Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə31/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Maktabda monitoring turlari:

  • kundalik, o‘quvchilarning kundalik davomati, o‘qituvchilar davomati va shu kabilar (buni muntazam yoki uzluksiz monitoring deb ham ataladi);

  • haftalik, bir hafta davomidagi vazifalarning bajarilishi;

  • -oylik, bir oy davomidagi vazifalarning bajarilishi;

  • choraklik, rejalar va topshiriqlarning chorak davomida bajarilishi;

  • yillik, yil davomidagi vazifalarning bajarilishi;

  • -yakuniy, har bir vazifaning yakunida, yil yakunida o‘tkaziladigan monitoring;

  • -ichki, ta’lim muassasasi xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan monitoring;

  • -tashqi, yuqori tashkilotlar xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan monitoring;

  • bosqichli monitoring, vazifaning davomiyligi asosida belgilangan muddatning turli oralik davrlarida hamda yakunida o‘tkaziladigan monitoring.

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi « Umumiy o‘rta ta’limning hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari tasdiqlash to‘g‘risida» 187-son qaroriga asosan Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti talablarini bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat.
Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:

  • davlat ta’lim standarti talablari asosida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga baho berish;

  • tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish;

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlari talablari bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlil qilish.

Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat qilishning reyting tizimi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin