Yuk qabul qiluvchi va tarqatuvchi punktlarga –mahsus jihozlangan
avtomobil stansiyalari, shuningdek, yuk jo‘natuvchilar omborlarini ham kiritish
mumkin.
Yuk bekatlarining (gas) –asosiy qurilma (mexanizmlar) va inshootlariga quyidagilar kiradi : -ma’muriyat binosi, ma’muriy-tezkor xonalar;
-yopiq omborlar ,yuklarni saqlash va saralash inshootlari,
-avtopoyezdlar
to‘xtash
maydonchasi,yarimtirkamalarni
,konteynerlarni
saqlash,yuklash va almashtirish maydonchalari ,
-yong‘inga xavfli, tez o‘t oluvchi , portlovchi, yuklarni tashiydigan yarim
tirkamalar uchun alohida to‘xtash maydonchalari;
-avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ekspluatatsion
materiallar bilan ta’minlash hududlari, maydon va qurilmalar;
-maishiy binolar (oshxona, dush, tibbiy yordam xonasi ,haydovchilar dam olish
xonalari va boshqalar )
Yuk bekatining ish tartibi butun avtostantsiyaning harakat jadvali bilan
kelishilgan bo‘lishi lozim. Yuk bekatining hususiyati va ish hajmi sanab o‘tilgan u,
yoki, bu elementlaring mavjudligi va kengayishi darajasini aniqlaydi.
Yuk bekati –maydoninning joylashuvi, qurilma va inshootlarning o‘rnashtirilishi
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-bekatda bajariladigan jarayonlarning muntazam va uzluksiz ravishda
bajarilishini ta’minlash;
-yong‘in havfsizligi talablariga mosligi;
-atrof muhit tozaligiga rioya qilish.
Nazorat savollari 1.
Terminallar va ishlab chiqarish bazalari haqida aytib bering.
2.
Yuk bekati (gas) ning asosiy vazifalari haqida aytib bering.
3.
Yuk bekatlari (gas)ning asosiy qurilma (mexanizmlar) va
inshootlari haqida aytib bering.
4.
Harakatni tashkil qilishda qanotli tortish usuli
5.
Yuk bekatining ish tartibi
6.
Tranzit holda o‘tayotgan avtopoyezdlarni saqlash