Tabiatda o‗zini tutishning asosiy qoidalari va sog‗lom turmush tarzi asoslarini biladi, o‗zining va o‗zgalarning sog‗ligini asrash qoidalarini biladi va o‗z organizmini nazorat qila oladi.
Biologiya fani bo‗yicha A2 daraja uchun majburiy minimal ta‘lim mazmuniga qo‗yilagn talablar:
Biologik ob‟ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetentsiyasi.
Atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonunlarning mazmun-mohiyatini biladi va tasniflay oladi, mavzular yuzasidan vujudga kelgan o‗quv muammolarni anglay oladi, muammoni hal etish maqsadida g‗oyalarni ilgari sura oladi, o‗z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qila oladi, umumlashtirib, muammoni hal etish yuzasidan xulosalar chiqara oladi.
Biologik axborotlarning turli manbalari (darslik, o‗quv qo‗llanma, ilmiy – ommaviy adabiyotlar, biologik lug‗atlar, entsiklopediyalar, elektron – axborot ta‘lim resurslari va hakozolar) bilan ishlay oladi, kerakli ma‘lumotlarni ajrata oladi, ma‘lumotlarni tahlil qiladi va amalda qo‗llay oladi.
Biologik ob‟ektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o„tkazish va xulosalash kompetentsiyasi.
Biologik ob‘ektlarda boradigan jarayonlar, tirik organizmlarning moslanishi va tarqalishini o‗rganish uchun tajriba va kuzatishlarni aniq maqsad va reja asosida olib
boradi, ma‘lumotlar to‗playdi, natijalarni qayd etadi, olingan natijalarni tahlil qila oladi, umumlashtiradi, xulosalay oladi.
Sog„lom turmush tarzi va ekologik kompetentsiya.
Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar va ularning oldini olish haqida ma‘lumotlarni biladi;
yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish maqsadida gigienik va ratsional ovqatlanish qoidalari, organizmlarda parazitlik qiladigan hayvonlarning rivojlanish tsiklini o‗zlashtirgan holda ularga qarshi kurash usullarini biladi, yuqtirmaslik chora– tadbirlarini qo‗llay oladi, zaharli o‗simliklar va oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini ola oladi, turli omillar va hayvonlar tomonidan jarohatlanganda, shamollaganda, kuyganda, oftob va sovuq urganda, suyak va paylar shikastlanganda, suvga cho‗kkanda birinchi yordam ko‗rsatish usullarini qo‗llay oladi;
kun tartibiga rioya qiladi, jismoniy mehnat va aqliy faoliyatni uyg‗un ravishda amalga oshirish yo‗llarini tushunadi, inson salomatligiga ekologik omillarning ijobiy va salbiy ta‘siri, zararli odatlarning oqibatlarini tahlil qilib izohlay oladi;
ta‘lim muassasasi va mahallalarda obodonlashtirish borasida olib boriladigan ijtimoiy foydali tadbirlarda faol qatnashadi, biologiya xonasi va tirik tabiat burchagida xona o‗simliklarini, maktab tajriba yer maydonchasida madaniy o‗simliklar va uy hayvonlarini parvarishlaydi va ko‗paytirishni bajara oladi;
tabiat va boshqa insonlar bilan munosabatda o‗z xatti – harakatlarini ongli ravishda boshqara oladi, tabiat go‗zalliklari va biologik ob‘ektlarini estetik jihatdan baholay oladi.O‗quvchilar kompetentliligini shakllantirish jarayonida avvalombor ta‘lim muasasasi
rahbar va pedagog xodimlari o‗quvchilar kompetentliligini shakllanish hamda rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlab olish zarur. Ular quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biologiya fani o‗qituvchilari ta‘lim- tarbiya jarayonida quyidagilarga e‘tibor qaratishlari muhim o‗rin tutadi.
Biologiya fanida DTS va o‗quv dasturini sinchiklab o‗rganib chiqish kerak, uning mazmun va mohiyatini o‗zlashtirib olish zarur;
O‗quvchilar tomonidan fan mazmunini o‗zlashtirishda yuzaga kelgan muammolarni aniqlash, muammolarni hal etish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqishlari.
Biologiya fanini o‗qitishda ko‗rgazmali metodlar yetakchi o‗rinni egallashini hisobga olib tabiiy va tasviriy didaktik materiallar hamada vositalardan foydalanishga e‘tibor qaratishlari.
Dars va darsdan dashqari mashg‗ulotlarda tadqiqotchilik hamda loyihalashtirish ta‘lim texnologiyalaridan ko‗proq foydalanish maqsadga muvofiq.
Biologiya fani tabiiy fanlar tarkibiga kirishi sababli amaliy va mantiqiy metodlardan samarali foydalanish zarur.
O‗quvchilarning fan bo‗yicha kompetentliligini oshirishda elektron ta‘lim resurslari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda respublika multimedia markazi va boshqa muassasalar tomonidan yaratilgan yangi elektron ta‘lim resurslaridan samarali foydalanish.
O‗qituvchilar axborot texnologiyalari yordamida qo‗shimcha elektron ta‘lim resurslarini va didaktik materiallar hamda vositalarni yaratishlari zarur.
Ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning sifatini boshqarishda ushbu jarayonga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina va pedagogik faoliyat jarayonlari metodologik hamda psixologik jihatdan to‗g‗ri tashkil qilinganidagina, ta‘lim samarasi yangi bosqichga ko‗tariladi.
Demak, ta‘lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali:
o‗quvchilarning bilim olishga bo‗lgan talabi, moyilligi, is tak-xohishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;
o‗quvchining o‗quv mehnatiga mas‘uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;
bilimlarni mustaqil egallash va ijodkorlik malakalari shakllanadi;
o‗z bilimi, ko‗nikmasi va malakasiga bo‗lgan ishonchi ortadi;
erkin fikrlash malakasi shakllanadi;
o‗quvchilarda hayotiy ko‗nikmalar shakllanadi;
shaxs jamiyatda o‗zining o‗rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, o‗quvchilar kompetentliligining shakllanishi va rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarni o‗z vaqtida bartaraf etish hamda ta‘lim- tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali ta‘lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta‘lim markazida bo‗lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta‘minlash bugungi biologik ta‘lim-tarbiya jarayonining ustuvor vazifasi bo‗lib qolmoqda.
Odam va uning salomatligi fanidan Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasi (kichik guruhlarda oʻqitish metodi), blits soʻrov, suhbat, tushuntirish, “Tushunchalar tahlili” metodi asosida kompitensiyalarni