O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


Yuk tashuvchi tashkilotlar ishini tashkil qilish



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Yuk tashuvchi tashkilotlar ishini tashkil qilish
Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil qilish murakkab jarayon 
hisoblanadi. Yuk tashishni tashkil etish oldindan tuzilgan yillik va chorak rejalari 
asosida amalga oshiriladi. Yuklarni tashishni tashkil qilish o‘z ichiga tashishga 
tayyorgarlik ko‘rish va tashishni boshqarish, nazorat qilish, hujjatlarning aylanishini, 
yuk tashish hisobi va hokazolarni oladi. Tashishni tashkil qilish darajasi tashish 
jarayoni sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Avtotransport korxonalari bilan buyurtmachi 
tashkilotlar o‘rtasida munosabatlar ta’sir qilayotgan asosiy me’yorlashtirilgan 
dalolatnomalar bilan boshqarilib boriladi va bu munosabatlar tashish shartnomasida 
aks ettiriladi. Yuk tashishni tashkil qilish qoidalari avtomobil transporti ustavida 
belgilangan bo‘ladi. Avtomobil transportilarning ishi tonna va tonna kilometrda 
hisoblanadi. Ayrim holatlarda tashishlar vaqtbay tarifda ishlovchi avtomobil 
transportilarda bajariladi. Yuk tashishlar sharnomaga asosan buyurtmalar berishyo‘li 
bilan hisob yo‘l varaqasiva tovar -transport hujjatlarida yuritiladi. Amalda yo‘l 
varaqasining 4-i raqamli (ishbay);
4-v raqamli (vaqtbay); 4-sh raqamli (shaharlararo) shakllaridan foydalaniladi. 
Yo‘l varaqasining 4-i; 4-v; 4-sh shakllari ishbay va vaqtbay ta’riflarda bajarilganda, 
4-sh shaklidan shaharlararo yuk tashilganda qo‘llaniladi. Yo‘l varaqasi tovar-
transport hujjati bilan birgalikda avtomobil transporti va haydovchining ishini, ish 
haqini yuk tashish hisoblarini aniqlovchi birlamchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. 
Tovar transport hujjatiga asosan yuklar rasmiylashtiriladi. Ba’zi hollarda yuk tovar 
xarakteriga ega bo‘lsa, tovartransport hujjati 2 nusxada yoziladi. Bu hujjatning
1-nusxasi yuk jo‘natuvchida qoladi, 2-nusxasini haydovchi yuk qabul qiluvchiga 
topshiradi, 
3-nusxa avtotransport korxonasida buyurtmachi tashkilot bilan hisob-kitob 
qilishda asos sifatida qoladi, 
4-nusxa va bajarilgan transport ishining hisobi maxsus hujjatga rasmiylashtirilib, 
birgalikda buyurtmachi tashkilotga qaytalrib beriladi.
Amalda tovar-transport hujjatining 1-t va 2-tsh sonli shakllaridan foydalaniladi. 
Tovar-transport hujjatining 2-tsh sonli shakli yuk avtoshohbekatlari tomonidan 
shaharlararo yuk tashishda qo‘llaniladi. Avtomobil transporti ishini tashkil qilish 
tizimida tashish va boshqa yordamchi ishlarni bajaruvchi barcha bo‘lim va bo‘linma 
ishlari muvofiqlashtiriladi. Tashish ishlari rejaga asosan va boshqarishni tashkil etish 
hujjatlari talablari asosida bajarilishi lozim. Boshqarishni tashkil etish hujjatlari 
avtomobil transporti korxonalari va mijozlar orasidagi o‘zaro munosabatlarni 
belgilaydi. Bunday hujjatlar qatoriga o‘zbekiston avtomobil transporti ustavi va uning 
ilovalari, «yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari», «avtomobil transporti korxonasi 
nizomi», shaharlararo yuk avtomobillari harakat grafigi, shaharlararo yuk tashishni 
tashkil qilish qoidalari va boshqalar kiradi. Avtomobil transporti korxonasi ustavi yuk 


450
jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchilarning o‘zaro munosabatini belgilovchi hujjat 
bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan iborat; 
1. Umumiy qoidalar. 
2. Korxonaning maqsadi va vazifalari. 
3. Korxonaning mulki. 
4. Xo‘jalikning moliyaviy-ijtimoiy faoliyati, korxonafoydasi.
5. Korxona mustaqilligi. 
6. Korxonani boshqarish. 
7. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish. 
Avtotransport korxonalarining asosiy maqsadi: xalq xo‘jaligi va aholining 
avtotransport xizmatiga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida yuqori saviyada to‘la 
qondirishdan iborat. Bozor munosabatlaridagi xizmatlar marketingiga asoslanib 
ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbolini belgilash, ishchi-xodimlarning ijtimoiy 
sharoitlarini 
yaxshilash 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Ishlab 
chiqarishni 
yanadarivojlantirish maqsadida uni zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash 
kerak


Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin