1-bosqichda (gorizontal tahlil) umumiy o’rta ta’limda o’qitiladigan 24 ta o’quv fani bo’yicha DTS, o‘quv dasturi va darslik mazmuni sinflar kesimida tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.
2-bosqichda (vertikal tahlil) o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’rganilishi davom etadigan 17 ta umumta’lim fanlari bo’yicha umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limning Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari uzviylik va uzluksizlik jihatidan tahlil qilinib, o’quvchilarning ta’lim bosqichlarida egallashlari lozim bo’lgan bilimlarining hajmi optimallashtirildi.
Pedagogik amaliyotda ta’lim sifatini o’quvchi, sinf va maktab darajasida nazorat qilishning bir nechta turlari va metodlari mavjud. Har bir baholash metodining o’ziga xos xususiyatlari, mezonlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda ulardan o’z o’rnida foydalaniladi.
Sh.E.Qurbonov, U.I.Inoyatovlarning tadqiqotlarida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o’quvchilar bilimini reyting tizmida baholash, reyting darajalari, imtihon yoki sinovlardan ozodqilinishi tartibi ishlab chiqilgan.
Sh.E.Qurbonov va E.Seytxalilov ta’kidlashlaricha, reyting – bu o’quv ishining miqdoriy xarakteristikasi hisoblanib, o’quvchilar barcha faoliyat turlarini ballarda integral baholashdan iborat.
Reyting so’zi inglizcha “rating” – baholash, daraja, klassifikatsiya ma’nosini bildirib, biror – bir hodisani berilgan shkala bo’yicha baholashni anglatadi. Reyting turlari – har xil sohada turlicha bo’ladi: o’quv (maktab), ilmiy, sport, siyosiy va hokazo. Umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatida reyting – o’quvchilarning egallangan bilim, ko’nikma va malakalarining sifat darajasini, ishlab chiqilgan darajalar bilan taqqoslash demakdir. Ta’lim bosqichlariga ko’ra maktabda reyting ayrim fanlar bo’yicha alohida, o’quvchining barcha fanlar bo’yicha umumlashgan natijasi sifatida chiqarilishi mumkin.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng an’anaviy 5 baholik tizim 3 ballik (3,4,5) ga aylanib qolganligi, baholashga subyektiv yondashuvlar keskin tanqid qilindi va bu muammolarni yechishga keng pedagogik jamolar jalb qilindi.
Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o’quvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini holisona baholash, larning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat ekanligi belgilab qo’yilgan. Reyting tizimining vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
o’quvchilarida Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
o’quvchilarning bilimlari, malaka va ko’nikmalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash;
o’quvchilarda bilim, malaka va ko’nikmalar saviyasini shakllanish sur’atini muntazam ravishda tahlil qlib borish;
o’quvchilarning bilimlari, malaka va ko’nikmalari darajalarini taqqoslash va ta’lim jarayonida o’zaro musobaqa muhitini yaratish;
o’quvchilar bilimlari, malaka va ko’nikmalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bo’shliqlarining oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish;
o’quvchining to’laqonli bilim olishi uchun eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitini yaratish;
o’quvchilarda bilim, malaka va ko’nikmalarining mustahkamlab borilishini ta’minlash hamd ularni qo’llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish;
o’quvhilarning har bir o’quv fani bo’yicha belgilangan bilim, ko’nikma va malakalrni nazariy va amaliy jhatdan o’zlashtirishlariga erishish;
o’quv fanlari bo’yicha o’quvchilarning doimiy ravishda darsga tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash;
o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarining shakllanish bosqichlarini muntazam tahlil qilib borish;
o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo’lganbo’shliqlarining oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqichbartaraf etilishini amalga oshirish.