Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan to`lidiruvchilar o`zidan oldin kelgan to`ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Bunda vositasiz to`ldiruvchi ham, vositali to`ldiruvchi ham ajratilishi mumkin. Masalan: Sizga, o`rta bo`yli qizga, atlas ko`ylak juda yarashibdi. (Y.Shukurov). Bu norozilik, hech shubhasiz, uning dadasiga, Otaqo`ziga, qarshi qaratilgan edi. (O.Yoqubov).
Ajratilgan aniqlovchilar
Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi.
Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo`rttirib ko`rsatish uchun ajratiladi. Masalan, Muxtor, yalangbosh, majnuntollar tagida aylanib, xayol surib yurardi. (S.Soliyev) gapida yalangbosh sifatlovchisi shaxsning (Muxtor) belgisini bo`rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan.
Ajratilgan qaratuvchi. Bunda qaratuvchi o`zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, aniqlashtirish yo`li bilan ajratiladi. Masalan: To`g`ri, uning yozganlari, aniqrog`i, mashinistkaga aytib turib, qog`ozga tushirganlarining aksari mazmunan sayoz bo`lar, oldingilarini takrorlardi. (T.Po`lat). Bu gapda «mashinistkaga aytib turib, qog`ozga tushirganlarining» aniqlovchisi, o`zidan oldin kelgan qaratuvchining (yozganlari so`zining) ma’nosini izohlab, bo`rttirib kelgan.
Ajratilgan izohlovchilar
Izohlovchilar ko`pincha ajratilgan bo`ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Siz, Sunnatillo, o`zingiz juda aqlli, o`zi uzoqni ko`radigan odamsiz. (S.Soliyev). Ko`rimsizgina jangchi – Ali tajang ... kelib o`zbekcha cho`kkaydi. (Oybek). Minbarni institutni oldinroq bitirganlar - yuqori kurs studentlari egalladi. (J.Abdullaxonov).
Ajratilgan hollar
Ajratilgan hollar shakllari jihatdan ikki xil bo`ladi:
I. Oborot shaklidagi ajratilgan hollar.
II. Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan hollar.
Dostları ilə paylaş: |