Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm
25-mavzu. Yuk bekatining vazifasi va tashkiliy tuzilmasi. T va l shakldagi terminallar. Reja: 1. Terminallar va ishlab chiqarish bazalari.
2.
Yuk bekati (gas) ning asosiy vazifalari.
3. Yuk bekatlari (gas)ning asosiy qurilma (mexanizmlar) va inshootlari.
Tayanch iboralar: yuk bekati, tashkiliy tuzilmasi, shaharlararo yuk tashish,
transport ekspeditsiya xizmatini ko‘rsatish, hisob-kitob ishlari, omborxonalar ishi.
Yuk toifa(marka)lari.
Yuk bekati. Avtomobil yo‘nalishidagi ahamiyatga molik yuk aylanish punktlarining
trassalarida joylashgan muntazam ishlab chiqarish korxonalarga, yoki, tashish
jarayonlari talab etilayotgan va tashkiliy tijorat, texnik tadbirlar bajarishga
mo‘ljallangan, avtomobil transportilardan samarali foydalaniladigan joylarga –
yuk bekatlari (gas) deb aytiladi.
Yuk bekatining (gas) asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi :
Yuk oqimi va aylanishini muntazam ravishda o‘rganish va tashkil qilish;
mijozlar bilan doimo bevosita aloqada bo‘lish; tashish shartnomalarini tuzish;
Transportning imkoniyatlariga mos tashish- tezkor rejalarini tuzish; transport
ekspeditsiya ishlarini bajarish;
Konteynerlarda tashish, kichik partiyadagi yuklarni jo‘natish, tashish
buyurtmalarini qabul qilish, yuklarni qabul qilish va jo‘natish;
Atk va yuk jo‘natuvchilar bilan hisob-kitob qilish; yuk bekati (gas) bo‘yicha
tashish- yarim tirkamalarni avtoyo‘nalish bo‘yicha shatakka olib tortib borish va
manyovr ishlarini amalga oshirish va hokazo;
Tranzit holda o‘tayotgan avtopoyezdlarni saqlashni tashkil qilish; yo‘nalishdan
qaytgan avtomobillarni yuk egalarining omborxonalariga yetkazib berish, manyovr
ishlarini bajarish;
Yarimtirkamalarni saqlash, ortish-tushirish ishlarini nazorat qilish (yuk
jo‘natuvchi, yuk qabul qiluvchi omborlarida); yuk saqlash omborlarini tashkil qilish,
yuklarni toifalarga va yo‘nalishlarga ajratish;
Txk stansiyalari va punktlarida yonilg‘i quyish shaxobchalarini tashkil qilish;
avtomobillarning texnik holatini nazorat qilish, avtomobil transportilarni vaqtinchalik
saqlash;
Yo‘nalish avtopoyezdlar haydovchilariga maishiy xizmat ko‘rsatish, dam olish
va ovqatlanish maskanlari, oshxona ,mexmonxonalarni tashkil qilish;
565
Harakatning tashkil qilishning qo‘llaniladigan usuliga avtomobil transportining
oqimi quvvatiga, yuk bekati (gas) joylashgan joyig‘a qarab, uning ish hajmi va
majmuyi har hil bo‘ladi.
Avtoyo‘nalishning ishini