582
2)ishlab chiqarish mavsumiy, iste’mol bir maromda— don, paxta
xomashyosi va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish;
3)ishlab chiqarish bir maromda, iste’mol notekis—tosh ko‘mir tashish;
4)ishlab chiqarish va iste’mol bir maromda —
qayta ishlov berish va kon
sanoati mahsulotlari tashish .
To‘rtinchi guruh yuklarini tashishd ishlab chiqarish rejasining bajarilishi
bilan bog‘liq kichik miqdorda tebranish bo‘lishi mumkin.
Yuk oqimi tarkibiga har xil yuklar kirishi mumkin.
Bunday tarkib ko‘p omillar bilan bog‘liqdir. Yuk oqimi tuzilishining uch
turini ajratish mumkin: tarmoqli, guruxli va turdosh.
Tarmoqni tuzilish xalq xo‘jaligining ma’lum tarmog‘idagi yuklarni tashish
bilan bog‘liqdir: tog‘-ruda sanoati, mashina sozlik, qishloq xo‘jaligi, savdo va
shukabilar.
Guruhli tuzilish umum foydalaniladigan va ma’lum
guruhga mansub
yuklarni tashish bilan bog‘liq qurilish yuklari, qattiq va suyuq yonilg‘i, oziq-
ovqat tovarlari.
Turdosh tuzilishi muayyan turdagi yuklarnigina tashish bilan bog‘liq.
Tashish notekisligini bir muncha kamaytirish yoki yo‘qotish uchun
rejalishtirshni takomillashtirish, oqilona joylashtirilgan
omborlarda zaxiralar
jamlash, tez buziluvchi mahsulotlarga joylarda o‘z vaqtida ishlov berish,
transport vositalaridan yilning zarur mavsumlarida jadalroq foydalanish kabi
tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: