Gelmintolarvoskopiya. Bir qancha gelmintoz kasalliklarda (diktiokaulyoz,
protostronglidoz) hayvon tezagi bilan gelmint tuxumlari emas, balki ularning
lichinkalari tashqi muhitga chiqariladi. Bularni aniqlash uchun quyidagi maxsus usullar
qо„llaniladi.
Berman-Orlov usuli. Bu usul gelmintlarning harakatchan lichinkalarini tezakdan
suvga chiqarib chо„kmaga о„tkazishga asoslanadi.
Berman tuproqda yashovchi nematoda lichinkalarini topish va aniqlash uchun
mazkur usulni tavsiya etgan. Sо„ng Orlov mol tezagidagi diktiokaula lichinkalarini
topishda bu usulni qо„llagan. Orlov tavsiya etgan usul quyidagicha: yuqori tomonining
diametri 8-10 sm bо„lgan voronka olinib, uning oxirgi qismiga 15 sm uzunlikdagi rezina
naycha о„rnatiladi va Mor qisqichi bilan qisiladi. Voronka rezina naycha bilan sim tо„r
qо„yilgan holda shtativga о„rnatilib, 37-38° isitilgan suv quyiladi. Tо„rga gelmint
lichinkalarini aniqlash uchun tekshiriladigan 10-15 g tezak solinadi. Bir necha soatdan
sо„ng rezina naychaning pastki qismidagi suyuqlik sentrifuga probirkasiga quyilib
aylantiriladi va hosil bо„lgan chо„kma mikroskopda tekshiriladi.
Keyingi vaqtda bu usul bir necha marta modifikatsiya qilinib soddalashtirildi.
Voronkaga solinadigan suvni 37–38° isitish zarur emasligi aniqlandi, chunki tezakdagi
gelmint lichinkalari past temperaturadagi suvga ham chiqadi. Lekin suv issiqroq
bо„lgani ma‟qul, sababi, issiq suvda lichinkalar juda harakatchan bо„ladi.
Mor qisqichining о„rniga rezina naychaning uchiga probirkani kiydirish taklif
etilgan. Bunda sentrifugada aylantirilmaydi, chunki probirka ostidagi chо„kmada
lichinka bо„ladi. Berman-Orlov usuli bilan qо„y tezagini tekshirganimizda 1-1,5 soatdan
keyin gelmint lichinkalarini uchratamiz, lekin ekspozitsiyani qancha uzaytirsak,
ularning soni shuncha kо„payadi. Shuning uchun ekspozitsiyani ushlab turish vaqti aniq
belgilanmaydi, lekin 1-1,5 soatdan kam bо„lmasligi kerak. Qoramol tezagini
tekshirganda ekspozitsiya 6-7 soatdan kam bо„lmasligi lozim.
81-rasm. Cho„chqa gelmintlarining
tuxumlari:1-Ascaris sum; 2-Metastrongylus
elongates; 3-Trichocephalus suis; 4-Oesophagos-
tomum dentatum; 5-Macracanthorhynchus
hirudinaceus; 6-Strongyloides ransomi.
82-rasm. Qoramol gelmintlarining
tuxumlari:1-Trixostrongilid tuxumlari;
2-Neoascaris vitulorum; 3-Paramphis-
tomum cervi; 4-Moniezia benedeni.
0,05 mm
0,05 mm
Lekin shuni hisobga olish kerakki, 20° dan yuqori temperaturada 18–20 soatdan
sо„nggina strongilyat tuxumlaridan lichinkalar chiqadi, ular diktiokaulalar va
protostrongilid lichinkalarini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun yangi olingan
tezakni ham Berman-Orlov apparatida bir sutkadan ortiq saqlash mumkin emas. Issiq
joyda turgan tezakning apparatda turish vaqtini qisqartirish kerak.
Odatda Berman-Orlov usuli bilan bir yо„la bir necha о„nlab (ayrim vaqtda yuzlab)
namunalar tekshiriladi. Bunday vaqtda shaxmat tartibida ma‟lum kattalikda teshilgan
taxta voronkalar uchun shtativ vazifasini о„taydi.
7
83-rasm. Qo„y gelmintlarining tuxumlari:
1-Nematodirus spathiger; 2-Fasciola hepatica; 3-
Thysaniezia giardi; 4-Dicrocoelium lanceatum; 5-
Moniezia expansa; 6-Haemonchus contortus.
84-rasm. Ot gelmintlarining
tuxumlari:1-Parascaris equorum; 2-
Strongilid tuxumi; 3-Oxyuris equi;
4-Drascheia megastoma.
85-rasm. It gelmintlarning tuxumlari:
1-Echincoccus granulosus; 2-Taenia hydatigena;
3-Opisthorchis felineus; 4-Toxocara canis; 5-
Toxascaris leonine; 6-Uncinaria stenocephala.
86-rasm. Tovuq gelmintlarining
tuxumlari: 1-Prosthogonimus ovatus;
2-Heterakis gallinarum; 3-Ascaridia
galli; 4-Raillietina cesticillus.
0,05 mm
0,05 mm
0,05 mm
0,05 mm
Voronkalarni stakanchalar bilan (konussimon shaklda bо„lgani ma‟qul)
almashtirish ham mumkin. Stakanchaga suv quyib, unga tekshiriladigan tezak dokaga
о„ralgan holda tushiriladi. Bir necha soatdan sо„ng doka suvdan olinadi, suyuq qismi
tо„kilib, chо„kmasi buyum oynasiga quyiladi va mikroskopda tekshiriladi.
Tekshirilgandan sо„ng ishlatilgan voronka yoki stakanchalar, rezina naychalar, tо„rlar
yoki doka bо„lakchalari yaxshilab yuviladi va qaynatiladi. Chunki ularda qolgan
lichinka qoldiqlari keyingi tekshirishda qiyinchilik tug„dirishi mumkin.
Vayda usuli juda sodda, uni faqat qattiq sharsimon shakllangan tezaklarni
tekshirganda qо„llash mumkin. Buning uchun 5–10 ta sharsimon tezak soat oynasiga
yoki Petri idishiga solinadi va uning pastki tomonidan issiq suv quyiladi. 15–40
daqiqadan sо„ng sharsimon tezaklar olib tashlanib, qolgan suyuqlik mikroskopda
tekshiriladi. Bu usul ham gelmint lichinkalarining tezakdan suvga qalqib chiqishiga
asoslangan.
Lekin bu kam samarali va hayvon kuchli zararlangan taqdirdagina yaxshi natija
beradi, xolos. Chunki juda oz miqdorda tezak olinadi. Bu usul molxonalarda, dala yoki
shunga о„xshash sharoitda tekshirish uchun qо„llaniladi. Vayda usuli bilan tekshirish
vaqtida olingan salbiy natijani oxirgi natija deb bо„lmaydi.
87-rasm. G„oz gelmintlarining
tuxumlari: 1-Tschertkovilepis setigera;
2-Wangulcterakis dispar; 3-Capillaria
anseris; 4-Drepanidotaenia lanceolata;
5-Amidostomum anseris;
6-Trichosrrongylus tenus.
88-rasm. O„rdak gelmintlarining tuxumlari: 1-
Polymorphus magnus; 2-Streptocara crassicauda; 3-
Echinuria uncinata; 4-Filicollis anatis; 5-Tetrameres
fissispina; 6-Thominus anatis; 7-Hystrichis tricolor;
8-Diorchis stefanskii; 9-Hypoderaeum conoideum;
10-Porrocaecum crassum; 11-Notocotylus attenuatus.
0,05 mm
0,05 mm
Gelmintolarvoskopiya
usullariga
yana
har
xil
strongilyatoz
kasallik
qо„zg„atuvchilari va ularning lichinkalariga qarab, differensial tashxis qо„yish usulini
ham kiritish mumkin.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida parazitlik qiluvchi gelmintlarning
kо„p turi Strongylata kenja turkum vakillaridir. Hayvon tezagi bilan shu gelmint
tuxumlari ajraladi, odatda ular bir-biridan farq qilmaydilar. Shuning uchun ham
gelmintoovoskopiya usuli bilan strongilyatozlarga faqatgina umumiy tashxis qо„yish
mumkin. Turli xil strongilyatozlarda ba‟zan turli xil antigelmintiklarni qо„llash tavsiya
etiladi va oldini olish choralari ham birmuncha farq qiladi, shuning uchun tashxis
qо„yishda yanglishmaslik maqsadga muvofiqdir.
Strongilyatlar bir-birlaridan ikki marta po„st tashlab rivojlanishning uchinchi
davriga yetgan lichinkalari bilan farq qiladi. Bu quyidagicha bajariladi: 5 g tezak Petri
shisha idishga solinib, usti qopqoq bilan yopiladi va 25-30° li termostatga qо„yiladi. Har
kuni tezak solingan idishlar aeratsiya uchun bir oz ochiladi, agar tezak quriyotgan
bо„lsa, ular pipetka orqali suv bilan namlanadi. 6-8 kundan keyin lichinkalar kasallik
qо„zg„atish qobiliyatiga ega bо„ladi, ya‟ni rivojlanib, invazion davriga yetadi. Sо„ngra
ular Berman-Orlov usulida tezakdan ajratib olib, mikroskopda tekshiriladi.
Lichinkalarni 18-20° uy temperaturasida invazion holatga yetkazish mumkin. Bu
sharoitda lichinkalaming yetishish vaqti 10-12 kun davom etadi.
Strongilyatlarning kasallik qо„zg„atish qobiliyatiga ega bо„lgan lichinkalari juda
harakatchan bо„lganligi sababli mikroskopda ularning tuzilishini mufassal kо„rish qiyin.
Shuning uchun ularni harakatsiz holatga keltirish kerak. Buning uchun lichinkalar
bо„lgan chо„kmaga 1-2 tomchi formalin yoki yodning kuchsiz (0,1-0,2) eritmasi
tomiziladi yoxud chо„kma probirkada yo buyum oynasida 50–55° gacha qizdiriladi.
Bundan yuqori temperaturada lichinkalarning tuzilishi buziladi.
Strongilyatlarning kasallik qо„zg„atish qobiliyatiga ega bо„lgan lichinkalari ichak
hujayralari deb ataluvchi hujayralarning soni va shakliga, katta-kichikligi hamda dum
qismlarining tuzilishiga kо„ra bir-biridan farq qilinadi (89-rasm).
O„pkada parazitlik qiluvchi strongilyat lichinkalarini topish uchun yangi tezak
tekshiriladi, chunki vaqt о„tishi bilan ichak strongilyat tuxumlaridan lichinka paydo
bо„lib, tekshirishni qiyinlashtiradi. Protostrongylidae oilasiga kiruvchi о„pka strongilyat
lichinkalarining qobig„i bо„lmaydi, faqatgina bir necha kun tezakda turgan lichinkalarda
qobiq paydo bо„lishi mumkia. Shuni aytish kerakki, kavsh qaytaravchi hayvonlarning
yangi tezagini tekshirgan vaqtimizda о„pkada va miya pо„stlog„ida parazitlik qiluvchi
strongilyat lichinkalari va elafostron-gillardan tashqari, ularda Strongyloides papillosus
ning birinchi bosqichdagi va bir necha soatdan sо„ng paydo bо„ladigan lichinkalari ham
uchrashi mumkin. Strongilyatlarning kasallik qо„zg„atuvchi lichinkalarini о„stirgan
tezakni tekshirganimizda kasallik qо„zg„atadigan lichinka va gelmintlardan boshqa shu
oilaga mansub bо„lgan, ammo erkin hayot kechiruvchi vakillarini ham uchratish
mumkin.
Hozirgina tuxumdan chiqqan S. papillosus lichinkasining uzunligi 0,13–0,15 mm
bо„ladi. Lichinkaning qizilо„ngachi rabditsimon (ikki joyidan kengaygan) bо„lib, ichagi
yaqqol kо„rinib turadi, dum qismi esa ingichka bо„ladi. 8–10 soatdan keyin ularning
uzunligi 0,18–0,27 mm ga yetadi. S. Papillosus ning kasallik qо„zg„atuvchi lichinkasi
uzunchoq, yupqa filyariyasimon.
Tanasining uzunligi 0,386–0,612 mm, eni 0,022-0,026 mm. U uzun va tо„g„ri
lichinka tanasining 1/3 qismini tashkil etuvchi qizilо„ngachi bilan xarakterlanadi. Erkin
hayot kechiruvchi S. papillosus vakillari ham uchraydi, ammo ular juda mayda
nematodlar bо„lib, ayrim jinsli erkaklarining spikulalari juda qisqa, urg„ochilarining
bachadoni tuxumga tо„lgan bо„ladi (90-rasm).
Miqdoriy
gelmintokoprologik
tekshirish.
Yuqorida
aytib
о„tilgan
gelmintoovoskopik va gelmintolarvoskopik usul bilan u yoki bu og„irlikda yoki turli
hajmdagi tezakda tuxum lichinkalarning sonini sanash qiyin. Ammo bu usulda gelmint
tuxumini
sanash
invaziyaning
intensivligini
xarakterlaydi,
chunki
tezakda
gelmintlarning tuxum va lichinkalari qancha kо„p bо„lsa, hayvon organizmida
gelmintlar ham shuncha kо„p bо„ladi. Lekin shuni aytish kerakki, bular orasida qatiyan
bog„liqlik hukm surmaydi, chunki turli xil sabablarga kо„ra gelmint-larning tuxum va
lichinkalari tezakda bir tekisda taqsimlanmaydi, shuning uchun miqdoriy tekshirishni
bir necha marta takrorlash va tuxum hamda lichinkalarning о„rtacha miqdorini olish
maqsadga muvofiqdir
Tezakdagi gelmint tuxumi va lichinkalar sonini hisobga olish uchun alohida
usullar tavsiya etiladi.
Miqdoriy gelmintoskopik tekshirishda Stoll usuli yoki Fyulleborn va
Shcherbovichlaming standartizatsiya qilingan usullari qо„llaniladi.
89-rasm. Strongilyatlarning
invasion lichinkalari:
1-Haemonchus
2-Cooperia
3-Trichostrongylus
4-Ostertagia
5-Chabertia ovina
6-Oesophagostomum
columbianum
7-O. venulosum
8-Bunostomum
9-Nematodirus.
Stoll usuli 100 ml li kolbachaga avval 56 ml suv quyib, tashqi tomondan
belgilaymiz va yana 4 ml suv qо„shib, yana yangi belgi qо„yamiz. Keyin esa suvi
tо„kib tashlanadi, sо„ng bо„linmalarga bо„lin-gan kolbachaga 56 ml 0,1 normal natriy
ishqori eritmasini quyib, suyuqlik 60 ml belgiga yetguncha tezak qо„shamiz (4 sm
3
tezak), sо„ng-ra 10-15 dona shisha marjonchalar solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
Keyin darhol bо„lakchalarga bо„lingan pipetka bilan 0,075 yoki 0,1 ml aralashma
olinib, buyum oynasiga tomiziladi va mikroskopda tek-shirish yо„li bilan u yoki bu
gelmint tuxumlari sanaladi. 1 sm
3
tezakdagi tuxumlarning sonini bilish uchun
mikroskopda sanalgan tuxumlar 200 ga (agar 0,075 ml aralashma olingan bо„lsa, 150
ga) kо„paytiriladi.
Fyulleborn va Shcherbovichlarning standartizatsiya qilingan usullari.
О„tkazilgan gelmintsizlantirish qanchalik foyda berganligini aniqlashda, hayvonlarni
gelmintsizlantirishgacha va undan keyin tekshirilganda Stoll usulidan foydalanish shart
emas. Hayvon tezagi bilan chiqarilayotgan gelmint tuxumlarining kamayganligiga
ishonch hosil qilish uchun Fyulleborn va Shcherbovichlarning yoki boshqa har xil
sifatiy usullarni standartizatsiyalash kifoya. Bunda hamma tekshirishlar uchun bir xil
tezak, bir xil idish, tindirish yoki namu-nalarning sentrifugada aylantirish vaqti bir xil
bо„lishi va diametri bir xil bо„lgan ilmoqlar ishlatilishi kerak. Mikroskopda kо„rib
bо„ladigan joydagi tuxumlarning sonini taqqoslab yoki gelmintsizlantirishgacha va
undan keyin bir tomchi yuzaki pardadagi tuxumlarning soniga qarab gelmintsizlantirish
qanchalik foyda berganligi aniqlanadi.
Miqdoriy gelmintolarvoskopik tekshirish uchun yuqorida aytib о„tilgan Stoll usuli
qо„llaniladi, lekin lichinkalarning buzilmasligi uchun 0,1 normal natriy ishqorini oddiy
suv bilan almashtirish kerak yoki Berman-Orlovning standartizatsiya qilingan usulidan
foydalanish mumkin.
90-rasm. O„pka strongilyatlarining lichinkalari va
Strongyloides
papillosus:
1-Dictyocaulus
filarial
(rivojlanishining birinchi bosqichi); 2- Dictyocaulus
filaria (invasion lichinkasi); 3- Dictyocaulus vivparus
(rivojlani-shining birinchi bosqichi); 4- Dictyocaulus
vivparus (invasion lichivkasi); 5-Protostrongylus kochi;
6-Muelerius
capillaries;
7-Bicaulus
schulzi;
8-
Cystocaulus nigrescens; 9-Strongyloides popillosus
(rabditsimon
lichinkalari
rivojlanishining
birinchi
bosqichi); 10- Strongyloides papillosus (filyariysimon
invasion lichinkasi); 11- Strongyloides papillosus erkin
yashovchi avlodning erkagi; 12- Strongyloides papillosus
erkin yashovchi avlodning urg„ochisi.
Hamma vaqt tekshirishlarda tezakni bir xil miqdorda olish, suv temperaturasining
bir xil bо„lishi va voronka hamda stakanchalardagi tezakni bir xil muddatda saqlash
kerak.
Bir hayvondan olingan turli miqdordagi tezakda gelmint lichinka-larining soni
keng kо„lamda о„zgaradi – tezak xuddi gelmintovokopik usuldagidek miqdoriy
gelmintolarvoskopiya usulida tekshirish ham muhim ahamiyatga ega. Bir qancha guruh
hayvonlarni kamida uch marta tekshirgandagina ozmi-kо„pmi tо„g„ri natija olish
mumkin.
Tekshirish uchun namuna olish va uni laboratoriyaga yuborish. Tuproqda,
gо„ngda va molxona pollarida juda kо„p miqdorda, juda mayda erkin hayot kechiruvchi
nematodlar, ularning tuxum va lichinkalari uchraydi. Ular tezakka tushishi bilan tezda
kо„payadi va tekshirishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun gelmintokoprologik tekshi-
rishda hayvon tezagi namunasini bevosita tо„g„ri ichakdan olish kerak. Ayrim vaqtda
laboratoriyaga yuboriladigan namunani bir necha usul bilan tekshirishga tо„g„ri keladi,
shuning uchun har bir tezak namunasi 30–50 g dan kam bо„lmasligi kerak.
Har bir tezak namunasini qog„oz xaltachaga solish kerak. Bunda pergament
qog„ozidan foydalanish mumkin. Qog„oz xaltachaning tezak tegmagan chetiga (bir
necha joyiga) qalam bilan namuna raqami yoziladi. Suyuq tezak esa bankachalarda
yuboriladi. Tekshirishga yuboriladigan namunaga xо„jalikning nomi, namuna olingan
kun va agar kerak bо„lsa, hayvonning laqabi va raqamini yozib yuborish kerak.
Tezak namunasi tezda laboratoriyaga jо„natilishi va imkon boricha tezroq
tekshirilishi lozim, chunki 20° issiqda 16–18 soatdan sо„ng nematod tuxumlaridan
lichinkalar paydo bо„ladi. Shuning uchun kechik-kan tekshirishlar Fyulleborn usulida
notо„g„ri natijalar berishi mumkin. Shu davrda diktiokaula lichinkalari birinchi tullashga
tayyorlanayotgan va kam harakatchan bо„ladi, shuning uchun Berman usuli bilan
tekshirilganda notо„g„ri natija berishi mumkin. Shuningdek, kechikish natijasida
strongilyat tuxumlaridan ham lichinkalar paydo bо„lib, tekshirishni yanada
qiyinlashtiradi. Agar olingan namunani tez yuborish yoki laboratoriyada tezroq
tekshirish imkoni bо„lmasa, u xolodilnikda 10° dan yuqori bо„lmagan temperaturada
saqlanadi. Odatda, xо„jalikdagi hamma mollarni tekshirishning hojati yо„q, faqat ayrim
poda yoki qо„tondagi mollarning qancha foizi kasallanganligini aniqlash kerak. Buning
uchun har qaysi boqilayotgan guruh hayvonlardan 25–50 tasini tekshirish kifoya.
Gelmintokoprologik tekshirish muddatlari. U yoki bu gel-mintozlarning
tarqalishida mavsum dinamikasi kuzatiladi. Ayrim gel-mintozlarni qо„zg„atuvchi
gelmintlar yilning ma‟lum mavsumida juda kо„p miqdorda tuxum qо„yishlari
aniqlangan. Gelmintokoprologik tekshirishni kо„p vaqtlarda u yoki bu gelmintoz
kasalliklariga qarshi kurash choralaridan oldin о„tkazishga tо„g„ri keladi va u kо„pincha
ma‟lum mavsum bilan bog„liq bо„ladi. Bu esa gelmintologik tekshirish-ning ma‟lum
muddatda о„tkazilishidan darak beradi va bu vaqtda u yoki bu gelmintoz kasalliklarini
aniqlash uchun gelmintokoprologik tekshi-rish о„tkazish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, yanvar oxiridan mollarni yaylovga haydashga qadar fassiolyozga qarshi
tekshiruv ishlari о„tkazilishi kerak, chunki yanvar oxirida hamma fassiolalar jinsiy
voyaga yetishadi va axlatda tuxumlari juda kо„p bо„ladi.
Mart oyida bu parazitlarning tuxum qо„yishi kо„payadi. Avgust, sentabr oylarida
juda ko„p qо„zilarning diktiokaulalar bilan zararlanishi kuzatiladi. Demak,
gelmintokoprologik tekshirish ishlarini rejalash-tirishda u yoki bu gelmintoz
kasalliklarning mavsum dinamikasini va boshqa sharoitlarni nazarda tutish kerak.
O„simliklarni nematodalar bilаn zаrаrlаngаnligini tekshirish. Nematodalarni
tuproq va o„simliklardan ajratib olishning bir qancha usullari mavjud. Nematodalarni
tuproqdan ajratib olishning Berman usulidan ko„proq foydalaniladi. Bu usul
quyidagicha: 9–12 sm diametrli (10–15 sm) shisha voronka olib, uning cho„ziq
tomoniga rezina nay (10–15 sm uzunlikda) kiygiziladi, rezinani ochiq uchki qismi Mor
qisqichi bilan qisib qo„yiladi. Voronka rezina nay bilan yog„och shtativga tik holda
o„rnatiladi. Shundan so„ng voronkalarni suv bilan to„ldiriladi. Voronkadagi suv ustiga
mayda katakchali kapron to„r qo„yiladi. Voronkaga, ya‟ni kapron to„r ustiga
tekshiriladigan marerial solinadi. Solingan material suvga botib turishi lozim.
Namunalar bu yerda 12 soat turadi, nematodalar voronkaning tagiga cho„kadi. 4% li
formalin solingan probirkaga voronkadan sekin nematodalari bor suv solib olinadi.
Natijada, bu fiksatsiyalanadi. Bu fiksatsiyalash probirkaga tushgan nematodalarning
uzoq turishiga yordam beradi. Fiksatsiyalangan nematodalarning bir tomchi toza suv
solingan soat oynachasiga olinadi (maxsus ignachalar orqali terib olinadi). Terib olingan
nematodalar soat oynachasida qoldiriladi, ustiga glitserin spirt aralashmasidan (1,2
tomchi) solinib 1 sutkaga qoldiriladi. Spirt bug„langandan keyin nematodalarni MBS 1
mikroskopi ostida glitserin jelatin eritmasining bir tomchisiga teriladi. Glitserin jelatin
quyidagicha tayyorlanadi: 7gr maydalangan jelatin 42 gr distillangan suvda qoldiriladi,
jelatin ivib shishgandan keyin 50 gr glitserin solinadi. Aralashmani suv hammomida
butunlay eriguncha isitiladi. Tayyor bo„lgan eritmaga 1gr karbol kislota solib,
termostatda filtrlab olinadi. Nematodlar buyum oynasiga tomizilgan bir tomchi glitserin
jelatin ustiga maxsus ignalar orqali teriladi, ustiga qoplagich oynacha yopilib, doimiy
preparatlar tayyorlanadi. Bu oynachalarga etiketkalar yoziladi. Nematodlar turlarini
aniqlash MBI 3 mikroskopi yordamida olib boriladi, nematodlarni mikromert yordamida
o„lchash mumkin.
Sаbzаvоt vа pоliz ekinlаrini bo„rtmа nеmаtоdаlаr bilаn zаrаrlаngаnligini
o„rganish uchun sаbzаvоt vа pоliz ekinlаrining bo„rtmа nеmаtоdаlаr bilаn zаrаrlаngаn
ildizini 1–2 sm uzunlikdа qirqib Pеtri idishigа qo„yib, ustigа suv sоlinadi. Bu kеsmаlаrni
binоkulyar оstidа kuzаtib, undаgi bo„rtmаlаrning tuzilishishini vа ildiz po„stlоg„i ustidа
jоylаshgаn tuхum хаltаchаlаrini ko„rish mumkin. Prеpаrоvаl ninаlаr yordаmidа chаp
qo„ldаgi ninа bilаn ildiz bo„lаgini bоsib ushlаb, o„ng qo„ldаgi ninа bilаn esа аstа-sеkin
ildiz ustidаgi tuхum хаltаchаlаrini undаn аjrаtganda, хаltаchа оstidа urg„оchi bo„rtmа
nеmаtоdа tаnаsining kеyingi qismi оq dоnаchа shаklidа ko„rinib turаdi. Urg„оchi
bo„rtmа nеmаtоdаning аtrоfidаgi ildiz to„qimаsini jаrrоhlik pichоqchasi bilаn bo„yigа
kеsib, prеpаrоvаl ninаlаr bilаn uni ikki bo„lаkkа аjrаtganda, uning hujаyrаlаri оrаsidаgi
limоn shаklidаgi urg„оchi bo„rtmа nеmаtоdаni yoki II, III vа IV bosqichgi lichinkаlаrini
ko„rish mumkin. Pеtri idishidаgi tuхum хаltаchаlаrini jаrrоhlik pichоqchasi bilаn yoki
ninаning uchi bilаn mаydаlаb, undаgi tuхumlаr vа ikkinchi yoshdаgi lichinkаlаrning
tuzilishini o„rganish mumkin. Bа‟zаn tuхum хаltаchаlаrining yoki bo„rtmаlаrning
аtrоfidа bo„rtmа nеmаtоdаning erkаgini hаm uchrаtish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |