Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


-rasm. Umumiy o'rta ta'lim tizimida ta'lim sifati monitoringi modeli



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə26/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

2.3-rasm. Umumiy o'rta ta'lim tizimida ta'lim sifati monitoringi modeli
Ta’lim sifati monitoring modelida uni o’tkazishning asosiy maqsadi o’quvchilarning ta’lim tayyorgarligi sifatini baholash, tahlil qilish, korreksion chora tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat. Bu jarayonni tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:

  • ta’lim sifati ko’rsatgichlari tizimi orqali sinflar va fanlar kesimida ta’lim sifatini tizimli baholash, qiyosiy tahlillar tayyorlash;

  • ta’lim sifati dinamkasini taqqoslash, unga ta’sir etgan shart-sharoit va omillarni aniqlash;

  • turli pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi natijalarini o’zaro taqqoslash, samaradorligi yuqori deb topilganlarni ommalashtirish;

  • monitoring natijalariga ko’ra kompleks chora-tadbirlarni belgilash;

  • monitoring natijalari asosida jamiyat, ilm – fan, texnologiyaning rivojlanishi bilan bog’liq ravishda talablar asosida DTS, o’quv dastrulari va o’quv metodik majmualarga o’zgarishlar kiritish va boshqalar.



III BOB. TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMLARIDA TA’LIM JARAYONI SIFATINI MONITORING QILISH VA BAHOLASH BO’YICHA TAJRIBA-SINOV NATIJALARI VA SAMARADORLIGI
3.1-§ Tuman xalq ta’limi bo‘limlarida ta’lim sifatini monitoring qilish va baholashni tashkil etish

Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim sifatini monitoring qilish modelida ta’lim sifatini aniqlashning dolzarbligini e’tiborga olgan holda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, umumiy o’rta ta’lim tizimida ta’lim sifatining ilmiy asoslangan mezonlarini ishlab chiqish, shu mezonlar asosida ta’lim sifatining doimiy monitoringini olib borishni tashkil etish maqsadida ta’lim sifatining ko’rsatgichlari tizimi: prinsiplari, indikatorlari va parametrlari shlab chiqilgan.


Ta’lim sifati ko’rsatgichlar tizimining birinchi indikatori sifatida – ta’lim samaradorligi belgilandi. Ta’lim samaradorligi - ijtimoiy buyurtma hisoblangan DTS ga mos ravishda fanlar nazariyasi, hayotiy ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni pedagogik xizmatlar ta’siri natijasida o’quvchilarda shakllanganlik darajasi – “natija” sifatida tushuniladi. Ta’lim samaradorligi prinsipi pedagogik kvalimetriya asosida baholanadi.
Kvalimetriya – mahsulotning sifatini miqdoriy ko’rsatgichlar asosida baholash metodlarini o’zida umumlashtirgan fan sohasi hisoblanadi. Agarda kvalimetriya atamasining etimologiyasi tahlil qilinadigan bo’lsa, mazkur atama lotin tilidagi “qualis” – “sifati bo’yicha qanday” hamda yunon tilidagi “metria” – “o’lchash” so’zlaridan kelib chiqqanini ko’rishimiz mumkin.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin