37-rasm. Наг xil finnalar: A - sistserk. В - senur. D - exinokokk. E - sistiserkoid.
F - pleroserkoid: 1- pufak devoir; 2 – boshchasi; 3 - ichki qizlik pufaklari.
Tasmasimon chuvalchanglar sinfi 9 turkumga ega. Ulardan eng muhimlari
Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) va Zanjirsimonlar (Cyclophyllidea) turkumlarining
vakillari bo„lib, ular odam va chorva mollarining xavfli parazitlari hisoblanadi.
Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi vakillari birmuncha tuban darajada
tuzilgan: ayrimlarida gavdasi bo„g„imlashmagan yoki chala bo„g„imlashgan, bachadoni
ochiq, tuxumda rivojlangan lichinkasi kiprikli. Oraliq xo„jayinlarda rivojlanuvchi
lichinkalari chuvalchangsimon, voyaga yetganlarining boshchasi so„rg„ichlar va
ilmoqchalarga ega emas, unda faqat ikkita botriyalar, ya‟ni chuqurchalar bo„ladi, uch
xo„jayin ishtirokida rivojlanadi. Ushbu turkumga odamlar, it, mushuk va tulkilarning
ingichka ichagida parazitlik qiluvchi serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium
latum)ni misol keltirish mumkin.
Serbar tasmasimon chuvalchang tasmasimon chuvalchanglar sinfining eng uzun
va yirik vakili hisoblanib, odam hamda turli yirtqich sutemizuvchilarning (it, mushuk,
tulki, ayiq, bo„ri) ichagida parazitlik qiladi.
Tanasining uzunligi 10-15 m, ba‟zan esa 20 m gacha boradi, eni esa 3-4,5 sm
gacha yetadi.
Bo„g„imlar, ya‟ni proglottidalar soni har bir voyaga yetgan keng tasmasimon
chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo„g„imlarning eni bo„yiga nisbatan uzun bo„ladi.
Skoleksi, ya‟ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. Ularning
boshchasida so„rg„ich o„rrnida 2 ta chuqur egatchalar-botriylari mavjud, shu organi
yordamida ular asosiy xo„jayini ichak devoriga yopishadi.
Xitinli ilmoqchalari yo„q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar sistemasi
qoramol tasmasimonnikiga o„xshash, lekin keng tasmasimon chuvalchanglarda 3 ta
teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi, qolganlari esa qin va urug„
yo„llari teshigi hisoblanadi. Mazkur teshiklar boshqalarnikiga o„xshab proglottida-
larning yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi yuzasiga ochiladi. Oxirgi
bo„g„imlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar bo„lganligi uchun parazitning
nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang deyiladi. Yetilgan bo„g„imlar asosiy
xojayini tezagi orqali tashqariga chiqadi.
Urug„donlar har bir bo„g„imda 700–800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo„lib,
ikki bo„lakdan iboratdir. Yetilgan bo„g„imlardagi bachadonlar ham o„zining shoxlanishi
bilan boshqa tasmasimon chuval-changlardan farq qiladi.
Bachadon shoxlari uzun, har bir bo„g„imning markazida, ya‟ni o„rtasida
joylashgan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o„xshaydi.
Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo„jayin ishtirok etadi (38-
rasm). Asosiy xo„jayini – odam, mushuk, it, tulki, ayiq va boshqalar. Birinchi oraliq
xo„jayini suvda yashovchi mayda qisqich-baqasimonlar (siklop va diaptomuslar) va
ikkinchi oraliq xo„jayini (qo„shimcha xo„jayini ham deb ataladi) baliqlar (cho„rtan,
okun, losos) hisoblanadi.
Bunda asosiy xo„jayinda yetilgan keng tasmasimon chuvalchangning tuxumlari
axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi.
Oradan 3–5 hafta o„tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan koratsidiy
chiqadi. Koratsidiy sharsimon bo„lib, suvda kipriklari yordamida suzib yuradi.
Koratsidiylarning kiprikli epiteliyasi ostida 6 ilmoqli onkosfera bo„ladi. Koratsidiylarni
suvdagi qisqichbaqasimonlardan-sikloplar ozuqa sifatida yutib yuboradi.
Sikloplar ichida koratsidiylar kipriklarini yo„qotadi va onkosferalar ichak
devorini teshib tana bo„shlig„iga o„tadi. Bu joyda onkosfera keyingi lichinkalik stadiyasi
proserkoidga aylanadi.
Proserkoidning bosh qismida 6 ilmoqli yumaloq, kichkina o„simta bo„ladi.
Proserkoidning rivojlanishi 3 haftacha davom etadi. Keyinchalik bunday lichinkalar
bilan zararlangan sikloplarni cho„rtan, nalim va ba‟zi losossimon baliqlar yutib
yuboradi. Proserkoidlar baliq oshqozonidan muskullar, jigar va boshqa organlariga
o„tadi hamda keyingi lichinkalik davri-pleroserkoidga aylanadi. Pleroserkoidning
uzunligi 10–15 mm bo„lib, bosh qismida so„rg„ichlar – botriylari aniq shakllangandir.
Bu lichinkalik stadiya yuqumli hisoblanadi.
Odamlar xom va chala pishirilgan pleroserkoidli baliq go„shtini yoki ikrasini
iste‟mol qilganda, serbar tasmasimon chuvalchangni o„zlariga yuqtiradilar. Odam
organizmida 21–36 kundan keyin plerotserkoiddan 8–15, ba‟zan 20 m uzunlikdagi
jinsiy voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchang yetishadi. Shuni ham aytib o„tish
kerakki, bu parazitning rivojlanishida asosiy xo„jayin va ikkita oraliq xo„jayindan
tashqari, ayrim hollarda, yana rezervuar xo„jayin ham ishtirok etishi mumkin. Sunday
rezervuar xo„jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo„lib, ular plerotserkoid bilan zararlangan
mayda baliqlarni yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlardagi plerotserkoid yirtqich
baliqlar muskullariga va boshqa organlariga o„rnashadi va o„zining tiriklik holatini
saqlab qoladi. Masalan, bitta cho„rtan baliqda 250 tagacha plerotserkoid uchraganligi
aniqlangan. Bir sutkada kasallangan odam yoki hayvon ichagidagi parazit tashqi
muhitga 2,1 mln. gacha tuxurn chiqaradi.
38-rasm. Serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium latum)ning rivojlanish bosqichlari:
1- serbar tasmasimon chuvalchangning voyaga yetgan shakli; 2-asosiy xo„jayinlari; 3-parazit tuxumi;
4-koratsidiy lichinkasi; 5-birinchi oraliq xo„jayini-siklop; 6-proserkoid lichinkasi; 7-ikkinchi oraliq
xo„jayin (baliqlar); 8-pleroserkoid lichinkasi; 9-baliq muskulidagi pleroserkoidlar.
Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik difillobotrioz deb
ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko„proq yashashi mumkin.
Ular yirik bo„lganligi uchun juda ko„p ovqatni iste‟mol qiladi. Bir odam ichagida 143
tagacha parazit uchraganligi ma‟lum. Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh
og„rishi, ish qobiliyatining pasayishi, ko„ngli behuzur bo„lishi, ich yurishining
o„zgarishi kabi holatlar kuzatiladi. Odamda gemoglobin va eritrotsitlar miqdori kamayib
ketadi, bu esa kamqonlik kasalligini tug„diradi. Parazit o„zidan turli zaharli moddalar
ajratib chiqarib organizmni zaharlaydi.
Serbar tasmasimon chuvalchang daryo va ko„llar bo„yidagi aholisi ko„pincha
baliq bilan oziqlanadigan hududlarda keng tarqalgan (masalan, Kareliyada, Sankt-
Peterburg viloyatida, Boltiq bo„yida, Sibirda, Irtish, Ob, Lena, Yenisey, Amur, Pechora,
Neva, Volga havzalarida, Baykal ko„li atrofida yashaydigan aholi va yirtqich hayvonlar
ko„p zararlangan). Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari ko„riladi.
Jumladan, kasallangan odamlarni davolash, suv havzalarining ifloslanishini oldini olish,
2
3
4
1
9
6
8
zararlangan baliqlarni, ya‟ni yaxshi tuzlanmagan va yangi muzlatilgan baliqlarni,
ularning ikralarini iste‟mol qilmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi
tadbirlar amalga oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasal va oshqovoq urug„i bilan
davolanadi.
Kamar chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis) voyaga yetgan davrida
baliqchilar, loyxo„raklar va boshqa suvda suzib yuruvchi hamda suv bo„yida
botqoqliklarda yashovchi qushlar ichagida parazitlik qiladi. Ligulalarning tanasi
proglottidalarga bo„linmaydi, ammo ularning tanasida uzunasi bo„ylab ko„p marta
takrorlanadigan germafrodit jinsiy organlari bo„ladi. Voyaga yetgan ligula tanasining
uzunligi 15–100 sm atrofida, ikki uchi ingichkalashgan. Tanasining oldingi tomonida
ikkita botiridiyasi bor (39-rasm).
39-rasm. Kamar chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis) ning rivojlanish sikli: 1-jinsiy yetuk
ligula; 2-tuxumi; 3-koratsidiy; 4-proserkoid; 5-siklop; 6-pleroserkoid bilan zararlangan baliq.
Ligula ikkita oraliq xo„jayin orqali rivojlanadi. Tuxumi qush tezagi bilan birga
suvga tushadi. Tuxum suvga tushgach, undan 5-9 kundan keyin kipriklar bilan
qoplangan lichinka–koratsidiy chiqadi. Koratsidiy suvda 1-2 kun yashaydi. Uni birinchi
oraliq xo„jayin-diaptomus, sikloplar yutib yuboradi.
Qisqichbaqasimonlar tana bo„shlig„ida koratsidiylarni qobig„i yorilib, ichidan 6
ilmoqli lichinka-onkosfera chiqadi. Onkosfera qisqichbaqasimonlar tana bo„shlig„ida
proserkoid degan lichinkaga aylanadi. Proserkoid 10–15 kunda yetiladi. Ligulaning
ikkinchi oraliq xo„jayini chuchuk suv baliqlarining har xil turlari bo„lib, ular proserkoid
bilan zararlangan diaptomus va sikloplar bilan ovqatlanganda, bu lichinkalarni o„zlariga
yuqtiradi va baliqlarning gavda bo„shlig„ida 12-14 oydan keyin ligulaning uchinchi
lichinkalik dlavri pleroserkoidga aylanadi. Bu lichinkalar baliq tanasida 2-3 oy
parazitlik qiladi.
Pleroserkoidning uzunligi 50–80 sm atrofida bo„ladi. Pleroserkoidlar dastlab
baliqlarning terisini teshib tashqariga chiqadi va baliqlarning ko„plab qirilib ketishiga
sababchi bo„ladi. Ligulalar bilan ko„pincha karpsimon baliqlardan O„zbekiston suv
havzalarida qora baliq (marinka), zog„ora baliq, leshch, qizil ko„z baliqlar zararlanadi.
Umuman, ligulalar keltirib chiqaradigan kasallik ligulyoz deb atalib, suv havzalaridagi
baliqchilik xo„jaliklariga katta zarar yetkazadi.
Suvda va botqoqliklarda yashovchi qushlar (ko„k qo„ton, baliqchi, loyxo„rak,
o„rdak va boshqa qushlar) kasallangan baliqlarni yeb, bu chuvalchangni o„zlariga
yuqtiradi. Pleroserkoid qush ichagiga tushgandan 2-5 kundan keyin jinsiy voyaga yetadi
va tuxum qo„ya boshlaydi. Parazit qush organizmida qisqa, ya‟ni 3-4 hafta parazitlik
qiladi, so„ngra organizmdan tabiiy holda chiqarib tashlanadi.
Invaziyaning manbai bo„lib baliqxo„r qushlar hisoblanadi. Hovuz xo„jaliklarida
baliqlarning zararlanishi 40-100 % ga yetadi. Karp va oq amur chavoqlari
zooplanktonlar bilan oziqlanganda ligulyoz bilan kasallanishi mumkin. Agar ular
kattaroq yoshda ushbu kasallikka chalinsa, bu hovuzda zoobentosning yetishmasligidan
yoki sun‟iy ozuqalarning mavjud emasligidan va shuning uchun zooplakton bilan
oziqlanishga majburligidan dalolat beradi. Kasallikning avjga chiqishi va baliqlarning
nobud bo„lishi odatda bahorda va yozda qayd etiladi. Chunki bu vaqtda plerotserkoidlar
juda faollashadi. Kasallangan baliqning qorni shishib, ushlab ko„rilganda juda qattiq
bo„ladi. Kasal baliqlar suvning yuzasiga suzib chiqadi, oziqlanmay qo„yadi va vazni
bo„yicha sog„lom baliqlardan ancha ortda qoladi.
Zanjirsimonlar (Cyclophyllidea) turkumi vakillarida gavda to„lig„icha
bo„g„imlashgan. Ularning yetilgan bo„g„imlardagi bachadoni yopiq holda tuzilgan,
embrional taraqqiyoti bachadonda kechadi, tuxumda paydo bo„lgan lichinka – onkosfera
oraliq xo„jayinlari iste‟mol qilmaguncha tuxumdan tashqariga chiqmaydi. ikki xo„jayin
ishtirokida rivojlanadi, oraliq xo„jayini organizmida pufaksimon lichinka paydo bo„ladi.
Exinokokk (Echinococcus granulosus). Mahsuldor hayvonlarga va odamlarga
juda katta zarar keltiradigan tasmasimon chuvalchanglardan yana biri exinokokk
(Echinococcus granulosus) hisoblanadi. Voyaga yetgan exinokokkning shakli
tasmasimon bo„lib, uzunligi 2-6 mm atrofida, tanasi skoleks va 3–4 bo„g„imdan iborat.
Skoleksida 4 ta so„rg„ichi va xartumi bor. Xartumi ikki qator joylashgan, 28 tacha xitinli
ilmoqchalar bilan qurollangan. Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi bo„g„imlari
germafrodit bo„lib, unda 50 ga yaqin urug„don, urug„ tashuvchi naycha, jinsiy bursa,
tuxumdon, melis tanachasi va qin joylashgan. Oxirgi yetilgan bo„g„imi 400–800 ta
tuxum bilan to„lgan bo„ladi (40-rasm).
Voyaga yetgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go„shtxo„r yirtqich
hayvonlarning ichagida 6 oy, ba‟zan 1 yilgacha yashashi mumkin. Exinokokkning
yetilgan oxirgi bo„g„imlari asosiy xo„jayini axlati bilan tashqariga chiqariladi va bu
bo„g„imlar faol harakat qilib, 5–25 sm gacha bo„lgan masofani bosib o„tib, yem-xashak
hamda boshqa narsalarga o„z tuxumlarini sochadi.
40-rasm. Exinokokk (Echinococcus granulosus) ning rivojlanish sikli sxemasi.
Oraliq xo„jayinlar, ya‟ni qo„y, echki, qoramol, tuya, cho„chqa va boshqa o„txo„r
hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak bilan yutib, bu parazitni o„zlariga
yuqtiradi.
Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka – onkosfera
tezda ichakni teshib qonga o„tadi, so„ng hayvonlarning o„pkasi, jigari, buyragi va
boshqa organlariga borib joylashadi. Bu organlarda exinokokk pufagi hosil bo„ladi. U
juda sekin va uzoq o„sib, tobora kattalashib boradi.
Exinokokkning pufakli shakli 10–30 yilgacha ham o„sishi mumkin. Pufak ichida
exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkarisiga qayrilgan ilmoqchali
shakllar hosil bo„ladi. Exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlarning hajmi
kattalashib, shakllari o„zgarib ketadi.
Exinokokk pufaklari no„xatdek, yong„oqdek, olmadek, yosh bola boshiga teng
keladiganlari va undan ham katta bo„ladi. Masalan, exinokokk pufagi bilan zararlangan
sigir o„pkasida og„irligi 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan finna topilganligi va bunday
finnadan 43 litrdan ortiq suyuqlik olinganligi fanga ma‟lum. Bunday miqdordagi
suyuqlik xo„jayinining organizmini albatta kuchli zaharlaydi. Demak, exinokokk pufagi,
birinchidan, hajmining katta bo„lishi, ikkinchidan, birinchi pufak ichida ko„p miqdorda
ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining bo„lishi va har qaysi pufakchaning ichida bir
nechtadan bo„lajak tasmasimon exinokokkning boshlari – skolekslari bo„lishi bilan
boshqa tasmasimonlarning finnasidan farq qiladi.
Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalarning soni 10 tadan.
1000 tagacha bo„ladi. Asosiy xo„jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan organlarni
iste‟mol qilish natijasida ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi skolekslardan
jinsiy voyaga yetgan tasmasimon exinokokk hosil bo„ladi.
Exinokokk asosiy xo„jayini ichagiga tushgandan 70-100 kundan keyin jinsiy
voyaga yetadi va tuxumlarini chiqaradi. Exinokokk keltirib chiqaradigan kasallik
exinokokkoz deb ataladi. Bu kasaliik yer yuzining turli mintaqalarida keng tarqalgan.
MDH mamlakatlarida hamma respublikalar chorvachilik xo„jaliklarida keng tarqalgan
va chorvachilikka hamda inson sog„ligiga katta zarar yetkazadi. Ilmiy ma‟lumotlarga
qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh qo„ydan o„rtacha 2,5 kg go„sht, 300 g
yog„, 100 g jigar va 400 g o„pka hamda jun mahsulotlari kam olinadi. Exinokokkning
lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham ko„plab uchraydi. Masalan, Urugvayda 10 yil
mobaynida 3780 odam exinokokkoz bilan kasallangan. MDHda exinokokkoz Ukraina,
Gruziya, Ozarbayjonda va O„rta Osiyo mamlakatlarida odamlarda uchrab turadi.
Exinokokkning pufakli shakli faqat jarrohlik yo„li bilan olib tashlanadi. Shuning uchun
ham bu kasallikka qarshi kurashishning yagona choralaridan bir-profilaktika tadbirlari,
ya‟ni kasallikning kelib chiqishiga yo„l qo„ymaslikdir. Buning uchun daydi va qarovsiz
itlarning sonini kamaytirish kerak. Chorvachilik xo„jaligidagi hamda ov itlarini
muntazam ravishda degelmintizatsiya qilish, ya‟ni gijjaga qarshi dorilar berib turish
kerak. So„yilgan mollarning exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini itga
bermasdan, yo„qotish hamda zararsizlantirish lozim.
Odamlar aksariyat hollarda itlarga yaqinlashganda, ularni silaganda, boshqa
go„shtxo„r hayvonlarni ovlaganda, terisini shilganda exinokokk tuxumini o„ziga yuqtirib
oladi. Chunki itlarning va boshqa go„shtxo„r hayvonlarning junida ko„plab exinokokk
tuxumlari bo„ladi. Shuning uchun ham odamlar sanitariya-gigiyena qoidalariga qattiq
rioya qilishlari hamda itga ehtiyot bo„lib muomala qilishlari kerak. Exinokokkozni
aniqlash asosan immunologik usullar orqali olib boriladi. Bu kasallik rentgen usulida
ham aniqlanadi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus). Qoramol
tasmasimon chuvalchangi asosan, odamlarning ingichka ichagida parazitlik qilib hayot
kechiradi (41-rasm).
Parazitning tana uzunligi 4–10 m gacha boradi. Eni esa 12–14 mm atrofida
bo„ladi. Gavdasi bosh (skoleks), bo„yin va mingga yaqin proglottidalardan iborat.
Skoleksida 4 ta so„rg„ichi bo„ladi. So„rg„ichlari o„rtasida rudiment ko„rinishdagi
xartumi bo„lib, unda xitinli ilmoqchalar bo„lmaydi. Shuning uchun ham qoramol
tasmasimoni qurollanmagan tasmasimon deyiladi.
Jinsiy organlari sistemasi taxminan 200-bo„g„imdan paydo bo„la-boshlaydi.
Germafrodit bo„g„imlarida avval erkaklik, so„ngra urg„ochilik jinsiy a‟zolari yetiladi.
Urug„donlar soni har bir proglottidda 1000 ga yaqin, bir dona tuxumdoni esa ikki
bo„lakli.
Gavdasining oxiridagi yetuk bo„g„imlarda bachadon shoxlangan va asosiy
bachadon o„qidan yon tomonlariga 18–35 tadan o„simtalar o„sib chiqadi.
41-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning tashqi tuzilishi va
taraqqiyot sikli: 1-voyaga yetgan sestoda; 2-asosiy xo„jayini; 3-harakatchan bo„g„in; 4-onkosferali
tuxum; 5-oraliq xo„jayini; 6-finna (sistiserk); 7-asosiy xo„jayin ichagida sestodaning rivojlanishi; 8-
sistiserk bilan zararlangan hayvon go„shti.
Bu o„simtalar o„z navbatida yana shoxlanib, butun proglottida yuzasini egallab
oladi. Eng oxirgi yetilgan proglottidaning uzunligi 16–20 mm, eni esa 4–7 mm bo„lib,
ular strobiladan yakka-yakka ajralib, tashqi muhitga chiqadi. Qoramol tasmasimonining
lichinkalik stadiyasi – sistiserk ham parazitlik qilib hayot kechiradi. Sistiserkning shakli
ovalsimon ko„rinishda, no„xat kattaligiday bo„ladi. Uning ichida 4 ta so„rg„ichli skoleksi
joylashgan. Sistiserk qoramollarning go„shti orasida yashaydi va u finna deyiladi.
Demak, qoramol tasmasimoni biogelmint bo„lib, odam bu parazitning yagona asosiy
xo„jayini hisoblanadi. Qoramol, buyvol, zebu va qo„toslar esa oraliq xo„jayinlardir.
Odamlar asosan xom, chala pishirilgan yoki chala qovurilgan fmnali mol go„shtini
iste‟mol qilganda, bu parazitni o„zlariga yuqtiradi.
Odam organizmiga tushgan sistiserkning po„sti oshqozon shirasi hamda o„t
suyuqligi ta‟sirida eriydi va undan chiqqan lichinka so„rg„ichlari yordamida ichak
devoriga yopishib rivojlana boshlaydi hamda 2–3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi.
Oxirgi yetilgan harakatchan bo„g„imlar bittadan uzilib tashqariga chiqadi. U odam
organizmida 18–20 yil va undan ham ortiqroq yashashi mumkin va har yili 600 mln.
gacha, umri davomida esa 1 mlrd. gacha tuxum qo„yadi.
Qoramol tasmasimonining odam ichagidagi rivojlanish siklini rus olimlari J.K.
Shtrom va F.F. Tolizin tomonidan chuqur o„rganilgan. Bu olimlar o„z hayotlarini xavf
ostida qoldirib, qoramol tasmasimoni tuxumini yutib, uning rivojlanishini va
organizmga ko„rsatadigan ta‟sirini o„zlarida tajriba o„tkazib sinab ko„rishgan. Ularning
olib borgan tajribalariga ko„ra xo„jayin ichagidan har kuni parazitning 10–11 ta yetilgan
bo„g„imlari alohida-alohida tashqariga chiqadi. Bitta bo„g„imda 145–175 mingtagacha
5
4
3
2
1
7
8
6
tuxum bo„ladi. Qoramol tasmasimoni-ning yetuk proglottidalari odam eskrementi orqali
tashqi muhitga chiqib, turli mexanik va fizik ta‟sirlar natijasida yorilib, ichida 6 ilmoqli
lichinkasi (onkosfera) bor tuxum atrof-muhitga tarqaladi. Voyaga yetgan parazit bir
kecha-kunduzda odam organizmidan tashqi muhitga 300 mingdan 5 mln. tagacha tuxum
chiqaradi.
Qoramollar yem-xashak, suv va ba‟zan odamning najasini iste‟mol qilishi orqali
parazit tuxumini o„ziga yuqtiradi. Mollar oshqozonida shiralar ta‟sirida parazit
tuxumining po„sti erib ketadi va undan chiqqan lichinka-onkosfera ilmoqchalari
yordamida me‟da yoki ichak devorlarini teshib qon tomiriga o„tadi. U qon bilan
organizmga tarqaladi va skelet muskullari, yurak, ko„z, bosh miya va boshqa organlarda
o„rnashib rivojlanadi. Ma‟lum vaqtdan, ya‟ni 4–6 oydan keyin no„xat kattaligidagi
pufaksimon shaklga aylanadi. Bu davr finna, u keltiradigan kasallik esa finnoz deyiladi.
Umuman, qoramol tasmasimonining jinsiy voyaga yetgan davri teniarinxus
(Taentarynchus saginatus), keltirib chiqaradigan kasalligi esa teniarinxoz deyiladi.
Lichinkalik davrida (Cysticercus bovis) hosil qiladigan kasallik esa sistiserkoz deb
ataladi. Bundan ko„rinib turibdiki, teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistiserkoz bilan
esa qoramollar kasallanadi.
Teniarinxoz yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika,
Avstraliya va Osiyoning ayrim mamlakatlarida odamlar bu kasallik biian ko„proq
kasallanadi. MDHda teniarinxoz Kavkaz ortida, O„rta Osiyo respublikalarida,
Qozog„istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida ko„proq uchraydi. O„zbekistonda bu
kasallik, ayniqsa, Xorazm viloyati aholisi o„rtasida keng tarqalgan (13%). Buning
asosiy sababi mahalliy aholi o„rtasida milliy taom mol go„shti qiymasidan tayyorlangan
«ijjan»ning (piyoz va garmdori qo„shilgan xom qiyma mol go„shtining) keng iste‟mol
qilinishidir.
Sistiserkoz kasalligi qoramollarda uchrab, chorvachilikka katta iqtisodiy zarar
keltiradi. Chunki sistiserkoz bilan zararlangan go„shtning narxi past bo„ladi. Shunday
go„sht faqat zararsizlantirilgandan keyingina iste‟mol qilishga ruxsat etiladi. Agarda
mol sistiserkoz bilan kuchli zararlangan bo„lsa, uning go„shti iste‟mol qilishga yaroqsiz
hisoblanadi. Bunday mollarning bir qismi kasallik boshlanishi davrida halok bo„ ladi.
Qoramollarning sistiserkoz bilan kasallanishi, ayniqsa, xonadonlarda boqiladigan
shaxsiy mollarda ko„proq uchraydi. Chunki ba‟zi xonadonlarda hojatxonalarning
yo„qligi, agarda bo„lsa ham sanitariya qoidalariga javob bermasligidandir.
Umuman, odamlardagi teniarinxoz va qoramollardagi sistiserkoz kasalliklarining
oldini olish uchun, avvalo, odamlardagi teniarinxoz kasalligini tugatish kerak. Buning
uchun aholi o„rtasida vaqti-vaqti bilan ommaviy tekshirishlar olib borish, kasallikning
bor-yo„qligini aniqlash lozim. Bemorlarni tezda davolash kerak. Teniarinxoz bilan
kasallangan odamlarni fenasal, oshqovoq urug„ini berib davolashadi. Kasallik
odamlardan qoramollarga yuqmasligi uchun aholi yashaydigan joylarda yopiq tipdagi
hojatxonalar bo„lishi va ular toza holda saqlanishi lozim. Qoramol go„shti veterinariya
nazoratidan o„tkazilishi kerak. Xom yoki chala pishgan qoramol go„shtini yemaslik,
xom qiymani tatib ko„rmaslik kerak. Qoramollarda finnozni davolash uchun
prazikvantel qo„llanil-moqda.
Dostları ilə paylaş: |