Nurmurodov



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

4.4. Bo‘shatish
Bo‘shatishdan maqsad toblash natijasida buyumda hosil boigan 
ichki kuchlanishlami kamaytirish, plastik xossalarini oshirishdir. 
Bo‘shatish toblashdan keyin bajarilishi shart b o igan jarayondir. 
Bo‘shatish uchun buyum PSK kritik nuqtadan past haroratgacha 
qizdiriladi. B o‘shatish uch xil boiadi:
•p ast haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 160-250°C 
haroratda qizdiriladi, m aiu m vaqt tutib turilgandan keyin havoda 
sovitiladi. Hosil b oigan struktura 
bo'shatilgan martensit
deyiladi. 
Toblash natijasida hosil bo igan qattiqlik deyarli o ‘zgarmaydi. 
Mustahkamlik va qovushoqlik sezilarli darajada ortadi. Toblangan 
poiatdagi ichki kuchlanishlar kamayadi. Ko‘pincha kam legirlangan, 
yuzasi toblangan va kimyoviy-termik ishlangan p o ia tlar ana shunday 
bo‘shatiladi;
• 
o ‘rtacha haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 350-450°C 
haroratda qizdiriladi, m aium vaqt tutib turilgandan keyin havoda 
sovitiladi. Hosil bo igan struktura 
bo'shatilgan trostit
deyiladi. 
0 ‘rtacha haroratda bo‘shatish ko£p hollarda prujina, ressor, shtamp 
kabi buyumlami termik ishlash uchun qoilaniladi. Toblangan 
buyumning qattiqligi 35 HRC gacha kamayadi. Plastik xossalari 
ortadi;
•yuqori haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 550-650°C 
haroratgacha qizdirilib, m aium vaqt tutib turilgandan keyin havoda 
sovitiladi. Hosil b oigan struktura 
b o ‘shatilgan sorb it
deyiladi. Bun­
day termik ishlov, legirlangan uglerodli p o ia tlar uchun qoilaniladi.
4.5. Poiatlarga kimyoviy-termik ishlov berish
P oiatning yuzasini harorat ta’sirida turli kimyoviy elementlar 
bilan to ‘yintirish 
kimyoviy-termik ishlov berish
deyiladi. Bu jara- 
yonda yuzadagi miqdor o ‘zgarishlari sifat o'zgarishlariga olib keladi. 
Yuza qatlamining kimyoviy tarkibi o'zgarishi poiatning qattiqligi 
ortishiga, ishqalanib yeyilishga va zang ta’sirida yemirilishga 
qarshiligi oshishiga hamda toliqishga chidamliligi ko‘payishiga olib 
keladi.
Kimyoviy-termik ishlash poiatning tarkibi, strukturasi va 
xossalarini o ‘zgartirish maqsadida uning sirtqi qatlamiga kimyoviy va
56


termik ta’sir etish protsessidir. Kimyoviy-termik ishlash natijasida 
po‘Iat sirtining qattiqligi, yeyilishga chidamliligi, korroziyabar- 
doshligi, kislotabardoshligi kabi xossalari ortadi. Po‘lat detallarining 
uzoq muddat ishlashini oshirish uchun mustahkamlash eng samarali 
usullardan boiganligi sababli kimyoviy-termik ishlash mashinasoz- 
likda keng tarqalgan.
0 ‘lchamlari va shakli turlicha bo igan detallarga kimyoviy-termik 
ishlov berib, bir xil qalinlikda ishlov berilgan qatlam olish mumkin. 
Kimyoviy-termik ishlashda sirtqi qatlamning kimyoviy tarkibi 
o ‘zgarishi tufayli detal sirti bilan o‘zagining xossalarida farq boiadi. 
Ish 
unumining 
pastligi 
kimyoviy-termik 
ishlashning 
asosiy 
kamchiligidir.
Detallaming uzoq vaqt ishlashini ta’minlash uchun sanoatda keng 
qoilaniladigan va eng samarali usullardan biri ularga kimyoviy- 
termik ishlov berish, ya’ni metall sirtida bir vaqtning o‘zida ham 
kimyoviy ham termik ta’sir qilishdir.
Kimyoviy-termik ishlov berish orqali quyidagilarga erishiladi:
a) metall va qotishmalaming sirtlari puxtalanish bilan sirt qattiq­
ligi, yeyilishga chidamlilik, toliqishga mustahkamlik, issiqbardoshlik 
va boshqa shu kabi xossalaming oshishi;
b) metall va qotishmalaming normal va yuqori haroratlarda tashqi 
tajaw uzkor muhitlar ta ’siriga qarshi turg‘unligining oshishi. Bunda 
ishlov berilgan detallaming korroziyaga bardoshliligi, gravitatsion 
korroziya, kislotaga turg‘unligi, kuyishga chidamliligi va shu kabi 
xossalari oshadi.
Metall va qotishmalarga kimyoviy-termik ishlov berish ulami 
yuqori haroratlarga qizdirib faollashgan gazli, suyuq yoki qattiq 
muhitlarda 
ushlab 
turish 
va 
buning 
natijasida 
metall 
va 
qotishmalaming sirt qatlamlari kimyoviy tarkibini, strukturasi va 
xossalarini yaxshilashdir. Termik ishlov berishdan kimyoviy-termik 
ishlov berishning farqi shundaki, bu ishlov berish turida metall va 
qotishmalaming faqat strukturaviy o ‘zgarishlari ro‘y bermasdan, balki 
sirt qatlamlaming kimyoviy tarkibi ham o ‘zgaradi. Ba’zi bir 
kimyoviy-termik 
ishlov 
berish 
usullaridan keyin 
metall 
va 
qotishmalaming o ‘zaklari vaqt qatlamlari xossalarini yaxshilash uchun 
termik ishlov berish qoilaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, kimyoviy- 
termik ishlov berish usullarini tanlash orqali ulaming xossalarini eng 
ko‘p oraliqlarda o‘zgartirish imkoniyatlari mavjud. Ba’zi hollarda
57


termik ishlov berish va kimyoviy-termik ishlov berish usullari 
birgalikda olib boriladi.
Ko‘p vaqtlar poiatlarga faqat kimyoviy-termik ishlov berish usuli 
qo‘llanilgan. Bunda sanoatda asosan sementatsiyalash, nitrotsemen- 
tatsiyalash, 
sianlash va azotlash jarayonlari keng 
koiam da 
qo‘llanilgan.
Kam hollarda aluminiylash, xromlash, sulfatsiyalash kabi ishlov 
berishlar ham qo‘llanilgan.
Oxirgi 
yillarda 
kimyoviy-termik 
ishlov 
berish 
usullari 
poiatlardan tashqari titan, molibden, niobiy, tantal, sirkoniy, kobalt, 
mis va bu metallar asosida olingan turli xildagi qotishmalar ham 
ishlov berish uchun qoilanilmoqda.
Ishlab chiqarishda qoilaniladigan kimyoviy-termik ishlov berish 
usullari metall va qotishmalaming sirt qatlamlarini u yoki bu element 
bilan yoki elementlar kompleksi bilan boyitishga asoslangan.
Juda kam hollarda ba’zi bir turdagi qotishmalaming tarkibidagi 
legirlovchi elementlami kamaytirishga asoslangan kimyoviy-termik 
ishlov berish usullari qoilaniladi. Bunda ham qotishmalar sirtida ba’zi 
bir elementlar miqdori kamaytirilsa, ulaming qattiqligi, korroziyabar- 
doshliligi va boshqa xossalari oshadi. Biz quyida faqat metall va 
qotishmalaming sirtlarini boshqa elementlar bilan 
boyitishga 
asoslangan kimyoviy-termik ishlov berish usullarini ko‘rib chiqamiz.
Sirtlami elementlar bilan boyitishga asoslangan kimyoviy-termik 
ishlov berish ko‘p hollarda quyidagi uchta bir vaqtda ketuvchi 
elementlar jarayonlami o‘z ichigaoladi:
1) Tashqi 
muhitda diffuziyalanuvchi 
atomning faollashgan 
holatini hosil qilish.
2) Diffuziyalanuvchi element faol atomning metall sirti bilan 
tutashuvi, atomlar absorbsiyasi va bu atomlar bir qismining metall 
atomlari bilan kimyoviy bogianishida b o iib yutilishi(absorbsiyasi).
3) Absorbsiyalangan atomlaming metall chuqurligi bo‘yicha 
harakati, ya’ni diffuziya hodisasi.
Kimyoviy-termik ishlov berishdan keyin metall va qotishmalar 
sirtida hosil boiadigan diffuzion qatlam tarkibi, tuzilishi va fizik- 
kimyoviy xossalari asosan boyituvchi muhitning tarkibiga hamda 
harorat va jarayon davomiyligi kabilarga bogiiq.
58


Boyituvchi muhit sirtida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar 
olinadi. Qattiq moddalaming metall sirti bilan o ‘zaro ta’siri ulaming 
o ‘zaro tutashuv joylarida sodir bo‘ladi.
Metall sirtining qolgan uchastkalarida esa diffuziya jarayoni 
muhit 
tarkibidagi 
boyituvchi 
elementning 
harorat 
ta’sirida 
bogianishidan sodir boiadi. Qattiq muhitlaming faolligi unchalik 
yuqori boim aganligi uchun qattiq komponentlar bilan to‘yinishini 
jadallashtirish maqsadida uning tarkibiga tezlashtirgich moddalar 
(NH3CI, NH4J, NHtBr, HC1, Cl2, B aC 03 ) qo‘shiladi. Bular ta’sirida 
faol gazli muhit hosil b o ia d i va qattiq komponentlar bilan to ‘yinish 
gazli fazadan to'yinish turiga o‘tadi.
Suyuq muhitlarda ishlov berishda to‘yinish gaz yoki atom 
holatidagi elementlaming singishi natijasida yuzaga keladi. Atom 
holatidagi element eritmaning o‘zida sodir boiadigan reaksiyalar yoki 
elektroliz natijasida ajralib chiqadi.
Kimyoviy-termik ishlov berish uchun eng yaxshi muhit gazli 
muhit hisoblanadi.
Gazli muhitda to ‘yinish to‘g‘ridan-to‘g‘ri oddiy holatlarda 
quyidagi ko‘rinishdagi reaksiyalar ko‘rinishlarida sodir boiadi:
1) 
Almashuv ko‘rinishida CrCl2+Fe=FeCl2+C2;
BaCl2+Fe=FeCl2+Ba.
2) 
Tiklanish ko‘rinishida BaCl2+H2=2HCI+Ba;
B203+6Na=3Na20 +2B.
3) 
Termik parchalanish ko‘rinishida:
a) dissotsiatsiya: 
2
NH3=2H+6H=H2+3H2;
CH4=C+4H=C+2H2;
b) disproporsiyalanish: 
2C 0=C +C 02;
3A1C1=ALC13=ALC13+2A1;
2TiCl2=2TiCl3+Ti.
Kimyoviy-termik ishlov berish vakuumda yoki yuqori harorat- 
larda vodorod muhitida element bugiari hosil b o iish i va bug‘ning 
tarkibidagi elementar atomlaming asosiy metall sirtiga diffuziyasi 
orqali ham kuzatiladi.
M a’lum haroratlarda, bosimda hamda ishlov berilayotganda me­
tall tarkibiga b o g iiq ravishda gazli fazadan elementlaming absorb- 
siyasi boyituvchi muhitda almashinuv reaksiyasida, tiklanishda yoki 
termik parchalanishda ishtirok etuvchi atomlar konsentratsiyasiga 
to ‘g‘ri proporsionaldir.
59


Muhitning absorbsion qobiliyatiga jarayon harorati kuchli ta’sir 
qiladi: harorat qancha yuqori b o isa, metallni qurshovchi muhitdagi 
atomlar harakatchanligi oshadi va metall sirtiga gazli muhitdan 
shunchalik ko‘p element atomlari absorbsiyalanadi.
Gazli muhitning absorbsiya tezligiga ta’siri ham muhitdagi faol 
elementlar konsentratsiyasi ta’siri kabi b o iish i lozim, chunki bosim 
oshishi bilan faol gaz tarkibidagi birlik hajmiga to‘g‘ri keluvchi 
molekulalar soni oshadi. Lekin bosimning absorbsiyaga ta’siri haqida 
to ‘xtalganda bosim o ‘zgarishi bilan gazli muhitda reaksiya tavsifini 
hisobga olish zarur. Chunki boyituvchi muhit bosimi oshishi bilan 
gazli muhitning absorbsion qobiliyati u yoki bu tomonga o ‘zgarishi 
mumkin.
Ishlov berilayotgan metall (qotishma), ishlov berish maqsadi, 
sirtni boyitish uchun qoilanilayotgan element tavsiflariga bog‘liq 
ravishda kimyoviy-termik ishlov berish jarayonini harorati va 
davomiyligi juda keng oraliqlarda o‘zgaradi.
Po‘latdan yasalgan mashina detallarining yuza qatlami tarkibini 
o ‘zgartirish jarayoni uch bosqichdan iborat:
•birinchi 
bosqichda 
singdiriladigan 
(diffuziyalantiriladigan) 
element atomlari faollashtiriladi. Bunda asosan harorat hal qiluvchi 
omil hisoblanadi. Faollikni oshiruvchi elementlar qoilanilishi ham 
mumkin;
•ikkinchi bosqichda singadigan (diffuziyalanadigan) element 
atomlari yuzaga molekular yaqinlashtiriladi. Bunday hoi modifikat- 
siyaiovchi elementning yuzaga adsorblanishi deyiladi;
•uchinchi bosqichda atomlar yuzaga singadi. Keyin faol atomlar 
metallning ichki qatlamlariga singiy boshlaydi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin