ta’limsifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’limxizmatlari turlariga nisbatan qo’yiladigan maqbul talablarni belgilash;
ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’limfaoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo’yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish;
xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’limoluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish ularning o’zaro bog’liqligini, uzluksiz ta’limtizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta‟minlash;
o’quv-tarbiya va ta’limjarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta‟minlashga, ta’limdarajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash;
ta’limva kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning ‘olis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash;
milliy standartlar talabini ta’limsifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Xulosa qilib aytganda davlat ta’lim standarti – ta’lim muassasalarida monitoring olib borish uchun belgilab qo’yilgan me’yorlar majmuasidir. Monitoring ham aynan shu uchun olib boriladi, ya’ni barcha ta’lim muassasalar belgilangan tartibdagi standartga mos ravishda faoliyat olib borishlari shartligini hisobga olgan holda, ularning standart asosida ishlashi, berilgan qonun qoidalar va normalarga mos ravishda ish yuritishini uzluksiz ravishda nazorat qilib borish uchun amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda ishlab chiqilgan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlar darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
sifatli ta’lim xizmatlari ko’rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlari va tartibini belgilash;
ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’limning barcha turlari va bosqichlarida o’quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish;
mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash.
Ta’lim sifati monitoringi natijasidagi tahlillar davlat ta’lim standartlari sharhlarlari va o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish bo’yicha bir qator vazifalarni ham belgilab berdi;
davlat ta’lim standartlari sharhlarin uzviylik va uzluksizlik, o’quv yuklamalarining o’quvchilarining yosh va psixo-fiziologik xususiyatlariga mosligi jihatidan tahlil qilish va qayta ishlab chiqish;
davlat ta’lim standartlari murakkablik darajasini aniqlash mexanizmini aniqlab chiqish;
tahlillar asosida DTS sharhlari, o’quv reja, dasturlariga o’rnatilgan tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritish va boshqalar.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarining sharhlari, o’quv dasturlari va darsliklari uzviylik, uzluksizlik hamda o’quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi jihatidan ikki bosqichda tahlil qilindi;