Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Ta’lim jarayonidagi monitoringni bir necha yo‘nalishga bo‘lish mumkin



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə19/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Ta’lim jarayonidagi monitoringni bir necha yo‘nalishga bo‘lish mumkin.
Birinchi yo‘nalish. Ta’lim jarayonidagi suhbat; savol-javoblar, so‘rovlar natijalarini to‘plash, boshqaruv bo‘yicha axborotlar tizimini yaratish (qonun, qaror, nizom va tavsiyalar va boshqalar).
Ikkinchi yo‘nalish. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining o‘sishini kuzatuvchi monitoringni yaratish (DTS ijrosi bo‘yicha). Bunda sinflar, fanlar, o‘quv guruhlari kesimida ayrim bo‘limlar, boblar, mavzular bo‘yicha qiyosiy tahlil qilinadi va ko‘zda tutilgan maqsad, o‘quv jarayoni boshqaruviga tuzatishlar kiritish, o‘zgartirish, rivojlantirish orqali istiqboldagi vazifalar aniqlashtiriladi.
Yuqoridagi tahlillarning amalga oshirilishi boshqaruvni modernizatsiyalash bo‘yicha rahbarlarga yordam beradi.
Uchinchi yo‘nalish. Kirish-chiqish modeliga asoslangan monitoring, masalan, boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standartlarini bajarish samaradorligini, 9-sinf bitiruvchilariga qo‘yilgan standart talablarning amaldagi ahvolini o‘zlashtirish darajasini aniqlovchi monitoring. Bunda o‘quvchining maktabga birinchi bor kelgan paytdagi ijtimoiy ahvolidan, bitirishgacha standart me’yorlarni o‘zlashtirish darajasi aniqlanib, tahlil va takliflar asosida kelgusi vazifalar belgilanadi.
To‘rtinchi yo‘nalish. Ta’lim masalalaridagi qo‘llanilayotgan innovatsiyalar, texnologiyalar, noan’anaviy usullarning samaradorligini, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, o‘qituvchining malakasini, mahoratini, darajasi ta’sirini ko‘rsatuvchi, aniqlovchi monitoringdir.
Maktabda ta’lim sifati monitoringi asosiy vosita bo‘lib, standartlarning o‘zlashtirilish darajasi, o‘qituvchi mahoratiga baho, ichki boshqaruvning maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilganligini real aniqlashga yordam beradi.
Sifat monitoringi diagnostika, reyting, testlar orqali aniqlanadi. Ular orqali o‘quvchining intellekti, tarbiyalanganlik darajasi, bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlari haqidagi ma’lumotlar jamlanadi. Shuningdek, monitoring natijalari asosida o‘quvchilarning oiladagi ijtimoiy ahvoli, o‘zaro aloqa va munosabatlari, o‘qituvchining innovatsion faoliyati, yangi texnologiyalarni qo‘llay olishga oid kasbiy mahorati, uning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni aniqlanadi, ijtimoiy ahvoli masalalari oydinlashtiriladi, xulosalar chiqariladi, chora-tadbirlar ko‘riladi.
Ta’lim sifatining monitoringi maktab darajasida tuman-shahar kesimida, viloyat, respublika miqyosida olib boriladi.
Ularda takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish darajasi maktab, tuman, viloyat kesimida qiyoslanib, tahlil etiladi, xulosalar chiqariladi, tadbirlar tuziladi, qarorlar qabul qilinib, choralar belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, ta’limda monitoring shunga olib kelishi kerakki, u zamonaviy boshqaruvning asosiy vositalaridan biriga aylanmog‘i lozim. Ta’lim monitoringi ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlashda, maktab ichki boshqaruvini tashkil etishda eng qulay va istiqbolli yo‘l hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida paydo bo‘layotgan muammolarni, to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni bashoratlash, uning rivojlanish dinamikasini kuzatish, kutilayotgan pirovard natijalarni bashorat qilish, qiyoslash masalalari monitoringning qay darajada tashkil etilganligiga bog‘liq.
Monitoring ko‘p qirrali faoliyat bo‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayonining pirovard natijalari; o‘quvchining rivojlanganlik darajasi, o‘qitish sifati darajasini; ijtimoiy faoliyati, ma’naviy barkamolligi darajasi, tarbiya topganligi, ichki nazoratning naqadar maqsadga muvofiq qo‘yilganligi, boshqaruv samaradorligi, natijalarni tahlil etish, natijalash, xulosa chiqarish, o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish uchun qulay sharoit yaratadi.
Umuman, ta’lim jarayoniga monitoringni tatbiq etishning ilmiy-nazariy asoslanganligini izga solish ta’lim-tarbiyaviy ishlar mazmunini, o‘qitish texnologiyasi, metodlari, shakli va vositalarini yangi bosqichga olib chiqish imkonini ochib beradi. Bu, o‘z navbatida, ta’lim sifatini oshiradi, o‘quvchilar tomonidan Davlat ta’lim standarti talablarini o‘zlashtirishni kafolatlaydi.
Ta’lim tizimidagi islohotning muhim ko‘rinishi nazoratning yangi shakli – DTS monitoringi hisoblanadi. Yangicha boshqaruv tuzilmalarining maqsadga muvofiq va samarali faoliyat ko‘rsatishi ko‘p jihatdan ular ixtiyoridagi nazorat vositalari va usullarining mukammalligiga bog‘liq. Yangicha boshqaruv amaliyotida sinalmagan usullardan foydalanmaslik, barcha jihatlar, xususan, nazoratning me’yoriy hujjatlari ilmiy asoslanishi va eksperimental sinab ko‘rilishi lozim. Aks holda ta’lim amaliyotidagi erkinlik toptalishi, anglashilmovchilik, rasmiyatchilik va noroziliklar paydo bo‘lishi mumkin.
Monitoring ta’lim jarayonini boshqarishning o‘ziga xos mustaqil shakli bo‘lib, u shartli xarakterga ega va konseptual munosabatlarda foyda berishi mumkin. Ta’lim jarayonida monitoring boshqaruv vazifalari va bosqichlari bilan bevosita aloqador. Shuning uchun ham, uning turli tomonlarini maktab ta’limini boshqarish jarayoni bilan uzviy bog‘liq ravishda qaralishi lozim.
Monitoring maqsad va rejalarni ro‘yobga chiqarishda xolis baho beruvchi mezondir. U mavjud holatni tahlil qilish hamda qiyoslash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida monitoring, asosan o‘quv monitoringini tashkil etuvchi psixologik-pedagogik va funksional natijalarda o‘z aksini topadi. Psixologik-pedagogik natijalarga bilimlar, o‘quv malakalari, xulq-atvor me’yorlari, shaxsning maslagi, uning munosabatlar tizimidagi imkoniyatlari, funksional natijalarga esa, o‘quvchilar faoliyatini boshqarish bilan bog‘liq turli pedagogik ta’sir vositalari kiradi.
Me’yor (me’yorlash) – monitoringning eng zarur sharti va asoslaridan biri hisoblanib, aniq natijalar aynan u bilan taqqoslanadi. Haqiqiy natijalarning ta’lim faoliyatidagi mezonlar va me’yorlar bilan solishtirilishi, so‘ngra uni mazmun jihatdan baholash va tuzatish kerak bo‘lgan monitoringning zarur tarkibiy qismi va bosqichlaridan biridir. Ta’limda aniq natijalarni ko‘zlab qo‘yilgan maqsadlar, standartlar, me’yorlar, andozalarni chog‘ishtirish amali tekshiruv deb ataladi. Monitoring metodlari ikkiga bo‘linadi: an’anaviy va noan’anaviy metodlar.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin