3.2. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tuShuntiradi.
Topshiriqni yozib olishadi.
1-ilova
Mavzu: Ta’lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari. Ta’limi mazmuni.
Reja: 1. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyat.
2. Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi.
3. Ta’lim funksiyalari.
4. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi.
5. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati.
6. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi.
7. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi.
8. Ta’lim qonuniyatlari.
9. Ta’lim tamoyillari.
Adabiyotlar: 1. Pedagogika. /A.Q.Munavarov tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1996.
2. Hasanboev J. va b., Pedagogika – T.: Fan, 2006.
3. Toxtaxodjaeva M. Va b., Pedagogika. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2008.
4. Podlasыy I.P. Pedagogika. V 2-x knigax. 1-chast. M.: VLADOS, 1999.
5. Kaldibekova A,S., Xodjaev B.X. O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llari. T.: TDPU, 2006.
2-ilova
Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliYatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, Shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir.
Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tuShunchalar emas. Jarayon bu Yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyahi holatini o‘zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatni V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to‘laqonli anglash mumkin:
DJ=M+O‘f+B
Bu erda:
DJ – didaktik jarayon;
M – o‘quvchilarning o‘qish (ta’lim olish) motivatsiYasi;
O‘f –o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati;
B –o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish.