Ta’limning umumiy qonuniyatlari 1. Ta’lim maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniYatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniYatlari darajasi bog‘liq.
2. Ta’lim mazmuni ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yosh imkoniYatlari, ta’lim nazariYasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, Shuningdek, o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniYatlari bog‘liq.
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material xususiYati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o‘quvchilarning bilim olishga qobiliYatlari va ta’lim vaqtiga bog‘liq.
4. Ta’lim metodlari samaradorligi metodlarni qo‘llashda bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniYatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil etishga bog‘liq.
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligiga bog‘liq.
6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi ta’limning ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlariga bog‘liq.
Ta’limning mazmunli tamoyillari - fuqarolik;
- ilmiyligi;
- tarbiyalovchi ta’lim;
- fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariYaning amaliyot bilan bog‘liqligi);
- tabiat bilan uyg‘unligi;
- madaniYat bilan uyg‘unligi;
- insonparvarligi.