Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Ta’lim sifati monitoringi jarayoni asosan o’zaro mantiqiy bog’langan 3 ta bosqichdan iborat bo’ladi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə7/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Ta’lim sifati monitoringi jarayoni asosan o’zaro mantiqiy bog’langan 3 ta bosqichdan iborat bo’ladi:
Baholash bosqichi – bu bosqichda davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishini, ularga ta’sir etgan omillarni kuzatish, aniqlash, natijalarni qayd etish ishlari amalga oshiriladi.
Tahlil bosqichi – kuzatuv va baholash natijalari umumlashtiriladi va mavjud xolat bo’yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish bo’yicha tavsiyalari shlab chiqiladi.
Korreksiyalash va bashoratlash bosqichi – bu bosqichda bolalarning bilim va ko’nikmalarida aniqlangan bo’shliqlarni hamda ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar ustida ishlanadi. Bu jarayonda hamkorlik pedagogika hamda logfreym texnologiyasi asosida turli shakldagi mashg’ulotlardan foydalaniladi.
Ta’lim sifati monitoringining eng muhim jihati uning korreksion (tuzatuvchi, rivojlantiruvchi) xususiyatga egaligi hisoblanadi hamda yuqoridagi jarayon uzluksiz davom ettirilsa, ta’lim sifati dinamikasida ijobiy o’zgarish sodir bo’ladi.
Ta’lim sifatini baholash tamoyillari sifatida haqqoniylik, obyektivlik, o’quvchilarning psixo – fiziologik xususiyatarini hisobga olinganligi, oshkoralik, aniqlik, tenglik, ilmiy – metodik asoslanganlik hisoblanadi.
Ta’lim sifati monitoringini tashkil etishda yana bir muhim jihatga e’tibor qaratish lozim. Bu ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Ta’lim sifatini pasayishi ham, oshishi ham unga ta’sir etuvchi omillarga bog’liqdir. Bevosita ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun o’quvchilar, o’qituvchilar, maktab ma’muriyati va ota – onalar uchun so’rovnomalar tayyorlanadi. Mazkur so’rovnomalarni o’tkazish asosan 3 ta maqsadga: o’quvchining o’ziga va uning oilaviy sharoitiga bog’liq bo’lgan, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar, o’qituvchilarning kasbiy mahoratiga bog’liq ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar, maktab rahbariyatining boshqaruv mahorati hamda metodik ishlarining ta’lim sifatiga ta’siri kabi masalalariga e’tibor qaratilishi lozim.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin