“Нурота қўриқхонаси қуриқлик моллюскалариннг биологик хилма хиллиги”


BOB. Biologiya darsi va kompetensiyaviy yondashuvga asoslanib, unga qoʻyilgan zamonaviy talablar



Yüklə 101,33 Kb.
səhifə4/11
tarix11.11.2022
ölçüsü101,33 Kb.
#68636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
biol

2 BOB. Biologiya darsi va kompetensiyaviy yondashuvga asoslanib, unga qoʻyilgan zamonaviy talablar.


Dars biologiyani oʻqitishning asosiy shakli boʻlib, uning tuzilishi, tashkil etilishi, unda oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalari biologiya oʻqitish metodikasining asosiy muammosi sanaladi.Darsda oʻquv dasturi talablari asosida ta‘lim-tarbiya uzviyligini ta‘minlash, bu jarayonda oʻqitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DTS bilan me‘yorlangan ta‘lim mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, ma‘naviy-ahloqiy tarbiyalash amalga oshiriladi.[3]
Oʻquvchilarga ta‘lim-tarbiya berish sifati va oʻqitish samaradorligi darsning tashkil etilishi, ularda oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalariga bogʻliq boʻladi.
Dars biologiya oʻquv dasturi bilan me‘yorlangan mazmunni oʻrganish maqsadida yoshi, tayyorgarlik darajasi bir xil, doimiy tarkibga ega boʻlgan oʻquvchilardan iborat guruh (sinf)larda belgilangan vaqt doirasida, qat‘iy jadval asosida biologiya oʻquv xonasida tashkil etiladi.
Oʻrganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda, darslar tirik tabiat burchagida, oʻquv tajriba maydonida, biologik muzeylarda tashkil etilishi ham mumkin.
Biologiya oʻquv dasturida ta‘lim mazmuni oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, bilim zahiralari hisobga olingan holda berilgan. Biologiya oʻquv fanlarining mazmuni mantiqiy ketma-ketlikdagi alohida qismlar
– boblar, mavzularga boʻlingan. Har bir mavzu mazmunini oʻrganish darslarda amalga oshirganligi sababli, darslar ham muayyan sistemani tashkil etadi, bir-biri bilan mantiqiy bogʻlangan boʻladi.
Dars-biologiyani o‘qitishning asosiy shakli bo‘ lib, uning tuzilishi, tashkil etilishi, unda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalari biologiya o‘qitish metodikasining asosiy muammosi sanaladi.[4]
Darsda o‘quv dasturi talabalari asosida talim- tarbiya uzviyligini taminlash, bu jarayonda o‘qitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DTS bilan meyorlangan talim mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, manaviy-axloqiy tarbiyalash, ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish amalga oshiriladi.

O‘quvchilarga talim-tarbiya berish sifati va o‘qitish samaradorligi darsni tashkil etilishi, ularda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalariga bog‘liq bo‘ladi. Dars – biologiya o‘quv dasturi bilan meyorlan gan mazmunni o‘rganish maqsadida yoshi, tayyorgarlik darajasi bir xil, doimiy tarkibga ega bo‘lgan o‘quvchilardan iborat guruh (sinf) larda belgilangan vaqt doirasida, qatiy jadval asosida biologiya o‘quv xonasida tashkil etiladi. [8]


O‘rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda darslar tirik tabiat burchagida, o‘quv tajriba maydonida, biologik muzeylarda tashkil etilishi ham mumkin.Biologiya o‘quv dasturida talim mazmuni o‘quvchilar ning yosh va psixologik xususiyatlari, bilim zaxiralari hisobga olingan holda berilgan. Biologiya o‘quv fanlarining mazmuni mantiqiy ketma-ketlikdagi alohida qismlar
– boblar, mavzularga bo‘lingan. Har bir mavzu mazmunini o‘rganish darslarda amalga oshirganligi sababli, darslar ham muayyan sistemani tashkil etadi, bir-biri bilan mantiqiy bog‘langan bo‘ladi.
Darsda o‘qitish hamma o‘quvchilar uchun umumiy bo‘lgan o‘quv dastur asosida tashkil etiladi, o‘qituvchi o‘rganilayo tgan mavzu mazmuni, talimiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni amalga oshiradi.
Demak, o‘quvchilarning darsdagi faoliyati ularning o‘quv-bilish faoliyatini, o‘qituvchining faoliyati esa shu faoliyatni tashkil etish, boshqarish va faollashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyat sanaladi.
Darsda o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati, o‘qituvchining pedagogik faoliyati bilan uyg‘un tashkil etilganidagina o‘qitish maqsadlariga erishish mumkin.
Har bir dars o‘quvchilarning mavzuga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy rivojlanishi, shaxs sifatida tarbiyalash, atrof-muhitgaongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi va biologiyani o‘qitishdan nazarda tutilgan umumiy maqsad va vazifalarning ajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Darsning muvoffaqiyatli tashkil etilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining darsga qo‘yiladigan talablarni bilishi, unga amal qilishiga bog‘liq. Mazkur talablar jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, manaviy-marifiy qarashlari, talim muassasalarining maqsadi va vazifalari, o‘qitish qonuniyatlari va printsplaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Biologiya o‘qitish metodikasida darsga qo‘yilad igan talablar uch guruh metodik, tarbiyaviy va tashkiliy talablarga ajratiladi.

Yüklə 101,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin