Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Shimoliy Yevropa mamlakatlari (Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvesiya)



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə13/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Shimoliy Yevropa mamlakatlari (Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvesiya) universitetlarida tashkil etilgan nazorat va sifat tizimining tavsifi S.Wahlen ishlarida keltirilgan.
Norvegiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayoni va o‘quv dasturlarini baholashga qaratiladi. Finlyandiyada ichki va tashqi baholash birgalikda amalga oshiriladi. Daniyada ichki o‘z-o‘zini baholashda tashqi ekspertlar tomonidan olingan ma’lumotlarga ham tayaniladi. Ushbu davlatlarda baholash hukumat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
AQShda ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tizimi akkreditatsiya deb ataladi. Akkreditatsiyaga AQSh universitetlari va kollejlaridagi ta’lim sifatini baholashning yetakchi shakli sifatida qaraladi. Mazkur tizimda baholash ikki yo‘nalishda olib boriladi: ichki va tashqi. Tashqi tizim tarkibiga federal organ, tegishli shtatning organi, ta’lim muassasasi o‘quv dasturlarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan agentlik kiradi. Ichki baholash jarayoni o‘quv dasturlarining bajarilishi bo‘yicha universitet qo‘mitasi hisobotini, yangi o‘quv dasturlarini rejalashtirish va rivojlantirish, talabalarni o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha baholashdan iborat.
AQShda akkreditatsiyalash tizimi XX asr boshidan joriy etilgan. Mazkur baholashning asosiy jihati attestatsiya to‘g‘risida qaror qabul qilish va o‘quv dasturini attestatsiya qilish jarayoni hisoblanadi. Akkreditatsiya natijasida ta’lim dasturi yoki universitet kelgusida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi yoki undan mahrum etiladi.
So‘nggi yillarda AQShda talabalarni baholashni nazarda tutuvchi yangi atama – baholash joriy etildi va bunda, yangi metod hamda texnologiyalar qo‘llanila boshladi. Baholash, bir tomondan, akkreditatsiyalashning tarkibiy qismi va vositasi hisoblansa, ikkinchi tomondan, akkreditatsiyadan farq qiluvchi alohida jarayon sifatida qaralmoqda.
Universitetlarning o‘zlari tomonidan tashkil etiladigan baholash tizimi – o‘zini tartibga solishning eng ilg‘or shakli hisoblanadi, chunki har bir oliy ta’lim muassasasi o‘z konseptual tuzilmasi, o‘zining baholash strategiyasi va dasturi, o‘z maqsadlari, vazifalari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda ularni joriy etish uslubi va rejalariga ega.
«Fransuz» modelini qo‘llayotgan Yevropa mamlakatlarida OTM tomonidan o‘zini-o‘zi baholashning joriy etilishi va rivojlantirilishi kuzatilmoqda. Masalan, Skandinaviya mamlakatlarida baholash jarayoni ta’lim muassasasi tomonidan o‘z faoliyatini tartibga solish bo‘yicha to‘la javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi tomon siljimoqda va bunda hukumat ko‘makchi rolini bajarmoqda.
Turli mamlakatlarda amalda bo‘lgan sifatni baholash milliy tizimlari nafaqat maqsadlari, vazifalari, baholash mezonlari va tadbirlari bo‘yicha, balki mazkur jarayonga hukumat (davlat), jamoat, maxsus organlar va muassasalarning jalb etilganlik darajasi kabi ko‘plab parametrlar bo‘yicha biri-biridan farq qiladi.
Baholashning rasman e’lon qilingan maqsadlari sifatni belgilangan standartlar darajasida ushlab turish yoki undan oshirish bo‘lsa-da, amalda mazkur masalani tushunishning o‘zida (hisobotlarni kengaytirish va takomillashtirish evaziga nazoratni kuchaytirish zaruriyatidan to sifatni baholashni ta’lim muassasasi tomonidan o‘zini-o‘zi baholashga qadar) turli-tumanlik kuzatiladi. Shunga qaramasdan ta’lim sifatini baholash ikkita tarkibiy qismdan, ya’ni ichki (o‘zini-o‘zi baholash) va tashqi baholashdan iborat bo‘lishi lozimligi, shuningdek, mazkur tashkil etuvchilarning aniq mexanizmlari har xil bo‘lishi mumkinligi barcha xolatlarda tan olinadi.
Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim muassasalari mustaqilligi doirasining kengayishi nafaqat tashqi baholash, balki sifatni ichki baholash tizimlarining ham rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘zini-o‘zi baholashga ham alohida jarayon sifatida, ham sifatni baholash umumiy siklining tarkibiy qismi sifatida qarash mumkin. Sifatni baholash ichki mexanizmlarining rivojlanishi tartibga solishning davlat mexanizmidan bozor mexanizmiga o‘tilishi, ta’lim dasturlari va muassasalari sifatini takomillashtirish va rivojlantirishga e’tiborning kuchayishi bilan bog‘liq.
Model – bu real obyektni almashtirish mumkin bo’lgan, tadqiqot va tajriba o’tkazish uchun qulay bo’lgan immitatsion obyektdir. Modellashtirish inson faoliyatining turli sohalarida keng ishlatilib, asosan olingan ma’lumotlar bo’’yicha samarador yechimlar qabul qilish jarayonida, loyihalash va boshqarish sohalarida modellashtirish qo’llaniladi. Modellashtirishdan maqsad tashqi muhit va o’zaro aloqada bo’lgan obyektlar haqidagi ma’lumotlarni olish, ishlatish, tasvirlash va qayta ishlashdir. Bunda model obyekt holati xossalari va qonuniyatlarini o’rganish uchun vosita sifatida ishtirok etadi.
Ta’limda model yaratilishiga asosiy sabab uni o’rganilish obyeki sifatida osonlashtirish, yaxlit bir ko’rinishda ifodalagan holda ta’limning biz ilg’amaydigan omonlarini ochib berish, model holida ta’limni takomillashtirishga qaratilgan ilg’or islohotlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Ta’lim modeli – bu ma’lum bir davlatning ta’lim-tarbiya tizimi va faoliyatini tashkil qilishdagi o’ziga xos uslubdir. Har bir mamlakat o’z milliy ta’lim tizimini shakllantirishda, avvalo, quyidagilarni hisobga oladi:
- aniq bir tarixiy davr uchun ta’lim tizimini rivojlantirishdan ushbu mamlakat ko’zlayotgan asosiy maqsad va kutilayotgan natija
- ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishda qo’llaniladigan mexanizm va vositalar

II BOB. TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMLARIDA TA’LIM JARAYONI SIFATINI MONITORING QILISH VA BAHOLASH YO’LLARINI TAKOMILLASHTIRISH



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin