Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


-rasm. Ta’lim sifatini baholash modellari



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə11/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

1.2-rasm. Ta’lim sifatini baholash modellari
Birinchi model – oliy ta’lim muassasalarining(OTM) jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatini attestatsiya, akkreditatsiya va nazorat qilish vositasida tashqi baholashga asoslangan «fransuz» modeli. Bunday model Skandinaviya mamlakatlari, Chexiya, Latviya, Estoniya va boshqa mamlakatlarda qo‘llaniladi5.
Ushbu mamlakatlarda davlat organlari tomonidan baholashning maqsadi shakllantiriladi, eng muhim jihatlari belgilanadi, ta’lim jarayonini tashkil etishga doir qarorlar qabul qilinadi. Ta’lim muassasasi tomonidan o‘zini-o‘zi baholashga yuzaki qaraladi, chunki asosiy e’tibor tashqi baholashni samarali o‘tkazishga qaratiladi.
Bizning fikrimizcha, tashqi nazorat me’yoriy va ilmiy jahatdan ta’minlanish borasida jiddiy muvafaqqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, epizodik tarzda miqdoriy ko‘rsatkichlarni aniqlashga asoslanganligi sababli mavjud muammmo va yutuqlarni aniqlash, ta’lim sifatini oshirishni rejalashtirish imkonini bermaydi.
Oliy ta’lim sifatini baholashning ikkinchi – «ingliz» modelining asosini ta’lim muassasasi tomonidan o‘zini-o‘zi baholash tashkil qiladi. Bu model Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Lotin Amerikasi mamlakatlarida qo‘llaniladi6.
Fransiyada oliy ta’lim muassasasi faoliyatining tashqi nazorati OTMni baholash bo‘yicha Milliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur qo‘mitaning bosh vazifasi muayyan OTM va mamlakatdagi oliy ta’limning xolatini davriy ravishda xolis baholashdan iborat. Baholash natijalari axborot va tavsiyaviy tavsifga ega bo‘lib, dastlab prezidentga, parlamentga va hukumatga, so‘ngra nashrlar shaklida keng jamoatchilik e’tiboriga yetkaziladigan yillik hisobotlar shaklida bayon etiladi.
Germaniya va Buyuk Britaniyada yaqin davrlargacha ta’lim sifatini ta’minlashdagi bosh rol o‘quv muassasalari va bo‘linmalarining rahbarlari va o‘qituvchilar tarkibining kompetentligi va mas’uliyatiga asoslangan ichki nazoratga ajratilgan edi. Germaniyaning oliy ta’lim muassasalarida ichki nazorat, asosan, fakultetlar, ya’ni ulardagi o‘quv jarayoniga javob beruvchi maxsus komissiyalar tomonidan olib borilar edi. Germaniyada davlat darajasida akkreditatsiya qilish yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lib, davlatga tegishli OTM avtomat tarzda akkreditatsiyaga ega bo‘lar edi7.
Oxirgi yillarda bu mamlakatlarda ichki nazoratning yetarli emasligi to‘g‘risidagi xulosaga kelindi va 1995 yildan boshlab OTM rektorlari Konferensiyasi rahnamoligida ko‘p bosqichli murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan sifatni tashqi nazorat qilish tizimi joriy etila boshlandi.
Sloveniyada, aksincha, OTM birgalikda oliy ta’limda sifatni baholash Komitetini ta’sis etadi va nazorat uchun o‘zlari javob berishadi. Polshada amaldagi qonunchilikka binoan har bir OTM ta’lim sifatini o‘zi xollaydi.
Oliy ta’lim tizimidagi sifatni aniqlash muammolariga e’tiborning kuchayishi nafaqat Yevropaning alohida mamlakatlari, balki Yevropa Ittifoqi uchun ham xosdir. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida ta’lim sifati konsepsiyasiga e’tibor o‘tgan asrning 80-yillaridan kuchaydi. Buyuk Britaniyalik R.Joseph 1984 yilda oliy ta’lim tizimini baholashda «sifat» va «moliyaviy xarajatlar» asosiy ob’ektlar bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida fikr bildirgan. Aynan ana shu yili Fransiyada sifat bo‘yicha Milliy Qo‘mita tashkil etilgan. Gollandiyada 1985 yilda hukumatning «Oliy ta’lim: mustaqillik va sifat» nomli hisoboti e’lon qilingan. Boshqa qator mamlakatlarda oliy ta’lim tuzilmasiga sifat tizimini kiritishning zaruriyati to‘g‘risida bahs-munozaralar boshlangan. Mazkur muammoning dolzarbligi sabablarini D.F.Westerheijden quyidagicha izohlaydi8:

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin