Lavozim vazifalari:
a) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringi jarayonini tashkil etish, o‘quvchilar tomonidan Davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishi darajasi, o‘zlashtirishidagi nuqsonlar, ularni keltirib chiqaradigan omillar, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limga oid ehtiyojlarini aniqlash, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
b) bo‘limga yuklangan barcha vazifalar bajarilishini ta’minlash, ta’lim sifatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va bo‘lim mudiriga taqdim etish;
v) ta’lim muassasalarining reytingini aniqlash jarayonini tashkil etish;
g) bo‘limning yillik ish rejasini, ta’lim muassasalarini monitoring qilish reja-jadvali va dasturini tuzish hamda ijrosini ta’minlash;
d) ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, ichki va tashqi monitoringini tashkil etilishini ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash borasida seminar va konferensiyalar o‘tkazish;
e) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi va yo‘riqnoma talablari yuzasidan tegishli mas’ullar ishtirokida seminarlar tashkil etish;
j) kasb mahorati, sinfdan tashqari va tarbiyaviy ishlari uchun ustama oladigan pedagoglar faoliyati monitoringini amalga oshirish;
z) ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilimining davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablariga mosligini monitoring qilish, o‘tkazilgan monitoring natijalarini muhokama qilish uchun tegishli ma’lumotlarni Hay’at yig‘ilishiga kiritish;
i) monitoring jarayonini tashkil etish va o‘tkazishga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining o‘qituvchilari, metodik xizmat bo‘limlari metodistlari, tajribali amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat jamoatchi ekspertlarni jalb etish;
k) metodik xizmat xodimlari, o‘qituvchilar bilan birga nazorat materiallari bazasini shakllantirish, sinflar, fanlar va mavzular kesimida tayyorlangan ushbu materiallarni muntazam to‘ldirib borish;
l) fan metodistlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish masalalari bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish;
m) tuman tayanch ta’lim muassasalari negizida ta’lim sifatini monitoring qilish va uni takomillashtirish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish tadbirlarini o‘tkazish;
n) o‘quvchilarga ta’lim berish sifatini oshirishga yo‘naltirilgan, davlat ta’lim standartlari va davlat talablari bajarilishini o‘rganish bo‘yicha bilimlar bellashuvi, turli intellektual ko‘rik-tanlovlar va musobaqalarni o‘tkazish;
Amaliyot jarayonida ushbu bo‘limning faoliyati batafsil o‘rganib chiqildi va quyidagi tahliliy materiallar tayyorlanish ko’nikmasiga ega bo’lindi.
Yakkasaroy tumanidagi X-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022/2023 o‘quv yilining 2-chorak yakuni yuzasidan o‘quvchilar bilimlarining Davlat ta’lim standartlari talablariga mosligini o‘rganildi:Yakkasaroy tumani XTBning 2022-yil 2 noyabrdagi 24 sonli buyrug‘i hamda maktabning 2022-yil 4 noyabrdagi 28 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va o‘quvchilar bilimlaridagi aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlab, bartaraf qilish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, ishchi guruhning yillik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-2022 o‘quv yilining 2-chorak yakuni yuzasidan 26.11.22 – 21.12.22 kunlari ichki nazorat monitoring tadbiri o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida 2-chorak yakuni bo‘yicha jami 144 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. 4-5- sinflarda jadvalda ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha test, yozma ishlar olindi.
Shulardan, 4-sinflarda ona tili, matematika, ingliz tili, tabiat fanlari, 5-sinflarda ona tili, matematika, geografiya, tarix, rus tili, ingliz tili fanlaridan nazorat ishlari olindi. Monitoring o‘tkazish jarayonida nazorat ishlarining test sinovlari, diktant va yozma ishlar shaklidan foydalanildi. O‘quvchilarning nazorat ishi varaqalari shifrlanib, ekspertlar tomonidan tekshirildi, natijalari maxsus jadvallarga kiritildi hamda sinflar va fanlar kesimida umumlashtirildi. (3.1-jadval)