Reyting tizimining asosiy tamoyillari sifatida:
o’quvchining to’laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
quyidan yuqriga ijobiy baholash mezonini bajargan holda o’quvchilarda shaklanayotgan bilim, ko’nikma va malakalarning mustahkamlab borilishini ta’minlash, o’quvchilarni qo’llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish;
umumiy o’rta ta’lim muassasalarida boshlang’ich sinf o’quvchilari bilimlari sifatini nazorat qilish bo’yicha reyting tizimining birligi va yaxlitligi;
ta’lim jarayonini atnashchilari uchun reyting tizimi va natijalarining tushunarliligi hamda ixchamligiga erishish;
o’quvchilarning bilimlari sifatini baholashga haqqoniylik, odilonalik va teng huquqlilik asosida adolatli yondashishi belgilangan. (2.1-rasm)
Monitoring'>2.1-rasm. O’quvchilarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash nazotat turlari
Monitoring metodlari ikkiga bo‘linadi: an’anaviy va noan’anaviy metodlar.
An’anaviy metodlar – kuzatish, eksperiment, tajribani umumlashtirish va ommalashtirish, so‘rovnoma o‘tkazish, ichki nazorat, natijalarni chizma jadval asosida tahlil etish, jadval va tarixiy tahlili.
Noan’anaviy metodlar – o‘quvchilarning bilim, ko‘- nikma va malakalarini hamda ta’lim jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini talab darajasida ishlab chiqilgan mezonlar asosida reyting bahosini aniqlash, tahlil etish, mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarni belgilash.
Monitoring ob’ekti – ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan qarorlarning bajarilishi, ta’lim muassasasi ish rejasining bajarilishi, o‘quv jarayoni, tarbiya jarayoni, uslubiy ishlar, innovatsion jarayon, o‘quv-tarbiya jarayonining ta’- minlanganligi, ta’lim muassasasidagi psixologik holat.
Dostları ilə paylaş: |