
faolligi oshgan paytda) lichinkalar ichki a‟zolar qon tomirlarida yashasa, kechalari ular
periferik tomirlarga o„tadi (63, 64-rasmlar).
Kechqurun yoki tunda chivinlar kasallangan odamlaning qonini so„rganida
parazit lichinkalari chivin oshqozoniga va undan tana bo„shlig„iga o„tadi. Bu yerda
biroz o„sadi va so„ngra xartumi asosida to„planadi. Chivinlar qon so„rish uchun sog„lom
odam terisini teshganida, lichinkalar dastlab xartumdan teri ustiga chiqadi. So„ngra bu
lichinkalar o„zlari faol harakat qilib, xo„jayin tanasiga kiradi. Umuman, voyaga yetgan
parazitlar odam organizmida 17 yilgacha, lichinkalari esa 70 kun atrofida hayot
kechiradi.
Dostları ilə paylaş: |