2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga hayvonlarda parazitlik qiluvchi
monogeniyalar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari to„g„risida ma‟lumot
berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi monogeniyalar sinfi vakillarining tuzilishi,
tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari to„g„risida ma‟lumot bera oladi.
Ikkinchi sаvоlning bаyоni:
Monogeniyalar (Monogenea) sinfi vakillari fanga qadimdan ma‟lum. 1858-yili
Van Beneden trematodalar sinfini saqlab qolgan holda, uning tarkibida monogenetik va
digenetik so„rg„ichlilar guruhlarini joriy qildi. Keyinchalik, 1863-yili I. Karus ana shu
guruhlarni kenja sinf darajasiga ko„tardi. Akademik B.Ye. Bixovskiy monogenetik
so„rg„iehlilarni chuqur o„rganib, bu guruhga kiruvchi hayvonlar mustaqil sinf ekanligini
ilmiy jihatdan asoslab berdi.
Monogeniyalar sinfiga 2500 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan, baliqlar,
amfibiyalar, reptiliyalar va suvda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda parazitlik qiladi.
Monogeniyalar asosan ektoparazitlardir. Faqat ayrim turlari ikkilamchi marta
endoparazitlikka o„tgan. Bunday turlar amfibiyalar va reptiliyalarning siydik xaltasida,
o„pkasida va tashqi organlar bilan tutash bo„lgan boshqa organlarida parazitlik qiladi.
Monogeniyalarning tanasi bo„yiga cho„zilgan, yassi yaproqsimon ko„rinishda
bo„lib, kattaligi 0,3 mm dan 2–3 sm gacha boradi.
Parazitning katta yoki kichik bo„lishi parazit xo„jayinining gavdasiga bog„liq.
Xo„jayinning gavdasi qanchalik katta bo„lsa, parazit ham shuncha yirik bo„ladi.
Monogeneyalar tanasining oldingi va oxirgi uchida xo„jayinlari organlariga
yopishib turish uchun xizmat qiluvchi maxsus moslamalar mavjud. Ular mustahkam
ilmoqchalar, so„rg„ichlar va boshqa shu xil «qurollar» ga ega. Ayrim turlarida bir qism
kiprikchalar saqlanib qolgan. Bu esa ularni turbellyariyalar bilan qarindosh ekanligidan,
aniqrog„i ulardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.
Hazm organlari tananing oldingi qismida joylashgan og„iz, tomoq va xaltasimon
yoki ikki shoxli uchi berk ichakdan iborat. Boshqa ichki organlari va teri-muskul
xaltasining tuzilishi turbellyariyalarnikiga o„xshash. Faqat sezgi organlari parazitizmga
o„tishi munosabati tufayli yaxshi rivojlanmagan, ayrim turlarida tanasining oldingi
qismida teskari o„girilgan ko„zlari mavjud.
Monogeneyalar germafrodit chuvalchanglar bo„lib, to„g„ri yo„l bilan, ya‟ni
xo„jayin almashtirmasdan rivojlanadi. Otalangan tuxumlaridan kiprikli ikki ko„zli,
xo„jayin tanasiga yopishishga xizmat qiluvchi organlarga ega bo„lgan onkomiratsidiy
deb ataluvchi lichinka paydo bo„ladi. Unda bosh nerv gangliyalari, protonefridiyalari,
hazm organlari ham rivojlangan bo„ladi. Bunday lichinkalar xo„jayin tanasiga yopishib
birmuncha o„zgarishlardan so„ng voyaga yetgan parazitga aylanadi.
Monogeniyalar sinfi vakillarining barcha hayotiy jarayoni bitta xo„jayinda o„tadi,
ya‟ni hayotiy jarayonida xo„jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo„lmaydi.
Odatda ikki individ jinsiy teshiklari tashqariga ochilgan old tomoni bilan bir-
biriga yopishadi va spermalarini almashishadi. Monogeniyalarning tuxumlari
sharsimon, ovalsimon va ipsimon bo„ladi. Urug„langan tuxum hujayralari suvga
chiqariladi. Tirik tug„uvchi turlari ham mavjud. Otalangan tuxumninig suvda
rivojlanishi natijasida ustki tomonidan kiprikchalar bilan qoplangan cho„ziq gavdali
lichinka chiqadi. Lichinka kiprikchalari yordamida suvda harakat qiladi. Lichinka
tanasining orqa uchida disk va ilmoqchalar, oldingi uchida esa ko„zlar, bezlar va og„iz
joylashgan. Ularda nerv va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Lichinkalarning keyingi
rivojlanishi xo„jayini organizmida ketadi, ya‟ni ular ma‟lum vaqt suvda erkin suzib
yurib hayot kechirgach, o„z xo„jayini tanasiga yopishadi va kiprikchalarini yo„qotib,
jinsiy voyaga yetadi. Shuni ham aytib o„tish kerakki, lichinkalarning voyaga yetish
muddati hamma tur monogeniyalarda ham bir xil bo„lmaydi. Masalan, daktilogirus
avlodining lichinkalari 7–9 kunda voyaga yetib, tuxum qo„ya boshlaydi. Baqaning
siydik pufagida parazitlik qiluvchi baqa ko„p so„rg„ichlisining lichinkalari o„z
xo„jayinlariga o„xshab 3 yildan keyin jinsiy voyaga yetadi.
Monogeniyalarning ayrim turlari baliqlarda parazitlik qilib, baliqchilikka katta
zarar keltiradi. MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina va Belorussiyada baliqchilik
xo„jaliklarida, ayniqsa, karpsimon baliqlarda monogeniyalardan daktilogirus urug„ining
turlari (Dactylogyrus vastator) ko„p tarqalgan bo„lib, daktilogiroz kasalligini keltirib
chiqaradi va bu kasallikdan yosh baliqchalar yoppasiga qirilib ketadi (33-rasm).
33-rasm. Karpsimon baliqlar jabrasi paraziti-Dactylogyrus vastator: A-jinsiy voyaga yetgan
chuvaichang; B-lichinkasi: 1-ko‟zi; 2-halqumi; 3-ichagi; 4-kopulyativ apparati; 5-tuxumli bacbadon;
6-qin; 7-sariqdonlar; 8-tuxumdon; 9-urug‟don; 10-yopishuv diski, yirik, o„rtancha va mayda chetki
ilmoqchalari bilan; 11-kiprikchalari.
Daktilogiruslarni 160 ta turi borligi aniqlangan. Bitta karp balig„ida 500 tagacha
parazit bo„lishi mumkin. Asosan bu parazit 1,5–5 sm li baliqlarni ko„proq zararlaydi.
Umuman olganda, daktilogiruslar bilan zararlangan epizootiya natijasida Ukraina,
Belorussiya, Qozog„iston, Gruziya na O„zbekistonning baliqchilik xo„jaliklarida
baliqlar qirilib ketganligi adabiyotlardan malum.
O„zbekistonning karp baliqlarida Dactylogyrusning quyidagi 4 ta turi:
Dactylogyrus vastator, D. extensus, D. anchoratus, D. minutus parazitlik qiladi. Yosh
baliqchalar jabralaridagi 8–100 ta parazit o„lim holatiga olib boradigan kasallikni
keltirib chiqaradi (34-rasm). Kasal baliqlar suv yuzasiga ko„tarilib chiqadi va havo
нetishmasligidan halok bo„ladi.
Daktilogiruslar baliqlarning jabralarida parazitlik qilib, jabraning epiteliya
to„qimasini yemiradi (34-rasm). Natijada baliqlarning nafas olishi qiyinlashadi. O„sish
va semirishdan to„xtaydi.
34-rasm. Daktilogiruslar bilan zararlangan baliq jabrasi.
Bir necha kun ichida ko„plab baliqlar nobud bo„ladi. Daktilogirusning uzunligi 1–
3 mm, ular baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o„sha joyga tuxum qo„yadi. Tuxumdan
kiprikli lichinka chiqadi. Lichinka shu joyda voyaga yetadi.
Profilaktik maqsadda eng avval parazitlarning suv havzasiga kirishiga yo„l
qo„ymaslik kerak. Yosh baliqlarning normal o„sishi uchun qulay sharoit yaratish lozim.
Yosh baliqlarni ota-ona baliqlardan darhol ajratish kerak. Agarda tabiiy nerest
o„tkazilgan bo„lsa, chavoqlarni ota-ona bilan birga qo„ymaslik kerak.
Qarshi kurash choralari asosan baliqlarni osh tuzining 5% eritmasida 5 daqiqa
saqlash lozim. Ammiakli vannada 0,1 % li eritma tayyorlash uchun 1 ml nashatir spirti 1
l. suvda eritiladi. Suv harorati 7–13° bo„lganda 1 daqiqa, 14-17° bo„lganda 30
sekunddan ortiq kasal baliqlarni saqlamaslik kerak. Bundan maqsad o„lgan va
harakatsiz parazitlarni baliq tanasidan yuvib tashlashdir.
Shuningdek, monogeniyalardan yana bir avlodi – girodaktilusning vakillari
(Gyrodactylus elegans) ham baliqlarning xavfli parazitlari hisoblanib, girodaktilyoz
kasalligini keltirib chiqaradi (35-rasm). Girodaktilus mayda monogeniyalardan bo„lib,
uzunligi 0,4–0,5 mm keladi. Girodaktilus biologik jahatdan juda qiziq. Ular ham
germafrodit bo„lib, bitta urug„doni va tuxumdoni bor, tirik lichinka tug„adi. Shuning
uchun parazit bachadonida doimo rivojlanayotgan embrionlari (lichinkalari) bo„ladi,
ya‟ni voyaga yetgan chuvalchang bachadonida faqat bitta tuxum bo„lib, bundan
partenogenetik yo„l bilan bitta embrion hosil bo„ladi. Bu embrion voyaga yetguncha
uning ichida ikkinchi embrion, ikkinchi embrionning ichida uchinchisi, uchinchisining
ichida esa to„rtinchisi shakllanadi. Bu jarayonning hammasi parazit bachadonida o„tadi.
Shunday qilib, girodaktilus tirik bola tug„adi va bunda bitta parazit to„rtta yosh
chuvalchangni tug„adi. Girodaktiluslar karp, zog„ora baliq, toban baliq (karas) va
boshqa baliqlarning terisi, jabralari va suzgich qanotlariga yopishib parazitlik qiladi.
Ular asosan, Ukraina, Belorussiya, O„zbekiston, Krasnodar o„lkasida keng tarqalgan
bo„lib, yosh baliqlarni ko„plab nobud qiladi.
35-rasm. Baliqlar jabrasi paraziti-Gyrodactylus elegans:1-og„iz teshigi; 2-bezlari; 3-kopulyativ
organi; 4-ichagi; 5-to„rtta avlod embrionlari; 6-tuxum; 7-tuxumdon; 8-urug‟don; 9-yopishuv diskining
asosiy ilmoqlari; 10-yopishuv diskining chetki ilmoqlari.
Kasallangan baliqlar terisining rangi o„zgarib dog„lar paydo bo„ladi.
Girodaktiluslardan yana bir turi – nitsha ( Nitzchia sturiorus) Volga daryosida
osyotrsimon baliqlarga katta zarar keltiradi. Bu parazit sevruga balig„ini iqlimlashtirish
jarayonida Orol dengiziga ham kelib qolgan va mahalliy osyotrsimon baliqlarda (baqra
balig„ida) parazitlik qilishga o„tgan. Agar davolash choralari ko„rilmasa, kasallangan
yosh baliqlarning 90–95 % qirilib ketadi. Shuning uchun ham baliqlar bahor va kuz
oylarida 5 % li osh tuzi eritmasidan tayyorlangan suvda cho„miltiriladi. Oqmaydigan
hovuzlarning suvini 10–14 kun ichida chiqarib tashlab, hovuz quritiladi va qaytadan suv
bilan to„ldirilib, keyin baliqlar boqiladi.
Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi.
Shulardan biri baqa ko„p so„rg„ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi. Bu parazit
voyaga yetganida, baqaning qovug„ida so„rg„ichlari va ilmoqchalari yordamida yopishib
olib yashaydi. Bahorda baqalar tuxum qo„yayotgan paytda baqa ko„p so„rg„ichlisi ham
baqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqariga chiqib, suvga o„zining
urug„langan tuxumlarini tashlaydi.
Parazit tuxumidan suvga kipriklar bilan qoplangan, ko„zi bor, gavdasining orqa
qismida 16 ta mayda ilmoqchali diski bo„lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1–2
kun suvda suzib yurganidan so„ng, baqa tuxumidan chiqqan itbaliqlarning jabralariga
ilmoqchalari bilan yopishib oladi va kipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so„rg„ich va 2 ta
yirik ilmoqcha hosil qilib, jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo„ya boshlaydi.
Agar lichinka itbaliqda voyaga yetmasa, o„sha itbaliq baqaga aylanishi bilan
uning siydik pufagiga ko„chadi va shu yerda jinsiy voyaga yetib ko„payadi, ya‟ni
itbaliqning baqaga aylanish vaqtida uning jabrasi bekilib ketadi va o„pkaga aylanadi. Bu
paytda lichinka ichakka va bu joydan kloaka orqali siydik pufagiga ko„chib o„tadi.
Parazit lichinkasi bu vaqtda ko„p so„rg„ichliga aylanadi. U o„sadi va uchinchi yili jinsiy
voyaga yetadi. Demak, baqa ko„p so„rg„ichlisining hayot sikli xo‟jayini-baqaning hayot
sikli bilan bog„liq, ya‟ni baqa ko„p so„rg„ichlisi baqa singari uchinchi yoshida jinsiy
voyaga yetadi.
Shunday qilib, baqa ko„p so„rg„ichlisi rivojlanishi davomida jabralar ektoparaziti
holatidan qovuq endoparaziti holatiga o„tadi. Monogeniyalar ichida ko„pchiligi o„z-
o„zini urug„lantiradi. Lekin ayrim turlari borki, ularda o„z-o„zini urug„lantirishga
to„sqinlik qiluvchi omillar rivojlangan. Masalan, monogeniyalardan spaynik turi yosh
davrida yakka yashaydi. Keyinchalik parazitlar qorin so„rg„ichlari orqali bir-biriga
yopishib olib birining urug„ yo„li ikkinchisining tuxum yo„liga ochiladi. Natijada, ular
bir-birini urug„lantiradi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Monogeniyalarning so„rg„ichlilardan farq qiladigan belgilarini ko„rsating?
2. Monogeniyalarning vakillari baliqchilik xo„jaliklariga qanday zarar keltiradi?
9-mavzu: Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) va
sestodasimonlar (Cestodaria) sinflari
Fanni o„qitish texnologiyasi:
“Tasmasimon chuvalchanglar va sestodasimonlar sinflari” mavzusidagi ma‟ruza
mashg„ulotining texnologik xaritasi
№
Bosqichlar va bajariladigan
ish mazmuni
Amalga
oshiruvchi
shaxs, vaqt
1
Tayyorlov bosqichi:
1.1. Dars maqsadi: Talabalarga odam va hayvonlarda
parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar va sesto-
dasimonlar sinflari vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biolo-
gik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni
oldini olish choralari haqida ma‟lumot berish.
1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1.2.1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi tasma-simon
chuvalchanglar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqa-lishi,
biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda
ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.
O„qituvchi
1.2.2. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi sestodasimonlar sinfi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari haqida gapira oladi.
1.3. Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda ishlash, hikoya
qilish.
1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va
jadvallardan foydalangan holda o„rgatish.
1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va
jadvallar.
2
O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi:
2.1. Маvzu e‟lon qilinadi.
2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi.
O„qituvchi,
15 daqiqa
3
Guruhda ishlash bosqichi:
3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi.
3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga
chaqiriladi.
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi.
3.4. Umumiy xulosaga kelinadi .
O„qituvchi-
talaba,
40 daqiqa
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi:
4.1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi tasmasimon
chuvalchanglar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi,
biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda
ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bering.
Hayvonlarda parazitlik qiluvchi sestodasimonlar sinfi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari,
qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari haqidagi ma‟lumotlarni bayon qiling.
4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O„qituvchi,
15 daqiqat
5
O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O„qituvchi o„z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli
o„zgartirishar kiritadi.
O„qituvchi,
10 daqiqa
Аsоsiy sаvоllаr:
1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar sinfi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari
hamda ularni oldini olish choralari.
2. Hayvonlarda parazitlik qiluvchi sestodasimonlar sinfi vakillarining tuzilishi,
tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish
choralari.
Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. skoleks, strobila, botridiy,
onkosfera, sistitserk, senur, exinokokk, sistitserkoid, finna, koratsidiy, proglottid,
plerotserkoid,
1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga odam va hayvonlarda parazitlik
qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik
xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari haqida
ma‟lumot berish.
Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:
1. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar sinfi
vakillarining tuzilishi, tarqalishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari
hamda ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.
Birinchi sаvоlning bаyоni:
Tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillarining morfologiyasi va biologiyasini
o„rganishda shveytsariyalik zoolog O. Furman o„z ishlari bilan fanga (XX asrda) katta
hissa qo„shgan. Rossiyada parazit chuvalchanglar, shu jumladan, tasmasimon
chuvalchanglar faunasi rus olimlari N.A. Xolodkovskiy va V.A. Kler tomonidan
o„rganilgan.
Akademik K.I. Skryabin rahbarligida yozilgan «Sestodologiya asoslari» ko„p
tomlik asarlari MDH mamlakatlarida «Sestodologiya» fanini rivojlantirishda asosiy rol
o„ynaydi.
Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar endoparazitlar bo„lib, jinsiy voyaga
yetganlari ko„plab umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlar ichagida, kamdan-
kam turlari esa boshqa organlarda parazitlik qilib yashaydi. Ularning tanasi dorzoventral
tomonga yassilangan.
Hozirgi vaqtda sestodalarning 3000 dan ortiq turi fanga ma‟lum bo„lib, odam va
chorva mollari uchun eng xavfli parazitiardan hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglar
gavdasining uzunligi 1 mm va undan ham kichik bo„lgan juda mayda turlari bilan bir
qatorda juda ulkan turlari, masalan, qoramol tasmasimoni, keng tasmasimon
chuvaichanglarning uzunligi 10–15 m. va ba‟zan 18–20 m. gacha boradi.
Kashalotlarning ichagida parazitlik qiladigan Polygonophorus giganticus turining
uzunligi hatto 30-m gacha, eni esa 4,5 sm. keladi.
Sestodalarning gavdasi uch qismdan, ya‟ni bosh (skoleks), bo„yin va bo„g„imli
tanadan iborat. Gavdasining oldingi qismi ingichka ipsimon ko„rinishda bo„lib, uning
uchida skoleksi va undan keyin esa bo„yin qismi joylashgan. Skoleksi sestodalarning
yopishuv organlari hisoblanadi. Unda ixtisoslashgan yopishuv organlari, so„rg„ichlari,
botridiylar va xitinli ilmoqlar bo„ladi. Umuman, sestodalar skolekslar yordamida o„z
xo„jayinlarining ichak devorlariga yopishib, uzun gavdasini tutib turadi. Hamma jinsiy
voyaga yetgan tasmasimon chuvalchanglar o„z xo„jayinining oshqozon va ichaklarida
yashaydi.
Sestodalarning skolekslari va bo„g„imlari har xil shaklda tuzilgan (36-rasm).
Masalan, qoramol tasmasimon chuvalchangi skoleksida 4 ta muskulli so„rg„ichi bor,
so„rg„ichlari yumaloq yoki tuxumsimon shaklda bo„lib, ilmoqlari bo„lmaydi.
Keng tasmasimon chuvalchangda esa yopishuvchi tirqishi yoki botridiy
skoleksining ikki yonida joylashgan. Botridiy kuchli muskulli, juda qattiq yopishadigan
maxsus organ hisoblanadi. Ilmoq va ilmoqchalari ham har xil tuzilgan. Ular ko„pincha
skoleks markazida, so„rg„ichlar o„rtasidagi kichkina xartumchaga gultoj barglar singari
joylashgan.
36-rasm. Tasmasimon chuvalchanglar so„rg„ichlari va proglottidlari:
A-cho„chqa tasmasimoni; B-qoramol tasmasimoni; D-keng tasmasimon.
Cho„chqa tasmasimonida odatda to„rtta maxsus paypaslagichsimon xartumga
o„rnashgan ilmoqchalari bo„ladi. Bu xartumlar maxsus qinchaga kirishi mumkin.
Skoleksdan keyingi gavdaning kichik bo„limi-bo„yin bo„lib, u o„sish zonasi hisoblanadi,
ya‟ni u yerdan yosh bo„g„imlar shakllanadi.
Har xil sestodalar proglottidlarining soni turlicha bo„ladi. Ba‟zi turlarida
proglottidlarining soni 4000 ortiq bo„ladi, ammo ayrimlarida 3-4 ta proglottidlari
bo„ladi.
Tasmasimon chuvalchanglar tanasi teri-muskul xaltaga ega. Uning yuza qismi –
tegumenti morfologik jihatdan trematodalarnikiga o„xshash, fiziologik yoki funktsional
jihatdan esa umurtqalilar ichagining shilliq pardasini eslatadi. Unda bir necha hazm
fermentlari mavjud. Bulardan tashqari tegument sestodalarni asosiy xo„jayin ichagida
hazm bo„lib ketishdan saqlaydigan antiproteolitik fermentlar ishlab chiqadi. Tegument
ostida halqasimon, bo„ylama va dioganal muskul qatlamlari joylashgan.
Tasmasimon chuvalchanglarning chuqur parazitizmga o„tish oqibatida ularda
hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Shu sababli ular asosiy xo„jayinlarining
suyuq, hazm qilishga tayyorlangan oziqalar to„plangan ingichka ichak bo„shlig„ida
yashaydi va undagi bir qism oziqani butun tana yuzasi orqali osmos yo„l bilan shimib
oladi. Mikrotrixlarga ega bo„lgan tegument va chuvalchangning yassiligi ham oziqni
tanasining hamma qismiga o„tishiga yordam beradi.
Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo„ylab o„tadigan ikkita
ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi; oldingi
bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va
u yerda tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o„zaro
ko„ndalang naylar orqali qo„shilganidan ayirish sistemasi narvon ko„rinishga ega.
Tananing keyingi tomonida ayirish naylari birlashib kichikroq qovuqni hosil qiladi.
Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo„g„imlari bilan birga qovuq
ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo„lmasdan yon naylar to„g„ridan-to„g„ri tanadan
tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya
gangliylari va ulardan tana bo„ylab orqaga ketadigan nerv tomirlardan iborat. Nerv
tomirlari ko„ndalang nervlar bilan o„zaro qo„shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi.
Tananing ikki yonida joylashgan ikkita nerv tomirlari boshqalariga nisbatan kuchliroq
rivojlangan. Nerv tomirlaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to„rini hosil qiladi.
Sezgi organlari tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday
hujayralar skoleksda ayniqsa, ko„p bo„ladi.
Barcha tasmasimon chuvalchanglar germafrodit. Ularning bo„yinchasida va unga
yaqin joylashgan bo„g„imlarida jinsiy organlar bo„lmaydi. Ulardan keyin joylashgan
bo„g„imlarda dastlab erkaklik jinsiy organlari rivojlanadi, so„ngra esa urg„ochilik jinsiy
organlari paydo bo„la boshlaydi. Gavdaning o„rta qismida joylashgan proglottidlar
odatda germafrodit. Barcha jinsiy organlar yetilib bo„lgach, bachadondagi tuxumlarning
otalanishi ro„y beradi. Barcha tuxumlar otalanib bo„lgach, dastlab erkaklik jinsiy
organlari asta-sekin yo„qola boshlaydi, ulardan so„ng esa bachadondan tashqari boshqa
urg„ochilik jinsiy organlari ham yo„qolib ketadi. Ularning barchasini o„rnini bachadon
egallaydi. Shunday qilib tasmasimon chuvalchanglarning yetilgan so„nggi bo„g„imlarida
jinsiy organlardan faqat otalangan tuxumlarga zich to„la bachadon qoladi.
Tasmasimon chuvalchanglarning bachadoni ochiq va yopiq holda tuzilgan.
Agarda bachadon jinsiy teshikka ega bo„lsa, undagi tuxumlarning tashqariga ajralib
chiqishiga imkon yaratilgan bo„ladi. Bunday bachadonga ega bo„lgan sestodalarda
eskirgan bo„g„imlarning bir nechtasi birdaniga tashqariga uzilib tushadi, ular o„rniga
yangilari yetilib kelaveradi. Bachadoni ochiq sestodalardan tashqi muhitga yetilmagan,
ya‟ni lichinkasiz bo„lgan tuxumlar tushadi. Ularning embrional taraqqiyoti odatda
fastsiolalarniki singari suvda kechadi.
Bachadoni yopiq holda tuzilgan sestodalarda esa embrional taraqqiyot parazitning
tanasida, ya‟ni bachadonida kechadi, yetilgan bo„g„imlar esa tashqariga alohida-alohida
bo„lib, bittadan uzilib tushadi. Har bir uzilib tushgan proglottidlar tashqarida siljib
harakatlanadi va shu jarayonda bachadon yoriladi, ulardan yuqumli holga kelgan olti
ilmoqchali onkosferaga (lichinkaga) ega bo„lgan tuxumlar atrof-muhitga tarqaladi.
Quyida qoramol tasmasimoni misolida germafrodit jinsiy sistema bilan
tanishiladi. Bu parazitning oldingi tomonidagi yosh proglottidalarda jinsiy organlar hali
uncha rivojlanmagan bo„ladi. Jinsiy organlar, ya‟ni germafrodit bo„g„imlar parazitning
bo„ynidan boshlab sanalganda, taxniinan 200-proglottldada to„la-to„kis rivojlanadi.
Umuman, gavdaning o„rtasida joylashgan bo„g„imlarda erkaklik va urg„ochilik jinsiy
organlari yaxshi rivojlangan, parazit gavdasining eng oxiridagi proglottidalar tuxum
bilan to„lib turgani uchun yetilgan proglottidalar deyiladi. Chunki bu proglottidalarda
faqat urug„langan tuxumlar bilan to„lgan bachadon bo„ladi. Ayrim ma‟lumotlarga
qaraganda, har bir yetilgan bo„g„imda 175 mingtagacha tuxum bo„lishi mumkin.
Sestodalar biogelmintlar bo„lib, rivojianish siklida asosiy xo„jayindan tashqari,
bir yoki ikkita oraliq xo„jayin ishtirok etadi. Xo„jayin ichagidagi tasmasimon
chuvalchanglarning soniga qarab, ular turlicha urug„lanadi. Agarda xo„jayin ichagida
bitta chuvalchang bo„lsa, uning har bir proglottidalari o„zaro bir-birini urug„lantiradi.
Bitta proglottida bo„lsa, unda o„zini-o„zi urug„lantirishi ham mumkin. Xo„jayin ichagida
ikkita yoki bir necha chuvalchang bo„lsa, bunda har xil individ bir-birini urug„lantiradi.
Sestodalarning tuxumlari xo„jayini organizmidan axlatlari hamda proglottidalari
bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Agarda odam cho„chqa yoki qoramol tasmasimoni
bilan zararlansa, taxminan 75–91 kundan boshlab kuniga 6 tadan 11 tagacha yetilgan,
ya‟ni ichi tuxumlar bilan to„lgan bo„g„imlar tashqi muhitga chiqadi. Sestoda tuxumining
bundan keyingi rivojlanishi uchun uni albatta oraliq xo„jayini yutishi kerak. Bunda
cho„chqa tasmasimoni uchun oraliq xo„jayin-cho„chqa, qoramol tasmasimoni uchun esa
oraliq xo„jayin – qoramol hisoblanadi.
Sestodalar tuxumlari ichida 6 ilmoqli embrion, ya‟ni onkosfera deb ataluvchi
lichinka rivojlanadi. Ba‟zi tasmasimon chuvalchanglar tuxumlarining ichida esa 10
ilmoqli lichinka, ya‟ni likofora rivojlanadi.
Chuvalchanglarning tuxumlari turli yo„llar bilan (suv, yem-xashak va boshqa
yo„llar bilan) oraliq xo„jayinlarining organizmiga tushadi. Bu yerda tuxumning po„sti
yorilib, undan ilmoqli onkosfera lichinkasi chiqadi va bu lichinka ilmoqlari yordamida
ichak devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga o„tadi.
Ma‟lum vaqt qon tomirlarida suzib yurib, so„ngra biror organga (jigar, o„pka,
yurak, miya va muskulga) o„tib joylashadi. Bu yerda onkosfera ilmoqlarini yo„qotib,
o„sadi va ikkinchi pufaksimon lichinkalik davriga, ya‟ni finnaga aylanadi. Finna
boshqachasiga larvotsista deb ham ataladi. Bu esa parazitning yuqumli holati
hisoblanadi. Sestodalarning finnalari besh tipda bo„lib, ular sistitserk, senur, exinokokk,
sistiserkoid va pleroserkoid deb ataladi (37-rasm).
Yuqorida aytib o„tilgan har xil tipdagi lichinkalarni asosiy xo„jayinlar yutib
yuborsa, ularning ichagida pufakli lichinkalarning skoleksi tashqariga chiqadi va ichak
devorlariga yopishib oladi. Pufak bujmayib yo„qolib ketadi, bo„yin qismidan esa asta-
sekin yosh proglottidalar ajrala boshlaydi. Strobilatsiya, ya‟ni bo„g„imlarga bo„linish
jarayoni sestodalarning butun hayoti davomida davom etadi.
Bo„yin bo„g„imida yosh bo„g„imlar hosil bo„ladi va bu bo„g„imlar rivojlangan
sari, oldingi tomondan yana ham yosh bo„g„imlar hosil bo„ladi. Yetilgan bo„g„imlar esa
orqaga surila borib, oxirgi bo„g„imlar strobiladan uzilib, hayvon axlati bilan tashqariga
chiqariladi.
|