Monitoringni yakunlash bosqichlari: Olingan natijalarni tahlil qilish, solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish. Tahlil qilishda monitoring jarayonida aniqlangan natijalarni mavjud standart yoki me’yorlarga nisbatan hamda o‘zaro qiyoslanadi, asosiy yakuniy natijalarni belgilanib, umumlashtiriladi.
Tahlil natijalari asosida xulosalarni shakllantirish.
Natijalar va xulosalar asosida kamchiliklarni bartaraf qilish, natijalarni yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy metodik tavsiyalar va takliflar tayyorlash.
Hisobotlar tayyorlash. O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan nazorat olib borish.
Yuqorida keltirilgan monitoring yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha quyidagi masalalar tegishli mavzularga muvofiq xolda hal etiladi:
Monitoringning asosiy mavzusini belgilash.
Maqsadni belgilash. Bunda monitoringning asosiy mavzusi bo‘yicha bajarilishi ko‘zda tutilgan aniq ishlarni real darajada belgilash lozim.
Bajaruvchilarni tayinlash. Har bir mavzu bo‘yicha mas’ul xodim va zarur darajada yordamchi xodimlardan iborat tarkibda ishchi guruh tayinlanadi. Ishchi guruhning har bir a’zosi bajaradigan ishlar qanchalik aniq belgilab berilishiga qarab monitoringning sifati darajasi oldindan hal etilishini doimo hisobga olish zarur.
Qachon (qaysi oyda, chorakda yoki yil davomida) o‘tkazish maqsadga muvofiqligini monitoringning mavzusi va maqsadiga muvofiq belgilash zarur.
Davomiyligi monitoring mavzusining va ko‘zda tutilgan maqsadning qanchalik ko‘lamda ekanligi asosida belgilanadi.
Davriyligi monitoring mavzusi bo‘yicha ishlarning qisqa muddatli, uzoq muddatli yoki doimiy davom etuvchi jarayon ekanligini hisobga olgan xolda yil davomida bir yoki bir necha marta monitoring o‘tkazish maqsadga muvofiqligi asosida belgilanadi.
Monitoring jarayonida foydalaniladigan asosiy mezonlar:
me’yoriy hujjatning mavjudligi yoki mavjud emasligi va uning bandlari bo‘yicha vazifalarning bajarilgan, bajarilmagan, to‘liq bajarilmaganligi;
zarur miqdoriy ko‘rsatkichlarning bajarilgan, bajarilmagan, to‘liq bajarilmaganligi, foizlari, ortiq, kamligi, yetarli, yetarli emasligi.