O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə327/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Nazorat savollari 
1.
Markazlashgan tarzda yuk tashishni qaysi hollarda qo‘llash maqsadga muofiq? 
2.
Tayyorlov-tugallash jarayonida qaysi ishlar bajariladi?
3.
Haydovchilarning mehnatini tashkil qilishda necha smenali oylik grafiklari 
tuziladi?
4.
Brigada pudratida ish tashkil qilganda qanday tadbirlarni bajarish ko‘zda 
tutiladi?


579
29-mavzu Avtotransport korxonalarining yuktashish hajmi va yuk 
oboroti 
Reja 
1.
Yuk oqimlari
2.
Yuk oqimi epyurasi va sxemasini chizish
3.
Mikrohududlar va ularning hosil bulishi 
Har qanday avtotransport korxonasining 
yuk tashishhajmi 
bu tashishga 
mo‘ljallangan yoki ma’lum davr ichida tashilgan , tonnalarda o‘lchanuvchi yuk 
miqdoridir. 
Avtotransport korxonasining 
yuk oboroti
deyilganda ma’lum davr ichida 
tashilgan yukmiqdorining tashish masofasiga ko‘paytmasi tushuniladi va u tona-
kilometrda o‘lchanadi.
Yuk tashish hajmi va yuk oboroti bajarilish vaqtiga ko‘ra bir sutkali, bir oylik, 
bir chorakli , yarim yillik va bir yillik bo‘lishi mumkin. Bir yilli yuk tashish hajmi va 
yuk oboroti odatda notekis bo‘lib, unga ba’zi yuklar tashilishining mavsumiyligi, 
oylar bo‘yicha kalendar va ish kunlari soni, yo‘l-iqlim sharoitlari va boshqalar ta’sir 
etadi. 
Bir yilli yuk oboroti (tashish hajmi) notekisligining uzbekiston sharoitida oxirgi 
yillardagi choraklar bo‘yicha bo‘linishi quyidagicha: 

chorak — 23....23,5 %, 
Ii 
- chorak 24....24,5 %,
Iii - 
26....27 % va 1u-25....25,5 % ni tashkil qilayotir. Yukoborotining 
notekislikdarajasi notekislik koeffitsienti bilan xarakterlanib, u maksimal yuk 
oborotining o‘rtacha yuk oboroti qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi , ya’ni yuk 
oboroti notekisligining yuqori bo‘lishi transport vositalarining yil davomida notekis 
yuk lanishiga olib keladi. Bu hol esa ulardan samarali foydalanishni kamaytiradi 
amaldaga tashish tannarxining qimmatlashishga sabab bulishi mumkin. Shu bois 
avtotransport 
korxon 
alarining 
rahbar 
xodimlari 
yuk 
oborotining 
notekislik koeffitsienti mikdorini aniqlash bilan cheklanib qolmay , uni tekislash 
chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va transport vositalari ishrejimini yuk 
oborotining yil davomi dagi notekisligiga qarab tashkil qilishlari zarur. Yuk tashish 
hajmi va yuk oboroti quyidagilar bilan tavsiflanadi ; 
— tashiluvchi yuk tarkibi yoki nomen klaturasi (don,paxta, qandlavlagi, qurilish 
materiallari , mashina va jihozlar, neft mahsulotlari va boshqalar); 
— yuk miqdoriga ko‘ra: katta mikdordagi, ya’ni tashish yo‘nalishida 
ko‘pmiqdorda bir xil turdagi yuklar; to‘p to‘p (partien ), ya’ ni bir xil turdagi yuklar 
miqdorini nisbatan kam bo‘lgan, yuk oboroti, yuk jo‘natuvchilar (qabul etuvchilar) 
o‘zgaruvchan mayda partiyali yoki yig‘ib tashiluvchi 


580
— yuk miqdori oz, yuk jo‘natuvchilar va qabul etuvchilar o‘zgaruvchan. Mayda 
partiyali yuklarga misol qilib savdo va ovqatlanish korxonalari yuklarini , aholiga 
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari (kim yoviy tozalash, kir yuvish punktlari va 
h.k.) Yuklarini tashishni ko‘rsatish mumkin; 
— tashish vaqtini o‘zlashtirish bo‘yicha: doimiy, ya’ni yil oylari ichida 
o‘zgarmas; vaqtinchalik 
— ma’lum davrda tashilgan dan so‘ng, tashilishi qaytarilmaydigan yuklar 
mavsumiy
— yilning ma’lum faslida, qisqa vaqt ichida ko‘p mikdordagi yuklarni tashish 
(dontashish, paxta xomashyosi, qandlavlagi, kartoshka, sabzavot, ho‘lmeva va 
shukabilar. Ular yig‘im-terim va tayyorlov vaqtlaridagina tashiladi). Ba’zi yuklarni 
tashishda amaldagi tashish xajmi uning mavjud mikdoridan birmuncha yuqori 
bo‘lishi mumkin. Buularni bir necha bor qayta tashish bilan izoxdanadi: avval 
vaqtinchalik savdo ombobor va bazalarga va keyinchalik iste’molchiga. Masalan, 
paxta xomash yosining 70 foizi avval tayyorlov punktiga, keyinchalik yil davomida 
paxta tozalash zavodiga yoki yig‘ilgan donlar avval quritish joylariga, keyin temir 
yo‘l yoqasi tayyorlov punktlariga va keyinchalik yil davomida elevatorlarga tashiladi 
va h.k. Qaytalab tashish ham o‘z koeffitsienti bilan xarakterlidir va uning qiymati 
amalda tashilgan yuklar miqdori (qamli) ning uning mavjudmikdoriga nisbati orqali 
aniqlanadi : 

qaytalab tashish koeffitsientining 1,1....1,5 dan oshm asligi maqsadga 
muvofiq. Qayta tashishga yo‘l qo‘ymaslik uchun yuklarni tashishda ishlab chiqarish 
joyidan iste’mol joyigacha oraliq ombor, baza va tayyorlov punktlariga tushir masdan 
bir marta tashishga intilish zarur. 
Masalan, o‘zbekiston sharoitida yetishtirilgan paxta xomash yosining 70 foizi, 
ishlov beruvchi zavodlar uzoq bo‘lganligi uchun, oraliq tayyorlov punktlariga harakat 
tezligi kichik bo‘lgan traktorlarda tashiladi. Agar traktor poezdlarining o‘rniga 
tezyurar va ko‘p yuk tashuvchi maxsus paxta tashish avtomobillaridan foydalanilsa, 
«dala-avtopoezd-zavod» sxemasi bilan paxta xom ashyosining bir qismini tayyorlov 
punkti gatushir masdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoa va fermerlar dalalaridan zavodga 
tashilishi natijasida qayta tashishga yo‘l qo‘yilm aydi. 
Yuk tashish hajmi va yuk oboroti yuk oqimlarini o‘rganish orqali belgilanadi, 
masalan: 
— sanoat korxon alari ga zarur bo‘lgan yu k tash ish hajmini aniqlash uchun 
ularga keltirilishi kerak bo‘lgan (xomashyo, materiallar, jihozlar, asbob, yonilg‘i va 
shu kabilar) va olib chiqiluvchi yu klar (tayyor mahsulot yoki yarim tayyor mahsulot, 
ishlabchiqarish chiqindilari) hisoblab chiqiladi
— qurilish ob’ektlari uchun esa keltirilishi zarur bo‘lgan g‘ishtlar, temir-beton 
konstruktsiyalar, qum, shag‘al, sement, metall va bosh qalar hamda ob’ektdan 
chiqariluvchi, qurilish chiqindilari hisoblab chiqiladi; 


581
— qishloq xo‘jalik korxonalari uchun keltiriladigan urug‘lik, mineral va organik 
o‘g‘itlar, yitishtiriladigan mahsulot ekin maydoni miqdori va hosildorlik yordamida 
aniqlanadi;
— savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tashish hajmi va yuk 
oboroti aholi talabini qondirish uchun zarur mahsulot me’yorlari orqali aniqlanadi. 
Xulosa qilib aytganda, yuk tashish hajmi va yuk oboroti xizmat etiluvchi ishlab 
chiqarish ob’ektlari, ularning quvvati va aholining yuk tashishga bo‘lgan talabini 
o‘rganish orqali aniqlanadi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin