Manba: O’zbeqiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi ma’lumotlari. Olib borilgan tahlil Xo’losalaridan kelib chiqib infratuzilma ob’ektlarini izchil rivojlanmayotganligining sabablari quyidagilarda deb hisoblaymiz:
– aksariyat fermer xo’jaliklarining moliyaviy holati qoniqarli emasligi tufayli ko’rsatilgan hizmatlarga o’z vaqtida to’lovlarni amalga oshirilmasligi infratuzilma ob’ektlarini barqaror rivojlanishiga asosiy to’siq bo’layotganligi;
– hududlarda infratuzilma ob’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan hizmatlarga bo’lgan haqiqiy talabni o’rganmasdan turib, qabul qilingan qarorlarni bajarish nuqtai nazaridan tashqil etilishi va oqibatda vaqt o’tishi bilan o’zini-o’zi moliyaviy jihatdan oqlamaganligi natijasida tugatilishi;
– aksariyat infratuzilma ob’ektlari (muqobil MTP, SIU va boshqa) sobiq shirkat xo’jaligi moddiy-texnka bazasi negizida tashqil etilganligi va yillar davomida uni yangilashning samarali mexanizmi ishlab chiqilmaganligi oqibatida zarar bilan ishlayotganligi va hatto ayrimlarining tugatilishi;
– infratuzilma ob’ektlari faoliyatini fermer xo’jaliklari faoliyatining pirovard natijasi bilan bog’lovchi uzviy mexanizm hanuzgacha ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmaganligi;
– infratuzilma ob’ektlarida ishlovchi rahbar va xodimlarning mutaxassisligi va bozor iqtisodiyoti qonunlar bo’yicha malakasi, bilim hamda ko’nikmalari yetarli emasligi;
– ayrim infratuzilma ob’ektlari tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limlari bilan uzviy hamkorlikda ishlamayotganliklari va boshqalar.(2)
YUqoridagilarni hisobga olib, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
– tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limlari qoshida infratuzilma ob’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan hizmatlarga bo’lgan talablarni o’rganuvchi, reklama hizmatlarini ko’rsatuvchi, marketing tadqiqotlari o’tkazuvchi, axborotlarni to’plash bilan shug’ullanuvchi markaz tashqil etish maqsadga muvofiqdir. Markaz tasdiqlangan eqinlar joylashtirish sxemasi bo’yicha kelgusi yil uchun zarur bo’lgan resurs va hizmatlarga bo’lgan talabni aniqlab berishi va har bir infratuzilma ob’ekti bilan uzviy bog’liqlikda ishlashi zarur.(3) Ushbu markazlar hududlarda qaysi infratuzilma kerakyoqi kerak emasligi bo’yicha ham Xo’losa berishi lozim;
– infratuzilma ob’ektlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish, bunda rivojlangan mamlakatlarda sinovdan o’tgan kafolat fondlarini tashqil etish orqali banklar oldidagi kreditni qoplash kafolatini hal etish;
– joylarda infratuzilma shoxobchalarini tashqil etish, ularni yanada rivojlantirish borasida amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga tegishli qo’shimcha va o’zgartirishlar qiritish, kerak bo’lsa, ayrimlari bo’yicha yangi qonun yoqi me’yoriy hujjatlar qabul qilish zarur. Jumladan, SIUlar amalda hizmat ko’rsatuvchi, daromad olishga qaratilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tashqilot hisoblansada, ular hozirgacha nodavlat notijorat tashqilot sifatida talqin qilinayotganligi ularning bozor sharoitida rivojlanishida qator noaniqlik va muammolarni keltirib chiqarmoqda. SHu boisdan, O’zbeqiston Respublikasining “Suv iste’molchilari uyushmasi to’g’risida”gi qonunini qabul qilish zarur. Muqobil MTPlar maqomi ham noaniq bo’lib, amaldagi qonunlar bo’yicha mas’uliyati cheklangan jamiyatga ham yoqi birlashmaga ham mos tushmaydi;
– infratuzilma ob’ektlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash va unda ishlovchi rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirish bo’yicha muntazam ishlaydigan tizim yaratish lozim. Bunda joylardagi qishloq va suv xo’jaligi bo’limlari mavjud kadrlarga va ularni malakasini oshirishga bo’lgan talabni aniqlab va viloyat boshqarmalari orqali vazirlikning oliy uquv yurtlari va kollejlari boshqarmasiga taqdim etib boradi.
Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish qishloq xo’jaligida infratuzilma ob’ektlarini keng taraqqiy etishi va sohada raqobat muhiti rivojlanishi natijasida hizmat ko’rsatish sifatini oshishi va narxlarning arzon bo’lishida muhim zamin bo’ladi deb hisoblaymiz.