Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 497,22 Kb.
səhifə32/72
tarix28.11.2023
ölçüsü497,22 Kb.
#167599
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
УМК Maktabgacha ta\'limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fani

Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan bin uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o'rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda
quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlaming umumiy o'rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) 0‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:
1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo'lgan
ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o'quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilaming tayyorgarlik darajalariga qo'yiluvchi talablami belgilaydi.


9- MAVZU: Maktabgacha ta’limda markazlar faoliyati va uslubiyoti fani doirasida “O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”ni bajarilishini ta’minlash
Fan-texnika taraqqiyoti ta’lim jarayoniga asosan yangicha yondashishni, ta’limning faol metodlari va texnologiyalarini qo‘llashni talab qilmoqda, chunki xotira kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli ta’lim oluvchilarning fikr yuritish va bilish faolligining o‘sishiga ham yordam beradi. Hozirgi vaqtda respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar oldida ta’lim oluvchilarga tayyor bilimlarni beribgina qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik ko‘nikmalarini singdirishi kerakligi masalasi turibdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. ≪Standart≫ ingliz tilidan taijima qilinganda ≪meyor≫, ≪namuna≫, ≪andoza≫, ≪model≫ ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o'quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o'quvchilaming bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. 0‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlami yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo'lgan yoki qiaqarli bo'lmagan fanni o'rganishda o'quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi xosdir.

Yüklə 497,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin