Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə5/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

Ta’lim sifati monitoringi – ta’lim maqsadlari va erishilgan natijalarining o’zaro muvofiqligini hamda ularga ta’sir etgan omillarni aniqlash, o’quv-yatbiya jarayonini korreksiyalash va keyingi holatini bashoratlash imkonini beruvchi pedagogik jarayon hisoblanadi.
Ta’lim sifati monitoringi ijtimoiy boshqaruv ayniqsa ta’lim sifatini tashkil etishda o’ziga xos alohida kategoriya hisoblanadi. Ta’lim sifati monitoringining konseptual asoslarini yaratishga katta hissa qo’shgan pedagog olimlardan R.Ahliddinov ta’lim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqarilishi va baholanishini alohida qayd etib , bunda pedagogik tizim faoliyatining natijalari uning pirovard maqsadlarining hamisha ham berilgan, rejalashtirilganlariga mos kelmasligi odatiy, biroq ta’lim amaliyotchilari tomonidan inobatga olinmaydigan hol ekanligini, belgilangan me’yordan chetga chiqish darajasi, yo’nalishi va sabablarini to’g’ri baholash kerakligini ta’kidlaydi.
Bir so’z bilan aytganda ta’lim sifati – ta’lim natijalarining me’yoriy talablar, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarga mos kelish darajasi hisoblanadi.(1.1-rasm)








1.1-rasm. Ta’lim sifati monitoringining asosiy vazifalari


Ta’lim sifati monitoringi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish tala etiladi:

  • barcha o’quv fanlaridan ta’lim tizimidagi ijobiy milliy an’ana va yondashuvlarni saqla qolgan holda ular mazmuniga o‘zgartirish kiritilishi, ya’ni fanlardan mavjud akademik (nazariy bilimlar) mazmunini qisqartiri, ko’proq o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularda kompetensiyalarni shakllantirish;

  • o’quv dasturlari va darsliklarga ko’proq amaliy mashqlarni kiritish;

  • o’quv tarbiya jarayonini tashkil etishda ko’proq o’quvchi shaxsini rivojlantirish masalalariga ko’proq e’tibor qaratish, darslarni o’qitish jarayonida o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasini keng qo’llash;

  • ta’lim standartlari talablariga olgan bilimlarni turli hayotiy vaziyatlarda qo’llay olish – kompetensiyalarini kiritish;

  • o’quvchilarni hayotiy hayotiy voqealar va san’at sohasidagi turli yo’nalishlarga nisbatan bildirilgan turli fikrlar bilan tanishtirish;

  • o’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatlarni tubdan o’zgartirish – o’quv shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarini joriy etish;

  • o’quv fanlari vositasida o’quvchilarda tadqiqotchilik, loyihalashtirish va kommunikativ fikrlash qobiliyatlarini, turli hayotiy vaziyatlarni yechimini topishda ijodiy yondashuvni rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;

  • monitoring jarayonini sifatli tashkil etish va o’tkazish bo’yicha hududiy monitoring bo’limlari boshliqlari va metodistlar uchun tizimli o’quvlar tashkil etish;

  • monitoring natijalarini barcha hududiy monitoring bo’limlari va tuman (shahar) monioring sektorlari va barcha maktablarga yetkazish ishlarini va ommaviy axborot vositalari uchun turkum maqolalar tayyorlash;

Ta’lim sifati monitoringi klassifikatsiyasi darajasi va amalga oshirish xususiyatiga ko’ra, shakliga ko’ra, funksiyasiga ko’ra, obyektiga ko’ra, modeliga ko’ra, davriyligi, tashkiliy shakllari, munosabati va maqsadiga ko’ra amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Ta’lim sifati monitoringi klassifikatsiyasi darajasi va amalga oshirish xususiyatiga ko’ra, shakliga ko’ra, funksiyasiga ko’ra, obyektiga ko’ra, modeliga ko’ra, davriyligi, tashkiliy shakllari, munosabati va maqsadiga ko’ra amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. (1.1-jadval)

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin