Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Fanlar kesimida qamrab olingan o‘quvchilar soni



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə30/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Fanlar kesimida qamrab olingan o‘quvchilar soni

T/r

Sinfi

Ta’lim tili

Fanlar kesimida qamrab olingan o‘quvchilar soni

Nazorat ishlarida qatnashgan jami o‘quvchilar soni

Ona tili

Matematika

Ingliz tili

Tabiat

Rus tili

Geografiya

Tarix

1

4-sinf

o‘zbek

70

70

67

70










277

2

5-sinf

o‘zbek

74

63

73




54

69

63

396

Jami:

144

133

140

70

54

69

63

673

Monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarining ona tili, matematika, geografiya, ingliz tili, tarix, rus tili fanlaridan DTS talablariga muvofiqlik samaradorligi 4- sinflarda 72 %, 5 –sinflarda 71 %, jami 4-5-sinflarda 71 % ni tashkil etdi. Eng past umumiy samaradorlik (“5”, “4”,“3”, “2” baho) ingliz tilidan 4v –sinf 75%, ona tili fani 5g-sinf o‘quvchilarining



bilimida (60 %) aniqlangan bo‘lsa, nisbatan yuqori umumiy samaradorlik (“5”, “4”,“3”, “2” baho) tabiat 4a-sinf 88 %, ingliz tili fanidan 5a –sinf o‘quvchilari bilimida 82 % kuzatildi. (3.2-jadval)

T/r

Sinf

Fanlar bo‘yicha umumiy samaradorlik



O‘rtacha umumiy samaradorlik

Ona tili

Matematika

Ingliz tili

Tabiat

Rus tili

Geografiya

Tarix

1

4-sinf

72

70

72

74










72

2

5-sinf

68

69

78




66

75

74

71

Jami






















71,5

Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, monitoring tadbirlari jarayonida jani 11 nafar o’qituvchi ishtirok etdi, hammasi oliy ma’lumotli. Toifalari bo‘yicha nafar o‘qituvchi birinchi, nafar o‘qituvchi ikkinchi, nafar o‘qituvchi mutaxassis toifasiga ega. O‘quvchilar bilimiga eng katta ta’sir etuvchi omillaridan biri pedagog kadrlarning malakasidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng ustivor maqsadi ham jamiyatimizga bilimli hamda malakali yoshlarni yetishtirib chiqarishdan iborat. Mana shu ustivor maqsadni amalga oshirish o‘qituvchilardan o‘z ustilarida tinimsiz ishlashlari, bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam ravishda oshirib borishlarini talab etadi. O‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni o‘z vaqtida aniqlash, to‘ldirish hamda bartaraf etish uchun esa eng avvalo o‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilishi, nazoratning turli shakllaridan xabardor bo‘lishi, test topshiriqlari va savollari ustida mantiqiy fikrlay olishi, o‘z navbatida o‘quvchilarini ham mana shu talablarga o‘rgata olishi zarurdir.




3.2-§. Tuman xalq ta’limi monitoring bo’limining ta’lim sifatini nazorat qilish yo’llarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar
Tajriba-sinov jarayonida shunday xulosaga keldikki tuman xalq ta’limi monitoring bo’limining ta’lim sifatini nazorat qilish yo’llarini takomillashtirish avvalo monitoring maqsadlarini yahshi bilish zarur.
Monitoring maqsadlari:
ahvolni o‘rganish;
yaxshilash choralarini aniqlash;
samaradorlikni oshirish yuzasidan tavsiyalar berish;
istiqbol rejalari uchun takliflar berish kabilardan iborat bo‘ladi..
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasida monitoring me’yoriy-huquqiy, o‘quv-metodik, hisob va hisobot hujjatlari monitoringi yo‘nalishlarida olib boriladi, jumladan:
Me’yoriy-huquqiy hujjatlar:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun tegishli Farmon, Qaror, buyruqlar umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasasining Ustavi ish yuritish tartibi, Reglamenti, Ichki tartib-qoidalar, ish rejalari va boshqalar.
O‘quv-metodik hujjatlar:

  • DTS, o‘quv-reja, dasturlar, o‘quv-tarbiyaviy ishlar rejalari, metodik tavsiya va tavsiyanomalar.

  • darslar jadvali, sinf jurnallari, davomat va o‘zlashtirish nazorati hujjatlari.

  • ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari, sinfdan tashqari ishlar rejalari va bajarilishi haqida hisobotlar.

Hisob va hisobot hujjatlari:

  • o‘quvchilar va ular harakatini hisobga olish hujjatlari.

  • pedagog kadrlar hujjatlari.

  • qat’iy hisobotdagi hujjatlar.

  • o‘quv-moddiy negiz, uning hisobi, saqlanishi, foydalanilishi va nazorati hujjatlari.

  • moliya-xo‘jalik faoliyati hujjatlari.

  • ta’lim muassasasi ish rejalarining bajarilishi hisoboti.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin