2.1-§ Ta'lim sifati monitoringining ta'lim jarayoni natijalariga ta'siri Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. DTS ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunini o’zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi.
DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, nizomlar, o’quv rejasi va boshqa meyoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. DTSni, uning talablarini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishdan qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o’rta (kasb – hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o’quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o’quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo’luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta‟minlashga asos bo’luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o’quv rejasi o’quv predmeti bo’yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? – Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta'minlash;
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
sifatli ta’limxizmatlari ko’rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;
ta’limjarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta‟minlash;
mehnat va ta’limxizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta‟minlash.