Akkreditatsiyalangan tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish tartibi. Akkreditatsiyadan o’tgan tashkilotlar doimiy ravishda o’z ta’lim sifatlarini ta’minlashlari lozim bo’ladi. Ularning faoliyatlari ham monitoring qilib boriladi. Akkreditatsiyadan o’tgan ta’lim tashkiloti tomonidan ta’limga oid qonin buziliashlari yuz bergan bo’lda akkreditatsiyadan o’tganligi to’g’risida berilga sertifikat qaytarib olinishi mumkin bo’ladi va bu sertifikat tartibi bekor qilinadi. Bu jarayonlarning barchasi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlar inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiyalangan ta’lim muassasalari har chorak yakuniya amalga oshirilgan faoliyatlari to’g’risida hisobotni Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining rasmiy veb- saytiga electron tarzda topshib boradi. Agar belgilab qo’yilgan talablar bajarilmasi va akkreditatsiya sertifikati tartibi bekor qilinsa bu tashkilotning rahbari va rahbar o’qinbosarlari bilan mehnat shartnomalari bekor qilinadi v aularni ishdan ozod qilish talabi belgilab beriladi. Shuning uchun ham ta’lim tashkilotlari butun faoliyati davomida ta’limda belgilangan qoidalarda va Davlat ta’lim standartlari talablaridan chetga chiqmagan holda o’z faoliyatlarini olib borishlari zarur hisoblanadi. Nodavlat tashkilotlarda esa rahbar ishdan ozod qilinmaydi lekin ularning faoliyatiga ruhsat berish tarzda amalga kirgan litsenziyasi bekor qilinadi.
Butun bir nazoratni qo’lga olgan Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi hisoblanadi. Attestatsiya va akkreditatsiya jarayoni tashkil etuvchi tashkilot ham Davlat inspeksiyasidir. Bu tashkilot akkreditatsiyadan o’tkazuvchi kommisiya a’zolarini nazorat qiluvchi tashkilotlar ro’yxatidan joy olgan. Akkreditatsiyaning raisi ham mana shu tashkilot raisi hisoblanadi.Bu tashkilot ham ma’lum bir hujjatlar, qonunlar ya’ni akkreditatsiyadan o’tkazish bo’yichi me’yoriy-huquqiy hujjatlar to’plami asosida ishlarini olib borishadi.
Hozirgi kunda barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanganligi uchun ham akkreditatsiya jarayonlarini amalga oshirish electron tarzda ham olib boriladi. “ONAKS” electron platformasi mavjud bo’lib unga doimiy ravishda ta’lim sohasini nazoratlari haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi. Umumiy o’rta ta’lim maktbalarining attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi jarayonini onlayn monitoring qilish maqsadida Davlat inspeksiyasi tomonidan bu platfrma tuzildi.
Bu platformani tuzishdan asosiy maqsad nazorat jarayonida qulayliklar yaratish, korrupsiyaga oid bo’lgan ishlarni amalga oshirishga to’sqinlik qilish hamda tezroq axborot almashishdir. Platformadan foydalanish jarayoni ham muntazam ravishda inspektorlar tomonidan tekshirib boriladi ya’ni barcha foydalanuvchilar kuzatib boriladi, ularning o’zaro suhbatlarini ko’rilib, ular tahlil qilinib boriladi. Bunday tekshiruvni faqat Davlat inspeksiyasi rahbari amalga oshirishi mumkin. Akkreditatsiyadan o’tgan maktablar haqidagi ma’lumotlar esa tuman (shahar) Xalq ta’lim bo’limi a’zolari tomonidan platformaga joylanib boriladi.
Akkreditatsiya jarayonida onlayn paltformalardan tashqari yana bir qancha qarorlardan ham foydalaniladi. Akkreditatsiya jarayonini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlangan “ Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risida nizomi” bilan ham tashkil etiladi. Bunda akkrediattsiya jarayoning asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar keltirib o’tiladi:
Mustaqillik;
Xolislik;
Oshkorolik;
Shaffoflik;
Odillik;
Davriylik.13
Akkreditatsiya jarayonlari to’laqonli tarzda tugatilganda so’ng kommisya a’zolari tomonidan yakuniy xulosalar chiqarilishi lozim. O’qituvchilar, o’quvchilar va ularning ota-onalaridan olingan so’rovnomalr, dars tahlillari va boitiruvchilardan olingan nazorat ishlarining natijalari kiritiladigan jadvallar tashqi baholash kommisiyasi qoshidagi ekspertlar guruhi tomonidan aniqlangan ma’lumotlar asosida, qolgan jadvallar ichki baholash kommisiyasining a’zola tomonidan to’ldiriladi. Bu jadvallarning barchasi tashqi baholash komissiyasi tomonidan tasdiqlnadi. Tashqi baholash natijalari to’g’risidan xulosa tayyorlash jarayonida quyidagilarg alohida e’tibor beriladi:
Maktab binosining qurilgan yili, bino turi va bugungi kundagi holati qanday ekanligi, Shuning maktab muhiti hisoblangan barcha yo’nalishlar ya’ni uning atrof muhiti, uning isitilganligi, xonalarning yetarli ekanliklari, xonalar jihozlanish holati yoritiladi;
Maktabning pedagog kadrlari salohiyatlarini to’g’risida to’liq ma’lumot keltiriladi;
Kommisiya xulosasining yuqori qismining uning manzili, maktab rahbarining to’liq ismi sharflari, ish staji haqidagi ma’lumotlar keltirilishi shart;
Attestatsiya amalga oshirilganligi haqida ma’lumot beriladi;
Akkreditatsiyalash jarayonida topilgan kamchiliklar ro’yxati tuziladi;
Tahlil natijasida ta’lim tashkiloti akkreditatsiyadan o’tgan o’tmaganligi haqida yakuniy xulosa beriladi;