Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə4/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Ta’lim monitoringi– pedagogik tizim faoliyati haqida axborotlar yig’ishni tashkil etish, saqlash, qayta ishlash va ularni sinflarga ajratish tizimidan iborat bo’lib, kuzatilayotgan ob‘ekt holatini va kelguvsida uning rivojlanishi dinamikasini oldindan bashorat qilish jarayoni.
Ta’lim monitoring ta‘lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasini nazorat qilish uchun ma‘lumotlar yig’ish texnologiyasi, ta‘lim natijalari darajasini taqqoslash uchun kerak bo’ladigan ma‘lumotlar majmuasini tayyorlashdni amalga oshirishga imkon yaratadi. Ta‘lim monitoringi pedagogik tizim faoliyatidan olingan daliliy xulosaviy natijalarni uning maqsadiga nechog’lik mosligini ko’rsatuvchi, tezkori aloqani ta‘minlovchi mustaqil boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirishning didaktik asosi hamdir.Ta‘lim monitoringi tadqiqot natijalarini muntazam ilmiy asoslangan holda kuzatish (dinamik jarayonni kuzatish uchun) hamda ularni berilgan etolon bilan qiyoslash jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi.
Pedagog olim A.S.Belkin pedagogik monitoringining turlarini tahlil qilib, didaktik monitoring, tarbiyaviy monitoring, boshqaruv monitoringi, ijtimoiy-psixologik monitoring mavjudligini ta’kidlaydi.
Monitoring va ta’lim monitoringi haqida boshlang’ich tushunchaga ega bo’ldik. Lekin savol tug’iladi? Ta’lim sohasida qaysi kategoriya monitoring qilib boriladi? Ta’limda uzluksiz ravishda monitoring qilib boriladigan kategoriya bu – sifat ko’rsatkichi. Oddiygina ishlab chiqarish korxonalarining ham foydaga olib keladigan bu tovarning sifat ko’rsatkichi, sog’lom turmush tarzini olib borishda ham asosiy omil bu oziq-ovqat mahsulotlari sifat ko’rsatkichi, uyning mustahkamligini ta’minlovchi komponent ham bu ishlatilgan homashyolarning sifat ko’rsatkichidir.
Ta’limda sifati monitoringi bu olingan bilimlarni ta’lim beruvchilar tomonidan yetkazib berishi va ta’lim oluvchilarning qay darajada o’zlashirilganligi, ta’lim jarayonini to’g’ri va sifatli tashkil etilganligi, kearkli barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlanganligi, ta’lim muassasi hududida turli xildagi huquqbuzarliklar sodir etilmasligi, ularni olidni olish choralarini ko’rish, ushbu ta’lim muassasining tuman, shahar, miqyosida o’z o’rniga egaligi, o’quvchilar olgan bilimlarini to’g’ri yo’nalishda ishlata bilishi, fan olimpiadalari va musobaqalarida erishgan yutuqlari bilan, hamda bitiruvchilarning ko’rsatgan natijalari kabi qator muhim ko’rsatkichlar bilan baholanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin