Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Sifatli bilim olishini nazorat turlari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə32/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Sifatli bilim olishini nazorat turlari
O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos xolda o‘qitish natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib boriladi:
joriy nazorat — o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam ravishda nazorat qilish uchun so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar ko‘rinishida o‘tkaziladi;
oraliq nazorat — chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinishida olib boriladi;
bosqichli nazorat — o‘quv yili tugaganda og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari ko‘rinishida amalga oshirilib, unga asosan o‘quvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishga qaror qilinadi;
yakuniy nazorat — umumiy o‘rta ta’lim tugaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.
Maktabda monitoring yo‘nalishlari.
«Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni monitoringi xolisligini ta’minlash» yo‘nalishlari:
I. Me’yoriy hujjatlar ijrosi monitoringi.
II. O‘quv jarayoni monitoringi.
III. Tarbiyaviy jarayon monitoringi.
IV. Metodik ishlar monitoringi.
V. Innovatsiya jarayoni monitoringi.
VI. Zarur sharoitlarning ta’minlanganligi monitoringi.
VII. Maktab jamoasidagi psixologik xolat monitoringi.
I. Me’yoriy hujjatlar ijrosi monitoringi.

  • Ish yuritish monitoringi (kelgan va chiqarilgan hujjatlar, tegishli idoralar, xodimlar, o‘quvchilar, boshqa shaxslar bo‘yicha hujjatlar).

  • Ijro intizomi monitoringi (reglament ijrosi, farmon, farmoyish, qaror, buyruqlar ijrosi).

  • Hisob hujjatlari yuritilishi monitoringi (o‘quvchilar harakat daftari, pedagoglarga doir va boshqa buyruqlar daftarlari, maktab mulkini hisobga olish hujjatlari).

  • Hisobot hujjatlari monitoringi (joriy, oralik, yakuniy hisobotlar).

  • Qat’iy nazoratdagi hujjatlar bilan ishlash monitoringi (tegishli yo‘riqnomalarga muvofiq).

  • O‘quv-metodik hujjatlarning yuritilishi monitoringi.

  • Ish rejalarining bajarilishi monitoringi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin