O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Guruhlarda ishlash uchun topshiriq



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə128/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Guruhlarda ishlash uchun topshiriq
T- sxemasi yordamida guruhlarda qishloq xo’jaligida investitsiyalar va ulardan foydalanish samaradorligini taxlil qiling.

Qishloq xo’jaligida investitsiya

Afzalliklari

Kamchiliklari























Qishloq xo’jaligida nvestitsiyalardan foydalanish samaradorligi

Afzalliklari

Kamchiliklari























18-19- amaliy mashg’ulot. «Qishloq xo’jaligida innovatsiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi» (4 soat) (1-2-qism)

Qishloq xo’jaligida mavjud muammolarni hal etish, xususan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmini ko’paytirish va sifatini oshirish faqat innovatsiyalarni joriy etish asosida mumkin bo’ladi. Lekin innovatsiyalarni qishloq xo’jaligiga joriy etish juda ko’p omillarni hisobga olishni nazarda tutadi. Ushbu omillar qishloq xo’jalik korhonasi faoliyat ko’rsatish sharoitlariga bog’liq holda innovatsion yechimlarni talab etadi. Qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirish uchta o’zaro bog’liq yo’nalishlargaega:

  • innovatsiya va inson omili, ta’limni, ilmiy-tadqiqot sohasini ustivor rivojlantirganda, innovatsion mahsulotlarning ma’lumotlar bazasi, fermerlarga axborot-konsalting hizmatlari yaratilgandagina ularning o’zaro ta’siri samarali bo’ladi;

  • biologik xarakterdagi innovatsiyalar, tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini va hayvonlar mahsuldorligini o’stirishni ta’minlovchi yangi ishlanmalarni ishlab chiqish va o’zlashtirish bilan bog’liq; bu o’ziga xos yo’nalish faqat qishloq xo’jaligiga xosdir;

  • texnologik xarakterdagi innovatsiyalar, mehnat unumdorligini va faoliyat samaradorligini keskin oshirishga imkon beradigan energo- va resurs tejovchi texnikalarni va ilmiy sig’imli tehnologiyalarni qo’llash asosida ASM tarmoqlari texnik-texnologik salohiyatini takomillashtirishni ta’minlaydi. Bunda ASM tarmoqlarini yangi texnika asosida texnologik modernizatsiya qilish to’g’risida gap bormoqda.

Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni joriy etish uchun iqtisodiy, texnologik, huquqiy, tashkiliy- boshqaruv, ijtimoiy-psixologik omillarni harakatga keltirish lozim. Hozirda respublikamiz ASMni rivojlantirishning asosiy yo’li - innovatsiyani rivojlantirishdir. Bunda ASM o’zaro munosabatlarning yangi qoidalariga asoslangan qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi xo’jalik sub’ektlari, davlat hokimiyati organlari va o’zini-o’zi boshqaruvchi mahalliy organlar umumiy tizimi sifatida chiqishi kerak. Biroq, nafaqat agrosanoat tizimini barpo etish, balki harakatlanishning umumiy innovatsiya qoidalarini ishlab chiqish ham ko’pchilik omillar yordamida belgilanadi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning innovatsion modelini amalga oshirishning strategik yo’nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin.

    1. Innovatsion tsiklning barcha bosqichlarida biznes-loyihalarni uzluksiz moliyalashtirishni ta’minlovchi moliyaviy institutlarni yaratish. Bu yo’nalish kichik innovatsion tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash fondini shakllantirish va rivojlantirishni, ularning faoliyatini resurs bilan ta’minlashni; venchur moliyalashtirishni rivojlantirishni rag’batlantirish; innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlovchi davlat fondlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi normalarni takomillashtirishni nazarda tutadi.

    2. Innovatsion infrastrukturani shakllantirish. Ushbu yo’nalish texnoparklarni va biznes- inkubatorlarni rivojlantirishni, ularni yaratish me’zonlarini o’rnatishni, innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi hududiy organlarni tashkil etishni, yangi bilimlar, innovatsiyalarni real iqtisodiyotga tadbiq etishga ixtisoslashtirilgan innovatsion korhonalarni tashkil etishni o’z ichiga oladi.

    3. Qishloq xo’jaligiga maslahat berish tizimini rivojlantirish. Qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish uchun sharoit yaratish, shu jumladan turli darajadagi mutaxassislar va rahbarlarning axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashni taqozo etadi.

    4. ASMni mahsulot va texnologik innovatsiyalar asosida modernizatsiyalash. Kuchli raqrobat sharoitida ko’pchilik ASM korhonalari innovatsiyalarga ehtiyoj sezadi, lekin u yuqori risk sababli talabga mos kelmaydi. Innovatsiyalarni amalga oshirishdagi risk ma’muriy to’siqlar, uzoq muddatli moliyaviy resurslardan foydalanish muammosi, xususiy-davlat hamkorligi mexanizmining rivojlanmaganligi bilan bog’liq.
      YUqoridagilarni e’tiborga olib, mamlakatimiz hukumati tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilmokda. Xususan, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash bo’yicha ilmiy-tadqiqot va o’quv ishlari, urug’chilikni rivojlantirish, ko’rgazmalik dalalarni tashkil etish va zamonaviy texnika va tehnologiyalarni joriy qilish ishlarini amalga oshirish maqsdida Jahon bankidan 100 mln. AQSH dollari miqdorida mablag’ ajratilishi kutilayapti.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish va ularni kayta ishlashni rivojlantirish maqsadida Xalqaro qishloq taraqqiyoti fondi hamkorligida tayyorlangan Meva - sabzavotchilik va CHorvachilik yo’nalishidagi ikkita loyihaning umumiy summasi 60 mln.AQSH dollari atrofida bo’lishi kutilmoqda.
CHorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Respublikamiz sharoitida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida10, 25 va 50 boshga mo’ljallangan fermalarda mehnat sarfini 20- 30 foizga kamayishiga va sigirlarning yillik o’rtacha sut miqdori 4000 kgdan yuqori bo’lishiga erishiladigan ekologik toza sut ishlab chiqarish tehnologiyasi ishlab chiqildi.
Qashkar bedaning kurg’okchilikka, sho’rga chidamli yangi navi yaratildi, uning ko’k poya hosili o’rtacha 350-450 ts/ga teng bo’ldi.
Qorako’lchilikda selektsiya-naslchilik ishlarini to’g’ri yo’lga ko’yish hamda olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan amaliy ishlar natijasida qorako’l sur qo’ylarining "Buxoroi-sharif" zavod tipi hamda Navoiy viloyati "Konimex" qorako’l naslchilik zavodida qora rangli qovurg’asimon tipli "Sarjal" zavod tipi yaratildi.
Parrandachilik ilmiy markazi tomonidan broyler jo’jalarning samarali oziklantirish va jadal o’stirish tehnologiyasi (35-40 kunda tirik vazni 1,8-2,2 kg) ishlab chiqildi.
Parrandachilik xo’jaliklarida mahalliy noananaviy ozuqa turlari va biologik aktiv qo’shimchalar asosida parrandalar uchun iqtisodiy samarali oziklantirish ratsionlari ishlab chikildi va joriy kilindi.
ASMda bozor munosabatlarining vujudga kelishi davrida ilmiy-texnika va joriy etish biznesi paydo bo’ldi va rivojlana boshladi. Ilmiy ishlanmalar, ilg’or tajriba, agar unga nisbatan talab mavjud bo’lsa, sotilishi mumkin bo’lgan tovarga aylanadi. Ilmiy ishlanmalar ko’prok amaliy natijalarga yo’naltiriladi va tijorat ahamiyatiga ega bo’ladi. Innovatsiya jarayonida kamida ishlab chiqaruvchi (mulkdor) va iste’molchi (xaridor) yoki eng ko’pi bilan vositachi (sotuvchi) faoliyat ko’rsata boshlaydi. Sohada ilmiy-texnika mahsuloti bozorini shakllantirish jarayoni kechmokda va u takomillashib borayapti. Ilmiy-texnika faoliyatining ustuvor yo’nalishlari o’zgarmokda. Agar rejali-taksimlash tizimida ustuvor yo’nalish ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish asosida belgilansa, bozor tizimida asosiy e’tibor ilmiy-texnika mahsuloti iste’molchisining manfaatlariga karatiladi.
Qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirish iqtisodiyotning agrar sektorini texnik-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy modernizatsiyalashga imkon beradi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin