Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə10/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

1995 yil YUNESKO tomonidan o‘zining Bosh konferensiyasi qarorini bajarish maqsadida «Oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirish» nomli dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, unda asrlar almashinuvi davrida oliy ta’limni rivojlantirishning dunyo miqyosidagi tendensiyasi va vazifalari bayon etilgan. Mazkur hujjatning kirish qismida «tez o‘zgarayotgan dunyoda oliy ta’limning asosiy vazifalari» qatorida quyidagi uchta bosh yo‘nalish ajratilgan:

  • zamon talablariga hozirjavoblik;

  • globallashuv;

  • «oliy ta’limning barcha asosiy funksiyalari va faoliyat turlarini qamrab oluvchi ko‘p qirrali konsepsiya» tarzida belgilanuvchi sifat.

Dasturda mavjud 151 banddan 18 tasi bevosita ta’lim sifatiga bag‘ishlangan. Ularda sifat konsepsiyasining «Oliy ta’lim sifati mazkur tizimning mazmun doirasi, vazifalari yoki tizimdagi sharoit va me’yorlarga bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali tushuncha» tarzida tavsiflovchi keng talqini keltirilgan3.
«Sifat» tushunchasi oliy ta’lim sohasidagi barcha asosiy funksiya va faoliyat yo‘nalishlari bo‘lgan o‘qitish, tayyorlash va tadqiq qilish sifatini, ya’ni tegishli xodimlar faoliyati hamda ta’lim berish va tadqiqotlar natijasi tarzidagi o‘qitishning sifatini qamrab oladi.
YUNESKOning mazkur hujjatiga ko‘ra oliy ta’lim sifatiga jiddiy ta’sir etuvchi ta’limiy faoliyatning uchta jihati bor:
birinchidan, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va pedagog xodimlarining yuqori bilim darajasi bilan kafolatlanuvchi xodimlar sifati hamda o‘qitish va tadqiqotlar, shuningdek ularning ijtimoiy talabga mosligi bilan ta’minlanuvchi ta’lim dasturlarining sifati.
ikkinchidan, oliy ta’lim ommaviy tus olganligi sharoitida faqatgina ta’lim dasturlarini diversifikatsiyalash, o‘rta va oliy ta’lim o‘rtasidagi uzilishlarni bartaraf etish, yoshlarni o‘quv-kasbiy faoliyatga yo‘naltirish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari rolini oshirish orqali talabalarni tayyorlash sifati.
uchinchidan, davlatning oliy ta’limga umummilliy ustuvorlik sifatidagi yondashuvi sharoitidagina zarur darajadagi moliyalashtirish imkoniyati bo‘lgan kompyuter tarmoqlari va zamonaviy kutubxonalardan iborat «barcha sharoitlar»ni qamrab oluvchi oliy ta’lim muassasalari infrastrukturasi va «moddiy o‘quv muhiti»ning sifati.
Ta’lim sifatini baholash muammosi doimo dolzarb bo‘lib, bugungi kunda ushbu masalaga tizimli majmuali tarzda yondashilmoqda. Chet el olimlari va amaliyotchilari ta’lim sifatini tadqiq qilish doirasida ta’lim sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqmoqdalar, yuqori sifatni ta’minlovchi omillarni aniqlamoqdalar, ta’lim sifatini boshqarish va monitoringi muammolarini o‘rganmoqdalar4.
Ta’limni baholashning o‘zaro tan olinadigan tizimlarini joriy etish orqali taqqoslash imkonini beruvchi ta’lim sifatini ta’minlash Yevropa mamlakatlari yagona ta’lim makonini shakllantirishning muhim shartlaridan biridir. Dunyoda mavjud ta’lim sifatini baholash tizimlarini shartli ravishda ikkita modelga bo‘lish mumkin (1.2-rasm).



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin