Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

XULOSA.....................................................................................................................

79

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..............................................

81

ILOVALAR................................................................................................................

84


KIRISH
Bitiruv mаlаkаviy ishi mаvzusining dolzаrbligi. O’zbekiston Respublikasida so’nggi yillarda ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan qator islohotlar bunga yaqqol misol bo’ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 maydagi "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-79-son Farmonida belgilangan vazifalar aynan Maktabgacha va maktab ta’limidagi is’holotlarni amalga oshirishga qaratilgan va quyidagi ustuvor vazilar belgilangan1:

  • maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash;

  • o‘quv va tarbiya jarayoniga xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;

  • o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish hamda yot g‘oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish;

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash, saralab olish va ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash;

  • pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish va baholash, maqomi hamda obro‘sini mustahkamlash, ularning moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishi, shuningdek, ijtimoiy muhofaza qilinishini tashkil etish;

  • maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari sektorini yanada qo‘llab-quvvatlash, uning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish va mazkur sohalardagi davlat xizmatlarini kengaytirish;

  • maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim (shu jumladan, chet tillarini o‘rgatish) sohasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotlar tomonidan sifatli ta’lim berilishini ta’minlash.

Ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, barcha ta’lim muassasalarini ta’lim sifatini ta’minlash va samaradorligini oshirish, mamlakat hududidagi har bir maktablarni kerakli shart-sharoitni yaratilishi, ilmiy-metodik qo’llanmalar, darsliklar, texnik hamda texnologik moslamalar bila ta’minlanishi ta’lim muassasini yanada rivojlantirishga, ta’lim ko’rsatkichini oshirishga asosiy konsepsual asos bo’la oladi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar markazida avvalo inson omili, uning manfaatlari ustuvor o’ringa ega hisoblanadi. Xususan, ushbu bitiruv malaka ishi ham aynan ta’lim sifati ko’rsatkichini yaxshilash maqsadida nazoratni yo’lga qo’yish, ya’ni ta’lim sifatini uzluksiz ravishda monitoring qilib borishga qaratilgan barcha kerakli ma’lumotlarni o’zida jamlagan.
Ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini joriy qilish, ta’lim sifat ko’rsatkichi va unga ta’sir etgan omillarni baholashda monitoring jarayonini tashkil etish texnologiyalarining huquqiy, ijtimoiy, pedagogik, psixologik va ilmiy-metodik jihatdan asoslab berish, ta’lim sifatimonitoringini olib borishning modelini ishlab chiqish, umumiy o’rta ta’lim sifati monitoringining electron axborot tizimini ishlab chiqish kabi muhim masalalar ta’lim sohasida jadal suratda islohotlar olib borishni taqozo etadi.
Shuning uchun ham, ta’lim sifatini isloh qilish ihslarini amalga oshirish maqsadisa muntazam ravishda monitoringlar olib borilishi kerak ekanligi tufayli davlat tomonidan ta’lim tizimini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazsih ishlariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Barcha sohalarda attestatsiya tekshiruvlari mavjud bo’lgani kabi ta’lim sohasida ham bu jarayon muhim ahamiyatga ega bo’lgan jarayon hisoblanadi. Bu jarayoni amalga oshirish mobaynida nafaqat ta’lim sifatini balki butun ta’lim tizimini isloh qilishga erishish mumkin ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
Ta’lim millat taraqqiyoti va kelajagi uchun eng ishonchi sarmoya hisoblanadi. Boshqa kapital turalri kasi inson kapitali ham investitsiya qilish orqali shakllanadi va ushbu investitsiya- ta’lim deb ataladi. Maktabda berilgan ta’lim keying bosqichlar uchun poydevor hisoblanadi. Shuning uchun ham maktabda berilayotgan ta’lim sifatiga alohida e’tibor berish lozim.
Maktblarda attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazishda ta’lim sifatini mezonlari sifatida o’quvchilarning hayotga tayyorlik darajalari, kasbga yo’naltirish ishlarining tashkil etilganligi, maktab hayoti va boshqaruvda oq’ituvchilar, o’quvchilar va ota onalarning ishtiroki, o’quvchiga yo’naltirilgan ta’lim berish, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar va o’zi-o’zini rivojlantiruvchi muhitning yaratilgan ekanligi kabi yangi mezonlar kiritildi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin