O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə313/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

tovar 
tarozilari; 
avtomobil 
tarozilari;
ba’zi 
hollarda 
esa 
vagon 
tarozilaridan
foydalaniladi. 
Umum maqsadda foydalaniladigan 
tovar tarozilari
– alohida partiyali tarali va 
donali yuklarni o‘lchashda qo‘llaniladi 
Avtomobil va vagon tarozilari
– asosan yuklar avtomobil transporti bilan 
birgalikda o‘lchanadi.avtomobil tarozilari elevatorlarda, shakar, paxta zavodlarida, 
meva- sabzovotlar saqlash joylarida va shunga o‘xshash joylarda keng qo‘llaniladi. 
Yuk og‘irligini o‘lchash uchun avtomobil ukki marta o‘lchanadi: 
Jo‘natishda
– avval avtomobil yuksiz, keyin yuk bilan o‘lchanadi. 
Qabul qilishda
– avval avtomobil yuk bilan, keyin yuksiz o‘lchanadi. O‘lchash 
natijalaridagi farq ikkala holda ham yukning vaznini ko‘rsatadi. Standartlarga mos 
ravishda quyidagi avtomobil tarozilari ishlab chiqarilgan. 
A-10; a-25m; a-25b; a-50; a-100; 
Ularning yuk ko‘tarish qobiliyati : 10; 25; 50; 100 tonna 
Zamonaviy yirik omborlar – bular bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘plab 
elementlarni o‘z ichiga oladigan, aniq bir tizimga ega bo‘lgan va moddiy oqimlarni 
o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradigan, shuningdek 
yuklarni qayta ishlash va iste’molchilargataqsimlash ishlarini bajaradigan yirik texnik 
inshootlar bo‘lib hisoblanadi. Ayni paytda omborlar ularda qo‘llaniladigan 
qurilmalar, texnologik echimlar, jihozlar konstruksiyalari va ularning xilma-xilligi, 
qayta ishlanadigan yuklarning turlari bo‘yicha omborlar murakkab tizimlar qatoriga 
kiradi. Shu bilan birga omborlarning o‘zi ham yanada yirik tizim – logistik zanjirning 
elementi bo‘lib hisoblanadi va u omborlar tizimidaasosiy va texnik talablarni 
shakllantiradi, ularni optimal faoliyat ko‘rsatishi uchun maqsad va mezonlarni 
belgilaydi, yuklarni qayta ishlash uchun shartlarni belgilaydi. 
Shu boisdan omborlar alohida emas, balki logistik zanjirning tarkibiy qismi 
sifatida qqaralishi lozim. Faqat shunday yondoshuv orqali omborlarni o‘zining asosiy 
fuknsiyalarini samarali bajarishini vayuqori darajadagi samardorlikka erishish 
mumkin. 


559
Shu bilan birga har bir alohida olingan aniq omborning ko‘rsatkichlari bir-
biridan anchav farq qiladi, zero ularning elementlari va o‘zining tuzilmasi o‘zaro 
bog‘liq bo‘ladi. Omborlar tizimini tuzishda uning samardorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
barcha omillarni to‘liq qamrab olgan holda ularga individual yondoshish tamoyiliga 
amal qilish lozim bo‘ladi. Buning uchun omborlarning fuksional vazifalarini aniqlash 
va yuklarni omborlarning ichida va tashqarisida qayta ishlashning tahlili misol 
bo‘ladi. Har qanday sarf xarajatlar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim, ya’ni 
sarmoya sarflash bilan bog‘liq har qanday texnologik va texnik ishlanma bozordagi 
rasm bo‘lgan ana’na va texnik imokniyatlardan emas balki ratsional ravishda 
maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqishi lozim. 
Omborlarning asosiy vazifasi
– zahiralarni to‘plash, ularni saqlash va 
iste’molchi buyurtmalarini uzo‘luksiz va ritmik ravishda ta’minlanishiga erishish. 
Logisika konsepsiyasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi va transport, transport va 
iste’molchi o‘rtasida doimo ishlab chiqarishning notekis sikllarini tekislashga xizmat 
qiladigan, turlicha transportni iste’mol qiladigan va foydalanadigan omborlar 
ob’ektlari bo‘lishi lozim. 
Shu boisdan moddiy oqimlarni logistik zanjirlarda ishlab chiqaruvchidan to 
iste’molchiga qadar harakati jarayonlarida turlicha saqlashva qayta ishlash, moddiy 
oqimlar shakli va ko‘rsatkichlarini o‘zgartiruvchiob’ektlarining ta’sirini hisobga olish 
darkor.
Makrologistik darajada shu tarmoq tizimi davlat tassarufidagi milliy, 
mintaqaviy, xududiy va xo‘jaliklararo va texnologik o‘rin tutdigan omborlar xo‘jaligi 
o‘z ichiga oladi.
Omborlar ob’ektlarida moddiy oqimlar dinamik ko‘rinishdan statik ko‘rinishga 
qayta o‘tadi va uning teskarisi. Bundan tashqari, saqlash tizimida va moddiy 
oqimlarni qayta ishlashda bitta ko‘rsatkich kiritilib, ikkinchi ko‘rstakich chiqariladi. 
Ko‘rsatkichlar sifatida kuchlanish, quvvat, ritm, moddiy oqimlar tizimi, hamda 
mahsulotning turi va o‘rash usuli, transport yuklari to‘plami va h.k. E’tirof etiladi. 
Logistik tizimga ayniqsa omborlar tizimiga kiruvchi yuklarni saqlash va ularni 
qayta ishlash tizimi tuzilsmasi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
– ishlab chiqarish hajmi va masshtablari (sotish); 
tayyorlanayotgan, sotilayotgan yoki iste’mol qilinayotgan mahsulot 
turlari; 
– ishlab chiqarish (savdo-sotiq)ni ixtisoslashuvi va koorperatsiyasi 
darajasi; 
– moddiy oqimlarni vujudga kelish texnologiyalari (tranzit yoki 
omborlarda) 
– ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa faoliyatning o‘ziga xos 
xususiyatlari; 
– omborlarni mexnizatsiyalashtirish va texnik jixozlash darajasi. 


560
Yuklarni saqlash va qayta ishlash tizimlari (tizim osti) va ixtisoslashgan 
logistik komplekslarda hamda sanoat korxonalarida quyidagi turdagi omborlarni o‘z 
ichiga olishi mumkin 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin