Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə12/44
tarix12.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#154627
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
XUDOYQULOV SALOHIDDIN Bitiruv malakaviy ish

birinchidan – oliy ta’limga sarflanadigan davlat byudjetining ortishi va shu tufayli boshqa ijtimoiy sohalarga qaraganda oliy ta’limga beriladigan imtiyozlarga doir e’tirozlar paydo bo‘ldi.
ikkinchidan – G‘arbiy Yevropa ta’lim tizimining kengayishi munosabati bilan ta’lim sifatiga e’tiborning ortishi. Oxirgi o‘n yilliklarda talabalar sonining keskin ortishi yangi ta’lim sohalari, fakultet va hatto institutlarning (ayniqsa gumanitar sohada) ko‘payishi, o‘z navbatida, oliy ta’lim sohasiga mablag‘ ajratishni orttirish to‘g‘risidagi bahslarni keltirib chiqardi.
uchinchidan – zamonaviy jamiyatning ko‘pgina sohalaridagi «ochiqlik» omili. Bu esa ta’lim muassasasi, uning ishlash tizimi, dasturlari, talabalar oladigan bilim va malakalarning sifati haqidagi ma’lumotlar muassasadan tashqariga ko‘proq chiqa boshlaganini anglatadi.
to‘rtinchidan – Yevropada talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni xalqaro darajada ayirboshlashning kuchayishi, shuningdek, Yevropa mehnat bozorining baynalminallashuvi.
Shunday qilib, G‘arbiy Yevropa oliy ta’lim tizimining kengayishi, uni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga sarflanayotgan xarajatlarning ortishi ta’lim muassasalarining oldiga mutaxassislarni tayyorlash sifatini ko‘z-ko‘z qilish va shu orqali sarflanayotgan mablag‘larni oqlashni dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. Shu bilan birga Yevropa oliy ta’limining baynalminallashuvi, xalqaro miqyosda, ta’lim sifatini baholash tizimini yaratishni dolzarb masalaga aylantirdi.
Oliy ta’lim tizimida sifat siyosatini belgilashda ikkita yondashuv ajratib ko‘rsatiladi: kontinental (Evropa mamlakatlari) va Britaniya yondashuvlari9.
Kontinental yondashuvda sifatning tashqi tomoni ko‘proq ahamiyatga ega, ya’ni ta’lim muassasasi bitiruvchilarining mamlakat milliy iqtisodiyotida ishtirok etishga qay darajada tayyor ekanliklari aniqlanadi. Bu oliy ta’lim muassasalarining davlat tomonidan moliyalashtirilishi bilan izohlanadi.
Britaniya yondashuvida sifat yuqori darajadagi mustaqillik va avtonomlik bilan tavsiflanadi, chunki Britaniya universitetlari rivojlanish va nazorat shakllarini tanlashda erkindirlar.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin