643
40-mavzu: Avtomobil transportida yukortish-tushirish ishlarini
tashkilqilish va mexanizatsiyalash
Reja:
1. Ortish-tushirish ishlarn tasnifi
2. Avtomobil va avtopoezdlarni ortish va tushirish puktlarida turish vaktlari
me’yorlari
3. Ortish-tushirish punkt(joy)lari va ular o‘tkazuvchanlik qobiliyati
4. Ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash vositalarni tanlash
Tayanch iboralar:
Asosiy va ko‘shimcha operatsiyalar, mexanizatsiyalashtirilgan ortish -tushirish
ishlari, ortish-tushirish punkt(joy)lari, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, zarur bo‘lgan joylar
miqdori, uyo‘lib tashiluvchi yuklarni ortish, og‘ir vaznli yuklarni ortish-tushirish
ishlari, yuk qisqich va yuk ko‘targ‘ich jihozlar.
1. Ortish-tushirish ishlarn tasnifi
Ortish-tushirish ishlari asosiy va ko‘shimcha operatsiyalardan iborat bo‘ladi.
Asosiy operatsiyalarga qo‘yidagilar kiradi: shtabellar yoki boshqa saqlov joylardan
yuklarni olish; ortish joyiga keltirish: transport vositasiga ortishning o‘zi; ana
shunday yo‘nalish bilan tushirish operatsiya bilan bogliq ishlar.
Qo‘shimcha operatsiyalarga quyidagilar kiradi: yuklarni taraga joylash va
zaruriyatga ko‘ra markirovkalash; tarozidan o‘tkazish (hajmini o‘lchash); hujjatlarni
tayyorlash; yuklarni bog‘lab mustahkamlash yoki bog‘lovdan bo‘shatish; ustini
brezent biyaan yopish va boshqalar.
Amaliyotda avtomobillarni ortish-tushirish operatsiyalardagi bo‘sh turish
vaqtlari ularni liniya(ish)da bo‘lgan vaqtyaarining uchdan biriga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil transporti uchun xarakterli bo‘lgan qisqa masofalarga yuk tashishda ba’zi
bir yuklar uchun avtomobillarni ortish-tushirish operatsiyalarida bo‘lish vaqti
ulushlari 50 va undan ortiq foizlarda ham bo‘ladi.
Ortish-tushirish vaqtlari quyidagi elementlardan iboratdir: kutib qolish vaqti;
avtomobil manevr qilishga sarflangan vositasi turi bilan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: